277
GLOSSARIY
Aktiv pul aylanmasi (оборачиваемость активов денежных средств /
The turnover of cash assets)
– bu toʻlov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan
harakatdagi pul massasidir.
Asosiy vositalar (Основные средства / Plant and equipment)
–moddiy
ishlab chiqarish sohasida va ishlab chiqarishga taalluqli boʻlmagan
sohada uzoq
muddat davomida (bir yildan ortiq) harakatda boʻladigan hamda ijaraga topshirilib
ham foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Aktiv pul oboroti (Оборачиваемость активов денежных средств /
The turnover of cash assets)
– bu toʻlov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan
harakatdagi pul massasidir.
Bank (банк / bank)
–
tijorat tashkiloti bulib,
bank faoliyati deb
hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuasini
amalga oshiradigan yuridik
shaxs: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar
qabul qilish hamda qabul
qilingan mablagʻlardan tavvakal qilib kredit berish
yoki investitsiyalash uchun
foydalanish, toʻlovlarni amalga oshirish.
Bank aksiyadori (Акционер банка / A shareholder of the bank)
– bank
aksiyalariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxs.
Bank kafolati (Банковская гарантия / Bank guarantee)
–
mijozning
iltimosiga binoan tijorat banki tomonidan boʻnak
sifatidagi summani kontrakt
shartlari boʻyicha bajarish va kafolatlash.
Bank riski (Банковский риск / Bank risk)
–
Markaziy
bank va tijorat
banklari faoliyatida moliya bozoridagi iqtisodiy kon‘yukturaning oʻzgarishi
natijasida yuzaga keladigan zarar koʻrish xavfi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: