75
tashkilotga nisbatan afzallik tomonini namoyon etish qobiliyatiga ham ega.
Ushbu jumlalarni o‘qigan o‘quvchida muzokara bu, yo‘q narsani bor qilib
ko‘rsatish mahorati emasmikan, degan fikr tug‘ilishining mutlaqo tarafdori
emasmiz.
Rahbar o‘z tashkiloti imkoniyatlari, uning kuchli tomonlarini yaxshi
tasavvur qila olishi va bu xususiyatlarni yanada ijobiy tarzda taqdim eta
bilishi lozim. Bu jarayon rahbardan nafaqat o‘ziga, balki, tashkilot
xodimlariga
ishonchni, kelajakka katta umid bilan qarashni va shaxsning
muvaffaqiyatga yo‘nalishini ifodalaydi.
Muzokaralar turli sharoit va tomonlar ishtirokida o‘tadi. Bu esa,
muzokaraning oson kechmasligini, bu jarayon davomida turli-tuman
kutilmagan omillar ta’siri mavjudligini asoslaydi. Odatda muzokara har
qanday murakkab tuzilma singari bir necha asosiy bo‘laklardan iborat:
muzokara
mazmuni,
muloqot,
munosabatlar, tadbirlar (qoidalar,
muhokama tartibi, protokol). Muzokaraning jarayon sifatida murakkabligi
shundaki, ushbu sanab o‘tilgan har bir qism dolzarb ahamiyat kasb etadi va
muzokara natijasining hal etishga o‘z ulushini qo‘shadi. Masalan,
muzokaraga oldindan tayyorlanish, hamma hujjatlarni batafsil o‘rganib,
mulozamat qoidalarini o‘rniga qo‘yib
ijro etish mumkin, lekin
hamsuhbatimiz milliy xususiyatiga oid ba’zi jihatlarga e’tiborsizligimiz
butun urinishimizni zoye ketkazishi mumkin. Bu jihatlarni muzokaraning
tashqi tomoni, po‘stlog‘i deb atash mumkin. Lekin bu jarayonning ichki
tomoni ham borki, unda muzokaraga tayyorlangan tomondan qator
vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
Bu vazifalara qatorida
quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
o‘zga tomonda qiziqish uyg‘otish;
masalaga yuzasidan o‘z nuqtai nazarini to‘g‘ri tushuntirishga
erishish va shu bilan birga o‘zganing qarashi haqida to‘la-to‘kis tasavvurga
ega bo‘lish;
o‘zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg‘otish;
birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o‘zgada mas’uliyat
uyg‘otish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish muzokaraning muvaffaqiyatini
ta’minlovchi asosdir.
Rahbar vakolatidagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aytish
mumkinki, tashkilot rahbari olib boradigan muzokaralar ichki yoki tashqi
turlarga bo‘linishi mumkin. Ichki muzokaralar – tashkilot ichidagi
muammoga yo‘nalgan bo‘lib, ushbu muzokarani qo‘llash zarurati
mazkur
sharoitda boshqaruvning odatiy uslublari o‘z kuchini yo‘qotganligi bilan
76
asoslanadi. Bundan tashqari tashqi muzokara ham mavjud va u o‘z
navbatida bir necha darajaga bo‘linishi mumkin: mamlakat doirasidagi
sohada, sohalararo va xalqaro muzokaralar. qayd etilgan pog‘onalarga
qanchalik yuqori ko‘tarilsak, bunda amalga oshuvchi muzokaraning
ahamiyati ham shunchalik oshib boraveradi. Xo‘sh, qanday holda
muzokaraga murojaat etiladi va qay sharoitda muzokarasiz ham ish ko‘rish
mumkin. Muzokaraga murojaat etish hollari quyidagicha: bir tomonlama
harakat
natija bermaydi; masalaning yechimi qonun bilan belgilanmagan;
masalani sudgacha hal etish samaraliroq bo‘lgan taqdirda va shu kabi
nostandart vaziyatlarda.
Odatda muzokaralarning tashkiliy, huquqiy, axloqiy tomonlari
farqlanadi va ular muzokara shakliga ko‘ra turlicha mazmunga ega.
Masalan, xalqaro munosabatlar sohasidagi muzokaralar aniq qayd etilgan
qoida va me’yoriy tomonlariga ega bo‘lsa, xo‘jaliklararo
uchrashuvlar
doirasidagi ko‘pgina uchrashuvlar tomonlarning qo‘l siqishi orqali ham
tasdiqlanib ketaveradi. Lekin muzokara qay darajada amalga oshirilmasin
uning natijasi kelishuvdan va ushbu kelishuvni u yoki bu shaklda qayd
etishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: