Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
§
19.2. Banklarda sof foydaning darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar 
Bank tizimining tahlili, avvalo, ular balansining tahlilidan boshlanadi.
Bank faoliyatini ifodalovchi eng asosiy maʻlumotlar manbayi – bu bank balansi, 
daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisoboti.
Tijorat banklarining moliyaviy natijasi foyda hisoblanib, bu bank
faoliyatining barqarorligi va ishonchliligini bildiruvchi asosiy natijaviy 
koʻrsatkichidir. Shuning uchun ham, uning hajmi muhim. Foydani tahlil etishda 
quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 

foydaning dinamik oʻzgarishini tahlil etish; 

foydaning tarkibi va tuzilishiga baho berish; 

foydaning shakllanishi va taqsimlanishini tahlil etish; 

rentabellik koʻrsatkichlarini baholash; 

bank foydasini oʻstirish imkoniyatlarini hisoblash va ularni yoʻlga qoʻyish 
chora-tadbirlarini belgilash. 


270 
Rentabellik – tijorat banklarining sof foydasi bilan aniqlanadigan
koʻrsatkich boʻlib, u sof foydaning xarajatga nisbati orqali aniqlanadi. Bu bir
soʻmlik qilingan xarajat qancha foyda olib kelishini koʻrsatadi. 
Bu koʻrsatkich kamida 20 foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi. Bundan 
tashqari, quyidagi rentabellilik koʻrsatkichlari ham mavjud: 

Aktivlar rentabelliligi (ROA – Return on assets) - bir soʻmlik
aktivga toʻgʻri keluvchi foydani anglatadi. Bu koʻrsatkich kamida
5 foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi. 

Kapital rentabelliligi – (ROYe – Return on equity). Bu bir soʻmlik 
kapitalga toʻgʻri keluvchi foydani anglatadi. Bu koʻrsatkich kamida 10 
foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi.
Tijorat banklari foydasini baholovchi asosiy koʻrsatkichlar quyidagilar 
hisoblanadi: 
1. Foyda manbalarini tarkibiy tahlil qilish; 
2. Moliyaviy koeffitsiyentlar tizimini tahlil qilish. 
Tarkibiy tahlil bank foydasi manbalarini aniqlash va bankning bugungi
kundagi faoliyatining barqarorligi, kelgusida rivojlanish imkoniyatlarini 
baholash uchun zarur. 
Moliyaviy koeffitsiyentlar tizimini tahlil qilish quyidagilarni oʻz 


271 
ichiga oladi: 
1. Moliyaviy koeffitsiyentning amaldagi hisob-kitobini uning normativi 
bilan taqqoslash; 
2. Bank koeffitsiyentlarining raqobatchi bank koeffitsiyentlari bilan mos 
kelishi; 
3. Koeffitsiyentlar dinamikasini baholash; 
4. Koeffitsiyentlar dinamikasining omilli tahlili. 
Bankning foydalilik darajasini taʻminlovchi koʻrsatkichlarga quyidagilar 
kiradi: 

foyda va aktivlar oʻrtasidagi nisbat; 

soliq toʻlagunga qadar foyda va aktivlar nisbati; 

foyda va xususiy kapital nisbati; 

bitta xodimga toʻgʻri keladigan foyda. 
Bu koʻrsatkichlarning hisob-kitob usuli belgilangan hisob tizimi va 
hisobot shakllariga bogʻliq. 
Koʻrsatkichlar hisob-kitobi va ularning iqtisodiy mazmuni quyidagilardir: 

Foydaning aktivlarga nisbati – bank rentabelligini baholash imkoniyatini 
beruvchi asosiy koʻrsatkich. 

Foydaning xususiy kapitalga nisbati – bu koeffitsiyent taʻsischilar, 
aksionerlar va paychilar investitsiyalarining samaradorligini koʻrsatib 
beradi. 
Bundan tashqari, bank faoliyatida quyidagi koʻrsatkichlardan ham 
foydalaniladi: 

Sof foizli marja = (foizli daromadlar – foizli xarajatlar) / aktivlar; 

Sof foizsiz marja = (foizsiz daromadlar – foizsiz xarajatlar) / aktivlar; 

Operatsion foydaning marjasi = (operatsion daromadlar – operatsion 
xarajatlar) / aktivlar; 

Bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan sof foyda = sof foyda / muomaladagi oddiy 
aksiyalarning soni; 


272 

SPRED = (foizli daromadlar / daromad keltiruvchi aktivlar) - (foizli 
xarajatlar/ bankning foiz toʻlanadigan passivlari);

Bankning daromad keltiruvchi bazasi = daromad keltiruvchi aktivlar / 
aktivlar. 
Foizli marja bank xarajatini qoplab, foydaning shakllanishiga 
asoslangan. Foizli marjaning hajmi bank qoʻyilmalarining yuqori 
daromadliligini koʻrsatadi. Foizli daromadlarning foizli xarajatlarga qaraganda
koʻproq boʻlishi foizli marja koeffitsiyentining yetarli darajada boʻlishini
taʻminlaydi. Bu koʻrsatkich, shuningdek, aktiv operatsiyalarning daromadliligi
passiv operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplay olishini ham anglatadi. Bank
foydasining asosiy manbai hamdir. Bu koeffisent shuningdek, soliqlar,
bankning chayqovchilik operatsiyalaridan koʻradigan zararlari va bank
risklaridan saqlashi kerak. Uning miqdori moliyaviy koeffitsiyentlarni
aniqlashda mutlaq qiymatni ifodalashi mumkin. Shuning uchun ham, bu 
koeffitsiyentning oshishiga erishish kerak. Mutaxassislarning fikricha, bu 
koʻrsatkich bankda 4.5% dan yuqori boʻlishi talab etiladi. Bu koʻrsatkichning 
yuqori boʻlishi bank faoliyatida oʻz va jalb qilingan resurslarning samarali
joylashtirilganini anglatadi.

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish