Ovoz balandligi - ohangning ko’tarilishi va pasayishi, yuqori ovozdan past ovozga o’tish va aksincha.
Ovoz kuchi - tovushlarni muayyan balandlikda talaffuz etish, shuningdek tovushni bor ovozi bilan talaffuz eta olish qobiliyati.
Ovoz tembri - ovozga sifat jihatdan ishlov berish (jarangdor, ma’nosiz, titroq, bo’giq va boshq.)
Ovoz ovoz tugunchalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog’liq bo’ladi.
Yuqori nafas yo’llarining turlicha tebranishlari, surunkali shamollash, adenoid o’simtalar va xokazolar ovozdagi buzilishlarning yuz berishiga yordam beradi. Ko’pincha maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz buzilishi undan noto’g’ri foydalanish: doimiy ravishda baqirib so’zlash, ayniqsa yilning sovuq davrida ko’chalarda baland ovozda so’zlash orqali ovoz tugunchalarini zo’riqtirish, bola ovozi diapazoniga mos kelmaydigan ohangda so’zlash (masalan, bolalar anchaga yosh bolalarning chiyilloq nutqiga takdid qiladilar yoki «adasi nomidan» past ovozda so’zlashga urinadilar) oqibatida yuz beradi. Ovozdagi buzilishlar burun- tomoq yoki yuqori nafas yo’llariga oid kasalliklarni boshdan kechirgan hamda kasallik paytida yoki sog’ayganidan so’ng darxol ovozni asrash rejimga rioya qilmagan bolalarda ham vujudga kelishi mumkin.
Ovoz imkoniyatlaridan noto’g’ri foydalanish bola shaxsining o’ziga xos xususiyatlari (juda uyatchan bola ko’pincha past ovozda so’zlaydi; tezda g’ayratga keladig’an bolalar baland ohanglarda so’zlaydilar); noto’g’ri tarbiyaga (agarda atrofdagilarning o’zlari baland ovozda so’zlasalar bolalar ham noiloj shunga o’rganadilar); agarda xonada doimiy shovqin-suron bo’lsa (radio, televizor, maktabgacha ta’lim tashkilotsi guruhidagi doimiy shovqin-suron va x.k.) bolalarning baland ovozda so’zlashga majbur bo’lishlariga bog’liqdir.
Tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: o’yinlarda, o’yinli mashqlarda ovozning asosiy sifati - kuchi va balandligini rivojlantirish; bolalarni zo’riqmasdan so’zlashga o’rgatish, ularni ovozdan turli vaziyatlarga mos holda foydalanishga odatlantirish (past-baland).
Ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish
Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish
uchun eng qulay davr hisoblanadi. Bu ishlar maktabgacha ta’lim tashkilotsida nihoyasiga yetkazilmog’i lozim.
Tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni faqatgina bolalarda artikulyatsiya apparati organlarining harakatchanligi va tez o’zgara olishi, nutqiy nafas olishi yetarli darajada rivojlangan, ular o’z ovozlarini boshqarishni uddalay olgan taqdirdagina shakllantirish mumkin. To’g’ri talaffuzni shakllantirish uchun yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyatiga ega bo’lish ham juda muhimdir, chunki u o’z-o’zini nazorat qilish imkonini beradi, o’z-o’zini nazorat qilish esa doimo o’z ustida ishlashga undaydi.
Tovushni talaffuz qilishdagi kamchiliklar nutqiy apparatdagi nuqsonlar (og’izning yuqorigi qattiq va yumshoq qismlaridagi nuqsonlar), tish-jag’ tizimi tuzilishdagi xatoliklar, til osti tugunchalarining qisqaligi, artikulyatsiya organlarining yetarli darajada harakatchan emasligi, fonematik tinglay olish qobiliyati (bir tovushni boshqasidan farqlay olmaslik) yetarli rivojlanmaganligi oqibatida yuz berishi mumkin. Jismoniy tinglay olish qobiliyatining susayganligi, o’z nutqiga beparvolarcha munosabatda bo’lish (o’zini ham, boshqalarni ham tinglay olmaslik), atrofdagilarning noto’g’ri nutqlarini o’zlashtirib olish ham talaffuzda kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Bolalarning tovushni noto’g’ri talaffuz qilishlari tovushlarni tashlab ketishda, bir tovushni boshqasi bilan almashtirishda va tovushni buzib talaffuz qilishda namoyon bo’ladi. Ayniqsa, tovushlarni almashtirib yoki buzib talaffuz qilish holatlari aniqlangan bolalar bilan ishlashni o’z vaqtida boshlash juda muhimdir, chunki tovushlar o’rnini almashtirish keyinchalik yozma nutqda ham paydo bo’lishi mumkin (bir harfni boshqasi bilan almashtirish), buzib talaffuz etilayotgan hamda o’z vaqtida tuzatilmagan tovushlar keyinchalik uni bartaraf etish uchun logoped va bolaning birgalikda ko’p vaqt hamda mexnat sarflashlarini talab qiladi.
Bundan tashqari, unutmaslik zarurki, tovush talaffuzidagi kamchiliklar ko’pincha bolaning o’zi nutqda xatolikka yo’l qo’yishi emas, balki faqat maxsus davolash va ta’lim berishni talab qiluvchi nisbatan murakkab nutq buzilishlarining (alaliya, dizartriya va boshq.) bir belgisi hisoblanadi.
Tarbiyachi quyidagilarni amalga oshirishi lozim: bolalarga har qanday pozitsiyada (so’z boshida, o’rtasida va oxirida) va so’z tarkibi turlicha bo’lganida (har qanday undosh birikmalari va bo’g’inlar soni istalgancha bo’lganida) barcha tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’rgatish; nutqida kamchilik bo’lgan bolalarni o’z vaqtida aniqlash va zarur xollarda ularni o’z vaqtida maxsus bolalar tashkilotlariga yuborish.
Nutqning tovush madaniyatiga doir barcha ishlar bo’limlari o’zaro bir-biriga bog’liq bo’ladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir o’yinlar va mashg’ulotlarni muntazam hamda izchil ravishda amalga oshirish uchun unga «jonli» ovoz ustidagi ishlar asos qilib olinishi lozim. Har bir yosh bosqichida materialni asta-sekin murakkablashtirib unga nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir bo’limlarni kiritgan holda uni murakkablashtirib borish darkor.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar tengdoshlar bilan muloqot asosiy o‘rin egallaydigan muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bola katta yoshdagi odamdan ko‘ra o‘z tengdoshini afzal ko‘ra boshlaydi. Birga o‘ynayotgan o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan nutqdagiga nisbatan mazmunliroq bo‘lib boradi. Sherik bilan dialog muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy harakatlar tusiga ega bo‘ladi. Bola endi qo‘shnisining e’tiborini o‘ziga jalb qilishni biladi, uning o‘zi o‘rtoqlarining ishlari va fikrlari bilan qiziqadi. O‘ziga, o‘z ishlari va kechinmalariga e’tiborni jalb qilish, bir-birini tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta’sir qilish, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zining va birga o‘ynayotgan o‘rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq obyektiv munosabatlarning alohida sohasi bo‘lib, bola ularni so‘zlar, tovushlar, qofiyalar, ma’nolar bilan o‘ynash orqali anglab yetadi.
Bola o‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zida mavjud bo‘lgan barcha vositalardan va noixtiyoriy vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralardan, mimika va harakat) va bevosita nutqning o‘zidan foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual portretini hosil qilgani holda o‘zaro birgalikda mavjud bo‘ladi.
Dialogni rivojlantirish faqatgina nutqning muayyan kompozitsion shaklini o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qolmay, balki u bolaning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi va uning shaxsi shakllanishining muhim tarkibiy qismi bo‘lib ham hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat xabar qilishga (intellektual mazmundagi xabarga) va o‘z manfaatlariga yo‘naltirilishni, balki sherigining mavqeini, uning manfaatlari, istak-xohishlari va kayfiyatini ham hisobga olishni nazarda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiqlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri sherigini tushuna olish, uning nuqtayi nazarini qabul qilishni bilishga ham bog‘liqdir. Bunday tajribani bolalar o‘zaro uyushgan faoliyatda (birgalikda yasash, rasm chizish, hikoya qilish, jamoaviy o‘yinlar) orttiradilar. Tengdoshlar bilan muloqotda bola nutqi mazmunlilik (muloqot vaziyatidan qat’i nazar til vositalaridan foydalanish asosida mazmunning tushunarliligi) kasb etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning dialogik muloqoti jarayonida nutqning yangi shakli – monolog vujudga keladi va shakllanadi. U bolaning o‘z fikrlari, hissiyotlari, atrofdagi olam haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashishni istashi tufayli vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shaklida ro‘y beradi. Hikoyada bolani hayron qoldirgan va hayajonga solgan qandaydir qiziq narsa (yangi o‘yinchoq sotib olish, oila a’zolarining kulgili vaziyatlarga tushib qolishi va h.k.) aks etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni hikoya qilish, multfilmlar mazmunini aytib berish, o‘qigan narsalarini aytib berishni yaxshi ko‘radilar.
Jaranglayotgan nutqqa bo‘lgan qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til borlig‘ini eng oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuq hisoblanadi. So‘zga nisbatan lingvistik munosabat tovushlar, qofiyalar, mazmunlar bilan to‘satdan boshlangan o‘yinlar, so‘z mazmuni, ularning jaranglashi va mazmuni haqidagi masalalarda ko‘rinadi. Til borlig‘ini anglash uning barcha – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi.
Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug‘atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni tushunishga), nutqning tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliyati, ohang ifodaliligi) rivojlantirishga, nutqning grammatik to‘g‘riligini (morfologiya, so‘z hosil qilish, sintaksisni) shakllantirishga, ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir qiladi.
Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik
Do'stlaringiz bilan baham: |