§
16.3. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari
xizmatlaridan foydalangan holda elektron toʻlov hujjatlari vositasida naqd pulsiz
hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron toʻlovdir.
Elektron toʻlov tizimida tovarlar va xizmatlar toʻlovi xaridorning elektron
hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablagʻlarini chiqarish imkoniga ega
boʻlgan sotuvchining elektron hisobiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan
amalga oshiriladi.
Elektron choʻntakni toʻldirish va ulardan pul yechish quyidagi usullar bilan
amalga oshirilishi mumkin:
* tijorat banklarida naqd pul bilan;
* bank kartalari (VIZA, Master Kard, Uz Kart, Humo kart) yordamida;
* pochta orqali;
* Internet-banking yordamida;
* pul oʻtqazmalari tizimlari yordamida;
228
* mobil aloqa yordamida.
Savdo ishtirokchilari mustaqil ravishda savdo tizimiga kirishning quyidagi
uslublaridan birini tanlashlari mumkin:
- masofaviy — ish oʻrnidan foydalanish orqali;
- valyuta birjasi savdo zalidagi ish oʻrnidan foydalanish orqali.
Valyuta birjasi savdo tizimida ishlash uchun savdo ishtirokchilarini ikki
bosqichli login va parol bilan taʻminlaydi.
Birinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqiga faqatgina treyder
ega boʻladi.
Birinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisiga savdo tizimini
faollashtirish huquqini beradi.
Ikkinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqi bank rahbari
tomonidan vakolat berilgan birja savdolari boʻyicha birja bitimlarini tuzishga
masʻul boʻlgan shaxsga beriladi.
Ikkinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisiga birja bitimini
tasdiqlash huquqini beradi.
Birja bitimlarini tuzish uchun savdo tizimiga bitim tuzishda tashabbus
qilayotgan savdo ishtirokchisining pul mablagʻlarini joylashtirish va/yoki jalb etish
boʻyicha buyurtmasi kiritiladi.
Dastlabki buyurtmada quyidagi koʻrsatkichlar koʻrsatilishi lozim:
-
pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish;
-
jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan valyuta turi;
-
jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan pul mablagʻlari miqdori;
-
pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish muddati;
-
pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish boʻyicha foiz stavkasi;
-
foiz toʻlovlarini toʻlash muddati.
Savdo tizimiga kiritilgan dastlabki buyurtmaga pul mablagʻlarini jalb etish
va yoki joylashtirish maqsadida kontragentlar tomonidan qarshi buyurtmalar
kiritiladi.
229
Pul mablagʻlarini joylashtirish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining
oʻsib borishi tartibida, foiz stavkalari teng boʻlganda esa buyurtmalar taqdim
etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi.
Pul mablagʻlarini jalb etish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining
kamayib borishi tartibida, foiz stavkalari teng boʻlgan taqdirda esa buyurtmalar
taqdim etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi.
Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga
roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga oʻzaro hisob-
kitoblarni amalga oshirishga asos boʻladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi.
Tuzilgan birja bitimlari boʻyicha barcha hisob-kitob operatsiyalarining
ijrosi savdo ishtirokchilari tomonidan bitim tuzilgan bank ish kuni Markaziy
bankning banklararo hisob-kitoblar boʻyicha elektron toʻlov hujjatlarini uzatish,
qabul qilish va nazorat qilish vaqti yakunlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday dastlabki buyurtma u bekor
qilingunga, toʻliq qondirilgunga yoki birja savdolari yakuniga qadar amal qiladi.
Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday buyurtma birja bitimlari tuzilgunga
qadar savdo ishtirokchilari tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Savdo tizimi orqali tuzilgan birja bitimlari boʻyicha pul mablagʻlarini
qaytarish muddati kelganda jalb qilingan mablagʻlar va unga hisoblangan foizlarni
qaytarish bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Pul mablagʻlarini qaytarish kuni pul mablagʻlari tegishli hisob raqamiga
kelib tushgan kun deb hisoblanadi.
Birja bitimlari boʻyicha barcha toʻlovlar bitim tuzilgan valyutada amalga
oshiriladi. Birja bitimlari boʻyicha joylashtirilgan pul mablagʻlari tomonlarning
oʻzaro kelishuviga asosan muddatidan avval qaytarilishi mumkin.
Pulning evolyutsion rivojlanishida innovatsion koʻrinishining paydo
boʻlishiga: jamiyatimizda mavjud pullardan tez va qulay foydalanishga boʻlgan
ehtiyoj borgan sari oshib borib, pulning qulay evolyutsion shakli elektron
pullarning shakllanishiga sabab boʻldi. Bugungi kunda elektron pullardan - pullarni
uzatish va saqlash hamda tizimli kompyuter tarmoqlaridagi vositachi sifatida
230
foydalanish mumkin. Elektron pullar - muomalada boʻlgan milliy birlikdagi pullar
yoki nodavlat xususiy (shaxsiy) pul va unga tenglashtirilgan birliklar. Elektron
pullardan foydalanish va ularni tartibga solishda, mamlakatning Markaziy banki
tomonidan belgilangan va qabul qilingan tartib qoidalar asosida yoki nodavlat
toʻlov tizimlari qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Dunyo pul bozorida yangi elektron pullar, virtual pullar nazariyasi paydo
boʻlganidan soʻng, koʻpgina olimlar ushbu nazariyani toʻlaqonli maʻqullashmagan.
Bugungi kundagi moliyaviy-iqtisodiy oʻzgarishlarning tub mohiyati ham shundaki,
insoniyat uchun qulay sharoitlarni yaratish hamda jarayonni zamonaviy darajaga
olib chiqishdan iboratdir.
Elektron
pullar
konsepsiyasini
oʻrganishiz
natijasida,
bugungi
tadqiqotlarimizning asosiy obyekti sifatida ―Bitcoin‖ virtual pullar nazariyasini
oʻrganishga qaratdik. ―Bitcoin‖ni ham biz pulning yana bir evalyusion koʻrinishi
deb atasak ham boʻladi.
1998 yilda birinchi marta ―b-money‖ haqidagi ilmiy izlanishini yozgan Vi
Dei (Wei Dai) ham bu narsaning kelajakda qanday mashhurlikka erishishini
tasavvur qilmagan boʻlishi aniq. Keyinchalik, 2000-yillar boshida oʻz izlanishlarini
ommaga taqdim qilish orqali (shaxsiy veb blogi yordamida) olib borgan Nik Sabo
(Nick Szabo) oʻzining Bitgold (Bitgold) gʻoyasi orqali kriptovalyuta atamasini
keng targʻib eta boshladi. Lekin uning izlanishlari 2000-yil oʻrtalariga kelib
nomaʻlum sabablarga koʻra toʻxtab qoladi va shunga qaramasdan 2008-yilda
yaponiyalik tadqiqotchi Satoshi Nakamoto oʻzining ―Bitcoin‖ haqidagi tadqiqot
qogʻozini yangi ochgan veb-sayti, www.bitcoin.org orqali chop etadi va shu
yilning noyabr oyidan boshlab uni keng rivojlantirishga kirishadi. Buning natijasi
oʻlaroq, 2009 yining yanvar oyida Bitcoinning birinchi beta versiyasi (ilk shakli)
tayyor boʻladi va birinchi Bitcoinlar ―qazila‖ (emissiya qilish) boshlanadi.
―Bitcoin‖ (inglizcha bit – maʻlumot birligi va coin – tanga degan maʻnolarni
anglatadi) bu piring (ikki aloqa qatnashchilari orasida vositachisiz bogʻlanish)
koʻrinishdagi elektron toʻlov tizimi hisoblanadi. Bitcoin (birinchi harfi katta harf
bilan yozilsa odatda Bitcoin tizimi tushuniladi) umuman olganda Bitcoinlar
231
(boshidagi harfi kichik Bitcoin deyilganda tanga yoki Bitcoin birligi tushuniladi)
deb nomlanuvchi virtual valyutalar tizimidir. Uning toʻliq taʻrifi hozircha
munozarali boʻlib qolmoqda, masalan ayrim mutaxassislar, uni ―raqamli valyuta‖
deb xarakterlagan boʻlsa, rasmiy hujjatlarda asosan Jahon Banki yoki Yevropa
Markaziy banki tomonidan ―virtual valyuta‖ deb izohlanadi. Shu bilan birga
AQSH Moliya Vazirligi qoshidagi FinCYeN (FinCEN) tashkiloti Bitcoinni
―markazlashmagan virtual valyuta‖ sifatida klassifikatsiyalaydi. Shuningdek,
Bitcoin kriptografiyada (
Do'stlaringiz bilan baham: |