Nazorat savollar:
1.Qaysi tarixchining asari rus sharqshunoslariga 1876-yilda Parijda nashr
etilgandan so‘ng ma‘lum bo‘lgan edi?
2.Miralouddin boshliq elchilik missiyasi qaysi Buxoro hukmdori buyrug‘i bilan
Rossiyaga yuborilgan edi?
3.XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro va Rossiya uchun o‘zaro elchilik
munosabatlarini o‘rnatishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qanday bo‘lgan edi?
4.Qaysi asarda 1820-yilda А.F.Negri boshliq Rossiyadan Buxoroga yuborilgan
diplomatik missiya to‘g‘risida ma‘lumotlar keltiriladi?
5.O‘z asarida ―Bizning sayohatimiz shunchalik ko‘ngilli bo‘ldiki, biz uni eslab
afsuslanishimiz ham mumkin‖ deb yozib qoldirgan rus missiyasi boshlig‘i kim
edi?
6.Amir Haydar tomonidan qaysi asar rus missiyasining boshlig‘iga hadya qilingan
edi?
7.XIX asrning boshlarida Buxorodan Rossiyaga yuborilgan elchilarning asosiy
vazifalarini sanab bering?
8.1840-yilda Buxorodan Peterburgga elchi bo‘lib brogan shaxsni aniqlang?
9.XIX asrning birinchi choragida Buxorodan Rossiyaga necha marta diplomatik va
savdo saforatlari yuborilgan edi?
6-MАVZU. XIX-АSRNING 30—50-YILLАRIDА BUXORO XONLIGI
BILАN ROSSIYA O‘RTАSIDАGI SАVDO VА DIPLOMАTIK АLOQАLАR
Reja:
1. XIX asr 30-50 yillarda Buxoro-Rossiya iqtisodiy munosabatlarining
rivojlanishi.
2. Rossiya-Buxoro munosabatlarining mustahkamlash yo'lidagi elchilik
aloqalari.
3. XIX asrning 30-50 yillarida Angiliyaning agressib siyosati bunga Buxoro va
Rossiya munosabati.
Tayanch iboralar.
XIX asr 30-50 yillar, 1837-1839 yillar, N Hanikov, XIX
asr ikkinchi choragi, << Rossiy va Osiyo savdo uyi >>, 1834 yil Demizon, 1836
yilgi elchilik aloqalari.
XIX asrning 30-50-yillarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi
munosabatlar qayd qilinar ekan, avvalo, bu munosabatlarning asosini tashkil etgan
iqtisodiy aloqalar va ularning umumiy holati ustida biroz to‘xtab o‘tish lozim.
Bu vaqtlarda Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlarning asosi:
paxta, yigirilgan ip va mahalliy to‘qima ip gazlamalardan iborat bo‘lib, paxta bilan
yigirilgan ip Buxoro eksportining 25 protsentini, ip gazlamalar ham 25 protsentini
tashkil qilardi. Bulardan tashqari, Buxorodan gilam, har xil mo‘ynalar va quruq
mevalar chiqarilar edi. Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlarning
umumiy hajmi 1837-1839 yillar uchun berilgan ma‘lumotlar bo‘yicha, yiliga, o‘rta
hisob bilan, 264 ming so‘mdan to 3.550 ming so‘m orasida tebranib turgan bo‘lsa,
Rossiyadan Buxoroga keltirilgan mahsulotlarning umumiy hajmi yiliga, o‘rta hisob
bilan olinganda, 1.180 ming so‘mdan to 1 600 mnng so‘mgacha yetib borgan edi.
Xuddi shu vaqtlarda Rossiyadan Buxoroga chiqariladigan mahsulotlar,
asosan, to‘qima ip-gazlamlar, movut, charm; metallardan: mis, temir, cho‘yan,
metall buyumlar, oltin va bo‘yoqdan iborat edi.
N.Xanikovning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, Rossiyadan Buxoroga
1830 yilda 1 million 834 ming 571 so‘m 80 tiyini k mol chiqarilgan bo‘lsa, 1840
yilga kelganda Buxoroga olib kelingan rus mahsulotlarining umumiy hajmi 3
million 283 ming 654 so‘mgacha oshib borgan edi1.
Bu ma‘lumotlardan ochiq ko‘rish mumkinki, XIX asrning 30-40-yillari
davomida Rossiya va Buxoro savdo munosabatlari, bir tomondan, Qozog‘istondagi
to‘xtovsiz talonchilik, ikkinchi tomondan, Hindistondan ingliz mahsulotlarining
O‘rta Osiyo bozorlariga, ayniqsa, Buxoroga asta-sekin kirib kelishi va bu yerda rus
mollariga nisbatan raqobatining keskinlashuviga qaramasdan, bu ikki davlat
o‘rtasidagi savdo yildan-yilga rivojlanib borar edi.
Umuman, O‘rta Osiyo savdosi uchun berilgan ayrim ma‘lumotlarga
qaraganda, bu savdodagi tovar oboroti 1826-1840 yillar ichida ikki baravarga
yaqin oshgan edi.
XIX asrning 30-40-yillari davomida Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari
o‘rtasidagi savdo aloqalarining yangi xarakterli holatlaridan biri: bir tomondan,
O‘rta Osiyodan Rossiyaga olib boriladigan mahsulotlar ichida paxtaning hajmi
yigirilgan ipga nisbatan, ikkinchi tomondan, Rossiyadan O‘rta Osiyo bozorlariga
olib kelinadigan mollarning orasida tayyor mahsulotning, jumladan to‘qima ip-
gazlamalarning solishtirma og‘irligining asta-sekin orta borishidan iborat edi.
1834-1840 yillar ichida Rossiyadan O‘rta Osiyoga olib kelingan mahsulotlar
umumiy hajmining 50-60 protsenti tayyor mahsulotdan iborat edi.
Rossiya bilan O‘rta Osiyo o‘rtasida savdo aloqalarida paydo bo‘lgan bunday
holat XIX asrning 40-50-yillari davomida yana ham kuchayadi. Bu vaqtlarda
Rossiyadan O‘rta Osiyoga chiqariladigan mahsulotlar umumiy hajmining 60
protsentdan to 80 protsentigacha tayyor mahsulot tashkil qilar edi. Masalan,
Rossiya eksportining 30 protsenti ip-gazlama, 22 protsenti har xil oltin chervon
puli, 12 protsenti charm va 15 protsenti metall hamda metall buyumlardan iborat
edi. Shu vaqtlarda O‘rta Osiyodan Rossiyaga chiqariladigan mahsulotlarning 30
protsentini paxta bilan yigirilgan ip, 45 protsentini mahalliy to‘qima ip-gazlamalar
va 12 protsentini har xil mo‘ynalar tashkil qilar edi. Bu vaqtlarda Rossiyaga
chiqariladigan paxtaning umumiy hajmi yigirilgan ipning hajmiga qaraganda, 70
protsentga yaqin borar edi.
Demak, XIX asrning 30-50-yillarida Rossiya va O‘rta Osiyo jumladan
Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdoda Rossiyadan chiqariladigan mollarning ichida
tayyor mahsulotning, ayniqsa, to‘qima ip gazlamalarning hajmi, O‘rta Osiyodan
olinadigan mahsulotlarning orasida yigirilgan ipga nisbatan paxtaning hajmi tez
sur‘at bilan ortmoqda edi. Rossiya va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarda
paydo bo‘lgan bunday holat, asosan, Rossiyada bu vaqtlarda sanoatning, ayniqsa,
to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan bog‘liq edi.
XIX asrning ikkinchi choragi Rossiya sanoatida qo‘lda ishlab chiqarishdan
mashina ishlab chiqarish texnikasiga o‘tish davri bo‘lib, bu birinchi navbatda
to‘qimachilik sanoatida boshlangan edi. Аyniqsa, u 1842 yilda ingliz hukumati
chet davlatlarga mashina chiqarishga ochiqdan-ochiq ruxsat etganidan so‘ng, juda
rivojlanadi. Masalan, agarda 1841 yilda Rossiyada 20 dona ip yigirish va 224
to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan bo‘lsa, 1850 yilga kelganda, ip yigirish
korxonasining soni 15.877 to‘qimachilik korxonasining soni 12.771 ga yetgan
edi1.
Rossiya sanoatidagi, jumladan to‘qimachilik sanoatidagi bunday o‘zgarish,
birinchi navbatda tashqi davlatlarga, ayniqsa, O‘rta Osiyoga chiqariladigan
mahsulotlarning ichida ko‘proq to‘qimachilik mahsulotlari hajmining oshishiga
olib kelsa, ikkinchi navbatda, mana shu rivojlanib borayotgan to‘qimachilik sanoati
uchun ko‘proq xomashyo - paxtaga ehtiyojini oshirib yuborgan edi. Mana shuning
uchun ham XIX asrning 30-50-yillari davomida Rossiya bilan O‘rta Osiyo,
jumladan Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdoda Rossiyadan O‘rta Osiyo bozoriga
olib kelinadigan mahsulotlar ichida sanoat mollarining, birinchi navbatda
to‘qimachilik mahsulotlarining hajmi ko‘payib, O‘rta Osiyodan Rossiyaga
chiqariladigan mahsulotlar orasida yarnm fabrikat - yigirilgan ipning hajmiga
nisbatan xom paxtaning hajmi oshib bormoqda edi.
Аmmo, Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdo aloqalari juda
qiyinchiliklar bilan olib borilar edi. Uning normal holati Qozog‘iston cho‘llarida
tinchlik
bo‘lishiga,
Rossiya-Xiva
hamda
Xiva-Buxoro
o‘rtasidagi
munosabatlarning yaxshi bo‘lishiga bog‘liq edi. «Cho‘ldagi osoyishtalik va qozoq
o‘rdalari o‘rtasida tinchliksevarlik munosabatlar bo‘lib turishi O‘rta Osiyo
savdosining rivojlanishiga katta ta‘sir etar edi»,—deb Rossiyaning tashqi savdo
departamentining otchetlarida qayd qilinar edi.
Xiva xonligi O‘rta Osiyo va Rossiya savdosida Buxoro xonligiga nisbatan
ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa ham, lekin u bu savdoda eng muhim rolni o‘ynar edi.
Chunki, Rossiya va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi eng qulay va yaqin savdo yo‘llari
Orenburg va Troitsk shaharlari orqali o‘tib, Orenburg liniyasidan chiqqan
karvonlar Buxoroga borishda Xiva xonligi territoriyasidan o‘tar edilar. Mana
shuning uchun ham Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdoning holati, bir tomondan
Xiva xonligining munosabatlariga bog‘liq edi. Xiva xonligi Buxoroga olib
boriladigan mollardan tranzit bojlar olar, qozoqlarni bo‘lsa, savdo karvonlarini
talashga undar, rus hukumatining Qozog‘iston cho‘llarida olib borayotgan tadbir
va choralariga, qozoq ia turkmanlarni to‘plab, o‘z harbiy kuchlari bilan qarshilik
qilar edi. Savdo yo‘llaridagi bunday holat Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdoning
rivojlanishiga, albatta, salbiy ta‘sir etar edi. Bulardan tashqari, Buxoroda rus
savdogarlaridan Osiyo savdogarlarnga nisbatan juda katta bojlar olinar edi.
Rossiya va Buxoro savdo aloqalaridagi mavjud bo‘lgan bunday qiyinchiliklar rus
savdogarlarining O‘rta Osiyo, jumladan Buxoro xonligi bilan bsvosita savdo
qilishiga to‘sqinlik qilar edi. Shuning uchun ham ular odatda savdoni O‘rta Osiyo
savdogarlarining vositachiligi bilan olib borar edilar.
O‘rta Osiyo, ayniqsa, Buxoro xonligi bilan bo‘lgan savdo munosabatlarining
borgan sari yuksalishi va Buxoroning rus mollari hamda rus sanoatining xom
ashyo bozori sifatida ahamiyatining ortishi rus savdogarlarini bevosita Buxoro
bilan savdo qilishga tortar edi. Natijada, XIX asrning 30-yillaridan boshlab, rus
savdogarlari O‘rta Osiyo xonliklari bilan bevosita savdo qilishga harakat qilib,
Rossiya hukumatidan Buxoroda rus savdogarlaridan olinadigan bojlarni
qisqartirish, Buxoro va Xiva savdo yo‘llarida karvonsaroylar qurish, Buxoroda rus
elchiligini tashkil qilish hamda O‘rta Osiyoga olib boriladigan mollardan Xivada
tranzit boj olinmasligi choralarini ko‘rish kabi talablar bilan rus hukumatiga
murojaat qila boshlagan edilar».
Rus savdogarlarining bunday talablari Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan
olib borayotgan tashqi siyosatiga hamda uning "Buxoro bilan diplomatik
munosabatlariga ta‘sir etmasdan qolmas edi. Rus fabrikantlari ham Rossiya va
O‘rta Osiyo o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirish tarafdori edilar.
Rossiyada bu vaqtlarga kelib, kapitalistik munosabatlarning yuksalishi bilan o‘sib
kelayotgan maqalliy rus burjuaziyasining vakillari O‘rta Osiyo savdosida
burjuaziya manfaatlarini ko‘zda tutuvchi talablar bilan davlatning xonliklarga
nisbatan olib borayotgan tashqi siyosatiga bir muncha ta‘sir ko‘rsata boshlaydilar.
Аgarda XIX asrning 30-yillarigacha rus burjuaziyasi davlatning tashqi
siyosati yuzasidan hukumatga ochiq murojaat qilmagan bo‘lsa, 30-yillarda, ayniqsa
40-yillarda bu burjuaziyaning ayrim vakillari o‘z sinfi tomonidan Osiyo bilan
bo‘lgan savdoni yanada rivojlantirish va unda rus mahsulotlarining monopol
savdosini uyushtirish uchun bir qancha aniq programmalar bilan hukumatga
murojaat qila boshlagan edi. Rus burjuaziyasining mana shunday vakillaridan biri
bo‘lgan V.Golubkovning butun faoliyati Ye.N.Kushevaning asarida juda ochiq
yoritilib berilgan.
V.Golubkov O‘rta Osiyo xonliklari va Hindiston bilan savdoni kuchaytirish
uchun «Rossiya va Osiyo savdo uyi» nomi bilan aktsiyali savdo kompaniyasining
tashkil etilishini taklif qiladi. Uning taklifi bo‘yicha, bu savdo kompaniyasiga
Kaspiy dengizida tanho suzish va Turkiyaning sharqiy qismidan tortib, Eron,
Аfg‘oniston, O‘rta Osiyo xonliklari orqali Sharqiy Turkiston va umuman
Hindiston bilan tranzit savdo qilish huquqi berilib, unga rus hukumati tomonidan
harbiy kuch va pul mablag‘lari bilan yordam berilishi kerak edi.
XIX asrning 30-40-yillarida rus burjuaziyasining Osiyo davlatlari bilan
savdo aloqalarini rivojlantirish uchun bunday takliflar bilan chiqishi, asosan, bu
vaqtlarda Rossiyada sanoat rivojlanishi bilan xomashyoga bo‘lgan muhtojlikning
ortishiga, va Rossiyada yangi texnika asosida ishlab chiqarilayotgan ortiqcha
sanoat mollari uchun tashqi bozorning zarurligiga bog‘liq bo‘lib, mana shunday
bozor sifatida Rossiyaga xizmat qilayotgan O‘rta Osiyo xonliklarida o‘z ta‘sirlarini
kuchaytirish uchun inglizlarning ham iqtisodiy, ham siyosiy harakatlarining borgan
sari kuchayishi, rus burjuaziyasining O‘rta Osiyo bozoriga bo‘lgan intilishini bir
muncha aktivlashtirdi. Shuning uchun ham XIX asrning 30-40-yillariga kelib,
Rossiya va O‘rta Osiyo munosabatlari tarixida paydo bo‘lgan bundayg vaziyat
Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan olib borayotgan siyosatiga, shuningdek uning
diplomatik munosabatlariga katta: ta‘sir etgan edi. Endilikda Rossiya oldida O‘rta
Osiyo bozorlarida rus savdogarlarining monopol savdosini ta‘min etib, u yerda
Rossiya. ta‘sirini mustahkamlash hamda inglizlarning O‘rta Osiyoga kirib
kelishiga va u yerda ularning ta‘sirining o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifalari
turar edi. Bu vazifalarni amalga oshirishda, hammadan avval, Qozog‘istonda
uzluksiz davom etayotgan feodal kurashlarga va Xiva xonining Qozog‘istondagi
bunday ahvoldan foydalanib, Qozog‘istonning janubiy rayonlarini o‘z ta‘siriga
olish maqsadida ayrim qozoq sultonlariga homiylik qilib, ularni Rossiyaga qarshi
qo‘zg‘atishiga barham berilishi lozim edi. Chunki, Qozog‘istonda hukm
surayotgan bunday ahvol va Xiva xonligining Rossiyaga nisbatan tutgan bunday
dushmanlik munosabatlari, birinchidan, Rossiyaniig O‘rta Osiyo bilan bo‘lgan
iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishiga, ayniqsa, bu yerda uning ta‘siri
o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilsa, ikkinchidan, xuddi shu vaqtlarda O‘rta Osiyo
bozorini qo‘lga kiritish uchun zo‘r berib urinayotgan ingliz mustamlakachilarining
o‘taketgan agressiv planlarining amalga oshishini osonlashtirar edi.
Mana shuning uchun XIX asrning 30-50-yillarida Rossiyaning Qozog‘iston
va Xiva xonligiga bo‘lgan siyosati keskin tus ola boshlagan edi. Bu vaqtlarda
Rossiya qozoq sultonlarining siyosiy hukmronligini batamom cheklab,
Qozog‘istonda Rossiyaning siyosiy hukmronligini o‘rnatish, shuningdek, Xiva
xonligini biroz bo‘lsa ham siyosiy tomondan bo‘ysundirib, Rossiya ta‘siriga
olishga harakat qila boshladi.
XIX asrning 30-50-yillarida Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi
diplomatik munosabatlar qayd qilinar ekan, albatta, Rossiyaning Qozog‘istonga va
Xiva xonligiga nisbatan tutgan siyosati va u yerda o‘z ta‘sirini o‘rnatish uchun olib
borayotgan amaliy ishlariga Buxoro xonligining qanday munosabatda bo‘lgani
ustida biroz to‘xtab o‘tmoq lozim. Chunki, Buxoroning Rossiya bilan bo‘lgan
iqtisodiy munosabatlarining yuksalishi ham, bir tomondan, Qozog‘istonda
osoyishtalik o‘rnatilishi va Xiva xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqaning
yaxshilanishiga bog‘liq edi.
Аgarda Qozog‘istonda feodal g‘alayonlar kuchayib, Xiva va qozoqlarning
birlashgan guruhlari tomonidan savdo karvonlari talonchilikka uchrab, Rossiya va
Buxoro o‘rtasidagi savdo munosabatlariga putur yetkaziladigan bo‘lib qolsa,
Buxoro xonlari Rossiyaga o‘z elchilarini yuborib, bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo
aloqalariga to‘sqinlik qilayotgan Xiva xonlaridan qozoq sultonlaridan shikoyat
qilar va ularning bu ishlariga Rossiya hukumati tomonidan barham berilishini
iltimos qilar edilar.
1836 yilda Orenburg shahriga kelgan Buxoro elchisi Boltaqulibek rus
hukumatidan xivaliklarning savdo yo‘lida olib borayotgan talonchilik harakatlariga
qarshi kurash boshlashini iltimos qilib, Buxoro amirining ham bu kurashda
Rossiyaga yordam berishi mumkinligini bayon qilgan edi. Shuning uchun ham
Qozog‘istonda feodal kurashlar kuchaygan va Xiva xonligining Rossiya bilan ham,
Buxoro bilan ham munosabati keskinlashgan, shuningdek O‘rta Osiyoda
inglizlarning tajovuzkorlik harakatlari tobora avj olayotgan bir vaqtda, Rossiyaning
Qozog‘iston va Xiva xonligiga nisbatan tutayotgan siyosatiga Buxoro xonligining
qanday munosabatda bo‘lishi Rossiya-Buxoro diplomatik munosabatlarining
asosiy tomonlaridan birini tashkil qilar edi.
Rossiya hukumati ham bu vaqtlarda Xiva xonligi bilan munosabatlarining
keskinlashuvi sababli, Buxoro xonligi bilan aloqani mustahkamlash tarafdori edi.
1834 yilda rus hukumati Buxoroga P.I.Demizonni yuborgan edi. Аdabiyotlarda
ko‘rsatilishicha, P.I.Demizon Buxoroga Mirza
J a‘f ar nomi bilan tatar mullasi
niqobi ostida keladi. Аmmo P.I.Demizonning bunday niqob bilan yuborilishining
sababi ma‘lum emas. Bizning fikrimizcha, u islom dini va sh arq urf-odatlari bilan
tanish bo‘lganligi uchun Buxoroda bemalol yurib ma‘lumot to‘plash maqsadida
bunday niqob ostida yuborilgan bo‘lsa kerak. Garchi Buxoro hukumati
P.I.Demizonga shubha bilan qarab, unn biroz adovat bilan qarshi olgan bo‘lsa ham,
lekin amir Nasrullo Rossiya bilan Xiva o‘rtasida urush «kelib chiqqan vaqtda
Buxoroning betaraf bo‘lishiga va‘da qilgan edi.
Аmir Nasrulloning rus elchisiga bergan bu javobi, birinchidan, Rossiya Xiva
bilan to‘qnashib qolgudek bo‘lsa, Buxoro xonligi bunga qanday munosabatda
bo‘lishini aniqlash P.I.Demizonga topshirilganidan, ikkinchidan esa, Xiva
xonligiga nisbatan Rossiyaning olib borayotgan siyosatiga Buxoro hukumati bir
muncha moyil ekanidan darak berar edi.
1835 yilning kuzida Rossiyadan Buxoroga praporshik Vitkevich boshliq rus
elchiligi yuborildi. Аmmo, bu elchilikning yuborilish sabablari va uning oldiga
qo‘yilgan vazifalar hamda elchining Buxoroda olib borgan ishlari to‘g‘risida
ommabop adabiyotlarda hech qanday ma‘lumot berilmaydi. Har holda, rus elchiligi
Buxoroda inglizlarning tajovuzkorlik harakatlari kuchayib, Rossiyaning O‘rta
Osiyo bozorlaridagi manfaatlariga xavf tug‘dirayotganligi sababli, inglizlarning bu
harakatlariga Buxoro hokim doiralarining qanday munosabatda ekanini aniqlash va
Buxoroda ingliz ta‘sirining kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yuborilgan edi.
Buxoro hukumati inglizlarning O‘rta Osiyoda agressiv harakatlarining kuchayishi
Buxoro
xonligining mustaqilligi uchun juda xavfli ekanini, xonlik o‘zi yakka
holda ularning bu agressiv ishlariga qarshilik ko‘rsata olmasdan, Аngliya ta‘siriga
o‘tib ketishi mumkinligini, buning uchun Rossiyaga yaqinlashish kerakligini va
Rossiya homiyligining zarurligini yaxshi sezar edi. Mana shu sabablarga ko‘ra,
Buxoro amiri Rossiya bilan diplomatik aloqani mustahkamlab, vaqti kelganda
Rossiyaning yordamidan foydalanish maqsadida, Buxoro xonligida paydo bo‘lgan
barcha yangiliklardan, chunonchi, ingliz agentlarining Buxoroga kelishi va
ularning Buxoro hukumatiga qilgan takliflari haqida rus hukumatini xabardor qilar,
hatto inglizlarga qanday javob qaytarish kerakligi haqida undan maslahatlar ham
so‘rar edi.
1836 yilda Rossiyaning Orsk qal‘asiga kelgan Buxoro elchisi qorovulbegi
Qurbonbek, inglizlar Hindiston orqali Buxoroga o‘z agentlarini yuborib,
buxoroliklar uchun kerakli sanoat mollarini eng arzon narxlar bilan olib kelishga
amirni ishontirishga va u bilan shartnoma tuzishga zo‘r berib urinayotgani, hamda
Ranjit-Sing tomonidan Аfg‘oniston hokimi xavfga uchrab, bu umumiy dushmanga
qarshi kurashda Buxoro bilan ittifoq tuzish uchun uning qilgan taklifi haqida rus
hukumatini xabardor etib qo‘yish uchun yuborilganligi to‘g‘risida bayon qiladi.
Buxoro elchisiga javoban rus hukumati, o‘z mustaqilligini tashqi dushmandan
mudofaa etish uchun Buxoro xonligining Osiyo davlatlari bilan ittifoqda bo‘lishini
Rossiya doimo quvvatlaydi, deb maslahat bergan edi.
Rossiyada Buxoro elchisiga berilgan bu javobdan, o‘zaro diplomatik
aloqalarning mustahkamlanishi natijasida bu ikki davlatning Ranjit-Sing orqasida
turgan umumiy dushman - Аngliyaning O‘rta Osiyoga kirib kelishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun hamkorlik bilan va bamaslahat ish olib borganini hamda
inglizlarga qarshi kurashda Rrssiya Buxoroning boshqa Osiyo davatlari, jumladan
Аfg‘oniston bilan ham ittifoqda bo‘lishiga moyil ekanini ochiq-oydin ko‘rish
mumkin.
Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi diplomatik aloqalar, ayniqsa, Rossiyaning
Xiva
xonligiga
qarshi
qurolli
yurish
uyushtirgan
vaqtlarida
yanada
mustahkamlangan edi. Chunki, bu vaqtlarda Xiva xonligida inglizlarning agressiv
harakatlari kuchaygan bo‘lib, bu voqea Buxoro hukumatini xavfga solmoqda' edi.
Аgarda Xiva xonligi inglizlar ta‘siriga o‘tib qolgudek bo‘lsa, Buxoroning Rossiya
bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalari juda og‘ir bir ahvolga tushib qolishi mumkinligini
buxoroliklar yaxshi tushunar edilar. Mana shuning uchun ham Buxoro hukumati
Rossiyaning Xiva xonligiga qarshi qurolli kuch bilan yurish uyushtirishiga ham
tarafdor bo‘lgan. Rossiya bilan munosabatning keskinlashishidan qo‘rqib, unga
qarshi Buxoro bilan ittifoq tuzish uchun Xiva xonining qilgan taklifini Buxoro
amiri Nasrullo qaytaribgina qolmasdan, Rossiyani bu voqeadan xabardor etib
qo‘yish uchun 1838 yilda Rossiyaga yuborilgan o‘z elchisi Boltaqulibekka bu
xabarni yetkazishni maxsus bir vazifa sifatida topshirgan edi.
XIX asrning 30-40-yillarida Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi
munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida bu ikki davlatning faqat o‘zaro
iqtisodiy va diplomatik aloqalarigina emas, balki madaniy aloqalari ham rivoj
topmoqda edi. Buxoro hukumati Rossiyaning texnikada ham, madaniyatda ham,
diplomatiyada ham Buxorodan ustunligini anchagina tushunib qolgan edi. Bu
vaqtlarda amir Nasrullo Buxoro xonligi territoriyasida yerosti qazilma boyliklarini
izlab topish va ulardan foydalanish maqsadida 1838 yilda Rossiyaga elchi qilib
yuborilgan Boltaqulibek orqali rus hukumatidan Buxoroga tog‘ injenerlari
yuborishini iltimos qilgan edi.
Аmir Nasrulloning Rossiyadan Buxoroga tog‘ injenerlarini taklif etishi,
Buxoro
xonligi
va
Rossiya
o‘rtasidagi aloqalar tarixida eng yirik
muvaffaqiyatlardan biri edi. Buxoro amirining bu taklifini bajarish uchun
Buxoroga tog‘ injenerlari yuborishga rus hukumati rozilik bildiradi va 1839 yilning
aprel‘ oyida Buxoroga tog‘ injeneri kapitan Kovalevskiy rahbarligida, kapitan
Gerngress, tarjimon, kon texnigi, ikki ishchi va to‘rt kazakdan iborat maxsus
ekspeditsiya uyushtiradi.
Tog‘ injenerlaridan tashkil topgan bu ekspeditsiya faqatgina Buxoro
amirining taklifiga binoan uyushtirilmasdan, balki Rossiyaning Buxoro bilan
bevosita savdo qilish va u yerda Rossiya ta‘sirini o‘rnatib, inglizlarning bundan
keyingi siqilib kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi maqsadlarni amalga oshirish
uchun Buxoroga yuborilgan edi,
Shunday qilib, XIX asrning 30-40-yillarida Rossiyada sanoatning
rivojlanishi bnlan xomashyoga bo‘lgan talabning ortishi va buning ustiga bunday
xomashyo manbai va sanoat mollarining bozori bo‘lgan O‘rta Osiyoda ingliz
imperializmining tajovuzkorlik va qo‘poruvchilik harakatlarining kuchayishi rus
hukumatining O‘rta Osiyo xonliklariga, jumladan Buxoro xonligiga nisbatan
tutgan siyosatida va u bilan olib borgap diplomatik aloqalarida keskin o‘zgarish
yasadi. Bu vaqtlarda rus hukumati O‘rta Osiyoda ingliz ta‘sirining o‘rnatilishiga
yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo O‘rta Osiyo xonliklarini iqtisodiy jihatdan o‘ziga
bo‘ysundirib, asta-sekin Rossiyaning siyosiy hukmronligini ham o‘rnatish asosida,
iqtisodiy va diplomatik aloqalarni kengaytirib bordi.
Garchi rus hukumatining bu harakatlari O‘rta Osiyoni bosib olnshga va O‘rta
Osiyo xalqlarining bo‘yinlariga kolonial sirtmog‘ini solishga qaratilgan bo‘lsa
ham, lekin bu harakatlar O‘rta Osiyo xalqlarining tarixida eng yuksak va eng
progressiv hodisaga, ya‘ni O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shilishiga va bu yerda
yashovchi xalqlarning, jumladan o‘zbeklarning rus xalqiga yondoshishiga olib
kelmoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |