Samarqand davlat universiteti voris ahrorov menejment va marketing


  Muzokara davomida yolg‘on ishlatish



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/77
Sana18.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#824573
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
33e6251e383d2a7e3c37cb88db94a0bb MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI

85 
Muzokara davomida yolg‘on ishlatish
. Muzokara davomida 
yolg‘on ma’lumot berish obyektiv mezonga zid keluvchi, lekin shunga 
qaramay, ko‘p uchrab turadigan holdir. Muzokaradagi u yoki bu 
tomonning yolg‘on ishlatish sabablarini tahlil etmagan holda, yolg‘onga 
berilmaslik va unga qarshi turish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Yolg‘ondan samarali foydalanish ko‘pgina sotuv shartnomalariga oid 
muzokaralarda, qisqa muddatli shartnomani imzolashda ko‘p uchraydi.
Avvalambor, shuni aytish lozimki, aldovning samarasi ikkala 
tomonning ishtirokini taqozo etadi, aldovchi jarayonga qanchalik 
tayyorlangan bo‘lsa, o‘zga tomon ham har qanday aldovga qarshi tura 
olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Umuman olganda, odam ikki holda 
ko‘proq aldanadi – birinchidan, ushbu muammoni tezroq hal qilish 
maqsadida shoshilganda, aniqrog‘i uning ijobiy natijasini juda xohlaganda, 
kkinchidan esa, masala haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan 
paytda. Shuning uchun, muzokara olib boruvchidan doimo vaziyatni aniq 
tasavvur etish va o‘z orzusi qurboni bo‘lib qolmaslik hamda bo‘lajak 
muzokara mavzusi haqida ko‘proq ma’lumot yig‘ish lozim. 
Bundan tashqari, ma’lum psixologik qonunlar mavjudki, ularning 
inson ruhiyatida amal qilishi yolg‘onga berilish ehtimolini kuchaytiradi.
Jumladan, quyidagilarni kiritish mumkin: 

Obro‘-e’tiborga ega shaxs bilan muloqotda unga shubhasiz ishona 
boshlaymiz. 

O‘zga shaxs bizga qanchalik yoqimli bo‘lsa, uning ma’lumotini 
shunchalik ishonch bilan qabul qilamiz va aksincha, biz yoqtirmagan 
kimsaning ma’lumotini shubha ostiga olamiz va ishonqiramay qaraymiz. 

Odamning bilim saviyasi va aqliy salohiyati qanchalik yuqori 
bo‘lsa, u hayotga shunchalik ishonch bilan qaraydi, u mushohadaga moyil, 
vaziyatlarni mustaqil ravishda tahlil qila oladi va yolg‘on ta’siriga kamroq 
beriladi. 
Suhbatdoshimiz ko‘zini qo‘li bilan berkitishi ham shu kabi holat 
haqida ma’lumot berishi mumkin. Yolg‘on gapirish sohasida ba’zi «pixini 
yorgan» kimsalar bunday paytda burniga qo‘lini tekizish bilan cheklanadi 
va bu bilan yolg‘ondan o‘t olgan hayajonini yashirmoqchi bo‘lishadi.
Ko‘pchilik yolg‘on gapirayotgan odamlar sherigining ko‘ziga 
qarashga uyalishadi. Shuning uchun ko‘z harakatlariga ham e’tiborli 
bo‘lish kerak.
Kuzatishlardan aniqlanishicha, odam yolg‘on gapirayotganda, ya’ni 
mavjud bo‘lmagan narsani xayolida tasavvur etayotgan paytda ko‘z ham 
o‘ziga xos ravishda harakatlar sodir qilarkan. Xususan, mavjud narsani 


86 
xotirlayotganda ikkala ko‘z gavhari yuqoriga va o‘ng tomonga yo‘naladi, 
yangi narsani (yolg‘onni) yaratishda esa aksincha, yuqoriga va chap 
tomonga harakatlanadi. Aytganday, chapaqay kimsalarda bu jarayon 
teskari o‘tadi.
Bundan tashqari yolg‘on gapirayotgan kimsaning ko‘zi yon atrofga 
tez-tez harakatlanadi.
Aniqlanishicha, tananing ma’lum holati ham yolg‘onni ifodalashi 
mumkin. Odam haqiqatni gapirayotganda bosh o‘ng tomonga sal 
engashadi va tana xotirjam bo‘ladi, yolg‘on gapirayotganda bosh to‘g‘ri 
holatni egallaydi va tana zo‘riqish holatiga keladi.
Quyida 
keltirilgan 
belgilar 
suhbatdoshimiz 
yolg‘on 
gapirayotganligini aniqlash uchun axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin: 

Ko‘p gapirish, aniq matnning kuzatilmasligi.

Javob berishdan avval uzoq sukut saqlanishi. 

Cho‘zib va past tovushda gapirish. 

Ichki zo‘riqish. 

Nomunosib qo‘l xatti-harakatlari. 

Tabiiy bo‘lmagan yuz ifodasi. 

Yuzning notabiiy qizarishi yoki oqarishi. 

Ko‘z qorachig‘ining nihoyatda kengayishi. 

Ko‘zni suhbatdoshdan olib qochish. 

Tez-tez kiprik qoqish. 

Ishonchsizlikni ifodalovchi qo‘l harakatlari (dahanni, burunni, 
qoshni qashish). 

Chakkani qashish. 

Miyig‘ida kulish, sun’iy yuz ifodalari. 
Shuni unutmaslik lozimki, har bir insonda ushbu ko‘rsatkichlarning 
namoyon bo‘lishi o‘ziga xos tarzda o‘tadi. Odamni bilmay turib, u yoki bu 
belgiga qarab talqin berish mumkin emas. Ko‘rsatilgan belgilarga 
asoslanishdan avval o‘zga kimsa bilan qisman bo‘lsa ham oddiy muloqot 
sharoitida bo‘lish lozim. Eslab qolingan aynan shu vaziyat, keyinchalik 
taqqoslash namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Ogohlantirish shundan iboratki, 
yuqoridagi har bir ko‘rsatkich o‘zga kimsaning hayajonlanishi ifodasi 
bo‘lishi ham mumkin. Suhbat chog‘ida aldanib qolmay degan kimsa 
quyidagi qoidaga amal qilgani ma’qul: «Bir manbadan olingan ma’lumot – 
hali ma’lumot emas. Ikki manbadan olingan ma’lumot – fikrlash uchun 
turtki va faqatgina uch manbadan olingan ma’lumot ushbu axborotning 
haqqoniyligini u yoki bu darajada tasdiqlashi mumkin».



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish