Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 2.2. Tijorat banklari passivlarining tarkibiy tuzilishi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/165
Sana09.06.2022
Hajmi2,6 Mb.
#649289
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§ 2.2. Tijorat banklari passivlarining tarkibiy tuzilishi 
Tijorat banklarining passivlari talab qilib olinish darajasiga koʻra quyidagi 
tarkibiy qismlarga boʻlinadi: 
1)
talab qilib olinadigan depozitlar; 
2)
boshqa 
banklarning 
―Vostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul 
mablagʻlari; 
3)
muddatli depozitlar; 
4)
jamgʻarma depozitlar; 
5)
bankning qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan mablagʻlar; 
6)
boshqa banklardan olingan kreditlar; 
7)
regulyativ kapital. 
Transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining 
likvidliligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Respublikamiz tijorat banklarida transaksion 
depozitlardan toʻgʻridan toʻgʻri, yaʻni muddatli depozit shartnomasi tuzmasdan 
turib, resurs sifatida foydalanish hollari mavjud. Buning natijasida, tijorat 
banklarining faoliyatidagi likvidlilik va kredit riski kuchaymoqda. Chunki 
transaksion depozit nobarqaror passiv hisoblanadi va shu sababli, istalgan vaqtda 
hisobraqam egasi tomonidan talab qilib olinishi mumkin. Kredit esa, muddatli 
boʻlib, uni muddatidan oldin qaytarib olish mumkin emas. Bundan tashqari, 
transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining depozit 
bazasiga salbiy taʻsir qiladi. 
Tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi ishtiroki: 
1. Emitent sifatida; 
2. Investor sifatida; 
3. Vositachi sifatida. 


18 
Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qogʻozlarni muomalaga 
chiqaradi:
4
1. Emission qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, opsionlar) 
2. Noemission qimmatli qogʻozlar (depozit sertifikatlari, jamgʻarma 
sertifikatlari) 
Qimmatli qogʻozlarni emissiya qilish 5 bosqichdan iborat: 
1. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish 
2. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlash 
3. Chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 
4. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish 
5. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni davlat 
roʻyxatidan oʻtkazish. 
Tijorat banklariga qimmatli qogʻozlarni chiqarishga ruxsat beradigan 
organlar: 
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli 
qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi. 
Tijorat banklari ustav kapitalini shakllantirish uchun oddiy va imtiyozli 
aksiyalarni muomalaga chiqaradi. 
Bankning barcha aksiyalari tartib raqami va chiqarilgan vaqtidan qatʻi nazar 
bir xil nominal qiymatga ega boʻlishi shart. 
Muomalaga chiqarilgan aksiyalar toʻliq sotib boʻlinmagunga qadar yangi 
aksiyalarni muomalaga chiqarishga ruxsat etilmaydi.
Qimmatli qogʻozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va 
Boshqaruv raisi hamda Bosh hisobchi tomonidan imzolanadi. 
Qimmatli qogʻozlar prospektida quyidagi maʻlumotlarning boʻlishi shart: 
1. Emitent toʻgʻrisidagi maʻlumotlar 
2. Emitentning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʻlumotlar 
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони 2005 йил 24 апрелдаги ―Акциядорлик жамиятларда 
замонавий корпоратив бошқарув услубларини жорий этиш чоралари тўғрисида‖ги фармони. 


19 
3. Qimmatli qogʻozlarni oldingi emissiyasi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar 
Sessiya – sertifikat boʻyicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs 
foydasiga voz kechish. 
Sedent – sertifikat boʻyicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs 
foydasiga voz kechayotgan tomon. 
Sessionariy – sertifikat boʻyicha talab qilib olish huquqini oluvchi tomon. 
Bazel standartiga koʻra, tijorat banklarining regulyativ kapitali 3 qismdan 
iborat: 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish