Samarqand davlat universiteti voris ahrorov menejment va marketing



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana18.07.2022
Hajmi1,14 Mb.
#824573
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
33e6251e383d2a7e3c37cb88db94a0bb MENEJMENT VA MARKETING PSIXOLOGIYASI

Kutilmagan hamkorlik.
Ba’zan o‘zga tomon biz kutganimizdan 
ertaroq shartimizni qabul qilishi, hamda biz bilan hamkorlik qilishga 
tayyorligini namoyon etishi mumkin. Ayni paytda ortiqcha shubha va 
ishonchsizlik qaror qabul qilishimiz yo‘lidagi to‘siqqa aylanadi. Mazkur 
vaziyatga shubha bilan qarash qulay imkoniyatni boy berishga olib kelishi 
mumkin. Ammo, kutilmagan rozilik ortida yashirin niyatning borligi 
ehtimoli ham yo‘q emas. Bunday vaziyatda yuzaga kelgan shubhani va 
o‘zga tomonning samimiylik darajasini aniqlash lozim. Samimiyatni 
aniqlash muzokara jarayonidagi ancha murakkab holat hisoblanadi. 
Mavjud imkoniyatlardan biri o‘zga tomon harakatidagi noverbal 
signallarni 
tahlil 
etish orqali yashirin, yuzaga chiqolmayotgan 
ma’lumotlarni olishdir.
Qaror qabul qilish ko‘pincha vaqt tanqisligi vaziyatida o‘tadi va 
muzokara ishtirokchilarida ma’lum zo‘riqishni uyg‘otadi. Hatto, muzokara 
ishtirokchilari o‘zga tomonni noqulay vaziyatga qo‘yish va imkoniyatni 
o‘zlari tomonga burish maqsadida turli nayranglarga ham boradilar. 
Shulardan biri o‘zga tomon uchun vaqt tanqisligi sharoitini yuzaga 
keltirish uslubidir. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bunday noxush 
vaziyatga nisbatan rahbar ma’lum darajada qarshi tura olish malakasiga 
ega bo‘lishi lozim. Quyida shunday malaka haqida aytib o‘tiladi va bu kezi 
kelganda nafaqat vaqtni yutish, hatto navbatdagi maqsadni bajarish uchun 
ham yordam beradi.
Masalan, vaqt tanqisligi sharoitida vaqtdan yutishdagi uslublardan 
biri – suhbatdosh taklif etayotgan yechim yoki qarorni batafsil 
takrorlashdir.
Odatda bu usul psixologiyada «verbalizasiya» deb, ataladi va bu 
orqali nafaqat o‘zga tomon qarashini aniqlash, balki, takrorlashga 
sarflanayogan vaqt orqali «pauza» kabi qo‘shimcha muddatga ega 
bo‘linadi. Bunday sharoitda qo‘lga kiritilgan har qanday pauza o‘ylash 
uchun yana bir muddatdir. Shu kabi usullar qatoriga vaqtdan yutish 
maqsadida qisqa muddatli tanaffus e’lon qilish, oynani ochib qo‘yish 


83 
bahonasida bir oz vaqtni cho‘zish, bir piyola choy bilan chalg‘ish va 
hokazo uslublarni sanab o‘tish mumkin.
Muzokara olib borish sharoitida to‘siq paydo bo‘lishining yana bir 
manbai - o‘zga tomonga xos shaxsiy muammolardir. Buning natijasida 
o‘rtada zo‘riqish, tushunmovchilik va hatto, o‘zaro shubha, ishonchsizlik 
paydo bo‘ladi. Suhbat chog‘idagi bunday to‘siqlarni olib tashlash malakasi 
juda zarur xislatdir. Shu maqsadda quyida bir necha uslubni taklif 
etamizki, ularni qo‘llash nafaqat munosabatlarni oydinlashtiradi, balki 
muzokara olib boruvchi shaxsning niyatini samimiylashtirish imkonini 
ham beradi.
Masalan, orada biron zo‘riqish vaziyati paydo bo‘lsa, hazil-
mutoyibaga murojaat etish, muzokara ishtirokchilarini yoqimli biron-bir 
tadbirga taklif qilish, suhbatni boshqa yo‘nalishga burish kabi uslublardan 
foydalanish kerak.
Ko‘p hollarda o‘zga tomon muzokara davomida asossiz ravishda o‘z 
salbiy munosabatini namoyon qiladi, yoki suhbat ishtirokchilariga 
ishonchsizlik bilan qaraydi. Bunday kishi kelayotgan ma’lumot ichidan 
faqatgina o‘z shubhasini tasdiqlovchi dalillarni izlaydi, masala 
muhokamasiga ko‘pincha bir tomonlama qaraydi. Shuni unutmaslik 
kerakki, o‘zga tomonning bunday munosabatini tanqid ostiga olmaslik 
zarur va imkon bo‘lgan paytda oradagi ishonchsizlik bulutini tarqatishga 
harakat qilish lozim. Buning uchun, avvalambor mazkur insonning ichki 
holatini iloji boricha to‘la aks ettirishga, uni tushunishga intilish zarur. Bu 
yerda «Xo‘sh, men uning o‘rnida bo‘lsam, nima qilgan bo‘lardim, unga 
xos xarakter xislatlari va imkoniyatlari menda bo‘lganda vaziyatni qanday 
idrok etardim?», degan savolni o‘z-o‘ziga berishi kerak. Umuman, suhbat 
chog‘idagi har qanday salbiy holat maqbul yechim topish imkoniyatini 
kamaytiradi va muzokarani boshi berk ko‘chaga kiritadi. Shuning uchun, 
iloji boricha salbiy holatlarni kamaytirish va ularni hatto bartaraf etish 
ustida doimiy ish olib borish lozim. Bu yo‘nalishdagi oddiy tadbirlardan 
biri – iloji boricha o‘zganing salbiy holatiga nisbatan shu tarzda javob 
berishga intilmaslikdir. Suhbatdoshingiz qanchalik zo‘riqishiga qaramay 
iloji 
boricha 
o‘zingizni xotirjam tuting. Undagi salbiy holat 
takrorlanaversa, eng maqbul yo‘llardan biri – bu holat natijasida paydo 
bo‘layotgan o‘z hissiyotingiz haqida ochiq-oydin gapirishdir
1
. Bunday 
uslub vaziyatni oydinlashtirish orqali, suhbatdoshning ishonchsiz va salbiy 
munosabati suhbatga qanday to‘sqinlik qilayotgani haqida unga aniq 
ma’lumot beradi.
1
Ilovalardagi “SEN-MEN ma’lumot” uslubiga qarang 



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish