MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………..
I. BOB. MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI 1.1. Nutqninig tovush madaniyatini tarbiyalash usullari va tovush madaniyatiga doir ishlar…………………………………………………………………………..
1.2. Bolаning hаr bir yosh bosqichidа nutqning tovush mаdаniyatini tаrbiyalаsh………………………………………………………………………….
II. BOB. SUHBAT TURLARI VA UNING MAZMUNI 2.1. Suhbat turlari. Suhbat qismlari. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o’tkazishi……………………………………………………………………………
2.2. Suratlar orqali suhbatlar o’tkazish usullari.........................................................
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………………….
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti: - Taraqqiyotning tamal topishi ham, millatning buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog’liq.
Maktabgacha bolalik davri o’ta murakkab rivojlanish davri hisoblanadi. Bu davrda bolaga to’g’ri ta’lim tarbiya berish katta ahamiyatga egadir. Bejiz yurtboshimiz ham bolalar tarbiyasiga katta ahamiyat qaratmaganlar. “Taraqqiyotning tamal topishi ham, millatning buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog’liq”- degan edilar yurtboshimiz. Bugun zamon shidad bilan o’zgarib barcha sohalar qatori ta’lim tizimi oldiga ham o’ta dolzarb va murakkab vazifalarni qo’yilmoqda. Biz dunyo miqyosiga keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yaratishimiz zarur. Shu maqsadda, avvalo, ta’lim maskanlarinig moddiy texnik bazasini, kadirlar salohiyatini mustaxkamlash, o’quv qo’llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o’quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish, sohadagi ilg’or tajribaga ega bo’lgan ustoz tarbiyachilar tajribalarini yosh mutaxasislarga “Ustoz- shogird” an’anasi asosida yetkaziladi. Har qanday davlat taraqqiyoti ta’lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar, uning jahon andozalariga mosligi va amaliy hayotda qanday o’rin tutishlariga bog’liq. Sifat o’zgarishlari esa mazkur sohada ijobiy yangiliklar kirita olishi bilan belgilanadi. O’z navbatida bunday yangilikni kiritish – immitatsion jarayon bo’lib, bu – ta’limda samaradorlikka erishishdan iborat bo’ladi.Bu borada boshlang’ish ta’lim bolalarining nutqini o’stirishda bolalar adabiyoti vakillari, janrlari bilan tanishtirish va yangi tarbiyachiik texnologiyalar asosida hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha olib boriladigan o’zgarishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Kelajak avlod tarbiyasida badiiy adabiyotni teran anglash, mustaqillik qobiliyatlarini shakllantirish va mustaqil ishlash, izlanishlarini odat tusiga kiritish, hayotda uchraydigan voqea-hodisalarning mohiyatini tez anglaydigan zukko va bilimdon qilib tarbiyalash aynan boshlang’ich ta’limdan boshlanishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bog’lanishli nutqini shakllantirish va nutq mashg’ulotlarini olib borish jarayonida ularni badiiy adabiyot bilan tanishtirish ustida ishlash davomida bolalarning nutqini o’stirish, har tomonlama keng fikrlay olishga imkoniyat yaratish hamda dars mashg’ulotlari davomida interfaol usulda bolalarni mustaqil ravishda turli mavzularda gap tuza olishga o’rgatish va gap ustida ishlash, o’zi tuzgan gaplari asosida hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha ayrim mashg’ulotlarini kiritish bugungi kun taraqqiyotining dolzarb muammolaridan biridir.