Buxoro amirligi davrida (1756-1868)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chorsu savdo majmuasi. Samarqand. 1785-yil
Hazrat Hizr masjidi. Samarqand. 1854-yil
Amir Shohmurod (1785—1800) davrida Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan.
1841—42 yillarda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N.V.Xanikovning yozishicha, oʻsha vaqtda Samarqand baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km²ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni bilan bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan. Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.
Rossiya imperiaysi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]
1868-yil 1-mayda Samarqand yaqinidagi Choʻponota tepaligida rus podshohi qoʻshinlari bilan samarqandliklar oʻrtasida qattiq jang boʻldi. Samarqand aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat, ruslar katta talofatlar berib shaharni 2-mayda egalladilar. Keyinchalik Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. Soʻngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi togʻli rayonlar ham qoʻshildi. 1886-yil Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Samarqand uning maʼmuriy va savdo markaziga aylandi. Oʻsha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar kurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad koʻtardi.
Samarqand yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871-yilda boshlandi. Oʻsha vaqtda okrug gubernatori general Abramovning buyrugʻiga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara qilinib va sotib olinib, ofitserlar hamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va, mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga boʻlib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga „Soldatskaya slobodka“ deb ataluvchi shimoli-gʻarbiy buluk ajratilgan. Oʻsha davrda Eski va Yangi shahar oʻrtasida xiyobon va bogʻ barpo etildi, harbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofitserlar majlis oʻtkazadigan bino quriddi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Sda bir nechta kayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo zavodlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni kayta ishlash zavodida bir qancha presslash, 2 ta yoʻnuvchi, 2 ta vint kesish stanogi boʻlib, choʻyan buyumlar, zanjir, oʻroq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chikarilgan.
XX asr boshiga kelib Samarqanddagi korxonalar, temir yoʻl ustaxonalarida ishchilar soni koʻpaydi. 1917-yil 5-dekabrda Samarqandda hokimiyat shoʻrolar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil 11-aprelda Samarqandda shoʻrolarning viloyat sʼyezdi boʻlib, sʼyezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi eʼlon qilindi. 1925—30 yillarda Samarqand Oʻzbekiston poytaxti boʻlib turdi. 1991-yil Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Samarqand respublikaning katta madaniy markaziga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |