Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


 1-rasm. Milliy valyuta-soʻmning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

4.1. 1-rasm. Milliy valyuta-soʻmning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal 
almashinuv kursi, soʻm (2017-yil dekabr 8120.07 soʻm, 2018-yil dekabr 
8339.55 soʻm)
7
 
1-rasm maʻlumotlaridan koʻrinadiki, soʻm muomala kiritilgan 1994-yilning 
iyul oyidan 2017-yilning sentabr oyiga qadar boʻlgan davrda soʻmning AQSh 
dollariga nisbatan juda yuqori darajadagi qadrsizlanish surʻati (1157 marta!) 
kuzatilgan. 
Bloomberg agentligi tomonidan oʻzbek soʻmi dunyo boʻyicha 2017-yilning 
eng qadrsiz valyutasi deya eʻlon qilindi. Oʻzbek soʻmidan oldingi oʻrinda kelgan 
Kongo frankining qadrsizlanish surʻati 27 foizni tashkil etdi. 
§
4.2. Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari 
Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar 
hisoblanadi: 
1)
Passivlarning optimal tarkibini shakllantirish; 
2)
Depozitlarning yetarliligini taʻminlash; 
3)
Regulyativ kapitalning yetarliligini taʻminlash; 
4)
Passivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga 
nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash; 
7
ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида (
www.cbu.uz
). 


37 
5)
Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning 
investitsion jozibadorligini taʻminlash. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari passivlarining umumiy 
hajmida salmogʻiga koʻra ikkinchi oʻrinni (birinchi oʻrinda depozitlar) bankning 
qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan pul mablagʻlari egallaydi. Oʻzbekiston 
Respublikasida esa, tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida salmogʻiga 
koʻra ikkinchi oʻrinni regulyativ kapital egallaydi. Bu esa, banklarning qimmatli 
qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi 
bilan izohlanadi. 
Depozitlar tijorat banklarining passivlari tarkibida eng yuqori salmoqqa ega 
boʻlganligi sababli, uning yetarliligini taʻminlash tijorat banklarining kreditlash 
salohiyatini oshirish va investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda muhim oʻrin 
tutadi. 
Tijorat banklari kapitalining yetarliligini taʻminlash ularning toʻlovga 
qobiliyatliligini ta‘minlashning birlamchi zaruriy sharti hisoblanadi. 
Tijorat banklari Markaziy bank bilan toʻgʻri REPO va teskari REPO 
operatsiyalarini amalga oshiradilar. 
Toʻgʻri REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qogʻozlarni tijorat 
banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotishdir. 
Teskari REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qogʻozlarni tijorat 
banklaridan qaytarib sotish sharti bilan sotib olishdir. 
Teskari REPO bitimlari tijorat banklarining likvidliligini taʻminlashda 
muhim oʻrin tutadi. 
Qimmatli qogʻozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va 
Boshqaruv raisi va Bosh hisobchi tomonidan imzolanadi. 
Qimmatli qogʻozlar prospektida quyidagi maʻlumotlarning boʻlishi shart: 
1. Emitent toʻgʻrisidagi maʻlumotlar 
2. Emitentning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʻlumotlar 
3. Qimmatli qogʻozlarni oldingi emissiyasi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar


38 
Shuningdek, tijorat banklari mijozlarning topshirigʻiga koʻra anderrayting 
operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banki tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning 
investitsion jozibadorligini taʻminlash ularni bozor baholarida sotish imkonini 
beradi. Bu esa, bankning resurs bazasini mustahkamlash nuqtayiy-nazaridan 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamiz 
tijorat 
banklarining 
passivlarini 
boshqarishni 
takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan muammolar: 
1. Tijorat banklarining resurs bazasining yetarli emasligi. 
2018-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat 
banklarining jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning 
salmogʻi 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini yetarli 
emasligini koʻrsatadi. Chunki, tijorat bankining depozit bazasi yetarli boʻlishi 
uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlardagi salmogʻi 30 
foizdan oshmasligi kerak. 
2. Tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan 
emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi. 
2018-yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat 
banklarining passivlari miqdori 84 075 trln. soʻmni tashkil etdi. Shuning atiga 1,3 
foizini tijorat banklarining qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan pul mablagʻlari 
tashkil yetdi
8

3. Tijorat banklari kapitalining tarkibida devalvatsiya zahirasi va imtiyozli 
kreditlash fondining mablagʻlari kabi nobarqaror moliyalashtirish manbalarining 
mavjudligi. 
Bazel standartining talablariga koʻra, devalvatsiya zahirasini tijorat 
banklarining kapitali tarkibiga kiritish mumkin emas. Respublikamiz tijorat 
banklarida esa, devalvatsiya zahirasi birinchi darajali kapital tarkibiga kiritilgan. 
Holbuki, birinchi darajali kapital faqat barqaror moliyalashtirish manbalaridan 
tashkil topgan boʻlishi kerak. Tijorat banki ogʻir moliyaviy ahvolga tushib 
8
www.cbu.uz сайти маълумотлари асосида муаллифлар томонидан ҳисобланган. 


39 
qolganida, birinchi darajali kapitaldan foydalanish yoʻli bilan ana shu ogʻir 
ahvoldan chiqib ketishi lozim. 
4. Tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarning yetishmasligi. 
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini (70 foizdan ortiq qismini) qisqa 
muddatli resurslar tashkil etadi. Bu esa, tijorat banklarining uzoq muddatli aktiv 
operatsiyalari hajmini oshirishga toʻsqinlik qiladi. Holbuki, 2017-2021-yillarda 
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha 
―Harakatlar strategiyasi‖ da tijorat banklarining istiqbolli investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish vazifasi qoʻyilgan. Ushbu vazifani 
bajarish uchun esa, tijorat banklari yetarli darajada uzoq muddatli resurslarga ega 
boʻlishi lozim. 
Tijorat bankining likvidliligi, bank tizimining likvidliligi, kapitalning 
yetarliligi, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi, transformatsiya riski, 
resurssiz kreditlash, sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffisienti, barqaror 
moliyalashtirish mavjud summasi, barqaror moliyalashtirishning zaruriy summasi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish