148
Mo`tadil bozor holati uchun, E.Chemberlin ishlab chiqaruvchilar
monopolistik harakatlarini cheklovchi choralar tizimini kiritishni taklif etgan.
Umuman olganda, uning ta`kidlashicha, zamonaviy yuqori darajadagi ishsizlik
tovar differentsiatsiyasi uchun to`lov bo`lib, bu holat o`z navbatida xaridorlar
daromadlari va tablari farqi o`sishi uchun javob beradi.
Dj.Robinson
nomukammal
raqobatchilik
nazariyasi.
1933-yilda
E.
Chemberlin kitobi bilan qatorda ingliz iqtisodchisi Djoan Robinsonning (1903-
1983) «Nomukammal raqobatchilik iqtisodiy nazariyasi»
nomli kitobi ham nashr
etilgan. E. Chemberlin kabi, Dj. Robinson ham, E. Chemberlin tadqiqotlaridan
mutlaqo mustaqil ravishda o`z asari doirasida bozordagi monopolistik hodisani
tadqiq etib, bu holatni mahsulot differentsiatsiyasi keltirib chiqarganligini
ta`kidlagan. Nima bo`lganida ham,
uning nazariyasi, qator farqlarga ega bo`lgan,
jumladan, ishsizlik yuqori darajasi sabablari baholanishi doirasida. Birinchidan Dj.
Robinson, bozordagi monopolistik holatni nafaqat tovar differentsiatsiyasi bilan,
balki ishlab chiqarish kontsentratsiyasi bilan bog`lab, bu holat E. Chemberlin
nazariyasi umuman hisobga olinmaganligidan dalolat beradi.
Birinchidan, u monopolist firmalar tomonidan qo`llaniladigan narx
diskriminatsiyasi uslubini tadqiq etgan. Monopolistik bozorda talab past darajadagi
elastiklikka ega bo`lganligi sababli, ishlab chiqaruvchi bozorni segmentlarga
bo`lish imkoniyatiga ega bo`ladi. Buning oqibatida esa, har - bir ajratilgan segment
uchun alohida belgilab, bu narx unga maksimal
darajadagi daromad olish
imkoniyatini yaratadi. Narx diskriminatsiyasini dj. Robinson tomonidan
belgilangan narx diskriminatsiyasi asosiy qoidasi, eng yuqori narx talab elastikligi
past darajada bo`lgan nuqtada, eng past narx esa, elastiklik darajasi absolyut
ko`rinishga ega bo`lgan nuqtada belgilanadi.
Bozor maydon jihatidan ham segmentlarga bo`linishi mumkin, masalan, ichki
bozorda yuqori narxlar belgilanishi, tashqi bozorda esa past narxlar belgilanadi.
Bozor sotuvchi tomonidan xaridor daromad darajasi bo`yicha ham bo`linadi.
Bunday diskriminatsiyani tushuntirish uchun Dj.Robinson «kuchli va kuchsiz
bozor» atamalaridan foydalanadi.
Kuchli bozor, bu jamiyatning nisbatan to`q
a`zolari xaridor bo`lgan bozor bo`lib, ular tovar uchun yuqori narxlarni to`lash
imkoniyatiga ega. Kuchsiz bozor esa, past darajadagi daromadlarga ega xaridorlar
bozoridir. Buni hisobga olgan holda, ishlab chiqaruvchi avvalo o`z tovarini yuqori
narxlarda sotib, kuchli bozor tovarga to`yingandan keyin, uning narxini pasaytira
borib, bozorlarda taklif qilish imkoniyatiga ega.
Uchinchidan, Dj. Robinson aksil monopoliya holatini ham ko`rib chiqgan, ya`ni
bozorda ko`plab sotuvchilar mavjud bo`lib, faqatgina bir xaridor ularning tovariga
ehtiyojmand bo`ladi. Bozorning bunday holati, monopsoniya deb atalib, ishlab
chiqarish
omillari, xususan ishchi kuchi bozoriga xosdir. Monopsoniya
149
sharoitlarida xaridor monopoliya hukmronligiga ega bo`lib, sotuvchi monopoliya
sharoitlarida o`rtacha emas, yuqori darajadagi daromadlarga tayanishi kabi,
monopsonist ham xarid hajmi belgilanishida o`rtacha emas, maksimal xarajat
hajmlariga tayanadi. Maksimal xarajat chizig`i AS o`rtacha xarajat chizig`i
egriligiga nisbatan kuchliroq egilishga egaligi sababli xarid hajmi erkin
raqobatchilikka nisbatan pastroq darajada belgilanadi (Q`
y
MC
D
AC
B
P
A
P`
D`
X
Q`
Q
Do'stlaringiz bilan baham: