Samarqand
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Samarqand (maʼnolari).
Samarqand
|
shahar
|
|
Gerb
|
39°39′15″N 66°57′35″E G OKoordinatalari: 39°39′15″N 66°57′35″E G O
|
Mamlakat
|
Oʻzbekiston
|
Viloyat
|
Samarqand Viloyati
|
Hukumat
|
Avvalgi nomlari
|
Maroqand (Marakanda)
|
Maydon
|
120 km2 (46 mi²)
|
Iqlim turi
|
subtropik-ichkikontinental
|
Rasmiy til(lar)i
|
oʻzbekcha
|
Aholisi
(2019-yil 1-yanvar)
|
↗ 540 400
|
Zichligi
|
4415 kishi/km2
|
Milliy tarkib
|
oʻzbeklar, tojiklar, ruslar, forslar, armanlar, tatarlar va boshqalar
|
Konfessiyaviy tarkib
|
asosan musulmonlar, shuningdek xristianlar va boshqalar
|
Vaqt mintaqasi
|
UTC+5
|
Telefon kodi
|
66
|
Pochta indeks(lar)i
|
1401XX
|
Avtomobil kodi
|
14 (1998—2008), 30-39 (2008)
|
Samarqand
|
Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qo'ngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016); 1975-yil 299000, 1970-yil 267000, 1959-yil 196000, 1939-yil 136000, 1897-yil 55000, 1865-yil 26000. Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
Mundarija
1Tarixi
1.1Nomlanish tarixi
1.2Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar
2Turk xoqonligi va Gʻarbiy turk xoqonligi tarkibida
3Arab xalifaligi tarkibida
4Somoniylar va Qoraxoniylar davri
5Moʻgʻullar hukmronligi davrida
5.1Amir Temur va Temuriylar davrida
6Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida (XVI-XVIII asrlar)
7Buxoro amirligi davrida (1756-1868)
7.1Rossiya imperiaysi tarkibida
7.1.1Samarqandni oʻrganilishi va tadqiqi
7.2Shahar shoʻro paytida
8Samarqand mustaqil Oʻzbekiston davrida
8.1Sanoat va ishlab chiqarish
8.2Turizm va tadqiqotlar
8.3Taʼlim
9Tarixiy obidalari
10Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
11Aholisi
12Transport
12.1Havo transporti
12.2Temir yoʻl transporti
12.3Shahar ichki transporti
13Samarqandning tarixiy va arxitektura yodgorliklari
14Galereya
15Manbalar
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] Nomlanish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Haydar as-Samarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.
„Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha tahmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.
XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.[1]. 1404-yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qoʻllab quvvatlaydi[2].
Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iskandar oʻz doʻsti Klitni Samarqandda oʻldirishi
Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700-yildan ortiq tarixga ega.
Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor ko'chmanchi qabilalar sardorlari tomonidan o'ldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |