Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

 
 
 
 
 
 


26 
3-BOB: TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI 
BOSHQARISH PRINSIPLARI VA USULLARI
 
§ 3.1. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish prinsiplari 
 
§
3.2. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish usullari 
 
§
3.1.Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish prinsiplari 
Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish aniq prinsiplarga tayanadi. 
Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: 
1)
aktivlarning daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni 
taʻminlash prinsipi; 
2)
aktivlar portfellarini diversifikatsiya qilish prinsipi; 
3)
toʻgʻri investitsion qarorlar qabul qilish prinsipi; 
4)
pul oqimlarining yetarliligi prinsipi; 
5)
foiz stavkalari, valyuta kurslari va tovarlarning baholarini oʻzgarishiga 
moslashuvchanlik prinsipi; 
6)
bank qimmatli qogʻozlarining investitsion jozibadorligini taʻminlash 
prinsipi; 
7)
depozitlarning yetarliligini taʻminlash prinsipi; 
8)
kapitalning yetarliligini taʻminlash prinsipi; 
9)
bank likvidliligini taʻminlash prinsipi; 
10)
transformatsiya prinsipi; 
11)
aktiv va passivlar boʻyicha daromad va xarajatlarni nazorat qilish 
prinsipi; 
12)
bank resurslarining yetarliligi prinsipi; 
13)
zahiralar yaratish prinsipi; 
14)
risklarni minimallashtirish prinsipi. 
Tijorat 
banklarining 
likvidliligini 
taʻminlash 
prinsipi 
quyidagi 
usullardan foydalanishni taqozo etadi: 
1. Tijorat bankining aktivlari va passivlarining optimal tarkibini shakllantirish 
usuli. Bu asosiy (birlamchi) usul hisoblanadi. 


27 
2. Aktivlar va jalb qilingan resurslarning muddatlari oʻrtasidagi 
mutanosiblikni taʻminlash usuli. 
3. Aktivlar portfelini diversifikatsiya qilish usuli. 
4. Risklarning maqbul darajasini taʻminlash usuli. 
Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish prinsiplaridan kompleks 
foydalanishga salbiy taʻsir qilayotgan omillar: 
1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash amaliyotining 
mavjud emasligi tufayli Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 
oʻzgartirish yoʻli pul massasiga, tijorat banklarining likvidliligiga va kreditlarning 
bahosiga taʻsir etish imkoniyatining pastligi;
2. Markaziy bankning majburiy zahira stavkalarining yuqori ekanligi va 
zahira ajratmalari summasini banklarning ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridan olib 
qoʻyilayotganligi natijasida tijorat banklarining likvidliligiga va resurs bazasining 
barqarorligiga nisbatan salbiy taʻsirning yuzaga kelganligi;
2017-yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Rossiya Markaziy bankining majburiy 
zahira stavkalarining oʻrtacha darajasi 5,6 foizni, Yevropa Markaziy bankining 
majburiy zahira stavkasi esa, 2,0 foizni tashkil etdi. 
3. Tijorat banklarining depozit bazasida uzoq muddatli depozitlar ulushining 
pastligi sababli ularning investitsiya jarayonlariga qatnashishi yetarli darajada 
emas. 2017-yil yakunlari boʻyicha respublikamizda asosiy kapitaldagi 
investitsiyalar tarkibida bank kreditlari va boshqa zayom mablagʻlarining ulushi 
26,3% tashkil qiladi va ushbu koʻrsatkich oldingi yilga nisbatan oʻsgan.
4. Respublikamizda imtiyozli kredit dasturlari koʻp boʻlib, (2019-yilda 78% 
kredit portfellarini tashkil qildi) ular moliyaviy resurslarni joylashtirish 
samaradorligini pasaytiradi va bank tizimida muammolarni vujudga keltiradi. 
Ayniqsa, davlat investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni tijorat banklari 
tomonidan maʻmuriy ravishda moliyalashtirilishi tijorat banklari moliyaviy 
holatiga salbiy taʻsir qilmoqda. Bu nafaqat tijorat banklarining kreditlash 
faoliyatiga, balki vakillik hisobvaraqlarida mablagʻlar yetishmovchiligiga olib 
kelib iqtisodiyotimizda toʻlovlarni vaqtida oʻtishiga salbiy taʻsir qilishi mumkin. 


28 
5. Respublikamizning yirik tijorat banklarida transformatsiya riskining 
mavjudligi. 
Transformatsiya riskining yuzaga kelganligi va chuqurlashganligi qisqa 
muddatli resurslar bir yilgacha hisobidan uzoq muddatli (3-5 yilgacha) 
kreditlarning berilganligi bilan izohlanadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish