Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

quyidagi vazifalarni: 
1)
ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan instrumentlardan foydalangan 
holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish; 
2)
valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini 
bosqichma-bosqich joriy etish; 
3)
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini 
taʻminlash; 
4)
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish; 
5)
banklarning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash; 
6)
istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy 
tadbikorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish. 
Quyidagi chora-tadbirlarni: 


22 
1)
bank 
faoliyatini 
tartibga 
soluvchi 
zamonaviy 
tamoyil 
va 
mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishiga yoʻl 
qoʻymayotgan toʻsiqlarni bartaraf etish; 
2)
naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, 
iqtisodiyot sohalarida toʻlovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy qilish va 
tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanmani 
qisqartirish; 
3)
bank 
kassalariga 
naqd 
pul 
tushumlarini 
ragʻbatlantirish 
mexanizmlarini takomillashtirish. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-
sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga 
doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida bir qator vazifalar belgilandi: 
I.
Tijorat banklarini ularga xos boʻlmagan funksiyalardan ozod qilish 
maqsadida tijorat banklarining quyidagi vazifalari bekor qilindi: 
1)
xoʻjalik yurituvchi subyektlarining muddati oʻtgan debitor va kreditor 
qarzdorligi shakllanishi ustidan nazorat qilish; 
2)
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan olingan naqd pullarni 
maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bekor qilish; 
II. Tijorat banklari faoliyatiga umumeʻtirof etilgan zamonaviy meʻyorlar, 
standartlar va baholash koʻrsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro 
reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash koʻrsatkichlarini yanada 
takomillashtirish. 
III. Bank nazoratining xalqaro prinsiplari asosida tijorat banklari kapitalining 
yetarliligi, likvidliligi va barqarorligi boʻyicha talablarning bajarilishini taʻminlash; 
IV. Bazel qoʻmitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini 
baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish;
V. Banklarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish va banklarni ilgʻor 
bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish; 
VI. Aholining bank-moliya xizmatlari sohasida moliyaviy savodxonligini va 
huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish; 


23 
VII. Aholining mamlakat bank tizimiga boʻlgan ishonchini oshirish, 
mijozlarning bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarining doimiy monitoringini 
amalga oshirish, bank xizmati koʻrsatish madaniyatini oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi ―Pul-
kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-3272-
sonli Qarorida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, pul-kredit siyosatini 
rivojlantirish va amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish (oʻrta muddatli); 
majburiy zahira talabnomalarini takomillashtirish, ochiq bozorda REPO 
operatsiyalarini amalga oshirish; isteʻmol baholari indeksini hisoblashni 
takomillashtirish; inflyatsiyaning omilli tahlilini amalga oshirish; pul-kredit 
siyosatining shaffofligini oshirish tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi; 
pirovard natijada, tijorat banklari faoliyatining barqarorligini oshirish imkonini 
beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzyoyev 2020-yil 24-
yanvardagi Oliy Majlisga Murojatnomasida, Oʻzbekiston bank tizimini yangi 
xalqaro darajaga koʻtarish uchun quyidagi strategik vazifalar belgilab berildi
5
:
1. 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi 
amalga oshiriladi va bu borada banklarning kapital resurs bazasi hamda 
daromadlarini oshirishga alohida eʻtibor qaratish. 
2. Bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan ―loyihalar fabrikasi‖ 
faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 
3. Banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli 
resurslar olib kelishini yoʻlga qoʻyish.
Yuqoridagi meʻyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va chora-
tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tijorat banklari aktivlarining sifatini 
oshirish va passivlarining barqarorligini taʻminlash imkonini beradi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish