Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

III daraja.
50% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga quyidagilar kiradi: 
– ipoteka kreditlari; 
– IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarga nisbatan talablar, 
shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari; 
– IHTT davlatlarida roʻyxatga olingan depozitar institutlarning kreditlari bilan 
taʻminlangan boshqa barcha aktivlar;
 
– bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan talablari, 
shuningdek, ular tomonidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va kafolatlar 
boʻyicha toʻlovlar alohida loyihalar boʻyicha tushumlardan emas, balki yuqorida 
koʻrsatilgan tashkilotlar budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
 
– bankning xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu 
tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari; 
– joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan 
muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar bilan taʻminlangan aktivlar va ularning 
qismlari; 
– bankning IHTTga aʻzo boʻlmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga 
denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, IHTTga 
aʻzo boʻlmagan davlatlar Markaziy hukumatlari va markaziy banklariga nisbatan
talablari.
Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada 


16 
moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar qismi risk darajasi yuqori (100 foiz) 
boʻlgan aktivlar qatoriga kiritiladi. 
IV daraja.
Tijorat banklarining 100% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlariga 
quyidagilar kiradi: 
– korporativ qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar; 
– mijozlarga berilgan kreditlar; 
– asosiy vositalar; 
– boshqa aktivlar. 
Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, yaʻni risk darajasi 100 foizga 
teng boʻlgan aktivlar hisoblanadi: 
– bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan taʻminlanmagan 
akkreditivlar; 
– bank tomonidan berilgan kafolatlar; 
– forvard transaksiyalari;
– bank tomonidan berilgan opsionlar va fyucherslar. 
Bazel-1
tizimiga binoan risk darajasini oʻlchash standart koeffisientlari 
aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ 
aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining 
kredit sifatidan qatʻi nazar kapitalga 8% (yaʻni, riskni oʻlchash koeffisientining 
100% degan holda) miqdorida ajratmalar (zahira) qilish nazarda tutiladi.
Bazel-II
standartiga koʻra 150% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlar paydo 
boʻldi: 
– sud jarayonidagi aktivlar; 
– bankning balansiga olingan, ammo 2 yil ichida sotilmagan aktivlar; 
– VV
- dan (toʻlov qobiliyati past boʻlgan daraja) past reyting darajasiga ega 
boʻlgan mijozlarga berilgan kreditlar. 
Tijorat banklari aktivlari va majburiyatlari muddatiga koʻra quyidagicha 
turkumlanadi: 
1)
Muddatsiz; 
2)
1 kundan 30 kungacha muddatdagi; 


17 
3)
31 kundan 180 kungacha muddatdagi; 
4)
181 kundan 365 kungacha muddatdagi; 
5)
365 kundan ortiq muddatdagi aktivlar va majburiyatlar. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish