Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Foydalalikning 
kardinalistik 
yondashuvini 
belgilashdan 
ordinalistik 
yondashuvga o`tish mohiyati nimadan iborat edi? 
2.
Dj. Xiks maksimal foydalilik darajasi atamasi bilan almashtirgan nazariyada 
qanday tushunchadan ofydalangan? 
3.
Almashinuv va daromad effekti nima? 
4.
Diskontlashtirish nima? Mazkur usulni kim kiritgan va u nima uchun 
qo`llanilmoqda? 
5.
XVIII – XIX asr iqtisodchilaridan qaysi birinining kontseptsiyasi F. Nayt 
tadbirkorlik kontseptsiyasida o`z rivojlanishini topdi? 
6.
F. Nayt nazariyasiga muvofiq tavakkal va noaniqlik orasidagi farq nimada? 
7.
Mablag` miqdoriy nazariyasi transaktsion versiyasi ning mazkur nazariya 
kembridj variantidan printsipial farqi nimada? 
8.
Mablag` miqdoriy nazariyasining qaysi aspektlari avstriya maktabi, xususan 
F. Xayek tomonidan tanqid ostiga olingan? 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
Слуцкий Е.Е. К теории сбалансированного бюджета потребителя. 
Экономико - математические методы. Народно-хозяйственные модели. 
Теоретические проблемы потребления. М., 1963. 
2.
Хикс Дж.Р. Стоимость и капитал. М.: прогресс – Универс, 1993. 
 
 
 
 
 
 


145 
XVII-BOB. NOMUKAMMAL RAQOBAT BOZORI NAZARIYALARI 
 
17.1. E.Chemberlin monopolistik raqobatchilik nazariyasi 
Monopoliya holati iqtisodiy ta`limotlar tarixi davomida ko`pchilik 
iqtisodchilar tomonidan ko`rib chiqilgan. Mazkur muammoning ayniqsa yorqin 
misollari sifatida, frantsuz iqtisodchisi Antuan Ogyusten Kurne asarlarida ko`rib 
chiqilgan. «Boylik nazariyasi matematik printsiplari tadqiqoti» (1838) asarida 
iqtisodiyotda, monopoliya va duopoliya holati keng ko`rib chiqgan. Kurne 
tomonidan monopolistik daromad maksimizatsiyasi sharoitlari belgilangan, hamda 
monopolistik bozorda narx erkin raqobatchilik sharoitlariga qaraganda yuqoriroq
ishlab chiqarish hajmlari esa kamroq ekanligi haqida xulosa chiqarilgan. 
Duopoliya holati, Kurne tomonidan narx, monopoliya va raqobatchilik 
ko`rinishidagi narx va ishlab chiqarish hajmi darajasi bo`yicha o`rtacha element 
sifatida ko`rib chiqilgan. Duopolistik bozori tahlili elementlari F. Edjuortning «Sof 
monopoliya nazariyasi» (1897) kitobida ham mavjud. Monopolistik raqobatchilik 
nazariyasi tarafdori sifatida rus iqtisodchisi V. K. Dmitrievni ham tilga olish 
mumkin. U monopolistik narxlar tahlili bilan Shug`ullangan, Shu borada Lozanna 
maktabi namoyandasi F. Paretoni ham tilga olish joiz. 
Monopoliya muammosiga nisbatan qarashlarni kardinal ravishda, ingliz 
iqtisodchisi, ital`yan millatiga mansub P`etro Straffa g`oyalari ayniqsa muhimdir 
(1898-1983). 1920-yillarda, Kembridj universitetida, u monopoliya holati bo`yicha 
faol tadqiqotlarini amalga oshirgan. Uning kontseptsiyasi tarafjorlaridan biri, 
Djoan Robinson bo`lib, o`zining «Raqobatchilik sharoitlarida daromadlarni 
shakllantirish qonuniyatlari» (1926) maqolasida raqobatchilik bozori tuzilmasiga 
hajmdan o`sib borayotgan qaytim qonuniyati ta`siri haqidagi masalani ko`targan. 
Uning fikricha, mazkur qonuniyat ta`siri tufayli, bozordagi monopoliya holati sof 
bo`lmaydi. A. Marshall tomonidan ilgari surilgan rivojlangan raqobatchilik 
kontseptsiyasi va firma nazariyasini tanqid ostiga olar ekan, u bozor qonuniyatlari 
tadqiqotini raqobatchilikdan emas, aynan monopoliyadan boshlash lozimligini 
ta`kidlagan. Bunday yondashuv mumtoz va neomumtoz nazariya uchun printsipial 
ravishdagi Yangi g`oya bo`ldi. 
Rivojlanmagan raqobatchilik bozoriga bag`ishlangan tizimli tadqiqotlar 
1930-yillarga kelibgina paydo bo`la boshladi. 1933 yilda, Amerika iqtisodchisi 
Edvard Xastings Chemberlin (1899-1967) qalamiga mansub «Monopolistik 
raqobatchilik nazariyasi» kitobi nashr etilib, undan bozorda firmaning 
monopolistik holati, tez uchraydigan hodisa bo`lib, u firma hajmlari bilan bog`liq 
emasligi ta`kidlangan.


146 
Oldingi sof raqobatchilik yoki sof monopoliya hodisasini ko`rib chiqgan 
iqtisodchilardan farqli o`laroq, E.Chemberlin iqtisodiyot uchun monopolistik 
raqobatchilik holati xosligini aytgan. Bu holat, bozorda juda ko`p miqdordagi 
sotuvchilar mavjudligi, Shu sababli uni raqobatchilik deb atash mumkinligini ilgari 
suradi, ammo Shu bilan birgalikda, raqobatchilik bozorining ikkinchi sharti, unda 
bir - xil sifatdagi tovarlar mavjudligidir. E. Chemberlin modelina, ishlab 
chiqaruvchilar monopoliya daromadini olishga harakat qilgan holda, mazkur 
tovarga bo`lgan talab elastikligini pasaytitrishadi. Buning uchun, ular o`z 
mahsulotini boshqa tovarlar umumiy massasidan ajratib, uning sifat darajasini 
oshirishga, tashqi ko`rinishni jozibadorligiga, hamda sotish shartlarga belgilashga 
harakat qilgan holda, unga ekslyuziv tavsif berishadi va Shu orqali xaridorni 
tovarga narx o`zgarishidan qat`iy nazar, xaridor talabini saqlab qolishga harakat 
qilishadi. Buning natijasida, mahsulot differentsiatsiyasi yuz berib, ishlab 
chiqaruvchi mazkur tovar turining bozordagi yagona sotuvchisiga ya`ni 
monopolistga aylanadi.
Mazkur monopoliya holati, bozorda Shunday o`xshash, ammo sifati bilan 
farq qiluvchi tovarlar mavjudligi bilan ajralib turib, bunday tovarlar substitutlar 
deb ataladi. Mo„ayyan tovarga nisbatan narx o`sishi sayin, xaridor o`z talabini Shu 
ko`rinishdagi boshqa tovarga yo`naltiradi, ammo bunda sotuvchi tomonidan Yangi 
tovar pastroq narxda sotiladi. Shunday qilib, raqobatchilik saqlanib qolinadi, ammo 
Yangi tavsifga ega bo`ladi, Chunki tovarlar nafaqat narxlar bo`yicha, balki 
iste`molchilik tavsiflari bo`yicha ham raqobatchilikka kirishib, sotishni 
tashkiliyligi bo`yicha ham farq qila boshlaydi (masalan xizmat ko`rsatish, 
joylashish, reklama va boshqalar). Aynan Shu holatdan sotuvchi foydalanib, u 
iste`molchi istaklarini narxdan qat`iy nazar boshqa tovarga yo`naltirish 
imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Shunday qilib, E. Chemberlin, differentsiatsiyalashgan tovar sotuvchisi
xaridor istaklarini boshqarish imkoniyatiga ega bo`lib, tovarlarga nisbatan 
talablarni narx bo`yicha nisbatan pastroq darajadagi elastikligiga erishadi. Mazkur 
fikr, firma harakati, neomumtoz nazariyasiga amerikalik iqtisodchining muhim 
hissasi bo`ldi. Undan oldin ishlab chiqaruvchi vazifalari, faqatgina talabga nisbatan 
yondashish sifatida talqin qilingan edi. E.Chemberlin ta`kidlashicha esa, firmalar, 
taklifning talabga nisbatan moslashtirishga ham ko`p kuch sarflashi belgilangan. 
E.Chemberlin alohida e`tiborni, bozorda monopolistik raqobatchilik narx 
shakllanishi jarayoniga ham ajratgan. Uning fikricha, tovar differentsiatsiyasi 
sababli, sotuvchi qisman monopoliya hukmdorligiga ega bo`ladi, ya`ni sof 
raqobatchilik sharoitlaridagidan ko`ra yuqoriroq darajada tovarga nisbatan narx 
belgilash imkoniyatiga ega, Chunki talab chizig`i past darajada elastiklik 
xususiyatiga ega bo`ladi. 


147 
E.Chemberlin monopolistik raqobatchilik bozorida, narx shakllanish 
jarayonini quyidagi grafik yordamida illyustratsiya etgan (17.1.1-rasm) 


S` 

P` 



D` 

d` 
Q` 



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish