Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 1.2. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish fanining



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
§ 1.2. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish fanining 
maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi 
―2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖ da bank tizimini isloh qilishni 
chuqurlashtirish va barqarorligini taʻminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va 
depozit bazasini oshirish, banklarning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini 
mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy 
tadbikorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish vazifalari qoʻyilgan. 
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-
sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va 
barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida tijorat banklari 
faoliyatiga umum eʻtirof etilgan zamonaviy meʻyorlar, standartlar va baholash 
koʻrsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro reyting tashkilotlari 
baholashi asosida baholash koʻrsatkichlarini yanada takomillashtirish, bank 
nazoratining xalqaro prinsiplari asosida tijorat banklari kapitalining yetarliligi, 



likvidliligi va barqarorligi boʻyicha talablarni bajarilishini taʻminlash, Bazel 
qoʻmitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini baholash va 
boshqarish tizimini takomillashtirish vazifalari qoʻyilgan. 
Yuqorida qayd etilgan holatlar ―Tijorat banklari aktiv va passivlarini 
boshqarish‖ fanini oʻqitishga nisbatan talablarni kuchaytirishga xizmat qiladi. 
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fanining asosiy maqsadi – 
tijorat banklari aktiv va passivlarini shakllantirish, samarali boshqarishni tashkil 
etish, tijorat banklarining aktiv va passivlari monandligini taʻminlash, likvidlilik va 
rentabellikni boshqarish usullarini tadbiq qilish, tijorat banklari aktiv va 
passivlarini operativ va strategik rejalashtirish, innovatsion xizmatlarni tatbiq 
qilish va ushbu yoʻnalish boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan 
iborat. 
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardir: 
1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning ilmiy-nazariy va 
metodologik asoslarini oʻrgatish. 
2. Tijorat banklari aktivlarini boshqarish prinsiplari va usullarni oʻrgatish; 
3. Banklar majburiyatlarini boshqarish prinsiplari va usullarini oʻrgatish; 
4. Tijorat banklari kapitalini boshqarish prinsiplari va usullarini oʻrgatish; 
5. Bank risklarini baholash va boshqarishni oʻrgatish; 
6. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishni oʻrgatish; 
7. Tijorat banklarining daromad va xarajatlarini boshqarishni oʻrgatish; 
8. Tijorat banklari foydasini taqsimlashni oʻrgatish. 
 
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani magistratura 
mutaxasisligida oʻqitiladigan ―Toʻlov tizimi va bank xafsizligi‖, ―Bank risklari‖, 
―Monetar siyosat‖, ―Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob kitoblar‖ va umum 
metodologik fanlarning uzviy davomidir.
―Toʻlov tizimi va bank xafsizligi‖ fanida tijorat banklari aktivlari va 
passivlarining shakllanishida toʻlovlar va ularning xafsizligi, ulardan foydalanish 
samaradorligini baholash yoʻllari, banklarning kredit va foiz siyosati, tijorat 


10 
banklarining likvidliligi va uni taʻminlashda bank xafsizligining yoʻllari 
oʻrganiladi
 
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Xalqaro valyuta 
operatsiyalari va hisob kitoblar‖ fani bilan uzviy bogʻliqdir. Buning sababi 
shundaki, hozirgi davrda bank ishi yuqori darajada rivojlangan uch markazning 
mavjudligi yaqqol koʻzga tashlanib qoldi. Bular: AQSh, Yaponiya va Gʻarbiy 
Yevropa. Mazkur markazlarning tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish 
borasidagi tajribasini oʻrganish Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishda muhim 
oʻrin tutadi. 
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Monetar siyosat‖ 
fani bilan uzviy bogʻliqdir. Chunki, ―Monetar siyosat‖ fanida Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklari faoliyatini monetar siyosat instrumentlari orqali tartibga 
solishning nazariy va amaliy jihatlari oʻrganiladi. Jumladan, tijorat banklarining 
likvidliligiga majburiy zahira va ochiq bozor siyosatlari orqali taʻsir etish, 
banklarni qayta moliyalash siyosati doirasida kreditlash masalalari chuqur 
oʻrganiladi. 
―Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ―Bank risklari‖ fani 
bilan chambarchas bogʻliqdir. Xususan, tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 
bilan bogʻliq boʻlgan risklarni baholash va boshqarish usullari ―Bank risklari‖ 
fanida batafsil oʻrganiladi. Holbuki, tijorat banklari aktivlarining daromadliligi va 
risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash ―Tijorat banklari aktiv va 
passivlarini boshqarish‖ fanining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish