Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana12.05.2023
Hajmi1,22 Mb.
#937754
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
748e5cb8a7caee34129c7e1919ca8496 ROSSIYA VA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI O‘RTASIDA SAVDO-DIPLOMATIK ALOQALAR

Nazorat savollari 
1.XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida Rossiya O‘rta Osiyodan asosan 
qanday mahsulotlar xarid qilgan? 
2.1834-1840 yillar ichida Rossiyadan O‘rta Osiyoga kiritilgan mahsulotlarning 
necha %ini tayyor mahsulot tashkil etgan? 
3.Rossiya umumiy eksportining necha %ini metall va metall asboblar tashkil 
qilgan? 
4.Rassiya bilan Xiva xonligi o'rtasidagi savdo aloqalari asosan qaysi yo'llar orqali 
amalga oshirildi? 
5.Xiva hukmdorlari qozoq cho‘llarida talovchilarga, isyonchilarga nima sababdan
homiylik qildi? 
6.Xiva xonligidagi tartibsizliklar haqida rus tarixchilaridan kimlar asarlar yozdi? 
7.Rossiyadan yuborilgan missiyalarning asosiy vazifalari nimalardan iborat edi? 
8.Rossiyada to‘qimachilik sanoati rivojlanishi nimaga bog'liq bo‘lib qoldi? 


5-MАVZU. XIX-АSRNING 40-YILLАRIDА XIVА XONLIGI VА ROSSIYA 
O‘RTАSIDАGI MUNOSАBАTLАRNING KESKINLАSHISHI VА XIVА— 
ROSSIYA АLOQАLАRIGА DOIR BА‘ZI MАNBАLАR 
 
Reja: 
 
1.
 
XIX asrning 30-40-yillarida Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi 
oʻzaro munosabatlarga oid baʼzi manbalar 
2.
 
XIX asirning 30-40-yillarida Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi 
savdo aloqalari 
3.
 
XIX asrning 40-yillarida Xiva xonligi va Rossiya oʻrtasidagi 
munosabatlarning keskinlashishi 
Rossiya va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo aloqalari Rossiya sanoatining 
rivojlanishi va uning xomashyo mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining ortishi 
natijasida tez sur‘atlar bilan kengayib borayotgan bo‘lsa ham, ammo Xiva 
xonligining tutgan siyosati bu aloqalarnnng normal holda olib borilishiga to‘sqinlik 
qilib, Rossiya hukmron doiralari orasida Xiva hukumatiga nisbatan norozilikni 
kuchaytirdi. Xiva xonligiga tobe bo‘lgan ba‘zi ko‘chmanchi qabilalar bu vaqtlarda 
hamon rus fuqarolarini asir etib, Urganch, Hazorasp, Xonqo shaharlarining 
bozorlarida qul sifatida sotar edilar. Xiva hukumatining o‘zi esa, Rossiya 
tobeligiga o‘tgan qozoqlarning ichki ishlariga aralash ish hamda savdo yo‘llaridagi 
karvonlarni talash ishlariga barham berish o‘rniga, bu ishlarni hamon davom 
etdirmoqd a edi. 
Xiva hukmron doiralariniig Rossiyaga nisbatan tutgan mana shunday 
g‘arazli munosabati Rossiya hukumatini Xiva xonligiga qarshi amaliy chora 
ko‘rishga majbur etdi. 
Xiva xonligi bilan bo‘lgan munosabatlarni normal holatga tushirish uchun 
Rossiyaning dastlabki amaliy tadbirlaridan biri rus yarmarkalariga kelgan Xiva 
savdogarlarini ushlab qolish bo‘ldi. Bu bilan Rossiya o‘z talablarinn bajarishga 
Xiva xonligini majbur etishni ko‘zda tutadi. 
Zalesovning yozishicha, 1836 yili immeratorning buyrug‘i bilan Rossiyada 
Xiva savdogarlarn ushlab qolinadi va ularning mol-mulklari vaqtincha musodara 
qilinadi. Orenburg gubernatori Perovskiy imperator nomidan Xiva xoniga xat 
yozadi. Xatda undan qozoqlarning ichki ishlariga aralashmaslik. Rossiya 
yarmarkalarida Xiva savdogarlari qanday imtiyozlardan foydalansalar, rus 
savdogarlariga ham Xiva xonligida shunday teng huquqlik savdo imtiyozlarini 
berish va Xiva xonligidagi hamma rus asirlarini tezdan bo‘shatib yuborishni talab 
qiladi. U, xat oxirida, basharti bu talablar bajarilmay qolsa, Xiva xoni elchilarining 
qabul qilinmasligini va Xiva hukumati bilan hech qanday muzokaralar slib 
borilmasliginn bayon qildi. 


Rossiya hukumatinnng Xiva savdogarlarnni ushlab qolishiga Xiva xonligi 
qo‘l ostidagi ayrim amaldorlarning nojo‘ya harakatlari sabab bo‘lganligini, hatto 
Xiva xoninnng saroy tarixchilari ham inkor etmaydilar. Bu voqea to‘g‘risida 
Ogahiy quyidagnlarni yozadi. 
«Bu voqea vuqu‘ining sababi ul ediki, necha yildan beri Xorazm shijoisi 
Rusiya mamlakatining atrof va aknofidik kecha va kunduz pinxon va oshkor obru 
bod yanglig‘ sayru sur‘at ko‘rguzib u saroy bepoyon va g‘anoyimi parovon dasti 
tasrifiga kirguzib kelur edilar. Oqibat bu g‘ussanish Rossiya tavoyifining jonidan 
o‘tib, necha vaqtlar fikri andish bo‘lub, bu dardiga chora topa olmadilar. Lojarm 
o‘tgan yil Xorazmiya korvoni kim ming kishiga qarab o‘rus yurtig‘a borib erdilar, 
barchasin tutdilar, tokim karvon ahlin Xorazm mamolikindagi asorat qaydig‘a 
muqayind bo‘lgon o‘ruslar bilan muvoza‘a va muboya‘a qilg‘aylar». 
Golosovning yozishicha, Rossiyada ushlab qolingan Xiva savdogarlari 572 
kishidan iborat bo‘lib, ularning pul va moli 1. 400 000 so‘m bo‘lgan. 
Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarning keskinlashishi natijasida o‘zaro 
savdo aloqalari vaqtincha to‘xtab qoladi. Garchi vaqtinchalik bo‘lsa ham Rossiya 
bilan iqtisodiy aloqanipg uzilib qolishi tezda Xiva xonligining ekonomikasiga 
salbiy ta‘sir qila boshlaydi. Bu vaqtlarda mamlakatda rus sanoat mollariga bo‘lgan 
talab va tanqislik kuchayadn. Garchi metall va metall asboblar, charm va boshqa 
xil sanoat mahsulotlari Rossiyadan Buxoro va Qo‘qon savdogarlari vositasi bilan 
Xivaga keltirilgan bo‘lsa ham, ammo faqat buning o‘zigina mamlakat ichida bu 
mollarga bo‘lgan talabni qondirolmas edi. Buxoro va Qo‘qon savdogarlaridan 
olingan rus mollari Xiva uchun ikki baravar qimmatga tushar edi. Bundan 
tashqarn, Rossiya bilan bo‘ladigan savdoning to‘xtab qolishi natijasida Xiva 
xonligining o‘zida yetishtiriladigan xomashyo kasodga uchrab, uning narxi 
arzonlashadi. 
Bulardan ravshan ko‘rish mumkinki, Rossiya bilan aloqaning buzilishi 
tufayli Xiva xonligi ikki tarafdan zarar ko‘rdi. Xiva o‘z ehtiyoji uchun zarur 
bo‘lgan mollarni Rossiyadan tashqari boshqa mamlakatdan ololmas, hamda o‘z 
mollarini Buxoro va Qo‘qonga olib chiqib sota 
olmas edi. Chunki bu molar shu 
xonliklarning o‘zlarida yetarlik edi. 
Rossiya hukumati bilan bo‘lgan aloqaning kundan-kun 
keskinlashib 
borishidan cho‘chigan Xiva 
xoni Olloqulixon Rossiya bilan aloqani qayta 
o‘rnatish va u bilan yaqinlashish maqsadida 1837 yili rus asirlaridan 25 kishini 
bo‘shatib, bir muncha tortiqlar bilan Orenburgga o‘z elchisini yubordi. 
N.Zalesovning yozishicha, xonnnng yuborgan tortiqlarini Rossiya hukumati qabul 
qilmagan va ushlab qolingan xivaliklarni bo‘shatmagan; Xiva hukumatining elchisi 
Qobilniyozga Orenburgdagi xivaliklardan 5 kishini qo‘shib, Rossiya hukumatining 
yuqoridagi talablarinn bajarishni yanada ta‘kiddab, Orenburgdan Xivaga qaytarib 
yuborgan. Xiva hukumati bu yo‘l bilan Rossiya bilan bo‘lgan aloqani tuzata 
olmaganidan va Rossiyada tutib qolingan savdogarlarini ozod qila olmaganidan 


so‘ng, 1839 yili 18-sentyabrda Xiva xonligidagi rus asirlaridan yana 80 kishini 
bo‘shatib, Orenburgga yuboradi. 
Аmmo, ikkinchi tarafdai, xon Rossiyaga nisbatan ikkiyuzlamachilik 
siyosatini yurgizib, Kaspiy dengizining atroflarida baliq ovlash bilan tinchgina kun 
kechiruvchi rus fuqarolarini asir etib, qul bozorlarida sotish ishlarini avj oldiradi. 
Zalesovning yozishicha, qisqa fursat ichida yana yangitdan 200 ga yaqin 
ruslar asir etiladi. 
XIX asrning 30-yillari davomida Rossiyaning Xiva xonligiga nisbatan tutgan 
siyosati va u bilan bo‘lgan aloqalarning normal qolatini ta‘min etish uchun qilgan 
amaliy harakatlari yetarli darajada natija bermadn. Masalan, Rossiya Xiva bilan 
olib borgan diplomatik munosabatlarida Xiva hukumatining Qozog‘istonga 
nisbatan betarafligini saqlash, savdo yo‘llarida xavfsizlikni ta‘minlash va rus 
asirlarini ozod etish kabi masalalarni tinchlik, o‘zaro hamjihatlik bilan olmadi. Bu 
masalalarni yechish uchun Rossiyaning dastlabki amaliy tadbirlari ham natijasiz 
tugadi. 
Bulardan tashqari, inglnz mustamlakachnlarining O‘rta Osiyo xonliklarida, 
jumladan Xiva xonligida olib borayotgan tajovuzkorlik harakatlarining bu 
vaqtlarga kelnb yanada kuchayib borishi, Rossiya hukumatini Xiva xonligiga 
qarshi keskin chora ko‘rishga majbur etadi. Endilikda Rossiya hukumati Xivaga 
qarshi yurishga qaror qilib, bu vazifani amalga oshirishni Orenburg gubernatori 
Perovskiyga topshirdi. Shunday qilib, 1839 yil 14 noyabrda Orenburgda urushni 
boshlash harakatlari haqida dekloratsiya e‘lon qilinadi. 
Garchi dekloratsiyada Xiva xonligiga qo‘shin tortishdan maqsad rus 
asirlarini ozod etish, savdo aloqalarini normal holatga keltirishdan iborat edi, 
deyilgan bo‘lsa ham, ammo yurishdan asosiy maqsad Xivada Rossiya ta‘sirini 
o‘rnatishdan iborat edi. Rus asirlarini ozod etish masalasi harbiy yurish uchun 
qilingan bahona edi, xolos. 
Demak, XIX asrning 30-yillari oxiriga kelib Rossiya na Xiva 
munosabatlarida keskinlashuv paydo bo‘lgan, bu Xiva va Rossiya o‘rtasida harbiy 
to‘qnashuviga olib kelgan edi. Xiva xonligiga general Perovskiyning qilgan harbiy 
yurishi Rossiya va Xiva munosabatlari tarixida yangi etap bo‘ldi. 
XIX asrning 30-40-yillarida Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasida olib borilgan 
munosabatlar, ayniqsa 1839 yilda Xivaga qarshi uyushtirilgan Perovskiyning 
harbiy yurishi va uning natijalarini o‘rganishda rus harbiy mualliflarining yozib 
qoldirgan asarlarn birinchi darajali manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Bu davrlarda
Xiva-Rossiya munosabatlarini o‘rganishda Ivanin, I.N.Zaxar‘in 
(Yakunin) asarlari, D.Golosovning maqolasi va А.G.Serebrennikov to‘plamida 
berilgan ayrim dokumentlar, Xiva tarixchisi Bayoniyning asari ayniqsa 
xarakterlidir. 
Perovskiy yurishining ishtirokchisi M.Ivaninning asari birinchi martaba 
1863 yili «Voennny Sbornik»da ayrim tuzatish va izohlar bilan ikkinchi martaba 
1874 yili Peterburgda nashr etildi. M.Ivaninning «Opisanie zimnego poxoda v 


Xivu v 1839-1840 gg» nomli kitobi o‘zining to‘laligi bilan yuqoridagi 
mualliflarning asarlaridan ustun turadi va ularga qaraganda ko‘proq ma‘lumot 
beradi. 
Ivaninning bu kitobi 8 bob, 267 betdan nborat bo‘lib, kitob oxirida ilova 
berilgan. Muallif o‘z asarida Perovskiyning 1839 yilgi Xiva xonlngiga qilgan 
qishki yurishi, yurishga tayyorgarlik, yurishdan maqsad, yurishning marshruti, 
Orenburg bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi cho‘llarning ahvoli, Oqbuloq istehkomida 
Xiva askarlarining poruchik Yerofev otryadiga hujum, Perovskiy yurishining 
muvaffaqiyatsiz tamom bo‘lishi va yurishning Rossiya bilan Xiva xonligi 
o‘rtasidagi aloqasiga ta‘siri haqida ancha ma‘lumot beradi. 
Ivaninning yozishicha, bu yurishdan maqsad «Osiyoniig uzoq o‘lkalarida 
hayajon solish hamda rus nomiga hurmat tug‘dirish, O‘rta Osiyoga yo‘l ochish, 
Rossiyaning savdo muomalalarining foydali bo‘lishini ta‘min qilish va uni 
kengaytirgan, Orol havzasi bnlan tanishish, qozoqlarni itoat qilmaslikka 
yo‘naltiruvchi hamda rus fuqarolarini asirlikka oluvchi, o‘z bozoriga rus 
savdogarlarini kiritmovchi, hattoki Rossiyadan yuborilgan elchilarini qabul 
qilmovchi - O‘rta Osiyoning Jazolari itoatsiz Xivaning adabini berib qo‘yish, rus 
asirlarichi ozod etishga Xivani majbur etish va Yevropa olimlarining ko‘p 
vaqtlardan beri boshlarinn qotirgan Аmudaryoni Kaspiy dengiziga yo‘naltirish 
mumkin bo‘lar-bo‘lmasligi haqidagi jug‘rofiy muammoni hal qilishdan iborat 
bo‘lgan». 
Demak, 1839 yili Rossiya hukumatining Xiva xonligiga yurishdan maqsadi 
bu xonlikni tamoman o‘ziga bo‘ysundirishdan «borat bo‘lmay, balki, M.Ivaninning 
mulohazasiga ko‘ra, Xiva hukumatnning qozoqlarga nisbatan betarafligini saqlash, 
o‘zaro savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish, rus asirlarini ozod etish va Xiva 
xonligida Rossiya ta‘sirini joriy qilishdan iborat bo‘lgan. 
Bu masalada D.Golosov ham M. Ivaninning fikrini quvvatlaydi. Uning so‘zicha, 
yurishdan maqsad qo‘shni xonliklarda Rossiya ta‘sirini o‘tkazishdan iborat bo‘lib, 
Ost-Ind kompaniyasining O‘rta Osiyoda o‘rnashib qolishiga qarshi qilingai harbiy 
tadbir bo‘lgan. 
Muhammadyusuf Bayoniy o‘z asarida Perovskiyning 1839 yilgi Xivaga 
qilgan qishki yurishi haqida juda oz ma‘lumot beradi. 
General-ad‘yutant Perovskiy yurishga yaxshi tayyorlanmagan edi. Yurishni qay 
vaqtda boshlash masalasi muhokama qilinganda yoqilg‘i masalasiga yaxshi e‘tibor 
berilmasdan, suvni qor bilan almashtirish maqsadida yurishni 1839 yil kech kuzda 
boshlashga qaror qilingan edi. 
Tabiiy sharoitlarning og‘irligi va qishning odatdan tashqari shu yili qattiq 
kelganligi tufayli tuyalar muzlab halok bo‘la boshladilar, otryadda kasalliklar 
ko‘paydi. 
Ivanin o‘zinnng yuqorida qayd etilgan asarida yozishicha, qahraton qish 
mart oyiiing oxirigacha davom etgan. Rasmiy ma‘lumotlar bo‘yicha, ba‘zi 
vaqtlarda kuchli bo‘ronlar bo‘lib, sovuq 15 R dan 26 R gacha yetgan. Bahor 


yaqinlashishi bilan qor shu‘lasining yarqirashi va sertutun ho‘l o‘tin yoqilishi 
natijasida ko‘z og‘rigi hamda singa kasalliklari ko‘paygan. 20-martda otryaddagi 
doktor va fel‘dsherlar betoblanib, otryaddagi kasallarning umumiy soni 801 
kishiga, 1-aprelda esa 857 kishiga yetgan. Umuman, yurish boshidagn 10.400 
tuyadan 1-aprelga kelganda 1,5 mingtacha tuya qolgan. 
Shunday og‘ir tabiiy sharoitlarda otryad juda katta talafotlar bilan Oqbuloq 
istehkomigacha yetib keldi. Bundan so‘ng oldinga yurishdan foyda yo‘qligidan, 
otryadning holgan kismini salomat saqlab qolish maqsadida general-adyutant 
Perovskiy orqaga qaytishga buyruq berdi. Otryad 1840 yil aprel‘-oyida 
Orenburgga yetib keldi. 
Bu voqea haqida mahalliy manbalarda ham ma‘lumot beriladi. Masalan: 
Muhammadyusuf Bayoniy o‘z asarida Xiva askarlarining Oqbuloh istehkomidagi 
Yerofev otryadiga qilgan hujumlari haqida yozadi. Bayoniyning so‘zicha, 
istehkomga hujum qilgan Xiva askarlari 8000 kishidan iborat bo‘lib, 
ularga 
Otamurod qushbegi boshchilik qilgan. 
Bu voqea to‘g‘risida M.Ivaninning bergan ma‘lumoti Bayoniyning bergan 
ma‘lumotidan ancha farq qiladi. M.Ivaninning yozishicha, istehkomga hujum 
qilgan Xiva askarlari 3.000 kishiga yaqin bo‘lgan. Qal‘a ichidagi rus askarlari esa 
164 kishi bo‘lgan. 
Oqbuloq istehkomida Xiva askarlari ruslar bilan bir kun jang qilganlar va 
katta yo‘qotishlar bilan orqaga qaytganlar. 
Ivanin kitobining birinchi boblarida Perovskiynnng 1839 yilgi Xiva 
xonligiga qilgan qishki yurishiga qadar umuman Xivaga va Xiva orqali o‘tgan 
yurishlarga obzor beradi. U O‘rta Osiyo cho‘llarida qish faslida muvaffaqiyatln 
yurish qilish mumkin emas, shuning uchun ham 1839 yilgi Perovskiyning qishki 
yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, degan fikrlarni rad etadi. Muallif bu 
fikrlarning butunlay noto‘g‘ri ekanligini isbot qilib, mo‘g‘ullar istilosidan boshlab 
to 1839 yilgi Perovskiyning qo‘shni tortishiga qadar Xivaga qilingan yoki Xiva| 
orqali o‘tgan qishki yurishlar; 1218 yilgi Chingizxonning yurishi, 1391 yilgi 
Temurning To‘xtamishga qarshi qo‘shin tortishi, Ivan IV ning 1499 yilgi qishki 
Sibirga yurishi, 1605 yilgi Ural kazaklarinnng va 1717 yildagi Bekovich-
Cherkasskiyning Xivaga yurini, nihoyat 1826 yilgi polkovnik Berg tomonidan 
Orol dengiziga qilingan yurishlar ustida to‘xtab, bu yurishlarning muvaffaqiyatli 
tamom bo‘lganligini aytadi. Muallif Perovskiy yurishining muvaffaqiyatsizlikka 
uchrash sabablarini batafsil tahlil qiladi. Qo‘shin Orenburgdan Orol dengizining 
sharhni tomoni bilan emas, balki g‘arbiy tomoni orqali olib borildi. Yurish to 
boshlanguncha maxfiy tutildi, jang planlari keng muhokama qilinmadi. Urushga 
tayyorgarlik ishlari, hatto cho‘l nimaligini yaxshi bilmagan Perovskiyga yaqin 
bo‘lgan bir to‘da o‘zbilarman mahmadanalar, epchil fitnachilar, o‘z manfaatini 
ko‘zlovchi amalparastlar qo‘liga tushib qoldi. Ish shu darajaga borib yetdiki, nam, 
yaxshi qurimagach narsalarni bosib taxlash natijasida bir necha martaba yong‘in 
chiqdi. Oqibatda yurish juda kech boshlandi. Аskarlarning og‘ir yurishga yaxshi 


tayyorlanmagani va yurish uchun juda kam mablag‘ ajratilganligi ham qo‘shinning 
muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablaridan biri edi. 
Bu yurish haqida I.N.Zaxar‘in (Yakunin) ham o‘zining yuqorida aytib 
o‘tilgan asarida 1839 yilgi qishki yurishning sababi, marshruti va muvaffaqiyatsiz 
tugash sabablari haqida ma‘lumotlar beradi. Uning bergan ma‘lumotlari 
M.Ivannnning bu haqda bergan ma‘lumotlaridan deyarli farq qilmaydi. 
Ivanin 
o‘z 
asarida 
1839-40 
yillarda 
Perovskiy 
qo‘shinining 
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi haqida ma‘lumot berish bilan birga, yurish 
natijasida Xiva xonligining Rossiyaga nnsbatan tutgan siyosati yaxshi tomonga 
o‘zgargani, savdo aloqalarn rivojlanib, savdo yo‘llari tinchlanganini ko‘rsatadi. 
Ivaninning so‘zicha, urush munosabati bilan Xivaning Rossiya bilan savdo 
aloqalari to‘xtab qolgan. Mamlakat ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan rus mollari 
Buxoro, Qo‘qon savdogarlari orqali olinishi ikki baravar qimmatga tushgan. Аyni 
vaqtda, Xiva xonligining o‘zida yetishtiriladngan mollarning bahosi ikki baravar 
arzonlash gan. 
Ivanin so‘zining to‘g‘riligini 1836 yili Urganchda bo‘l-gan bir buxorolikning 
bergan ma‘lumoti ham tasdiqlaydi. 
Masalan, 1836 yili Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning 
keskinlashgan davrida Xiva xonligida Rossiya mollaridan charmning narxi 130 
so‘mdan 270 so‘mga, bir pud simob 12 so‘mdan 40 so‘mga, zunjafur 240 so‘mdan 
600 so‘mga, kashinel‘ bo‘yog‘i 170 so‘mdan 600 so‘mgacha, gazlama 15 protsent 
xomashyo mollari 90 protsent qimmatlashgan. Xivannng o‘zida yetishtiriladigan 
mollardan paxta 50 protsent arzonlashgan. 
Bu misoldan ochiq va ravshan ko‘rinadiki, Xiva hukumati Rossiyaga 
nisbatan naqadar reaktsion siyosat yuritmasin, mamlakatning ehtiyoji uchun 
Rossiya bilan aloqani yaxshilashi juda zarur edi. 
Bundan tashqari, Perovskiy otryadining orqaga qaytib ketishiga qaramay, Xiva 
xonligida, go‘yo ruslar yangitdan urushga tayyorlanayotgan emishlar, degan mish-
mishlar tarqaladi. Bundan qo‘rqqan Xiva xoni Olloquli Rossiya davlati bilan 
aloqani yaxshilash yo‘llarini qidira boshlaydi va bu ishga Аitovni vositachi 
qilmoqchi bo‘ladi. 
Ivaninning yozishicha, Xivada Аitovga nisbatan juda yomon muomalada 
bo‘lishgan. Uni xuddi asirdek saqlaganlar. Аitov har minutda o‘lim xavfi ostida 
bo‘lgan. Biroq, endi Rossiya bilan aloqani tuzatish zarurligini payqagan Xiva xoni 
bu ishga Аitovni vositachi qilmoqchi bo‘lib, u bilan xuddi mehmonlardek 
muomalada bo‘lgan va Rossiya bilan kelishish uchun undan maslahatlar so‘ragan. 
Xon Аitovning maslahati bilan rus asirlarini ozod qil-moqchi bo‘lgan va birinchi 
navbatda o‘z qo‘lidagi asirlarni ozod etib, boshqalarning ham rus asirlarini ozod 
qilishlari haqi-da buyruq bergan. Olloqulixon 1840 yil 18 iyulda Rossiya yerlariga 
bostirib kirmaslik, ruslarni asir etib sotish, shuningdek asir qilingan ruslarni sotib 
olishni man‘ qilib farmon chiqargan. 


Ivaninning yozishicha. «Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod qilish ishlari 
tamom bo‘lgandan so‘ng, xon asirlarnnng har bittasiga bittadan tillo (bir Xiva 
tillosi kumush hisobi bilan 4 so‘mga yaqin bo‘lgan), bir qopdan un, ikki kishiga 
bittadan tuya berib, Аitov boshliq 416 kishini Orenburgga yuborgan. Аitov 
Xivadan ketish oldida xon bilan uchrashgan vaqtda unga xon... asirlarni ozod qilish 
bilan chegaralanib qolmay, balki Rossiya hukumatining hamma talablarini 
bajarishga tayyor ekanligini bildirgan». 
Ivanin o‘z asarida Xivadagi rus asirlarini ozod etish, Xiva xonligining 
Rossiya bilan yaqinlashishi, Rossiya haqqoniy talablarining ro‘yobga chiqa borishi 
inglizlardan Аbbot va Shekspirnnng Xiva xonligiga kelishiga sabab bo‘lgan, deb 
to‘g‘ri yozadi. Xiva hukumati Аngliya ta‘siriga tushib qolishdash qo‘rqib, rus 
asirlarini ozod qilish ishlarini tezlashtnrgan bo‘lsa ajab emas. Chunki biz yuqorida 
bu vaqtlarda ingliz istilochilarining O‘rta Osiyoda, shu jumladan, Xiva xonligida 
tajovuzkorlik ishlari fosh etilishi haqida so‘zlaganimizda, yuqoridagi ikki 
josusning Xiva xonligiga kelishdan nima maqsad va qanday muddaoda 
bo‘lganliklarini birinchi darajali manbalar asosida so‘zlab o‘tgan edik. 
I.N.Zaxar‘in o‘zining yuqorida aytib o‘tilgan asarida Xiva xonligidagi rus 
asirlarining ozod etilishi haqida so‘zlar ekan, bu masalaga butunlay boshqacha 
qaraydi. 
Uning so‘zicha, garchi Perovskiy yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan 
bo‘lsa ham, u yaxshi natija bergan. Zaxar‘inning so‘zicha,... Hirotdagi inglizlar 
Perovskiyning yurishi Orol dengizini tekshirish uchun yuborilgan ekspeditsiya 
bo‘lmasdan, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xivaga qilingan yurish ekanliginn ishonchli 
manbalar orqali bilib, Xivaga kelganlar. Ular Xiva xoni Olloqulnxonni rus savdo 
karvonlarini talashni man‘ etish, Rossiya bilan to‘g‘ri savdo aloqasini olib borish 
va Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod etishga ko‘ndirganlar. Bu inglizlar xonlikda 
yashayotgan rus asirlarini ozod qilish uchun Xiva xoni Ollohuliga o‘z oltinlarini 
to‘laganlar va ozod qilingan rus asirlarining Orenburgga yetib borishi uchun zarur 
bo‘lgan yo‘l harajatlarini o‘z ustlariga olganlar. 
N.Zaxar‘inning bu ma‘lumoti, bizning fikrimizcha, haqiqatdan juda yiroqdir. 
Chunki, Xiva xonligidagi rus asirlarining ozod etilishi hech qachon Hirotdan 
kelgan ingliz agentlari Аbbot va Shekspirning faoliyatlariga va Xiva bilan Rossiya 
o‘rtasida «vositachi» bo‘lishlariga bog‘liq emas edi. Shuningdek, Аbbot bilan 
Shekspir Xivadagi rus asirlarini ozod etish masalasida xon bilan muzokaralar olib 
bordilar, degan fikri ham mutlaqo noto‘g‘ri. 
Bu ikki ingliz ageptining rus asirlarini ozod etuvchi shaxslar ekanligi bo‘htondan 
boshqa narsa emas. Ular o‘zlarining agressiv muddaolarinn Xivadagi rus asirlarini 
«ozod qilish», Xiva bilan Rossiyani «kelishtiruvchilik» niqobi bilan yashirmoqchi 
bo‘lganlar, xolos. 
Xiva xonligidagi rus asirlarini ozod qilish masalasida inglizlarning 
bunchalik «jonkuyarlik» qilganliklaridan maqsad rus asirlarini qutqarish bahonasi 
bilan Rossiyaning ikkinchi martaba Xivaga qo‘shin tortishining oldini olish, O‘rta 


Osiyodan Rossiyaning diqqatini tortish va piravardida Аngliyaning Xiva xonligiga 
suqilib kirishiga yo‘l ochish, uni o‘z ta‘siriga tortish va O‘rta Osiyoda Аngliya 
hukmronligini o‘rnatishdan iborat edi. 
Rus asirlarini ozod qilish sabablari, Xiva xonligining iqtisodiy sohadagi 
ehtiyojini qondirish uchun Rossiya bilan aloqani tuzatishga majbur bo‘lganligida 
edi. Bundan tashqari, Perovskiy yurishi muvaffaqiyatsiz tamom bo‘lganligiga 
qaramay, ruslar yana yangitdan Xivaga yurishga tayyorlanayotgan emishlar, degan 
turli mish-mishlar tarqalgan va Olloqulixon bundan juda qo‘rqqan edi. 
N.Veselovskiyning yozishicha, Olloqulixon Xiva shahrining atrofini devor bilan 
o‘ratgan. 
Xiva xonligidagi rus asirlari ozod qilingandan so‘ng, 1836 yili Rossiyada 
ushlanib qolingan Xiva savdogarlarining mol-mulklari qaytib berilib, ular o‘z 
vatanlariga yuboriladi. 
А.Ivanin yozishicha, ozod qilingan Xiva savdogarlari bilan birga Xivaga bir 
necha rus savdogarlari ham yuborilgan. Savdogar Zaychikovning bir o‘zi Xivaga 
60 000 so‘mlik mol yuborgan. Rus savdogarlari xivaliklar tomonidan juda yaxshi 
kutib olingan. 
Ivanin 
Xivaga 
qo‘shin 
tortilnshi 
natijasida 
qozoq 
qabilalarining 
tinchlanganligini, qozoq yo‘llari orqali Buxoro va Xiva xonliklari bilan o‘tadigan 
Rossiya o‘rtasidagi savdo yo‘llarining tinchlanganliginn, bu, o‘z navbatida, 
savdoning o‘sishiga, mollarning arzonlashishiga olib kelganligini aytadi. 
«Oldingi vaqtlarda Osiyo savdogarlari yo‘ldagi qaroqchilardan qo‘rqib, hamma 
vaqt katta karvonlar bilan yo‘lga chiqqanlar. Katta karvonlarni yig‘ib o‘ltirishga 
juda ko‘p vaqt lozim bo‘lib, mollar turib qolgan. Buning natijasida kuchsiz tuyalar 
bilan yo‘lga chiqqan savdogarlar karvonlardan orqada qolib qaroqchilarga talanish 
xavfidan qo‘rqib, yo‘lda mollarini zarariga sotganlar. Yetib kelganlaridan so‘ng, 
yo‘ldagi zararlarni qoplash uchun qolgan mollarnning bahosini esa, oshirib 
yuborilgan». 
Bundan tashqari, savdogarlar 700, 800, 1000 tuyadan iborat katta karvon 
yig‘ilishipi kutmasdan, 20, 30 tuyadan iborat kichik karvonlar bilan yo‘lga chiqa 
berdilar. Chunki savdogarlarga yo‘ldagi qaroqchilar tomonidan bo‘lib turadigan 
hujum xavfi qolmadi. Bunday sharoitning tug‘ilishi savdoning rivojlanishiga katta 
ta‘sir qildi. 
Garchi Perovskiyning Xiva xonligiga 1839 yilgi qilgan qishki yurishi 
muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham, M.Ivanii va boshqa mualliflarning bergan 
ma‘lumotlariga qaraganda, bu yurishning natijasi o‘laroq ikki davlat o‘rtasidagi 
aloqalar 
buzilmay, 
aksincha, 
yaxshilanganligini 
va 
xususan 
savdo 
munosabatlarining rivojlanganligini ko‘ramiz. 
Rus asirlarining ozod qilinishi munosabati bilan Xiva xoniga Rossiya 
imperatorining minnatdorchiligini bildirish va Xiva hukumati bilan uzil-kesil 
shartnoma tuzib, ikki o‘rtada savdo aloqasini tiklash uchun Rossiya hukumati 
kapitan Nikiforov boshchiligida 1841 yili Xiva xonligiga missiya yuboradi. 


Nikiforov missiyasining Xiva xonligiga kelishi va missiyaning Xivada qilgan 
ishlari to‘g‘risida Nikiforovning Xivada turib ayrim kishilarga yozgan xatlaridan 
tashqari biron to‘liq ma‘lumot yo‘q. Аyrim manbalarning bergan ma‘lumotlariga 
qaraganda, Nikiforov Xiva xonligidai Orenburgga qaytib kelgandan so‘ng, harbiy 
ministrning buyrug‘i bilan Peterburgga chaqirtirilgan. U Peterburgga ketayotganda 
onasining Sizran‘ shahrining yaqinidagi mulkiga tushgan va bu yerda to‘satdan 
o‘lgan. 
Kapitan Nikiforovning o‘limidan so‘ng topilgan ba‘zi materiallar muallif 
tomonidan hech kimga tushunarsiz belgilar bilan yozilganligi uchun undan 
foydalanib bo‘lmagan. 
Rossiya hukumati tomonidan Xiva xonligiga yuborilgan kapitan Nikiforov 
missiyasini o‘rganishda N.Zalesov, I.N.Zaxar‘in (Yakunin) va M. Ivaninning 
asarlari asosiy manba sifatida xizmat qiladi. 
Rus harbiy yozuvchisi N.Zalesovning bu maqolasi 40 betdan iborat bo‘lib, muallif 
uni yozishda Orenburg o‘lkasi general shtabining arxividagi kapitan Nikiforov 
missiyasiga oid bo‘lgan dokumentlardan foydalangan va maqola oxirida berilgan 
«ilovada bu dokumentlar keltirilgan. 
Mazkur dokumentlar XIX asrning 40-yillari boshlarida Xiva xonligi bilan 
Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, unda 
kapitan Nikiforov boshliq missiyaning Xiva xonligiga yuborilishi, unga 
topshirilgan vazifa, missiya sostavi, Xiva xoni va uning amaldorlarining 
Nikiforovga va Nikiforovning ularga nisbatan tutgan munosabatlari, xon bilan olib 
borgan muzokaralari haqida ancha ma‘lumot beradilar. 
Dokumentlarning ko‘rsatishicha, Nikoforovga Rossiya Tashqi Ishlar ministri 
graf Nesel‘rod tomonidan topshirilgan vazifa juda muhim bo‘lgan. Bu vazifa 
Rossiya tomonidan Sirdaryoning quyi qismining ishg‘ol qilninshi masalasida Xiva 
xonligining betaraf turishiga, Sirdaryoning shimolidagi yerlarni va Kaspiy 
dengizining sharqiy qirgog‘ini Rossiyaga qarashli deb bilishga, Xiva xonligidagi 
qulchilikni tugatishga, Rossiya tobeligiga o‘tgan qozoqlarga hujum qilmaslikka va 
ularning ichki idora ishlariga aralashmaslikka, xonlikdagi rus asnrla-rini o‘z 
vatanlariga qaytarishga, rus savdogarlaridan olinadigan bojni kamaytirishga, 
Xivada rus savdo agentini qoldirishga Xiva xonini ko‘ndirishdan iborat bo‘lgan. 
Bundan tashqari, missiyaga mumkin qadar Xiva xonligida topografik va strategik 
ma‘lumotlar to‘plash vazifasi topshiriladi. 
Zalesovnnng yozishicha, missiya sostavi kapitan Nikiforov (missiya 
boshlig‘n), Аitov, kotib, 2 fotograf, ural kazaklaridan 12 kishi, 10 qirg‘izdan iborat 
bo‘lgan. Xiva xoni va uning amaldorlariga berish uchun missiya ixtiyoriga bir 
qancha in‘omlar topshirilgan edi. Nikiforov bilan birga Orenburg savdogarlaridan 
Deev va 1840 yili ozod etilgan rus asirlari bilan birga Rossiyaga yuborilgan Xiva 
xonining elchisi Rais Otaniyozxo‘ja Mufti ham Xivaga keladi. 
Dokumentlarning ko‘rsatishicha, missiyani Xivaga faxriy qorovul sifatida Xiva va 
turkmanlardan iborat qurolli otliqlar kuzatib kelganlar va butun aholi yashaydngan 


joylarda xon tomonidan yuborilgan amaldorlar missiyani kutib olib, unga nisbatan 
yaxshi munosabatda bo‘lganlar. 
Zalesovning yozishicha, 11-avgustda xon Nikiforovni qabul qilgan. Qabul 
marosimida mehtar, devonbegi, qushbegi, Xudash mahram, Otaniyoz va xonning 
amaldorlaridan ikki kishi qatnashgan. 
Qabul vaqtida odatdagi marosimdan keyin, elchi mehtar orqali xonga oliy yorliq va 
xatni topshirib, keltirilgan in‘omlarni taqdim qilgan. So‘ngra Nikiforov nima 
maqsadda kelganligini bildirib, agar Xiva xoni Rossiya davlati bilan do‘stona 
munosabatlarda bo‘lib, do‘stlik tartib qoidalariga rioya qilsa, ikki davlat o‘rtasidagi 
savdo aloqasini taraqqiy etdirish tarafdori bo‘lsa, u vaqtda Rossiya hukumati Xiva 
xonligi bilan chin ko‘ngildan do‘stona aloqada bo‘lishga intilishini, Rossiyaning 
Xivani bosib olish haqida g‘araz fikri yo‘qligini va xonni imperator o‘z himoyasiga 
olajakligini aytgan. 
Olloqulixon elchiga o‘z mnnnatdorchiligini bildirib, unga qay vaqtda 
uchrashishni lozim topsa, bu haqda faqat mehtarni ogohlantirib, shu kuni uchrasha 
olishligini bildirady va o‘zining amaldorlarini chaqirib, ularga elchiga nisbatan 
hurmat va yaxshi munosabatlarda bo‘lishni tayinlaydn. Shu bilan qabul marosimi 
tamom bo‘lgan. 
Ikkinchi uchrashuv 13-avgustda bo‘lgan. Bu uchrashuvda xon elchiga 
Аngliya bilan Rossiyaning munosabatlari va Аngliya bilan Xitoy o‘rtasidagi urush 
to‘g‘risida savollar bergan. 
Dokumentlarning ko‘rsatishicha, Nikiforov xon bnlan qariyb bir onga qadar 
muzokara olib borgan va u bilan bir necha martaba uchrashgan. Elchining xon 
tomonidan yaxshi kutib olinishiga qaramay, muzokaralar davomida xon 
Nnkiforovga yon bermagan va yuqoridagi Rossiya hukumatining talablarini 
bajarishni rad qilgan. Xon faqat Rossiyaning savdo agenti sifatida Аitovning 
Xivada qolishiga rozi bo‘lsa ham, Nikiforov Xivadan ketganidan so‘ng, xonning 
buyrug‘n bilan mehtar Аntovni Xivadan jo‘natib yuborgan. 
N.Zalesov o‘zining yuqorida aytib o‘tilgan maqolasida Nikiforov missiyasi 
haqida to‘xtab, missiyannng Xivada yaxshi kutib olinganligini, garchi ikki davlat 
o‘rtasidagi ixtilofli masalalar hal etilmay, Nikiforov bu masalalar ustida xon bilan 
olib borgan muzokaralarida hech qanday natijaga erisha olmasa-da, elchining 
Xivadan to‘la hurmat bnlan kuzatilganini aytadi. 
Missiya Xivadan jo‘nash oldida Xiva hukumati tomonidan Nikifirovga 
arg‘imoq, zarvoq chopon va 200 tillo, Аitovga arg‘imoq, zarvoq chopon, 150 tillo, 
boshqalarning unvon va mansablariga qarab, chopon, pul berilgan. Missiyaning 
yo‘ldagi ehtiyojlari uchun 1037 tillo yoki 14000 so‘m assignatsiya bilan pul 
berilgan. 
Shunday qilib, 27-oktyabrda Nikiforov va xon tomonidan tayinlangan Xiva 
elchisi Ishboy Boboev hamda ozod etilgan rus asirlaridan 7 kishi Xiva xonligidan 
chiqib, Ust-Urt‘ orqali 32 kundan so‘ng, 2 dekabrda Saranchikovskiy qal‘asiga 


yetib keldilar. Kapitan Nikiforov missiyasi haqida ma‘lumot beruvchi ikkinchi 
manba I. N. Zaxar‘in (Yakunin) asaridir. 
Muallif o‘z asarini yozishda, uning o‘z so‘zicha, Orenburgda yashagan 
podpolkovnik G.N.Zeleninning Nikiforov missiyasi haqida yozib holdirgan 
materiallaridan, hamda shu missiya hayatida qatnashgan ikkita kazakning og‘zaki 
bergan ma‘lumotlaridan foydalangan. 
N.Zaxar‘in o‘z kitobida kapitan Nikiforovga topshirilgan vazifa va unga 
berilgan instruktsiya hahida hech narsa yozmaydi. 
Kapitan Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sababini 
I.N.Zaxar‘in o‘zining yuqoridagi kitobida missiya hayatida topograf vazifasida 
xizmat qilgan Petrov va Chelepanovlarning ma‘lumotlariga asoslanib, go‘yo 
Nikiforovning Xiva ministrlari bilan birinchi uchrashishdayoq qo‘pol muomalada 
bo‘lib, ularga tarjimon orqali quyidagi so‘zni aytganida deydi: 
«Siz Rossiya davlatiga xuddi ko‘ynak badanga yopishgandek yopishib 
olishingiz kerak, chunki Rossiya shunday ulug‘ davlatdirki, agar u sizning 
ustingizga yiqilsa, go‘yo mening etigim yo‘ldagi hasharotlarni ezgandek, sizlarni 
majaqlab yuboradi». 
Nikiforov missiyasi haqida M.Ivanin juda oz ma‘lumot beradi. U o‘z asarida 
kapitan Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsiz tamom bo‘lishini Nikiforovning 
nihoyat darajada o‘ziga bino qo‘yganligi va Xiva ministrlari (vazirlari) bilan juda 
qo‘pol munosabatda bo‘lganligida edi, deb yozadi. 
Garchi har ikkala asarda ham Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsiz tugashiga 
sabab qilib missiya boshlig‘i Nikiforov ayblansa ham, aslida missiyaning 
muvaffaqiyatsiz tugashiga asosiy sabab Nikiforovning qo‘polligi yoki uning o‘ziga 
bino qo‘yganligi bo‘lmay, balki Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi chegara 
masalalari edi. Dokumentlarning ko‘rsatishicha, xon bilan elchi o‘rtasida 
kelishmovchilikka asosiy sabab chegara masalalari bo‘lgan. Xon Sirdaryoning 
shimoli va Kaspiy dengizining sharqini Rossiyaga qarashlik deb bilishga rozi 
bo‘lmagan. Shuning uchun ham 1842 yili Xiva hukumati bilan Nikiforov 
tomonidan olib borilgan muzokaralarni tamom qilish va Xiva xonlngi bilan uzil-
kesil sulh ahdnomasini tuzish uchun G.I.Danilevskiy 
boshchiligida 
missiya 
yuborilar ekan, 
Danilevskiyga 
berilgan 
instruktsiyada 
Nikiforovning 
xon 
bilan 
kelishmovchiligiga sabab bo‘lgan chegara masalalari haqida hech narsa 
deyilmagan edi. Graf Nesel‘rod tomonidan kapitan Nikiforovga berilgan 
instruktsiyada Rossiya bilan O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo munosabatlari asosan 
quyidagi uch sababga ko‘ra taraqqiy etmaydi, deb to‘g‘ri ko‘rsatiladi: 
Qozoq cho‘llaridagi talon-tarojliklar. O‘rta Osiyo hukmdorlarining bojni cheksiz 
miqdorda zo‘rlik bilan olishi, xususan, Xiva xonligi qo‘l ostidagi boj yig‘uvchi 
amaldorlarning boj yig‘ish niqobi ostida o‘zlariga ma‘qul bo‘lgan mollarni zo‘rlik 
bilan tortib olishlari, Rossiya savdogarlarining to‘la xavfsizlikda bo‘lmasliklari, 
Rossiyada hamma yengilliklardan foydalanuvchi osiyoliklar bilan Xivaga savdo 


qilish uchun kelgan rus savdogarlari teng huquqqa ega bo‘lmasliklari, ya‘ni Osiyo 
savdogarlarn o‘z yurtlarida o‘z mollaridan 2,5 protsent miqdorida boj to‘laganlari 
holda, rus savdogarlaridan O‘rta Osiyo mamlakatlarida 10 protsent miqdorida boj 
olinnshi va uning ustiga rus savdogarlari uchun savdo qilishda qo‘rquv va xavf 
bo‘lishi ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilar edi. 
Yuqorida Nikiforov missiyasiga oid bo‘lgan manba va dokumentlarda Rossiya 
bilan Xiva xonligi O‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalar 
xususida ma‘lumot 
oz. 
N.Zalesov va N.Zaxar‘in o‘z asarlarida Nikiforov missiyasining natijasi 
sifatida Xiva xonligi haqida ko‘pgina ma‘lumot yig‘ilganligini aytadilar. 
Rus manbalarining mualliflari o‘z asarlarida Rossiyadan Xiva xonligiga 
yuborilgan elchi yoki missiya haqida so‘zlash bilan chegaralanmay, balki Xiva 
xonligidan Rossiyaga yuborilgan elchilar haqida ham ma‘lumot berdilar. Masalan, 
N.Zalesov va I.N.Zaxar‘in Rossiyaga Vansaboy boshchiligida 16 kishidan iborat 
Xiva xonligining elchilari yuborilganlngini aytadilar. 
10-martda Xiva elchilari Orenburg orqali Peterburgga keladilar va ularni imperator 
Nikolay qabul qiladi. 
Yuqoridagi mualliflarning yoznshlaricha, Xiva elchilari bilan muhim 
masalalar ustida kelishish mumkin bo‘lmagan. Chunki, elchi qanday masala 
bo‘lmasin bu haqda oldindan xon bilan kelishmasdan va olib boriladigan 
muzokaralar haqida xonni ogohlantirmasdan bir ish qila olmasliginn ma‘lum 
qilgan. Shuningdek, Rossiya 
hukumati shartnoma 
loyihasini 
Xivaga yuborishni ma‘qul ko‘rmagan. Chunki, Xivadan tezda javob olish mumkin 
bo‘lmaganligi sababli elchilarni Peterburgda tutib o‘tirish foydasiz bo‘lgan. 
Shunday qilib Xiva xonligining elchilari Rossiya poytaxtida ikki oyga yaqin 
bo‘lib, undagi hashamatli binolarni, kemalarni va boshqa ajoyibotlarni tamosha 
qilganlar. 
9 mayda Xiva elchilarn Peterburgdan jo‘nab ketganlar. Ularga Rossiya 
hukumati tomonidan yo‘l xarajatlari uchun pul, bir qancha qimmatbaho in‘omlar 
berilgan. 
Rossiya bilan aloqa qilishga Xiva hukumatining o‘zi talabgor bo‘lgan. 
I.N.Zaxar‘inning yozishicha, Xiva elchisi Nabiev Petrograddan jo‘nash oldida 
Xiva hukumatining Rossiya bilan rasmiy shartnoma tuzishga talabgor ekanligini 
izhor qilgandan so‘ng, Rossiya Tashqi Ishlar ministrligi Xiva hukumati bilan 
tinchlik ahdi va savdo shartnomasini tuzish uchun Xivaga elchi yuborishga qaror 
qilgan. 
Bu vazifani bajarish, ya‘ni Nikiforov tomonidan Xiva xonligi bilan 
boshlangan muzokaralarni davom etdirib, Xiva bilan tinchlik va savdo 
shartnomasini tuzish Perovskiyning tavsiyasi bilan podpolkovnik Danilevskiyga 
topshirilgan. Missiya safarga tayyorlaigunga qadar Xiva elchilarini Orenburgda 
biroz tutib turishga qaror qilingan. 
1842 yilda G.I.Danilevskiy boshchiligida Rossiyadan Xiva xonligiga 
yuborilgan missiya, bu missiyaning oldiga qo‘yilgan vazifalar, missiyaning Xiva 


hukumati bilan olib borgan muzokaralari, ikki o‘rtada tuzilgan shartnoma, umuman 
shu davrda, ya‘ni XIX asrning 40-yillarida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi 
o‘zaro savdo va diplomatik munosabatlarni o‘rganishda А.G.Serebrennikova, N. 
Zalesov, I. N. Zaxar‘in, Ivanin, G.I. Danilevskiy, T.Baziner asarlarida berilgan 
ma‘lumotlar, shuningdek Xiva tarixchisi Ogahiyning asarida keltirilgan ba‘zan 
xabarlar asosiy manbalardir. 
Bu 
dokument 
va 
manbalarning 
ko‘rsatishicha, 
G.I.Danilevskiyga 
topshirilgan vazifa juda muhim va ahamiyatli bo‘lgan. Unga Xiva xoniga 
topshirish uchun rus imperatorining yorlig‘i va Orenburg gubernatori 
Perovskiyning xatidan tashqari, Tashqi Ishlar ministri graf Nesel‘rod tomonidan
alohida instruktsiya berilgan edi. Bu nnstruktsiyaga binoan G.I.Danilevskiy 
oldidagi eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat edi: 
a) Rossiyaning Xiva xonligiga nisbatan beg‘araz do‘st ekanligiga xonni ishontirish; 
b) muzokaralar davomida chegara to‘g‘risidagi masalani ko‘tarmaslik. Аgar 
muzokaralar davomida qulay fursat kelib qolsa, Rossiyaning Xiva xonlign bilan 
bo‘lgan chegarasini Sirdaryo bo‘ylab, Orol dengizining shimatiy sohillari bilan 
Ust-Urtgacha muqarrar qilish; 
v) savdo masalasi yuzasidan muzokaralar olib borganda rus savdogarlaridan 
achinadigan savdo bojini yiliga bir martaba 5 protsent miqdornda olishlikka xonni 
ko‘ndirish; 
g) Xivada Rossiyaning savdo agentni qatdirish, basharti Xiva hukumati bunga 
ko‘nmagan taqdirda, bu agentning rus savdo karvonlari bilan vaqtincha kelib 
ketishiga xonning roziligini olish; 

d) Eron hukumatining Rossiyaga qilgan murojaatiga ko‘ra, Olloqulixonni Xiva 
xonligidagi eron asirlarini ozod qilishga ko‘ndirish. 
Аytib 
o‘tilgan 
vazifalardan 
tashqari, 
general-ad‘yutant 
Perovskiy 
G.I.Danilevskiyga Xiva xonligidagi yo‘llarning Xiva va boshqa shaharlarnnng 
harbiy topografik s‘emkalarini olish to‘g‘risida maxfiy topshiriq bergan. 
Zalesov o‘z asarida G.I.Dannlevskiy missiyasining sostavi, missiyaning 
Xivaga yetib kelishi va Xivada iltifot bilan kutib olinganligipi tasvirlaydi. 
N.Zalesovning yozishicha, missiya sostavida G.I.Danilevskny (missiya boshlig‘i), 
falsafa fanlari doktori, tabiatshunos T.Baziner, tarjimon, 2 topograf va 20 kazak 
bo‘lgan. Shuningdek, Xiva xoni va uning amaldorlariga topshirish uchun missiya 
ixtiyoriga bir qancha in‘omlar berilgan. 
Аvgustda Danilevskiy missiyasi va uning bilan birga Xiva xonligining 
elchilari Orenburgdan chiqib, 30 oktyabrda Xiva xonligiga yetib keldilar. 
N.Zalesovning yozishncha, G.I.Danilevskiy kelgan kunning o‘zidayoq xon bilan 
uchrashish istagini bildirganda xon bunga rozi bo‘lib, o‘sha kuniyoq 
G.I.Danilevskiyni qabul qilgan. 
Uchrashuv vaqtida odatdagi marosimdan so‘ng, G.I.Danilevskiy mehtar orqali 
xonga oliy yorliqni va xatni topshirgan. So‘ngra olib kelgan hadyalarni taqdim 
qilgan. Xon bu in‘omlardan juda xursand bo‘lib, elchiga o‘z minnatdorchiligini 


bildirgan va unga qaysi kuni uchrashishni ma‘qul ko‘rsa, bu haqda faqat mehtarni 
ogohlantirib, shu kuni uchrasha olishligi mumkinligini aytgan. 
Xonning kasalligi sababli ikkinchi uchrashuv 10 noyabrda bo‘lib, muzokara 4 
soatga yaqin davom etgan. N.Zalesovning so‘zicha, Danilevskiyning takliflariga 
xon e‘tiroz bildirib, tuziladigan shartnomaning har bir moddasi ikki tarafga ham 
baravar bo‘lishi kerakligini qattiq talab qilgan. Shuningdek, Xivaga taklif qilingan 
shartnomadagi majburiyatlarni Rossiya ham Xivaga nisbatan o‘z ustiga oladi, deb 
shartnomada ko‘rsatib o‘tishni G.I.Danilevskiydan xon talab qilgan. 
Muzokaralar davomida xon rus savdogarlaridan 5 protsentdan ortiq boj 
olmaslikka rozi bo‘ladi. Shu bilan navbatdagi qabul marosimi tugaydi. 
Qabul marosimida mehtar va Xudash mahram ishtirok etgan bo‘lsalar ham, xon 
bilan G.I.Danilevskiy o‘rtasidagi muzokaralarga ular aralashmaganlar. 
G.I.Danilevskiyning xon bilan bu safargi uchrashuvi oxirgi uchrashuv bo‘ldi. 
Olloqulixon og‘ir kasallikdan so‘ng, 1842 yilning 23 noyabrida o‘ladi. Uning 
o‘rniga o‘g‘li Rahimquli xonlik taxtiga o‘tiradi. 
Dokument va manbalarnnng ko‘rsatishicha, Olloqulixonning o‘limidan so‘ng, 
G.I.Danilevskiy Rahimqulixon bilan muzokaralar olib borgan. Bu muzokaralar 27 
dekabrgacha davom etib, 27 dekabrda G.I.Danilevskiy Xiva xoni bilan quyidagi 9 
moddadan iborat shartnoma tuzishga 
muvaffaq 
bo‘lgan. 
Bundan so‘ng hech qachon oshkora va maxfiy suratda Rossiyaga qarshi 
dushmanlik munosabatida bo‘lmaslik. 
Xoh sahroda, xoh Qaspiy dengizi atroflarida bo‘lmasin talonchilik va 
bosqinchilik ishlarini qilmaslik. Basharti Xiva xonligiga tobe qabilalar tomonidan 
talonchilik ishlari sodir bo‘lgan taqdirda, aybdorlarga darhol jazo berib, talangan 
mollarni tegishli joylarga qaytarish. 
Tutib olingan ruslarni asirlikda saqlamaslik va Xiva mamlakatiga kelgan har 
bir rus fuqarosining xavf-xatarlardan omon bo‘lishi va mol-mulkining bexatarligini 
ta‘minlashga javobgar bo‘lish. 
Аgarda Xiva xonligida rus fuqarolaridan o‘lib qolgan taqdirda, qolgan mol-
mulklarini ularning qonuniy vorislariga berish uchun rus chegara komissariga 
topshirish. 
Rossiyaga tobe bo‘lgan qochoq va isyonchilarni Xiva mamlakatida yashirib 
turmasdan, darhol ularni rus chegara komissariga topshirish. 
Rossiya savdogarlaridan Xivada yiliga bir marta, molning haqiqiy bahosidan 
5 protsent miqdorida boj olish. 
Rossiya savdogarlarining Sirdaryo orqali Buxoroga, shuningdek Osiyoning 
boshqa mamlakatlariga olib o‘tadigan mollaridan hech qanday boj talab qilmaslik. 
Osiyo mamlakatlarining Rossiya imperiyasi bilan olib boradigan karvon 
savdosiga hech qanday zarar yetkazmaslik. (Ulardan zakot olish mumkin). 
Umuman qudratli Rossiya imperiyasi bilan do‘stlik aloqalarini borgan sari 
mustahkamlash, u bilan barcha hollarda yaxshi qo‘shnilarcha va samimiy 
do‘stlarga xos muomalada bo‘lish. 


I.Danilevskiy ham o‘z navbatida Rossiya hukumati nomidan quyidagi 4 ta 
moddadan iborat majburiyatni o‘z ustiga oladi. 
Xiva hokimlari tomonndan Rossiyaga nisbatan qilingan o‘tmishdagi 
dushmanlik harakatlarini butunlay unutish. 
Shu vaqtgacha xivaliklar tomonidan talangan karvonlarning zararini undirib 
olmaslik. 
Rossiyaga borgan Xiva fuqarolarining mutlaqo xavfsizlikda bo‘lishlarini 
ta‘minlash va ularni qonuniy himoya qilish. 
Rossiyada boshqa Osiyo mamlakatlarining savdogarlari qanday huquq va 
imtiyozlardan foydalansalar, Xiva savdogarlariga ham Rossiyada shunday huquq 
va imtiyozlar berish. 
N.Zalesovning 
yozishicha, 
muzokaralar 
davomida 
Rahimqulixon 
G.I.Danilevskiyning Xiva xonligidagi Eron asirlarini ozod etish haqidagi talabini 
rad etgan. U faqat Mashhad hokimining avlodi Muhammadvalixonnigina 
asirlikdan bo‘shatishga rozi bo‘lgan. Go‘yo Muhammadvalixonning asirlikdan 
ozod etilishi, xonning so‘zicha, eronliklarning nazarida 5000 eron asirining ozod 
etilishndan afzaldir. Shuningdek, xon rus savdo agentining Xivada qolishiga 
mutlaqo 
rozi bo‘lmagan. 
Danilevskiy missiyasiga topshirilgan yana bir muhim vazifa Xiva xonligi bilan 
bo‘lgan chegara masalasi bo‘lib, uni muzokara davomida qayta ko‘tarmaslik edi. 
Chunki, 1841 yilda Xivaga yuborilgan Nikiforov missiyasining muvaffaqiyatsiz 
tugashining asosiy sabablaridan biri mana shu chegara masalasidagi tortishuv 
(kelishmovchilik) edi. Endilikda Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi aloqalar 
yo‘lga qo‘yilib kelayotgan bir vaqtda yana bu mojaroli chegara masalasini qayta 
qo‘zg‘ab o‘ltirishning hojati yo‘q edi. Chunki, agar Rossiya bu masalani 
qo‘zg‘atganida, ehtimol, boshqa masalalar ham barbod bo‘lar edi. Rossiya oldidagi 
eng asosiy vazifa qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, Xiva xonligi bilan yaqinlashish, 
ikki o‘rtadagi aloqani yaxshi yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. Chunki, bu vaqtda 
Rossiya bilan O‘rta Osiyo, shu jumladan Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi 
aloqaning ashaddiy dushmani bo‘lgan ingliz agressorlarining Xiva xonligida 
aktivligi kuchayayotgan edi. 
Zalesovning bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, G.I.Danilevskiy bilan Xiva xoni 
o‘rtasida olib borilgan muzokaralarda chegara masalasi to‘g‘risida ham fikr 
almashuvlar bo‘lgan. Bu masala muhokama qilinganda Xiva xoni Rossiyaning 
noroziligiga sabab bo‘ladigan harakatlar qilmasligini bildirgan. 30-dekabrda 
Danilevskiy xon bilan yana uchrashdi. Bu uchrashuv xayrlashish uchrashuvi 
bo‘ldi. 
31-dekabrda Danilevskiy missiyasi hamda missiyani kuzatish va xonning 
Rossiya hukumatiga minnatdorchiligini bildirish uchun Xiva xoni tomonidan 
tayinlangan Muhammadamin yuzboshi boshchiligida xonlikning 12 kishidan iborat 
elchilari Xiva shahridan jo‘nab ketganlar. 


Danilevskny missiyasi haqida yuqoridagi manba va dokumentlarnnng bergan 
ma‘lumotlari asosiy masalalarda biri ikkinchisidan juda oz farq qilsa ham, ba‘zi 
mualliflar ayrim masalalarda biri ikkinchisiga zid bo‘lgan fikrlarni bayon qiladilar. 
Masalan, G.I.Danilevskiy missiyasi haqida bizga xabar beruvchi ikkinchi 
manba muallifi I.N.Zaxar‘in yuqorida aytib utilgan asarida, Xiva xoni va uning 
amaldorlari Danilevskiyga nisbatan juda yomon munosabatda, qabih niyatda 
bo‘ldilar, Sergey oqoning (Xiva xonligidagi rus asirlaridan bo‘lib, Olloqulixon 
davrida to‘pchi boshi mansabini o‘tagan) so‘zicha, go‘yo xon harbiy kengashda 
elchilarni bitta qo‘ymay qirib tashlash niyatida ekanligini bildirganda, bunga 
Sergey oqo, mehtar va harbiy vazir qarshi bo‘lganlar, deb yozadi. 
Buning ziddi o‘laroq, N.Zalesov 
Danilevskiyning Xiva xonligida juda 
yaxshi kutib olinganligini, xon va uning amaldorlari elchiga va umuman missiyaga 
nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lganliklarini yozadi. 
Yuqoridagi manba va dokumentlar Rossiyadan Xiva xonligiga kelgan missiya 
haqida ma‘lumot berish bilan chegaralanmay, Xiva xonligidan Rossiyaga 
yuborilgan elchilar to‘g‘risida ham ma‘lumot beradilar. U manbalarning 
ko‘rsatishicha, Danilevskiy bilan birga yuborilgan Muhammadamin yuzboshi 
boshchiligidagi Xiva elchilari bir qancha sovg‘a va in‘omlar bilan Orenburg orqali 
Peterburgga kelganlar. Xiva elchilari Rossiya hukumati tomonidan yaxshi kutib 
olinib, ularga yaxshi sovg‘a va in‘omlar berilgan. 
I.Danilevskiy tomonidan Xiva xonligi bilan tuzilgan savdo shartnomasi 
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarning 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega edi. Yuqorida aytib o‘tilgan mualliflar o‘z 
asarlarida 1842 yili Xiva xonligi bidan Rossiya o‘rtasida shartnoma tuzilgandan 
so‘ng ikki o‘rtadagi savdo aloqalarining taraqqiyoti haqida juda qimmatli 
ma‘lumotlar berdilar. 
I.N.Zaxar‘innnng yozishicha, shartnomaga binoan Xiva xoni savdo 
karvonlarini yo‘ldagi qaroqchi va alamonlar tomonndan bo‘ladigan hujumlardan 
asrashni, savdo yo‘llarining xavfsizligini ta‘minlashni o‘z ustiga oladi. Bu masala 
Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi savdoning rivojlanishida juda katta 
ahamiyatga ega edi. Chunki, ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotiga xalal berib 
kelayotgan narsa savdo karvonlarining yo‘ldagi qaroqchilar tomonidan talanib 
turishi edn. Xiva hukumati Rossiya bilan bo‘ladigan savdodan manfaatdorligi 
tufayli, Xiva territoriyasida Rossiya savdogarlarini talonchilar, qaroqchilar 
tomonidan bo‘ladigan hujumlardan asrashni o‘z ustiga oladi. 
Savdo yo‘llarining tinchiganlngi munosabati bilan, biz yuqorida aytib 
o‘tgannmizdek, savdogarlar katta karvon to‘planishini kutmasdan, 40-50 tuya bilan 
yo‘lga chiqa berdilar. Bu hol ikki davlatnn bir-biriga yanada yaqinlashtirdi va 
o‘zaro aloqaning kuchayishini ta‘minladi. 
N.Zaxar‘in o‘z asarida Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida tuzilgan 
shartnomaning ahamiyati haqida so‘zlar ekan, bu shartnomaning natijasi o‘laroq 
rus savdogarlari faqat Xivadagnna emas, balki Hazorasp, Urganch, Ko‘hna 


Urganch, Xonqo kabi Xiva xonligining boshqa shaharlarida ham savdo qilish 
huquqiga ega bo‘lganliklarinn va rus savdogarlari o‘z mollarini Xiva xonligi 
aholisining talablariga moslab keltira boshlaganlarini aytadi. 
Xiva xonligi bilan tuzilgan bu shartnomadan har ikki tomon ham manfaatdor edi. 
Bu shartnomaga binoan Xiva xonligining savdogarlari Rossiya yerlarida hech 
handay to‘sqinliksiz savdo qilganlar. I.N.Zaxar‘inning yozishicha, Rossiya 
hukumati Xiva savdogarlari uchun Orenburgda alohida karvon saroylar ajratgan. 
Shartnomaning 6-moddasi ikki o‘rtadagi savdoning taraqqiyotida juda katta 
ahamiyatga ega edi. 1842 yil shartnomasigacha rus savdogarlari 10 protsent 
miqdorida boj to‘lar edilar. Bojning kamaytirilishi savdoning so‘nggi vaqtlarda 
taraqqiy qilishiga katta yordam qildi. 1842 yilgi shartnomadan so‘nggi Xiva 
hukumati rus savdogarlari keltirgan mollardan yiliga bir martaba, mazkur molning 
haqiqiy bahosining 5 protsentn miqdorida boj olishga rozi bo‘ldi. 
Bu haqda M. Ivanin o‘z asarida quyidagilarni yozadi. 
Rus savdogarlari Rossiyadan Xivaga va Xivadan Rossiyaga keltirgan mollarining 
har pudiga 1,5 so‘mdan 2 so‘mgacha kumush bilan kira haqi to‘lardilar. 1842 yilgn 
shartnomadan so‘ng, kira puli 50 tiyindan 1 so‘mgacha kumush bilan olina 
boshlandi. 
Demak, G.I.Danilevskiy tomonidan Xiva xonligi bilan sulh va savdo 
shartnomasi tuzilgandan so‘ng, kira bahosi qa-riyb ikki baravardan ko‘proq 
arzonlashgan. 
1842 yilgi shartnomadan so‘ng, shartnomaning birinchi davrlarida Xiva 
hukumati bilan Rossiya o‘rtasndagi aloqa juda yaxshi bo‘lgan. N.Zalesovning 
yozishicha, Xiva hukumati O‘rta Osiyodagi voqealardan, o‘zining g‘alabalaridan 
Rossiyani xabardor qilib turgan. Xiva hukumati Rossiyadan o‘z xonligiga ikkita 
to‘pchi yuborishni iltimos qilgan, Rossiya Xivaning bu iltimosidan miinatdor 
bo‘lsa ham, Xiva hukumatining talabini qondirmagan. 
Bizning 
fikrimizcha, 
Rossiya 
hukumatining 
Xiva 
hukumati 
talabini 
qondirmasligiga sabab shu ediki, agar Rossiya Xivaga to‘pchilar yuborgan 
taqdirda, balki Rossiyaning bu ishi Buxoro hukumatining noroziligiga sabab bo‘lar 
edi. Chunki, shu davrlarda Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasida urush 
ketayotgan edi Rossiya hukumati Buxoro bilan bo‘lgan diplomatik aloqaning 
buzilib qolmasligi andishasi bilan Xiva hukumatining talabini qondirmagan bo‘lsa 
kerak. 
I.Danilevskiyning Xiva xonligiga kelishini xonlikning saroy tarixchisi 
Ogahiy o‘z asarida quyidagi ikki og‘iz so‘z bilan eslatib o‘tadi, xolos. 
... va yana ma‘lum bo‘lsinkim, urus viloyati podishohida Danilevskiy otlig‘ 
bir elchi kelib oshnolig‘ va yakjihatlik binosining istehkomi uchun xon 
mag‘furning mulozimati sharifin topib erdi, hazrat... anga navozishlar ko‘rguzib, 
Muhammadamin yuzboshini qo‘shib, zulxijja oyining o‘nbirida panjshanba kuni 
urus viloyatiga arsol qildi». 


G.I.Danilevskiyning Xiva hukumati bilan olib borgan muzokaralari, Xiva 
hukumatining G.I.Danilevskiyga va G.I.Danilevskiyning Xiva hukumatiga 
nisbatan tutgan munosabatlari, Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasida tuzilgan 
shartnoma to‘g‘risida Ogahiy hech narsa yozmaydi. 
I.Danilevskiy missiyasining Xiva xonligiga yuborilishi natijasida xonlikning 
asosiy kartasi, Аmudaryoning aholi yashaydigan g‘arbiy vodiysining alohida 
kartasi, Xiva xonligining aholi yashaydigan qismining orografik kartasi olindi. 
Xiva shahrining o‘zida taxminiy o‘lchov bilan olingan bir necha s‘yomkalar 
yig‘ildi. Missiya sostavida qatnashgan topograf Zelenin Xiva shaharining planini 
tuzdi. 
Garchi bu ishlar harbiy maqsad bilan qilingan bo‘lsa ham Xiva xonligining 
geografiyasini o‘rganishda, geografiya fanini yangi-yangi ma‘lumotlar bilan 
boyitishda rus sayyohlari tomonidan fanga qo‘shilgan muhim hissa edi. 
I.Danilevskny missiyasining Xiva xonligiga yuborilishi natijasida maydonga 
kelgan asarlardan biri shu missiya boshlig‘i G.I.Danilevskiyning «Opisanie 
Xivinskogo xanstva» nomli asaridir. 
Bu asar ko‘rsatilgan davr ichida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagn savdo 
aloqalarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. 
I.Danilevskiy tomonidan yozilgan bu asar umumiy geo-grafik va qisman 
etnografik xarakterga ega bo‘lib, muallif o‘z so‘zicha, bu asarini Xiva xonligida 
o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va so‘rab bilib olgan ma‘lumotlarn asosida yozgan, U o‘zi 
keltirgan ma‘lumotlarning to‘g‘riligiga hech qanday shubha yo‘q, deb aytadi. 
Bu asarning umumiy hajmi 78 betdan iborat bo‘lib, muallif unda Xiva 
xonligining geyugrafik mavqii,chegarasi, iqlimi torografiya va gidrografiyasi, 
aholisi, shahar va qishloqlari qishloq xo‘jaligi, chorvachiligi, sanoati, ichki va 
tashqi savdosi, idora usuli, moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ancha ma‘lumotlar beradi. 
I.Danilevskiy bu asarni yozishda o‘zidan oldin Xiva xonligi to‘g‘risida 
yozilgan asarlardan foydalangan yoki foydalanmaganligini aytmaydi. Uning bu 
asari N.Murav‘evning asaridan so‘ng, Xiva xonligining tarixini o‘rganishda asosiy 
manba hisoblanib, juda katta ilmiy ahamiyatga egadir. 
Bizning asosiy vazifamiz Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqani yoritishda 
G.I.Danilevskiyning 
xizmati 
va 
uning 
yuqoridagi 
asarining 
qimmatini 
ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun, asosan, bu asarning shu munosabatga oid 
qismi, ya‘ni Xiva xonligi bilan Rossiyaning olib borgan savdosi va bu savdoni 
rivojlantirish xususida muallifning mulohazalari ustnda to‘xtab o‘tamiz. 
I.Danilevskiy o‘zining asarida Xiva xonligiga kelishi va o‘ziga topshirilgan 
vazifa, xon bilan olib borgan muzokaralarn, ikki o‘rtada tuzilgan shartnoma 
to‘g‘risida hech narsa yozmaydn. Chunki, u vaqtda bu masalalar maxfiy tutilgan 
bo‘lsa kerak. U faqat yuqorida aytganimizdek, Xiva xonliginsh tarixi va 
geografiyasi haqida gapirib, qisman uning Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlar 
bilan olib borgan tashqi savdosi ustida to‘xtab o‘tadi, xolos. 
Muallif Xiva xonliginnng tashqi savdosi haqida so‘zlab quyidagilarni yozadi: 


«Xiva Qo‘qon xonligi, Mashhad va Hirot bilan hech qanday bevosita savdo 
aloqalarini olib bormaydi. Marv orqali o‘tgan eron savdogarlarn Xiva xonligining 
yerlarida to‘xtamay, to‘ppa-to‘g‘ri Buxoroga o‘tib ketadilar». Buxoro xonligi bilan 
Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo xivaliklar uchun kam foyda keltirishini, Xiva 
xonligining rus sanoat mollarnga muhtojligini va Rossiya bilan bo‘ladigan savdo 
aloqalaridan manfaatdor ekanliklarini aytadi. 
Haqiqatan ham general-ad‘yutant Perovskiyning yurishigacha va bu yurish 
vaqtlarida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqalarning keskinlashishi 
munosabati bilan Xivaning rus sanoat mollariga bo‘lgan muhtojligining oshishi va 
o‘zida yetishtiriladigan xomashyo mollarining narxlari pasayib ketganligini va 
Rossiyadan keltiriladigan mollarning qimmatlashganligini yuqornda aytib o‘tgan 
edik. 
Xiva xonligi bilan Eron o‘rtasidagi savdo aloqalarining yaxshi emasligi 
to‘g‘risidagi G.I.Danilevskiynnng so‘zi qisman to‘g‘ri. Eron bilan Xiva xonligi 
o‘rtasidagi janubiy Turkmaniston va Xuroson yerlariga egalik qilish, u yerlarda 
yashovchi turkman qabilalari ustidan hukmronlik o‘rnatish uchun doimo 
xonavayronlik urushlari bo‘lib turgan. XIX asr boshida 
Xiva xoni 
Muhammadrahimxon I Xurosonga 5-6 marta yurish qilgan bo‘lsa, uning o‘g‘li 
Olloqulixon davrida bu yurishlar deyarlik har yili bo‘lib turgan. Bu ahvol Eron 
bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi savdo aloqalarining taraqqiy etmasligiga zo‘r ta‘sir 
qilgan. 
Biroq, G.I.Danilevskiyning Eron bilan Xiva xonligi o‘rtasida mutlaqo savdo 
aloqasi bo‘lmagan, deb yozishi butunlay to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Chunki, XIX 
asrning 50-yillariga oid ba‘zi manbalarning xabariga qaraganda, Xiva bilan Eron 
o‘rtasida garchi juda sust bo‘lsa ham, savdo aloqalarn bo‘lgan. 
I.Danilevskiy o‘z asarida Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi 
savdo munosabatlarining rivojlanmasligiga sabab qilib, ikkala xonlikda ham asosiy 
yetishtiriladigan mahsulot xomashyodan iborat bo‘lgan, bu xomashyoni mahsulot 
sifatida ishlab chiqarish uchun ikkala xonlikda ham fabrika va zavodlar bo‘lmagan, 
shuning uchun ham u yoki bu xonlik o‘zidagi xomashyoning ko‘pligidan biri 
ikkinchisiga muhtoj bo‘lmagan, deb yozadi. 
Bundan tash qari, Danilevskiyning so‘zicha, xivaliklar Buxoro bilan olib 
borgan savdoda olgan mollarining evaziga rus mollarini berishlari, agar ularning 
qo‘llarida rus mollarn mavjud bo‘lmagan taqdirda, naqd pul to‘lashlari ksrak edi. 
Yuqoridagi misollardan ravshandirki, G.I.Danilevskiy aytganidek, Xiva xonligi 
uchun eng qulay va eng foydali savdo Rossiya bilan bo‘ladigan savdo edi. Rossiya 
Xivani metall, cho‘yan, sanoat mollari, charm, movut, ip va ipak gazlamalar, qand 
va boshqa sanoat mollari bilan ta‘minlar edi. Xiva esa, rus bozorlariga o‘zining 
xomashyo va qo‘pol to‘qima mollarini chiqargan. 
Muallif Xiva xonligining talovchilik siyosati va qozoq cho‘llaridagi 
tartibsizlik natijasida Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi asrlardan beri davom 
etib kelayotgan savdo aloqasining buzilganligini va Perovskiy yurishi davrida bu 


aloqaning butunlay to‘xtab qolganligini aytadi. Xiva xonligi bilan Rossiya 
o‘rtasida savdo aloqasi tiklangandan so‘ng, rus savdogarlari Xivada savdo qilish 
imtiyoznni oladilar. 
Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalaridan xivaliklar bilan bir 
qatorda rus savdogarlari ham manfaatdor bo‘lganlar. 
Masalan, Danilevskiyning yozishicha, rus savdogarlari Xiva xonligidan 
byaz‘, gul bosilgan bo‘z, xalat (chopon), marena (bo‘z-uchun ishlatiladigan 
o‘simlik ildizi), kunjut olganlar. Xivadan 5 so‘m 50 tiyin assignatsiya bilan 2 
botmon (40 kg, yoki 2 pud, 16 qadoq) kunjut olingan. Bu kunjutdan 1 pud, 8 qadoq 
yog‘ chiqqan. Kunjutni cho‘l orqali Orenburgga va undan suv yo‘li bnlan 11ijniyga 
keltirguncha 5 so‘m 50 tiyin assignatsiya sarf qilingan. Bundan chiqqan qora 
chirog‘ yog‘ining narxi Rossiyaning ichki bozorlarida 16 so‘mdan to 20 so‘mgacha 
(assignatsiya bilan) sotilgan. 
Muallif Xiva xonligi bozorlaridagi mollarning asosiy qismini rus mollari 
tashkil etganligini so‘zlab, Buxorodan o‘tgan ingliz mollari Xivada juda kam 
bo‘lib, rus mollari bilan raqobat qila olmaganligini va ingliz mollarining narxi 
qimmat bo‘lib, hatto xonlikdagi aholining yuqori tabaqasi tomonidan ham juda 
kam sotib olinganligini yozadi. 
Xiva xonligining tashqi savdosi asosan sartlarning qo‘llarida bo‘lganligini 
G.I.Danilevskiy ham aytib o‘tadi. 
G.I.Danilevskiy o‘zining Xiva bilan bo‘lgan savdo haqidagi mulohazasida 
Xiva xonligi aholisining kamligi va qashshoqligi tufayli Xivada rus mollariga talab 
oz, shuning uchun Rossiya savdogarlarining O‘rta Osiyo bilan bo‘lgan savdosida 
Xiva u darajada katta ahamiyatga ega emas, deb qaraydi. 
Dannlevskiy yuqoridagi fikrini aytar ekan, Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan 
bo‘ladigan savdosida Xiva xonligining roli masalasiga e‘tibor bermaydi. Xiva xoni 
o‘zinipg geografik mavqii jihatidan Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan bo‘lgan 
savdosida birinchi o‘rinda turar edi. Rossiyadan O‘rta Osiyoga boradigan eng 
qulay savdo yo‘llari Orenburg va Troitsk orqali o‘tgan edi. Semipalatinsk orqali 
savdo qilish, Sibirning Rossiya savdo markazlaridan anchagina yiroqligi tufayli, u 
qadar taraqqiy etmagan edi. Shuningdek, Rossiyadan Buxoroga va O‘rta Osiyoning 
boshqa shaharlariga boradigan karvonlar Xivani chetlab o‘ta olmas edilar. Shunday 
qilib, Xiva xonligining aholisi kam va kambag‘al bo‘lishiga qaramay, u 
Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan savdo qilishida muhim rol‘ o‘ynagan. 
Muallif o‘z asarida O‘rta Osiyo bozorlari ichida eng yaqin bozor - Xiva 
bozori ekanligini, Orenburgdan
Ust-Urt bo‘ylab Xiva xonligiga boradigan 
yo‘lning boshqa yo‘llarga qaraganda xavfsizligini, Аstraxandan Mang‘ishloqqacha 
bo‘lgan yo‘l Xiva bilan savdo qilishda eng yaqin (18-20 kunlik) va eng qulay yo‘l 
ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. 
1842 yilgi shartnomadan so‘ng, Rossiyaga Xiva xonligi bilan savdo qilish 
qulay va foydali bo‘lgan. G.I.Danilevskiyning yozishicha, 1842 yilgi shartnomaga 
binoan rus savdogarlarining Xiva xonligida to‘laydigan bojlari Buxoro xonligida 


to‘laydigan bojlariga qaraganda uch marta kam bo‘lgan. Shuningdek Xiva xalqi va 
Xiva savdogarlari buxoroliklarga nisbatan rus savdogarlari bilan yaxshi 
munosabatda bo‘lganlar. 
I.Danilevskiy o‘zining savdo haqidagi yuqoridagi mulohazalaridan quyidagi 
natijaga keladi. «Bizning Xiva xonligi bilan bo‘lgan savdomiz hozirgi sharoitda u 
daraja taraqqiy qila olmaydi. Biz mollarimizni sotish uchun Buxoro xonligi bilan 
bevosita aloqa qilishimiz kerak. Buning uchun Xivada rus mollarining savdo 
omborini va savdo idorasini tashkil etish kerak, hamda Xivada doimiy rus savdo 
agenti turishi lozim, shu vaqtdagina ikki o‘rtadagi savdo aloqalari rivojlanadi». 
I.Danilevskiyning yuqoridagi mulohazasi to‘g‘ri, biroq nima uchundirki, u 
Rossiya bilan Buxoro o‘rtasidagi Sibir orqali olib boriladngan savdo aloqasi 
to‘g‘risida hech narsa yozmaydi. Rossiya Buxoro xonligi bilan Orenburg orqali 
savdo aloqalarini olib borish bilan bir qatorda, Sibir orqali ham savdo-sotiq 
ishlarini olib borar edi. 
I.Danilevskiy missiyasiinng foydali natijalari sifatida maydonga kelgap 
asarlardan yana biri shu missiya sostavida qatnashgan falsafa fanlari doktori, 
tabiatshunos Bazinerning asaridir. 
Baziner o‘z asarining birinchi bobida Orenburgdan Xiva xonligigacha olib 
borgan geografik va meteorologik kuzatishlari, daryolar, ko‘llar, o‘simliklar, 
shuningdek Xiva xonligidagi shaharlar: Xiva, Ko‘hna Urganch, O‘rganch, Аmbor, 
Buldim-soz, Hazorasp, Xonqo, Xo‘jaeli va boshqa shaharlarni hamda bu 
shaharlardagi masjid, madrasa, bozor, do‘kon va karvon saroylar haqida ancha 
ma‘lumot beradi. 
Ikkinchi bobda T.Baziner asosan Ust-Urt va unnng tabiiy xususiyatlari, 
undagi o‘simliklar ustida so‘zlaydi. Bundan tashqari, kitob oxirida o‘simliklar 
meteorologik kuzatishlarning jadvali va kartasini keltiradi. 
Baziner o‘z asarida Xiva xonligining tarixiga oid ancha ma‘lumotlar beradi. 
Kitobda Qo‘ng‘irot sulolasining xronologiyasi keltirilgan. 
Muallif Xiva xonligining Rossiya bilan olib borgan diplomatik va savdo 
aloqasi ustida ham to‘xtab o‘tadi. Biroq, uning bu haqda bergan ma‘lumotlari 
G.I.Danilevskiyning shu masalalar yuzasidan bergan ma‘lumotlaridan farq 
qilmaydi. Shuning uchun biz bu asar ustida ortiqcha to‘xtab o‘tirishni lozim 
topmadik. 
Demak, XIX asrning 30-yillarining o‘rtalari va 40-yillarning boshlarida Xiva 
xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi diplomatik va savdo munosabatlarni o‘rganishda 
general-ad‘yutant Perovskiyning Xiva xonligiga qilgan yurishi va bu yurish 
munosabati bilan yozilgan maqola va manbalar, dokumentlar, kapitan Nikiforov va 
podpolkovnik Danilevskny missiyalarn, missiya hayatida qatnashgan ba‘zi kishilar 
tomonidan yozib qoldirilgan manbalar, xususan G.I.Danilsvskiy va T.Bazinerning 
qayd etilgan asarlari Xiva xonligining tarixi hamda uning Rossiya bilan olib 
borgan diplomatik va savdo munosabatlarini o‘rganishda katta ilmiy ahamiyatga 
egadir. Bular birinchi darajali manba hisoblanadi. 


Bu mualliflar o‘z asarlarida faqat Xiva xonligining tarixga va uning Rossiya 
bilan olib borgan munosabatlari haqida so‘zlab qolmasdan, Аmudaryo va Sirdaryo, 
Kaspiy va Orol dengizlari, shuningdek, Orenburg bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi 
qozoq cho‘llarining iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, u yerlarda yashaydigan 
aholining turmushi haqida ancha ma‘lumot beradilar. 
Yuqoridagi mualliflarning qaysi sinfga taalluqli bo‘lishlaridan qatiiy nazar, 
ularnnng O‘rta Osiyo davlatlarnning tarixi va geografiyasiga oid to‘plagan 
ma‘lumotlari va yozgan asarlari rus sharqshunosligini yangi-yangi ma‘lumotlar 
bilan boyitishda, Rossiyani O‘rta Osiyo xonliklari bilan yanada yaqinlashtirshida 
muhim qimmatga ega. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish