4-BOB: TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI
BOSHQARISHNING ASOSIY YOʻNALISHLARI
§ 4.1. Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari
§ 4.2. Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari
§
4.1. Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari
Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar
hisoblanadi:
1.
Aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish;
2. Aktivlarning daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni
taʻminlash;
3. Pul oqimlariga boʻlgan barcha ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan
darajada likvidlilikni saqlash;
4. Aktivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga
nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
sonli farmoni bilan tasdiqlangan ―Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖da ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan
instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish,
shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini taʻminlash,
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash,
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy
barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʻatlarini saqlab qolishning zaruriy
shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi tijorat banklari aktivlari va
passivlarini boshqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatini
yuzaga keltiradi
6
.
6
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли фармони. Ўзбекистон
35
―Harakatlar strategiyasi‖da bank tizimi oldiga qoʻyilgan vazifalarning
ijrosini ta‘minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va
barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi va 2017-yil 13-
sentabrdagi PQ-3272-sonli ―Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarorlari qabul qilindi.
Ayni vaqtda, respublikamiz tijorat banklari aktivlarini boshqarishni
takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda.
Xususan:
1. Tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida daromad keltirmaydigan
aktivlarning (kassadagi naqd pullar, tijorat banklarining milliy valyutadagi va
xorijiy valyutadagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul mablagʻlari)
salmogʻining nisbatan yuqori ekanligi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar tijorat banklarining aktivlari tarkibida
salmogʻiga koʻra ikkinchi oʻrinni (birinchi oʻrinni kreditlar egallaydi) bankning
qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalari egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi
tijorat banklari aktivlarining tarkibida esa, salmogʻiga koʻra ikkinchi oʻrinni kassali
aktivlar egallaydi. Bu esa, aktivlar daromadlilik darajasining past ekanligidan
dalolat beradi.
2. Muddati oʻtgan kreditlar miqdorining katta ekanligi.
Ayniqsa, davlat dasturlari doirasida berilgan kreditlar boʻyicha muddati
oʻtgan qarzdorlik miqdori katta.
3. Milliy valyutaning qadrsizlanish surʻatining yuqori ekanligi.
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида// Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2017. – № 6 (766). – 32-б.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |