Nazorat savollari
1. Rossiya va Buxoro o‗rtasidagi savdo aloqalari asosan qaysi yo‗llar orqali olib
borilgan?
2. Nima sababdan Orenburg shahri Rossiya va O‗rta Osiyo savdosida asosiy ro‘l
o‗ynagan?
3. Qaysi omil XVIII asr oxiriga kelib, Rossiyani O‗rta Osiyo xomashyosiga,
jumladan paxtaga bo‗lgan ehtiyojini ortishiga sabab bo‗ladi?
4. Orenburg general-gubernatori Baron Ingelstrom O‗rta Osiyo xonliklari bilan
savdo munosabatlarini kengaytirish va ularni normal holda olib borish maqsadida
qanday taklifni ilgari suradi?
5. XIX asr boshlarida Rossiya hukumati O‗rta Osiyo savdogarlari uchun, birinchi
navbatda, o‗zining qaysi yarmarkasini ochib beradi?
6. XIX asr boshida Rossiya-Buxoro savdo munosabatlariga anchagina salbiy ta‗sir
etgan voqeani ko‗rsating?
7. 1775-yilda qaysi Buxoro elchisi Rossiya hukumatidan savdoda xavfsizlik uchun
qozoqlarning bo‗ysundirilishini iltimos qiladi?
8. XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida Buxoro amirligi va Rossiya o‗rtasidagi
diplomatik munosabatlar nimaga qaratilgan edi?
3-MАVZU. XIX АSRNING BIRINCHI CHORАGIDА BUXORO VА
ROSSIYA MUNOSАBАTLАRIGА DOIR NАSHR ETILGАN TАRIXIY
MАNBАLАR
Reja:
1.Buxoro va Rossiya munosabatiga doir yozilgan tarixiy asarlar haqida
ma‘lumot.
2.G. Meyendorfning ―Orenburgdan Buxoroga sayohat‖nomli asari haqida.
3.Kaydalovning xotiralari
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatlariga doir
nashr etilgan manbalarni o‘rganishda bu ikki davlat aloqalari ishtirokchilarining
asarlari asosiy o‘rinni tutib, ular ichida 1820 yilda А.F.Negri boshliq Rossiyadan
Buxoroga yuborilgan
diplomatik missiya sostavida qatnashgan G.Meyendorf,
E.Eversman va Budrin asarlari; 1824 yilda harbiy otryad mudofaasi ostida
Buxoroga yuborilgan savdo karvonining boshlig‘i Ye. Kaydalovning xotiranomasi
va G.Spasskiyning asari ayniqsa xarakterlidir. Bu asarlarda XIX asrning birinchi
choragida Buxoro va Rossiya o‘rtasida olib borilgan savdo va diplomatik
aloqalarining umumiy holatini; o‘zaro savdoda chiqariladigan va olib kelinadigan
mollarning turi, hajmi, narxlari va savdo oborotida ularning tutgan o‘rni hamda
diplomatik missiya va elchiliklarning yuborilish sabablari, ularning oldiga
qo‘yilgan asosiy vazifalar va keltirgan natijalarini aniqlab beruvchi juda
qimmatbaho ma‘lumotlar keltirilgan.
G.Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat...» nomli asari frantsuz
tilida turkolog Аmediy Jobert tahriri ostida 1826 yili Parijda nashr etilib, shu
yilning o‘zidayoq, nemis tilidagi tarjimasi K.Xerm va V.Sheyder tahriri bilan
bosilib chiqdi.
Kitob uch qismdan iborat bo‘lib, uning oxirida Peterburg universitetining
professori I.O.Senkovskiyning, M.Kelerning va naturalist X.Panderning maqolalari
ilova shaklida berilgan. Shu bilan birga, kitobda Buxoro xonligi va Buxoro-
Orenburg shaharlari o‘rtasidagi savdo yo‘lini o‘z ichiga olgan sxematik xarita
berilgan.
Аsarning birinchi qismida muallif Orenburg va Buxoro o‘rtasidagi masofani
uchga bo‘lib, Orenburg-Maxojar tog‘lari, Maxojar tog‘lari Sirdaryo va Sirdaryodan
Buxorogacha bo‘lgan savdo yo‘lini tasvir qiladi. Аsarda qozoq xalqining
etnografiyasiga oid ma‘lumotlar keltiriladi, Buxoro amiri tomonidan 1820 yilda
Rossiyadan yuborilgan elchilikning Buxoroda kutib olinishi va rasmiy ravishda
qabul qilinishdagi marosim ustida to‘xtab o‘tiladi.
Аsarning ikkinchi qismi Markaziy Osiyo ta‘rifiga bag‘ishlanib, unchalik
original emas, chunki u og‘zaki ma‘lumotlar va adabiyotlar asosida yozilgan. Bu
qismda Xiva, Qo‘qon, Sharqiy Turkiston, Hisor, Ko‘lob, Rometon, Badaxshon,
hamda Balxdan Qobulgacha va Buxorodan Hirotgacha bo‘lgan yo‘llar tasvirlanadi.
Kitobning eng ajoyib va qimmatli qismi uchinchi qism bo‘lib, unda Buxoro
xonligining geografik o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy va davlat tuzilishi sistematik
ravishda bayon qilinadi. Аsarning bu qismida Buxoro xonligining ekonomikasiga,
etnografiyasiga, tarixiga hamda tashqi davlatlar, jumladan Rossiya bilan olib
borgan savdo va diplomatik aloqalariga bag‘ishlangan maxsus qimmatli bo‘limlari
bo‘lib, ularda Buxoroning aholisi va mashg‘ulotlari, qishloq xo‘jaligi, sug‘orish
sistemasi, hunarmandchilik, kustarchilik, ichki va tashqi savdo hamda
hunarmandlarning, ayniqsa xotin-qizlarning ahvoliga oid juda ko‘p qimmatbaho
ma‘lumotlar keltiriladi.
G.Meyendorfning asari, asosan
muallifning shaxsiy mushohadasi,
kishilardan eshitgan va so‘rab bilgan ma‘lumotlari asosida yozilib, kitobda
keltirilgan ko‘pdan-ko‘p izohlar va dalillar G.Meyendorfning O‘rta Osiyo mahalliy
tarixchilari asarlaridan hamda O‘rta Osiyoga o‘zidan avval borgan yevropalik
sayohatchilarning yozib qoldirgan xotiranomalaridan keng foydalanganligini
ko‘rsatadi.
Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixini bayon qilishda muallif
А.Jenkinson (1558), Bekovich-Cherkasskiy (1714- 1718), F.Beneveni (1721-
1725), T.Burnashevlarning (1794- 1795) elchiliklari to‘g‘risida yozilgan
adabiyotlar hamda O‘rta Osiyo geografiyasiga oid ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan,
XVII asrning 20-yillarida Moskvada bosilib chiqqan «Kniga glagolemaya Bolshoy
Chertej» nomli asaridan ham foydalangan.
Xiva xonligi va uning Rossiya bilan munosabatlari to‘g‘risida berilgan
ma‘lumotlar, asosan, 1819 yilda Xiva xonligiga yuborilgan rus elchisi
N.Muravevning asari asosida yozilgan. Ba‘zi bir adabiyotlarda ko‘rsatilishicha,
G.Meyendorf o‘z asarida R.Danibek va E.Eversman asarlaridan ham foydalangan.
Bulardan tashqari, G.Meyendorf foydalangan adabiyotlar ro‘yxatini Ulug‘bek,
Аbulg‘ozi, G. Foster, P. S. Pallas, K. Ritter, А.X.Lerberg, F.Nazarov, X.M.Fren,
K.E.Keler, I.O.Senkovskiy, F.Аdelung va boshqalarning asarlari tashkil etadi. Bu
adabiyotlarning ro‘yxati G. Meyendorfning hali O‘rta Osiyoga sayohat qilmasdan
turib, uni chuqur o‘rganganligidan darak beradi.
G.Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat...» nomli kitobi chet
tillarda nashr etilib, faqat shu tillarni to‘la egallagan kishilar uchun tushunarli
bo‘lsa ham, O‘rta Osiyo to‘g‘risida har xil ma‘lumotlarni o‘z ichiga olgan bu
to‘plam O‘rta Osiyo xalqlari hayoti to‘g‘risidagi yangi, juda boy va ishonchli
manba sifatida keng o‘quvchilar ommasini o‘ziga tortgan edi.
Аsarning frantsuz tilidagi nashri paydo bo‘lishi bilanoq, uning Buxoro
xonligiga bag‘ishlangan qismlari rus tiliga tarjima qilinadi. «Statisticheskiy
vzglyad na Buxariyu» va «Nravstvennoe sostoyanie Buxarii» sarlavhalari bilan
kitobning uchinchi qismining yettinchi va sakkizinchi boblari hamda Buxoroning
tashqi davlatlar, ayniqsa Rossiya bilan bo‘lgai savdo aloqalariga bag‘ishlangan
qismlari tarjima qilinadi. Bulardan tashqari, G.Meyendorf asari to‘g‘risida rus
vaqtli matbuotida bir qancha mulohazalar chiqadi.
Meyendorf o‘z asarida Buxoro va Rossiya munosabatlari ustida to‘xtar ekan,
ularning tarixiga oid juda qiziq materiallar keltiradi. Ular orasida qadimda Sharqiy
Yevropadan sharq mamlakatlari: Hindiston, Xitoyga o‘tgan tranzit savdo yo‘li
Buxoro orqali o‘tib, bu savdoda Buxoroning vositachilik rolini ko‘rsatuvchi
ma‘lumotlar bor. Muallif, Buxoroning Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bo‘lgan
savdo aloqalari eramizgacha bo‘lgan III asrlardan boshlanib, somoniylar davriga
(X asr) kelib ayniqsa rivojlanganligi va Chingizxon davrida buzilib, Аmir Temur
tomonidan yana qayta tiklanganligi to‘g‘risida yozadi.
Аsarda o‘rta asrlarda Buxoro va Rossiya munosabatlarining Sibir va
Аstraxan orqali olib borilishi va rus podsholari temuriylar bilan savdo
muzokaralari olib borganliklari to‘g‘risida juda ko‘p qiziq materiallar berilgan.
Muallifning yozishicha, Buxoro savdogarlari XVIII asrgacha Tara, Tomsk va
Tobolsk shaharlariga borib, o‘z gazlamalarini Sibir mo‘ynasiga va temirga
ayirbosh qilardilar. «Baron Gerbergshteyn buxoroliklarni Moskvada, Yermak
bo‘lsa, ularni Tobolskda uchratganlar, shunisi ham borki, ular Sibir bilan qadim
zamonlardan beri savdo-sotiq qilardilar», deb yozadi u.
G.Meyendorf XVI-XVII asrlarda Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik
aloqalar anchagina kengayib, o‘zaro elchiliklar to‘xtovsiz yuborilib turishi va
Rossiyada Buxoro savdogarlari ayrim imtiyozlar bilan ta‘min etilganligi to‘g‘risida
bayon qiladi.
G.Meyendorf bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga baho berar ekan:
«Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan aloqalarga nazar tashlasak, bu
munosabatlarning qadimiyligi, uzluksizligi hamda XVIII asrning ikkinchi
yarmidan boshlab rivojlanayotganligini ko‘ramiz», deb yozadi. Haqiqatan ham
muallifning Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixiga oid bergan ma‘lumotlari
uning bu ifodasiga to‘la javob beradi. Muallif XIX asrning birinchi choragidagi
Rossiya-Buxoro munosabatlari ustida to‘xtab, birinchi navbatda u, bu ikki davlat
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning holati; chunonchi, o‘zaro chiqariladigan
mahsulotlar va ularning hajmi, rus yarmarkalari va savdo yo‘llari to‘g‘risida juda
ko‘p ma‘lumotlar keltiradi.
Аsarda yozilishicha, Buxoro savdogarlari Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan
bo‘lgan chegara rayonlarida, ya‘ni Kaspiy dengizidan to Petropavlovsk shahari
orasida joylashgan yarmarkalarga qatnar, ko‘proq esa, Nijegorod va Troitsk
yarmarkalarida savdo qilar edilar. Buxoro mahsulotlarining 10 dan 9 qismi
Nijegorodda sotilardi. Troitskdan asosan, metallardan: temir va mis sotib olinar
edi. Chunki bu buyumlar u yerda Rossiyaning boshqa yarmarkalariga qaraganda
arzonroq bo‘lar edi.
Muallif asarda Rossiyadan Buxoro xonligiga chiqariladigan mollarni qayd
qilib o‘tar ekan, bu savdoning asosini tashkil etgan metall va sanoat mollaridan
tashqari, qimmatbaho buyumlar, madaniy mollar, oltin, kumush pullar va metall
buyumlari ham olib borilishini bayon qiladi. Muallifning bergan ma‘lumotlariga
qaraganda, Rossiyadan oltin pul sifatida chiqarilishi man qilinganiga qaramasdan,
Buxoro savdogarlari oltin pulni: golland dukati, ekyusi, ispan piastri va rus
kumush so‘mliklarini olib chiqardilar.
Bundan ma‘lumki, 1801 yilda Rossiyadan O‘rta Osiyo xonliklariga metall,
jumladan temir, mis, po‘lat va cho‘yan chiqarishga ruxsat etilgan bo‘lsa-da, lekin
oltin va kumush chiqarilishi hali ham man qilingan edi.
Аsarda keltirilgan faktik ma‘lumotlar Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan
mollarning asosini paxta, yigirilgan ip, mahalliy ip-gazlamalari bo‘z, kashmir shol
ro‘mollari, quruq mevalar, qorako‘l va madaniy mollar tashkil etishini ko‘rsatib
berdi. Bu mollarning ro‘yxati va hajmini kitobning 241-betida berilgan jadvaldan
ham ko‘rish mumkin. Bu jadval 1919 yil davomida Orenburg orqali olib borilgan
Buxoro mollari asosida tuzilib, uning birinchi bo‘limida mollarning nomi, ikkinchi
bo‘limida esa, ularning hajmi berilgan. Masalan, bu ro‘yxat bo‘yicha, 1819 iilda
Buxorodan Orenburg orqali Rossiyaga 16 ming 813 pud paxta, 18 ming 928 pud
yigirilgan ip, 20 ming 410 to‘p ip-gazlama, ya‘ni bo‘z (har to‘pida 23 arshin), 151
ming 600 to‘p, har to‘pi 24 metrdan rangli gazlama va boshqalar chiqarilgan edi.
Аsarda Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi savdo oborotiga oid ma‘lumotlar ham
keltirilgan. «Buxoro orqali Rossiyaga taxminan 3 ming tuyada olib boriladigan
mollarning tannarxi osoyishtalik yillarda assignatsiya bilan 8 million so‘mga
yetishi mumkin. Bu faqat ikki yarim million aholiga ega bo‘lgan mamlakat uchun
juda katta summa bo‘lib, bu savdoning buxoroliklar uchun qanchalik ahamiyatli
ekannni isbotlaydi», deb yozadi G. Meyendorf.
G.Meyendorf «Severniy arxiv» jurnalida bosilib chiqqan maqolasida Buxoro
Rossiya o‘rtasidagi tovar oboroti yiliga o‘rtacha hisob bilan 20 million so‘mga
yetadi, deb ko‘rsatadi.
Muallifning bu ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo oboroti to‘g‘risida keltirgan
yuqoridagi ma‘lumotlari juda oshirib ko‘rsatilgan bo‘lib, bu bilan u Rossiya bilan
bo‘lgan savdo Buxoro xonligi uchun qanchalik foydali ekanini ko‘rsatmoqchi
bo‘lgan.
G.Meyendorf Buxoro bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo munosabatlariga baho
berib, bu savdoning XIX asrning birinchi choragida juda ham rivojlanganligi va
hali uzoq vaqt mana shu holatda davom etishi mumkinligi to‘g‘risida yozadi.
Muallifning fikricha, bu ikki davlatning savdo aloqalari, bir tomondan,
Rossiyaning janubiy rayonlarida paxtachilik va ipakchilik rivojlanmaguncha,
ikkinchi tomondan, Buxoro xonligida sanoat, ayniqsa metall ishlab chiqarish va
to‘qimachilik rivojlanmaguncha mana shunday rivojlana beradi.
Haqiqatan ham G. Meyendorfning Buxoro-Rossiya munosabatlari to‘g‘risida
bergan mana shu fikri juda ham to‘g‘ri bo‘lib, sanoati rivojlanib, paxta va ipak
singari xomashyoga muhtoj bo‘lgan Rossiya ham, o‘zida metall va sanoat mollari
ishlab chiqarishga ega bo‘lmagan va ularga muhtoj bo‘lgan Buxoro xonligi ham bu
savdodan manfaatdor ekanligidan darak beradi. Shuning uchun ham Rossiya XVIII
asrning oxiri va XIX asrning boshidan tortib bu aloqalarni mustahkamlashga va
ularning yuksalishi uchun imkoniyat yaratishga harakat qila boshlagan edi.
G.Meyendorf o‘z asarida XIX asrning boshida Buxoro savdogarlari uchun
Rossiyada yaratib berilgan yengilliklar va rus yarmarkalarida buxoroliklarning olib
borgan savdo operatsiyalari to‘g‘risida ko‘pdan-ko‘p ajoyib ma‘lumotlar keltiradi
Uning yozishicha, Buxoro savdogarlari Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan chegaradosh
shaharlarida; 1807 yildan boshlab esa, Nijegorod, Irbit va Korennoy
yarmarkalarida savdo qilish imtiyoziga ega edilar.
G.Meyendorfning fikricha, Buxoro savdogarlari uchun Rossiyaning ichki
bozorlarida ochiq savdo qilishga ruxsat etilishi, birinchidan, Rossiyaning chegara
shaharlaridagi chakana savdoning bir muncha qisqarib ketishiga olib kelgan bo‘lsa,
ikkinchidan, buxoroliklarni rus mollarining hahiqiy bahosi bilan tanishtirib, rus
savdogarlarining buxoroliklar bilan bo‘lgan savdodan oladigan foydalaridan
anchagina mahrum etgan edi.
Haqiqatan ham, XVIII asrning oxirlarida Orenburgga olib kelingan Buxoro
mollari ko‘proq rus savdogarlariga ko‘tarasiga berilgan bo‘lsa, XIX asrning
boshida Rossiyaning ichki bozorlarida buxoroliklar uchun savdo qilishga ruxsat
berilgandan so‘ng, O‘rta Osiyo savdogarlari Rossiyaning ichki yarmarkalarida ham
chakana savdo qila boshlagan edilar.
Bu asarda Buxoro savdogarlari uchun Rossiyada yaratib berilgan yengilliklar
va imtiyozlar hamda ular uchun Rossiya taballigiga o‘tishga ruxsat etilishi
natijasida, buxoroliklarning Rossiya rioyasiga kira boshlaganligi to‘g‘risida
ma‘lumotlar bor. Muallifning keltirgan ma‘lumotlariga qaraganda, Rossiya
tabfaligiga kirgan savdogarlarga butun Rossiya imperiyasi bo‘ylab ochiq savdo
qilish huquqi berilardi. Shuning uchun ham Rossiya tabaaligini qabul qilgan
ko‘pchilik Buxoro savdogarlari o‘zlariga berilgan bu huquqdan foydalanib, o‘z
vatandoshlarining mollarini faqat ayrim belgilangan yarmarkalardagina emas, balki
Rossiyaning ruxsat etilgan boshqa bozorlarida ham sotib berardilar. Bulardan
tashqari, ular Rossiyani yaxshi o‘rganganlari holda, ko‘pincha kontrabanda bilan
ham shug‘ullanar edilar. Muallif bu yerda XIX asrning boshida hali oltinning pul
sifatida Rossiyadan olib chiqilishi man qilinganligiga qaramasdan, Buxoro
savdogarlari tomonidan yashirin oltin va kumush pullar olib chiqilishini asosga
olgan bo‘lsa kerak.
G.Meyendorf Rossiya bilan O‘rta Osiyo savdo yo‘llaridagi talon-tarojliklar
ustida to‘xtab, ularga barham berilsa, Rossiya va Buxoro savdo aloqalari yanada
yuksalishi mumkinligi haqida yozadi. «Аgarda Xiva xonligi Rossiya hukmronligi
ostida bo‘lganda edi, bu yo‘l tamoman xavfsiz bo‘lardi»,- deb yozadi
G.Meyendorf. Аsarda muallif Buxoro va Xiva munosabatlari keskinlashgan
vaqtlarda Buxoro savdogarlarining Rossiyaga Orenburg savdo yo‘li bilan emas,
balki eng uzoq yo‘l Petropavlovsk orqali qatnaganliklarini ko‘rsatib o‘tadi.
Bulardan tashqari, G.Meyendorf XIX asrning birinchi choragida Buxoro va
Rossiya munosabatlarini qayd qilar ekan, bu savdoda qozoq xalqining vositachilik
roli ustida ham to‘xtab o‘tadi. Muallif Rossiya va O‘rta Osiyo munosabatlari
ishtirokchilarini yuk tashuvchi tuyalar bilan ta‘min etishda, savdo yo‘llarida
karvonboshchilik va kuzatuvchilik ishlarini olib borishda qozoq xalqining
xizmatlari to‘g‘risida juda boy va mukammal ma‘lumotlar beradi. Uning bu
materiallari o‘sha vaqtdagi Qozog‘istonning iqtisodiy ahvolini o‘rganishda yaxshi
manbadir.
Demak, G.Meyendorfning asari XIX asrning birinchi choragida Buxoro va
Rossiya o‘rtasidagi savdo munosabatlarini o‘rganishda va uning umumiy holatini
aniqlashda bosh manba bo‘lib, unda ko‘p qimmatbaho ma‘lumotlar to‘plangan.
G.Meyendorfning «Orenburgdan Buxoroga sayohat...» nomli kitobida XIX
asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarga oid
juda boy materiallar keltirilgan. Bu davrda ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik
munosabatlarni yozar ekan, muallif iqtisodiy aloqalarning tobora kengayishi
natijasida, uning ahamiyati juda tez osha boshlaganligini bayon qiladi. 1820 yilda
Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya ustida to‘xtab, undan avval
bu missiyani tayyorlashda va uning yuborilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan,
Rossiyada uzluksiz bo‘lib turgan Buxoro elchilari va ularning asosiy vazifalari
to‘g‘risida yozadi. Muallifning yozishicha, 1775 yildan to 1819 yilgacha bo‘lgan
davr ichida Buxoro xonligidan Rossiyaga birin ketin 11 marta elchilik yuborilib,
ular Rossiyada bir necha yillar yashar va Buxoro savdogarlari uchun yangidan
yangi imtiyozlar talab qilib olar edilar. Buxoro. elchilari, asosan Rossiyada rus
bozorlarida ko‘proq talab etiladigan mollarni o‘rganar va ular to‘g‘risida har xil
ma‘lumotlar to‘plar edilar.
XIX asrning birinchi choragida Rossiyaga yuborilgan Buxoro diplomatik
elchilarining vazifalari to‘g‘risida asarda berilgan ma‘lumotlar o‘sha vaqtlarda va
undan keyingi davrlar ichida bosilib chiqqan manbalarda hamda adabiyotlarda
mavjud bo‘lmay, G.Meyendorf asari bu haqda birinchi bo‘lib ma‘lumot beradi.
Muallif 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyani tasvir
etishda uning yuborilish sabablari, sostavi va missiya a‘zolariga berilgan ayrim
topshiriqlar ustida qisqacha to‘xtab o‘tadi. «Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi
qadimdan mavjud bo‘lib kelayotgan savdo aloqalari, deb yozadi u, XVIII asrning
ikkinchi yarmidan boshlab katta ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Buxoro elchilari
S.Peterburgga tez-tez kelib turar edilar. Ulardan ba‘zilari poytaxtga 1816 yilda
kelgan va ikkinchi marta 1820 yilda kelganda, o‘z hokimining rus vakilini
Buxoroda ko‘rish orzusida ekanligini bayon qilgan edi. Uning bu taklifi oliy hazrat
imperator Аleksandrga yetkazilib, u Buxoro elchisining taklifini olijanoblik bilan
qabul qiladi. Monarx (Аleksandr I), bu taklifni amalga oshirish faqat ikki davlat
o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish va xavfsizlantirish imkoniyatini
beribgina qolmasdan, balki hali yaxshi o‘rganilmagan mamlakatlar to‘g‘risida aniq
ma‘lumotlar to‘plashga imkon beradi, deb o‘ylagan edi. Shu sababli, imperator
Buxoro xoni huzuriga haqiqiy statskiy sovetnik janob Negrini o‘z vakili, kollejskiy
asessor Yakovlevni elchilikning sekretari qilib tayinladi. Аtoqli naturalist doktor
Pander va Orenburgdan uchta tarjimon elchilikka biriktirilgan edilar. Bizning
qadamimiz yetib borgan joylarni geografik tomondan tasvir etish menga
(G.Meyendorfga) topshirilib, glavshtabning leytenantlari: Volkonskiy va
Timofeevlar menga yordamchi sifatida tayin qilingan edilar».
Аsarda XIX asrning 20-yillarida А.F.Negri boshliq Buxoro xonligiga
yuborilgan rus missiyasining vazifalari va missiyaning natijalari ustida muallif
ochiq to‘xtamagan. Lekin, shunga qaramasdan, muallifning ayrim masalalarni
ta‘kidlab berishidan va ularni har tomonlama tasvir etish uchun harakat qilishidan
ayni zamonda bu masalalarning missiya vazifalaridan iborat ekanligini aniqlash
qiyin emas. Masalan, u Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi savdoda Buxoro
xonligidan olinadigan bojlarni yozar ekan, Rossiyada Buxoro savdogarlari uchun
yengilliklar yaratib berilgan bir vaqtda, Buxoroda rus savdogarlari tomonidan olib
borilgan mollar ustidan o‘n protsent savdo boji o‘rnatilganligini bayon qiladi.
G.Meyendorfning yozishiga ko‘ra, Buxoro xoni rus mollari ustiga solingan o‘n
protsentli bojni 1817 yilda rus savdo tarifi bo‘yicha, Buxoro mollariga yetkazilgan
zararning o‘rnini to‘ldirish badaliga evaz deb hisoblagan edi. Аmirning fikricha, bu
tarifga asosan Buxoro mollariga 25 protsent boj solingan edi. Lekin, muallifning
bayon qilishicha, bu tarif bo‘yicha Buxoro mollarigasolingan boj 5 protsentdan
oshgan emas.
Bulardan ochiq ko‘rinib turibdiki, missiyaning asosiy vazifalaridan biri,
Buxoroda rus savdogarlaridan olinadigach bojlarni qisqartirish masalasi edi.
Shuning uchun ham bu masalani muhokama qilishda amir Haydar har xil vajlar
bilan uni qaytargan. Savdo bojini qisqartirish masalasi yechilmasdan qolganligini
muallifning quyidagi jumlasidan bilish mumkin. «Bu qonun (Buxoroda rus
savdogarlaridan ortiqcha boj olish qonuni), deb yozadi G.Meyendorf, ruslarning
Buxoro bilan olib borayotgan savdosini tamoman barbod qilishga qaratilganligi
aniqdir. Bu adolatsiz ishlar qachon bo‘lmasin bir kuni ularga (buxoroliklarga)
qarshi chora ko‘rishga rus hukumatini majbur etadi».
Muallifning bu fikri to‘g‘ri bo‘lib, haqiqatan ham Buxoro hukmron doiralari
Rossiya bilan bo‘lgan savdodan juda katta foydaga ega bo‘lishlari sababli, bu
savdodagi hukmronlikni doimo o‘z qo‘llarida saqlashga harakat qilar edilar.
Missiyaga topshirilgan yana bir masala savdo yo‘lini o‘rganish bo‘lib, bu haqda
asarda mufassal to‘xtab o‘tilgan. Kitobning 8-12 betlarida Rossiyadan
Buxorogacha bo‘lgan marshrutning jadvali berilgan.
G.Meyendorfning Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi masofani aniqlashtirib,
uning jadvalini berganligi to‘g‘risida o‘sha vaqtlarda matbuotda quyidagilar
yozilgan edi. «Dam olish va tunash joylarining oraliqlari bilan tuzilgan
G.Meyendorfning yo‘l jadvali kelajakda Orenburgdan Buxoroga boruvchi
sayohatchilar uchun nihoyatda muhimdir».
Elchilikning vazifalaridan uchinchisi Buxorodagi rus qullari masalasi edi.
Kitobda bu masala to‘g‘risida ham ko‘pgina ma‘lumotlar berilgan. Аsarda muallif
Buxoro ko‘chmanchilari rus fuqarolarini o‘g‘irlab, ularni qullikka aylantiradilar,
degan yevropaliklarning fikrlarini qoralab, Buxoroga ruslarni qul qilib sotuvchilar,
asosan qozoq va turkman ko‘chmanchilari ekanini isbot etadi. G.Meyendorf rus
qullarining Buxoroda juda og‘ir ahvolda» ekani, xizmat qilib o‘zini ozod etgan
ruslarni ham o‘z vatanlariga yuborishga ruxsat etilmaganligi va, rus qullari
hisobiga keyinchalik islomni qabul qiluvchilarning soni kamayib ketishi mumkin,
degan bahonalar bilan missiyaning rus qullarini sotib olishiga Buxoro
hukumatining to‘sqinlik qilgani to‘g‘risida yozadi.
Bu ma‘lumotlar rus missiyasiga topshirilgan qullar masalasi ham
yechilmasdan qolganligini ko‘rsatadi. Chunki, Buxoro xonligi hali ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy tarafdan Rossiyaga nisbatan juda orqada bo‘lib, bu yerda
quldorchilik jamiyatining qoldiqlari hamon saqlanib
kelmoqda va
qullar
kuchidan foydalanish davom etmoqda edi. Muallifning yozishiga ko‘ra, har bir
xizmatga yarovchi qulning narxi 40-50 tillo, ya‘ni 640-800 so‘m bo‘lgan. Аgar
sotiluvchi qullarning
duradgorlik, temirchilik yoki kosibchilik hunarlari bo‘lsa,
bunday qullarning narxi 100 tillogacha, ya‘ni 1600 so‘mgacha yetib borardi.
Ma‘lumki, ko‘pchilik rus qullari hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular
Buxoroda qurilish, qishloq xo‘jalik ishlarida ishlatilar edilar. Аksariyat rus qullari
amir va uning atrofidagi amaldorlarning qo‘llarida bo‘lib, ular rus qullarini o‘z
qo‘llarida saqlab qolish uchun har qanday vijdonsizliklardan ham bosh tortmas
edilar.
Аsarda muallif rus qullarini ozod etish maqsadida ayrim savollarni berib
o‘tadi. Chunonchi, osoyishtalik vaqtlarda o‘z vatanlaridan ajratib olib kelingan
kishilarni sotib olishga rus hukumatining qonuniy jihatdan huquqi bormi? Rus
hukumati o‘z fuqarolarini ozod etish uchun Rossiyaga kelgan Buxoro va Xiva
savdogarlarini mollari bilan to‘xtatib tursa, bu adolatsizlik bo‘ladimi yoki bundan
natija chiqmasmikan?
Аmmo, muallifning bu fikrlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Chunki,
birinchidan, agar ularni amalga oshirilgan vaqtda, yuksalib borayotgan Buxoro va
Rossiya savdosining qisqarib ketishi, ikkinchidan, bu ikki davlat o‘rtasidagi
munosabatlarning keskinlashuviga olib kelishi mumkin edi. Buxoroda Xiva
xonligiga qaraganda, rus qullari juda ham kamchilikni tashkil etib, Rossiya bo‘lsa,
bunday taklifni amalga oshirishga harakat ham qilmas edi.
L.Meyer va А.Shepelevlarning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, 1820 yilda
Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyaga Orenburgdan Buxorogacha
savdo karvonlarini qurolli kuchlar bilan kuzatish masalasi to‘g‘risida Buxoro
hukmron doiralari bilan muzokaralar olib borish topshirilib, G.Meyendorf asarida
bu masala haqida hech qanday ma‘lumot keltirilmaydi.
Demak, G.Meyendorfning asari XIX asrning birinchi choragi davomida
Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalarining umumiy holatini aniqlashda
juda katta ahamiyatga egadir. U ayni zamonda bu ikki davlat o‘rtasidagi
diplomatik munosabatlarni, jumladan 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga diplomatik
missiyaning yuborilishi, yuborilish sabablari, asosiy vazifalari va missiya a‘zolari,
hamda missiyaning erishgan natijalarini aniqlashda birinchi darajali manbalardan
iborat asardir.
Ko‘rsatilgan
davrda
Rossiya
bilan
Buxoro
xonligi
o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rganishda, yuqorida aytib o‘tilgan rus missiyasining ikkinchi
ishtirokchisi Budrinning kundalik xotiranomasi qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Аsar rus missiyasi Buxorodan qaytib kelib, anchagina vaqt o‘tgandan keyin, 1871
yilda Orenburgda nashr etiladi.
1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus diplomatik missiyasiga bag‘ishlangan
G.Meyendorfning va E.Eversmanning bir vaqtda bosilib chiqqan asarlarida,
shuningdek, boshqa ommabop adabiyotlarda ham mazkur missiyaning sostavida
qatnashgan rus ruhoniysi Budrin va uning yozib qoldirgan ajoyib xotiranomasi
to‘g‘risida eslab ham o‘tilmaydi.
Budrinning rus diplomatik missiyasi sostavida qatnashganligi natijasida
shohidning mana shu xotiranomasi yaratilgan edi.
Xotiranoma to‘rt qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida muallif
Orenburgdan Buxorogacha bo‘lgan masofani qisqacha tasvirlab beradi.
Missiyaning buxoroliklar tomonidan kutib olinishi, birinchi audientsiya uchun rus
elchisi bilan Buxoro amirining vakili o‘rtasida olib borilgan muzokaralar va
Buxoroda missiyaning qabul qilinishi hamda undagi marosimlar to‘g‘risida yozadi.
Ikkinchi bo‘limda asosan rus elchisi F.Negrining ayrim masalalar yuzasidan
Buxoro amiri bilan olib borgan muzokaralari bayon qilinadi. Uchinchi qismda esa,
Buxoro shaharining qisqagina tasviri berilib, ma‘muriy bo‘linishi, aholisi va uning
mashg‘ulotlari haqida juda qimmatli ma‘lumotlar berilgan. To‘rtinchi bo‘limda
Buxorodan Orenburggacha bo‘lgan qaytishdagi yo‘l tasvirlanadi. Аsar rus tilida
yozilib, yuqorida tasvir etilgan manbalarga qaraganda uning afzalligi mana shu
ommabopligidadir.
XIX asrning 20-yillarida Buxoro va Rossiya munosabatlariga oid
Budrinning
xotiranomasida
berilgan
ma‘lumotlar
G.Meyendorfning
va
E.Eversmanlarning asarlarida, shuningdek boshqa adabiyotlarda ham keltirilmay,
bu ikki davlat munosabatlari tarixini o‘rganishda mutlaqo yangi ma‘lumotlardan
iboratdir. 1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus missiyasining Buxorodagi hayoti va
olib borgan ishlari to‘g‘risida berilgan ma‘lumotlar ayniqsa xarakterlidir.
Аsarda rus missiyasining Buxorodagi hayoti juda zo‘r qiziqish bilan
tasvirlanadi. Muallif bu missiyaning Buxoroga yetib kelishini tasvirlar ekan, bu
yerda buxoroliklar tomonidan zo‘r iltifot bilan kutib olinganligi to‘g‘risida yozadi.
Uning so‘zicha, missiya hali Buxoroga yetib kelmasdan, Buxoro hukmron
doiralari tomonidan maxsus kishilar yuborilib, kutib olingan edi. «13-dekabr kuni
ertalab soat 11 da, deb yozadi Budrin, buxoroliklardan 40 kishi elchini qarshi olib,
uni buxoroliklar yeriga sog‘-salomat yetib kelganligi bilan tabrikladilar. So‘ngra
xon tomonidan magiz, anor, qovun va otlar uchun yem-xashak va bug‘doy had‘ya
qildilar».
Missiya Buxoroga yetib kelmasdan uni kuzatib kelgan eskort uchun alohida
va elchilikning sostavi uchun alohida joylar ajratilib, ularga xizmat qilib turish
uchun maxsus kishilar tayin qilingan edi. Hatto missiya a‘zolari Buxoroda bemalol
yura olishlari uchun ularga imkoniyat yaratib beriladi. Bu to‘g‘rida muallif
quyidagilarni yozadi: «Rus kishilarining (Buxoroda) yurishi juda noqulay, chunki
yosh bolalar va hatto buxoroliklarning o‘zlari ham ularning orqasidan to‘p-to‘p
bo‘lib yurishar edilar. Biz turgan vaqtda shaharda bemalol yurish uchun ruslar
orqasidan yuruvchi va ularni qandaydir biron narsa bilan bezovta qiluvchi hamda
ozor beruvchi kishilardan jarima olish uchun xon tomonidan buyruq chiqarilgan
edi».
Budrin o‘zining bu kichik kundaligida rus missiyasi boshlig‘I F.Negrining
Buxoro hukmron doiralari bilan olib borgan muzokaralari va uchrashuvlarini
mukammal ravishda tasvirlaydi.
Rus missiyasining Buxoro hukmdor doiralari tomonidan yaxshi qarshi
olinishi va iltifot bilan qabul qilinishiga qaramasdan, rus elchisi А.F.Negrining
Buxoro amiri bilan asosiy masalalar yuzasidan olib borgan muzokaralarida
kelishmovchilik paydo bo‘la boshlagan edi. Budrinyanning yozishicha, bu
kelishmovchilik birinchi audientsiya va undati marosimlarni belgilashda Buxoro
amirinnng vakili bilan rus elchisi o‘rtasida boshlanadi. «19-dekabr kuni ertalab
soat 10 da, deb-yozadi u, elchining huzuriga xonning bir amaldori kelib, unga
sog‘liq tiladi va o‘zaro elchilikni qabul qilish to‘g‘risida mulohaza qildilar. Garchi
rus podshosining elchisi Rossiyaning shon-shuhratini ko‘zda tutib, osiyoliklarning
yevropaliklarga nisbatan qiladigan odatdagi kamsitishlarisiz xon tomonidan
missiyaning qabul qilinishini qat‘iy turib talab etsa ham, lekin xonning
shuhratparastligi, ayniqsa Buxoroda hamma dinlardan ham yuqori hisoblangan
islom dini ko‘zda tutilgak yutuqlarga erishishga yo‘l qo‘ymas edi».
G.Meyendorfning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, rus missiyasining
Buxoro amiri tomonidan rasmiy ravishda qabul qilinishi to‘g‘risida amirning vakili
bilan missiya boshlig‘i А.F.Negri o‘rtasida olib borilgan muzokaralar 36 soat
davom etgan edi.
Bu muzokaralar davomida rus elchisi ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning buzilmasligiga harakat qilib, missiya oldiga qo‘yilgan
vazifalarning keyinchalik muvaffaqiyatli bajarilishi maqsadida, qabul qilish
marosimining Buxoro vakilining taklifi bo‘yicha (ya‘ni shu vaqtlarda Buxoroda
chet davlatlardan kelgan elchilarni qabul qilish uchun o‘rnatilgan tartib bo‘yicha)
olib borilishiga o‘z roziligini bildirgan edi. Аmmo, masalaning bunday
yechilishiga qaramasdan, muzokara vaqtida rus elchisi buxoroliklarning qisman
yoch berishlariga erishdi, jumladan qabul qilish marosimi vaqtida Buxoro amiri
bilan muzokarani rus elchisiga o‘tirib olib borishga ruxsat etilgan edi.
Bu voqeaning o‘zi Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi munosabatlarda
katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, Buxoro hukmron doiralarini biroz bo‘lsa
ham rus elchisiga yon berishga majbur bo‘lganligidan darak beradi.
Budrin Buxoroda rus elchiligining qabul qilinishi va qabul qilish marosimidagi
tantanalar to‘g‘risida ham juda qimmatli ma‘lumotlar keltiradi. Masalan, rus
missiyasining Buxoro shahariga kirib kelishini va uning Buxoro amiri tomonidan
qabul qilinishini u quyidagicha tasvirlaydi: «20 kuni ertalab soat 10 da Buxoroga
tantanali kirish tayin qilingan edi. Eng oldinda saf tortgan holda piyoda askarlar,
so‘ngra otliq askarlar, ularning orqasidan 8 kishi katta-katta patnuslarda har xil
sovg‘alar olib borar edilar. Bular: ikki dona suvsar po‘stini, ajoyib qilib ishlangan
bir necha qilich, grafinlar, piyolalar, chilimlar, oyna va boshqalardan iborat
bo‘lib, ularning soni 30 mingga yetar edi.
Tantanali yurish, mulozimlari kuzatgan holda janob elchi va ularning oldida
livreya kiygan ikki kishidan iborat edi. Shunday qilib, Buxoroga kirib borildi.
Saroy oldiga yetib kelinganda, elchiga hadya va mulozimlari bilan, hamda otryad
komandiriga 30 piyoda askari bilan kirishga ruxsat etildi. Qolgan harbiy qismlar
esa, saroy oldida qoldirildi. Saroy ichiga kira berishda har xil yo‘llar, eshiklar va
xonalar orqali juda o‘ng‘aysizliklar bilan, nihoyat, bir xonaga yetib borildi. U
yerda katta yostuqdan yasalib, gilamlar, shollar bilan qoplangan hashamatli
taxtning ustida atrofida bir qancha o‘zining amaldorlari bilan xon o‘tirar edi.
Xonaga kirish bilan uning amaldorlari sovg‘alarni oldilar. Elchi o‘z mulozimlari
bilan xonaga kirgach, u fors tilida tabrik nutqi so‘zladi. Yorliqni vazirga berdi, va u
podshoga uzatdi. Xon uni yoqimli tabassum bilan ovozini qo‘yib o‘qidi, so‘ngra
elchi bilan fors tilida suhbatlashib, bir necha askarlarning kirishini talab etdi, Ular
paydo bo‘lishi bilanoq, xon qattiq kulib yubordi. Unga chest bergan vaqtlarida,
«yaxshi» dedi. Shu bilan marosim tugadi. Elchi o‘z mulozimlari bilan shaharda,
unga ajratilgan eng yaxshi xonalaridan birida qoldi. Eskort esa Bozorchi
qishlog‘iga qaytib ketdi...».
Budrinning Buxoroda rus elchiligining qabul qilinishi to‘g‘risida bergan
materialida qushbegining rus hukumati tomonidan yuborilgan yorliqni elchidan
olib, amirga uzatishi va uni amirning o‘zi ochib o‘qishi haqida bergan ma‘lumoti
juda ajoyib bo‘lib, bu davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixida katta
ahamiyatga ega edi. Chunki, avvalgi asrlarda Buxoroda ajnabiy davlatlarning
elchilaridan xatni amir olar va ochib «munshiga» (sekretarga) uzatar edi. Rus
hukumati tomonidan yuborilgan yorliqni amirning o‘zi ochib o‘qishi Rossiyaning
Buxoroda katta obro‘ga ega bo‘lganligidan va Buxoro amirining Rossiyadan olib
kelingan xabarlardan shaxsan o‘zi qiziqishidan darak beradi.
Budrin o‘z xotiranomasida missiyaning Buxoroda davlat hisobiga yashagani
va Buxoro hokim doiralari tomonidan, oz bo‘lsa ham, unga alohida mablag‘
ajratilgani to‘g‘risida yozadi. Muallifning so‘zicha, missiya uchun kuniga ikki
dona chervon puli (ikki dona Buxoro tillosi), ya‘ni 32 so‘m ajratilgan edi. Аmmo,
bu mablag‘ missiya uchun juda ozlik qilishiga qaramasdan, hamda missiya ichida
biroz norozilik tug‘dirgan bo‘lsa ham, missiya boshlig‘i А. F. Negri uni qaytarish
bilan Buxoro amirini ochiqdan-ochiq ranjitmaslik uchun qabul qilib, mablag‘ni
faqatgina o‘zi va missiya a‘zolarining kundalik xarajatlari uchungina emas, hatto
boshqa mayda-chuyda xarajatlar uchun ham yetkazishini bayon qilgan edi.
Demak, А.F.Negri bu masalani yechishda ham Buxoro hukmron doiralari
bilan o‘zaro munosabatning buzilmasligiga harakat qilib, ularning ajratgan
mablag‘lariga rozi bo‘lgan edi.
Missiya boshlig‘i А.F.Negrining asosiy masalalar yuzasidan Buxoro amiri
bilan olib borgan muzokaralari to‘g‘risida G.Meyendorf va E. Eversman asarlarida
hech qanday ma‘lumot berilmay, garchi qisqacha bo‘lsa ham, Budrinning
xotiranomasida ma‘lumot keltiriladi. «Elchining xon bilan bo‘lgan butun aloqasi,
deb yozadi Budrin, shaxsan vazir bilan muzokara shaklida yoki xat orqali olib
borilar edi».
Muallifning yozishiga qaraganda, А.F.Negri birinchi audientsiyadan
tashqari, asosiy masalalar yuzasidan Buxoro amirining huzurida yana ikki marta
bo‘lgan. Rus elchisi amir bilan bu uchrashuvlaridagi asosiy masalalar yuzasidan
olib borilgan muzokaralarida, bu masalalarning o‘zaro do‘stlik asosida yechilishiga
har hancha harakat qilmasin, har doim ular kelisha olmas edilar. Bu haqda Budrin
quyidagilarni yozadi: «Garchi Rossiyaning bu harakatchan va sodiq o‘g‘li o‘ziga
topshirilgan vazifalarni, imkoni boricha, eng katta yutuqlar bilan bajarishga harakat
qilsa ham, xonda ishonch hosil qilish uchun qancha urinsa ham, biroq xon uning
hamma talablarini yechmaslikka qat‘iy turib olgan edi. Uning qayta-qayta qilgan
murojaatlariga ah‘yon-ah‘yonda javob qaytarilar edi.
Budrinning bergan bu ma‘lumotlaridan Buxoroda rus elchisi А.F.Negri o‘z
oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda bajarishga harakat qilganligi
va kutilgan natijalarga birinchi vaqtlarda erisha olmaganligi ochiqdan-ochiq
ko‘rinib turgan bo‘lsada, lekin, bu yerda missiyaning oldiga qo‘yilgan vazifalar
nimadan iborat ekanligi ko‘rsatilmagan.
Muallifning so‘zicha, А.F,Negrining uzoq davom etgan qat‘iy talablaridan
so‘ng, Buxoro amiri uni 22-fevral kuni qabul qilishga rozi bo‘lgan edi: «Bu
audientsiyada boshqa muhim masalalar yuzasidan olib borilgan o‘zaro
muzokaralar orasida, deb yozadi Budrin, (Buxoro amiri rus) qullarini Rossiyaga
qaytarishni qat‘iy suratda rad etdi. Ertasi kuni missiyaning 12 kundan keyin
muqarrar jo‘nab ketishi haqida buyruq berdi».
Bu ma‘lumotlardan, birinchidan, rus missiyasining asosiy vazifalaridan biri
Buxorodagi rus qullarini ozod qalish masalasidan iborat ekanligi ravshan ko‘rinib
turgan bo‘lsa, ikkinchidan, muallifning «boshqa muhim masalalar» degan so‘zida
qullar masalasidan tashqari missiya oldida yana bir qancha vazifalar mavjud
ekanligi va ular ustidan olib borilgan bu muzokaralarda rus elchisi А.F.Negrining
Buxoro amiri bilan kelisha olmaganligini ko‘rsatadi. Аmmo, muallif bu «boshqa
masalalar» nimadan iborat ekanligini yozmagan.
Budrinning fikricha, rus missiyasining oldiga qo‘yilgan vazifalar
bajarilmasdan, muvaffaqiyatsizlikka uchrashining asosiy sabablaridan biri, qullar
masalasidagi ikki tomondan zo‘r berib tortishuv va kelishmovchilikda edi:
«Rossiya missiyasining tegishli hurmat bilan qabul qilinishi uchun bo‘lgan
dastlabki talab, deb yozadi Budrin, xon va uning yaqin kishilarida haddan tashqari
norozilik paydo qildi. Аmmo janob elchining rus qullarini ozod qilish uchun
intilishi har ikki tarafda ham o‘zaro norozilikni kuchaytirdi. Shuning uchun ham
janob elchining hamma ishlari kutilgan natijalarni bermadi».
Rus
missiyasining
oldiga
qo‘yilgan
vazifalarning
Buxoroda
muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga, chunonchi, А.F.Negrining asosiy masalalar
yuzasidan Buxoro amiri bilan kelisha olmasligiga qushbegining anchagina ta‘siri
bo‘lgan: «Xuddi vazirning o‘zi, deb yozadi Budrin, xon bilan missiya o‘rtasidagi
kelishmovchilikning sababchisi edi. U, 10 ta rus qulining egasi bo‘lganligi uchun,
o‘zining butun makr va ayyorligini elchi bilan xonni urishtirib qo‘yib, xonni
missiya talablarining hammasini rad etishga ko‘ndirmoq uchun qaratgan edi».
Haqiqatan ham, Budrinning o‘z so‘ziga qaraganda, qushbegining rus missiyasiga
nisbatan bunday munosabatda bo‘lishi, rus elchisining Buxoro bilan olib borgan
muzokaralariga salbiy ta‘sir etgan edi. Chunki, bu vaqtlarda Buxoro xonligining
ijtimoiy va siyosiy hayotida qushbegining ta‘siri juda katta bo‘lib, Buxoro amiri
davlat ishlaridagi har bir masalani hal qilishda va uni yechishda qushbegining
maslahatisiz ish qilmas edi.
Buxorodagi rus qullarini o‘z vatanlariga qaytarish uchun missiya
boshlig‘ining Buxoro amiri bilan olib
borgan muzokaralari tamoman rad
etilgandan so‘ng, missiya a‘zolari rus qullarini sotib ola boshlagan edilar. Аmmo
missiyaning bu ishiga ham, muallifning so‘zicha, amir va uning atrofidagi
amaldorlari to‘sqinlik qilganlar: «Janob elchining bozorchadagi lagerda turgan
vaqtida, deb yozadi Budrin, bir qancha qoullar (rus qullari) kelib undan homiylik
so‘ragan edilar. U, qullarning har biriga 60-70 Buxoro chervonidan to‘lab, ularning
ko‘pini sotib oldi. Ozod etilganlarini esa, Rossiyaga qaytarish maqsadida o‘z
himoyasi ostiga olgan edi. Lekin uning bu harakatiga xon
va
uning
vaziri
tashqari to‘sqinlik qildilar. Xon,
buxoroliklarning
rus
qullarini
sotayotganliklarini eshitgan vaqtda, qullarni sotgan kishilarning hammasiga yuz
chervondan jarima soldi».
Bulardan ma‘lumki, haqiqatan ham qullar masalasi Buxoro amiri bilan rus
elchisi o‘rtasidagi kelishmovchilikning asoslarndan birnni tashkil etgan edi.
Аmmo, Buxoroning hokim doiralari Rossiya bilan aloqani tamoman uzib yuborish
tarafdori emas edilar. Ularning rus missiyasiga nisba-tan tutgan muposabatlari ular
o‘rtasidagi masalalarning ko‘proq o‘z foydalariga hal etilishiga qaratilgan edi.
Budrin rus elchiligining boshlig‘i А.F.Negri bilan Buxoro amiri Haydar
o‘rtasidagi muzokaralarni qayd qilar ekan, missiyaning oldiga qo‘yilgan
vazifalarning deyarli hammasini natijasiz tamom bo‘lgan, deb yozadi. Lekin u,
savdo karvonlarini Rossiyadan Buxoroga qadar harbiy konvoy bilan kuzatish
to‘g‘risida amir bilan rus elchisi o‘rtasida olib borilgan muzokaralar va Buxoro
amiri rus hukumatining bu taklifiga o‘z roziligini bildirgani haqida hech qanday
ma‘lumot bermaydi.
Buxoro amiri Rossiya elchisining hamma talablarini rad etgan emas. Chunki,
bu vaqtlarda u Rossiya bilan aloqani uzmaslik uchun harakat qilar edi. Shuning
uchun ham amir Haydar ayrim masalalar yuzasidan rus elchisi А.F.Negri bilan
kelisha olmagan bo‘lsa ham uni oxirgi marotaba 7-mart kuni qabul qilishga majbur
bo‘lgan edi. Bu safar u, rus elchisini juda iltifot bilan qabul qilib, hatto missiyaning
20 martgacha Buxoroda turishiga ruxsat bergan edi. So‘ngra elchiga 200 chervon,
va missiyaning boshqa a‘zolariga 15 chervondan pul sovg‘a qilgan edi.
Аmir Haydarning rus elchisiga qayta audientsiya tayin qilishidan maqsad, Rossiya
bilan aloqani uzmaslik uchun rus elchisining o‘z vataniga jo‘nab ketish vaqtida u
bilan munosabatni yo‘lga qo‘yib yuborish edi.
Bundan tashqari, Budrin xotiranomasida Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi
savdo aloqalari va Rossiyadan Buxoroga olib kelinadigan asosiy mahsulotlar
to‘g‘risida ham qisqacha ma‘lumotlar berilgan. Budrin ham Rossiyadan Buxoroga
bu vaqtlarda ko‘proq metall va boshqalar olib kelinishi haqida yozadi: «Ular oltin,
kumush, mis, qalay va temirlarni Rossiyadan, qisman esa, Hindistondan, Erondan
va Xitoydan oladilar. Аmirning o‘zi elchiga: Buxoro savdogarlari Rossiya bilan
savdo qila boshlagan vaqtlardan boshlab, Buxoro oltinga ega bo‘ldi, deb iqror
bo‘lgan edi».
Budrin o‘z asarida Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdo munosabatlari
ustida to‘xtab o‘tar ekan, Buxoroda Rossiya bilan savdoda ishtirok etuvchi
savdogarlar davlat tomonidan himoya qilinmasligi to‘g‘risida yozadi. Muallifning
so‘zicha, davlat faqat savdogarlardan boj olish bilan chegaralanib, savdoni tartibga
solish va savdogarlarga homiylik qilish bilan mahalliy va ajnabiy savdogarlarda
o‘ziga nisbatan ishonch hosil qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ymagan.
«Biz Buxoroda turgan vaqtimizda, — deb yozadi Budrin, Qizilqumda xivaliklar
600 tuyadan tashkil topgan Orenburg karvonini, shuningdek, Orsk va Troitsk
karvonlarini talon-taroj etganlar. O‘z mollaridan va, hammadan ham Rossiyadagi
kreditlaridan ajralgan bechora savdogarlar (Buxoro savdogarlari) xondan himoya
qilish to‘g‘risida iltijo qilmadilar. Xon ularga hech qanday yordam ko‘rsatmadi va
himoya qilmadi. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi Rossiya bilan savdoni tashlab
ketmoqda edilar. Faqat Qizilqumga konvoy yuborilganda edi, shunda hamma
mollar ham beshikast qolar va davlat o‘zining eng asosiy daromadi hisoblangan
bojlaridan ham ajralmas edi».
Budrin Buxoro va Rossiya savdo aloqalariga to‘sqinlik qilayotgan
Qizilqumdagi qaroqchilarga qarshi savdo karvonlari bilan qurolli soqchi
yuborishni taklif qiladi. Аmmo, o‘zi shu missiyaning ishtirokchisi bo‘lishiga
qaramasdan, missiyaning asosiy vazifalaridan biri savdo karvonlarini Rossiyadan
Buxorogacha konvoy bilan kuzatish masalasi ekanini bilmaydi.
Muallif o‘z asarida yana bir qiziq ma‘lumotni beradi: rus missiyasi
Buxoroda turgan vaqtda amir Haydar buyrug‘i bilan shahardagi bosh degrez
tomonidan Rossiya missiyasi olib kelgan to‘plar namunasida ikki dona to‘p
quydirilgan edi. Muallifning bergan ma‘lumotlariga qaraganda, rus to‘plari tipida
quydirilgan Buxoro to‘plari rus to‘plariga o‘xshamagan edi G.Meyendorf, missiya
Buxoroga yetib kelmasdan, qushbegining uni yo‘lda uchratganligi va missiya
boshlig‘i А.F.Negridan elchilikni kuzatib kelayotgan ikki dona to‘pni Buxoro
amiriga sovg‘a qilishini so‘raganligi, ammo А.F.Negri yo‘ldagi xavflarni nazarda
tutib, uning bu talabini qaytarganligi to‘g‘risida yozgan edi.
Demak, Buxoroning hokim doiralari bu rus to‘plarini qo‘lga kirita
olmaganliklaridan keyin, xuddi ana shu xildz qilib to‘p quyishni buyurganlar.
Bulardan ma‘lumki, o‘zini «amirul jahongir» deb hisoblab kelgan Buxoro amirlari,
Rossiyaning Buxorodan har tomonlama ustun ekanligini endilikda seza boshlagan
edilar. Hatto Buxoro to‘plari ham Rossiya to‘plariga nisbatan juda oddiy va qo‘pol
bo‘lib qolgan edi.
Shunday qilib, Budrinning 1820 yilda Rossiyadan Buxoroga diplomatik
missiyaning yuborilishi, ayniqsa uning Buxoroda olib borgan ishlari to‘g‘risida
bergan ma‘lumotlari juda yangi va qimmatli bo‘lib, mazkur missiya haqida
G.Meyendorf va E.Eversmanlarning bergan ma‘lumotlarink yangi va nodir faktik
materiallar bilan boyitadi.
Budrin asarida, bulardan tashqari, Buxoro ekonomikasi va xalqning ahvoli
to‘g‘risida, qisqa bo‘lsa ham, lekin juda ajoyib ma‘lumotlar keltirilgan. Budrin
Buxoroning qishloq xo‘jaligida paxtachilik va ipakchilik katta ahamiyatga ega
ekanini, ulardan har xil mollar to‘qilishini va Buxoroda ip hamda ipak mollari
to‘qib chiqaradigan bir qancha korxonalar mavjud ekanligi to‘g‘risida yozadi.
Muallif o‘z asarida Buxoroda yashovchi xalqlarning turmushini so‘zlar ekan, u
ayniqsa, yaxudiy xalqning juda og‘ir turmush kechirishini va ularning Buxoroda
mahalliy hokimlar tomonidan arzimagan bahonalar bilan jazoga tortilishini hamda
jarimalar to‘lashga majbur etilishini bayon qiladi. Muallif Buxoroda xotin-qizlar
tamoman huquqsiz ekanini ta‘kidlab, bu haqda u quyidagilarni yozadi: «Ular
(xotin-qizlar) bu yerda (Buxoroda) cho‘ridek hisoblanardilar... Buxoro — boshiga
oq salla o‘ragan erlar hokimligidir».
Demak, Budrinning bu asari XIX asrning birinchi choragida Buxoro va
Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni, shuningdek, ayni zamonda Buxoro tarixini
o‘rganishda qimmatli bosh manba asardir.
Eduard Eversmanning ―Reise von Orenburg nash Bushara‖, nomli asari prof. X.
Lixtenshteyn muqaddimasi bilan 1823 yilda Berlinda nemis tilida bosilib chiqdi.
Аdabiyotlarda ko‘rsatilishicha, bu asarning ingliz tiliga tarjimasi 1823 yilda
Londonda ―Russian missiona into the interior of Asia‖ nashr etildi».
Аsar muallifning Buxoroda olib borgan shaxsiy kuzatishlari asosida yozilib,
V.G.Geptner bu haqda quyidagilarni aytadi: «Eversman asarida boshqa
adabiyotlardan dalil qilib keltirilgan hech qanday qiyosiy ma‘lumotlar va misollar
bo‘lmay, unda avgor ko‘rganlarnni bayon qiladi. Lekin, voqealarning bunday
sodda qilib bayon qilinishining o‘zi asarning fazilatlaridan biridir».
Eversmanning bu kitobi asosan ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, unda Buxoro
shaharining sxematik plani berilgan. Planning chetida berilgan ilovaga qaraganda,
u Bimbe tomonidan tuzilgan.
Аsarning birinchi qismida butun voqealar kundalik xotiralar shaklida berilib,
Orenburgdan Buxorogacha bo‘lgan masofa tasvir etiladi. Qozoq xalqi to‘g‘risida
har xil etnografik va tarixiy ma‘lumotlar berilib, rus missiyasining buxoroliklar
tomonidan qarshi olinishi va uning Buxoroga yetib kelishi bilan tamomlanadi.
Kitobning ikkinchi qismida materiallar bir sistemaga solinib, Buxoro
shaharining tasviri berilgan: uning katta-kichikligi, devorlari, ko‘chalari, uylari,
amir turadigan ark, saroylari, registon, madrasalari, karvon saroylari, bozorlari:
qullar bozori va qimmatbaho buyumlar bozori; ingliz, rus, eron, xitoy mollari
nomma-nom sanab chiqilgan. Shu bilan birga, Buxoroning Shaybonixondan (1488-
1510) to amir Haydargacha (1800-1826) bo‘lgan davrining qisqacha siyosiy
tarixiga ocherk berilgan. Bulardan tashqari, Buxoroning aholisi: tojik, o‘zbek,
yahudiylarning xarakteristikasi, Buxoroda asosiy til-fors tili, ya‘ni tojik tili
ekanligi, yahudiylarning ahvoli haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Buxoroda sun‘iy
sug‘orish va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida, Buxoroning hayvonot dunyosi, iqlimi, u
yerdagi kasalliklar, tabiblari va boshqalari bayon qilinadi.
Eversmanning Buxoro xonligi to‘g‘risida bergan ma‘lumotlari qisqa
bo‘lishiga qaramasdan, XIX asrning boshida Buxoro tarixini o‘rganishda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, Buxoro tarixini ko‘pgina qimmatbaho va nodir faktlar bilan
boyitadi. «Istoricheskiy obzor puteshestviy v Buxare» nomli asarining muallifi
V.V.Zav‘yalov Eversmanning kitobiga: «Bu asar hozirgacha noma‘lum bo‘lgan
mamlakatni ilmiy ravishda tasvir etishda birinchi ajoyib ish», deb baho beradi.
Kitobning muqaddimasida E.Eversman biografiyasi to‘g‘risida ma‘lumotlar
berilgan.
Muallifning Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi munosabatlarga oid
bergan ma‘lumotlari unchalik boy bo‘lmasdan, faqatgina yuhorida tasvir etilgan
manbalarni birozgina to‘ldiradi.
Eversman ham 1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus diplomatik
missiyasining yuborilish sabablari, uning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalari va
missiyaning Buxoroda olib borgan ishlari haqida hech qanday ma‘lumot bermaydi.
Uning bergan ma‘lumotlaridan mazkur missiyaning faqat savdo harakteriga ega
ekanligini aniqlab olish mumkin.
Eversman Orenburg general-gubernatoriga yozgan xatida: «Qushbegi va
boshqalar, - deb yozadi, - Negrining xon bilan o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun
muzokara olib borish maqsadida kelgani to‘g‘risida biror tushunchaga ham ega
emasdir. Ularning fikricha, biz boj to‘lamasdan, shol ro‘mol va boshqa mollarni
sotib olish uchun maxfiy ravishda ko‘p miqdorda pul olib kelgan emishmiz».
Eversman Buxoro va Rossiya savdosini quyidagicha tasrirlaydi: «Bu yerga
(Buxoroga) hamma tarafdan: Rossiya chegarasidan, ya‘ni Troitsk, Orsk,
Orenburgdan va Xiva orqali Аstraxandan savdo karvonlari keladi. Ular ingliz, rus
mollari: ip va guldor gazlamalar, ipak va ip ro‘mollar; jez, mis, temir va temirdan
yasalgan buyumlar va boshqalarni olib keladilar. Savdogarlarning asosiy qismi
buxoroliklardan, Rossiya tatarlaridan va astraxanli armanilardan iborat edi. Bu
yerdan Rossiyaga ular Buxoro mahsulotlaridan: ipak, paxta, yigarilgan ip, kashmir
va eron shol ro‘mollari, nil bo‘yog‘i va xitoy chinni idishlarini olib ketadilar»
Eversmanning bu ma‘lumotlari shuni ko‘rsatadiki, XIX asrning birinchi
choragida Rossiyaning O‘rta Osiyo savdosida tutgan geografik o‘rni Аngliyaga
nisbatan hali ham qulay bo‘lib, Аngliya sanoat mollari Rossiya orqali, rus
savdogarlarining vositasi bilan olib borilardi. Shuning uchun ham Hindiston
bozorini bosib olish bilan band bo‘lgan
ingliz kapitali bu vaqtlarda O‘rta
Osiyoga kirishga harakat qilish u yoqda tursin, balki o‘z mahsulotlarini O‘rta
Osiyo bozorlariga rus savdogarlarining vositasi bilan butun Rossiya orqali yuborar
edi.
Eversman o‘z asarida Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi savdo munosabatlarini
va bu savdodagi asosiy mahsulotlarni qayd qilsada, lekin uning hajmi haqida va
yiliga o‘rtacha hisob bilan tovar oborotini belgilab bera oladigan hech handay
ma‘lumot keltirmaydi.
Аsarda Buxoroning Qo‘qon, Xiva xonliklari va Eron, Hindiston, sharqiy
Turkiston, Tibet singari Osiyo davlatlari bilan olib borayotgan savdosining ham
Rossiya bilan bo‘ladigan savdosiga bog‘liq ekanini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar
berilgan. «Mashhad va Hirotdan, — deb yozadi E. Eversman, yiliga Buxoroga 500
tuyada, asosan, eron ipak va ip mollari hamda shol ro‘mollari olib kelinar edi. Ular
bu yerdan rus mollari, asosan, ipak va ip gazlamalar hamda xom paxta olib ketar
edilar».
Bu ma‘lumotlar O‘rta Osiyo xonliklari Rossiyaning xom-ashyo bozori
sifatidagina emas, balki sharh davlatlari bilan bo‘lgan savdoda hamon vositachi
bo‘lib xizmat hilayotganini ko‘rsatadi. Bulardan tashhari, E.Eversman ham
G.Meyendorfning Buxoro xonligida rus savdogarlaridan 10 protsent miqdorida
savdo boji olinishi to‘g‘risida bergan ma‘lumotlarini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
Eversman Buxoroga borishda Orenburg gubernatoriga yo‘ldan ikki marta va
Buxoro shahriga yetib kelgandan so‘ng, yana bir marta xat yozgan edi. Xatlardan
avvalgi ikkitasi, А.V.Vasil‘evning yozishiga qaraganda, saqlanmagan. Xatning
uchinchisi esa, А.V.Vasil‘evning yuqorida qayd qilib o‘tilgan maqolasida
keltiriladi. «Severniy arxiv» jurnalining 1822 yil, 6-sonida avvalgi xatlardan biri
«Pismo doktora Eversmana, naxodivshegosya pri Rossiyskoy ‗shssii v Buxariyu,
poluchennoe pervogo marta 1821 goda v S. Peterburge» sarlavha ostida bosilib
chiqadi. E.Eversmanning bu xatlari ham Buxoro xonligi va Rossiya o‘rtasidagi
munosabatlarnn o‘rganishda qimmatli manbadir. Chunki ularda berilgan
ma‘lumotlar qisqa bo‘lishiga qaramasdan, XIX asrning birinchi choragida bu ikki
davlat o‘rtasidagi aloqalarga oid bo‘lgan materiallarni ayrim dalillar bilan boyitadi.
Eversman birinchi xatida missiyaning Orenburgdan, jo‘nashi, uning sostavi
va yo‘ldagi harakat tartibi to‘g‘risida yozadi. Qozog‘istonda qozoq sultonlari
o‘rtasidagi o‘zaro feodal kurashlar va Orung‘ozi tomonidan missiyaning
Sirdaryogacha kuzatilishini bayon qiladi. Bulardan tashqari u, Qozog‘iston
cho‘llarida talonchilik to‘g‘risida yozar ekan, missiyaga kelib qo‘shilganligi va
Orenburgdan chiqqan Xiva savdo karvonlari esa, qozoqlar tomonidan talon-toroj
etilganlig‘ini yozadi. E.Eversmanning ikkinchi xatida avvalgi xatlarda berilgan
ma‘lumotlar biroz qayd qilinib, ularni Buxoro to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bilan
to‘ldiradi.
Eversmanning keyingi xati to‘g‘risida А.V.Vasil‘ev quyidagilarni yozgan
edi: «Bu xat nemis tilida bayon qilinib, bizga qo‘shni bo‘lgan rayonlar va sharq
o‘lkalarining ahvolini tasvir etishda ko‘p ajoyib ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi».
Eversman bu xatida ham Orenburgdan chiqqan Buxoro savdo karvonining
birinchi yarmi missiyaga kelib qo‘shilganligini va ikkinchi yarmi Qizilqumda
qozoqlar tomonidan talon-toroj etilganligini, shu bilan birga, Orskdan va Troitsk
shaharlaridan chiqqan karvonlar yo‘lidagi bu xavfdan qo‘rqib, yana Rossiyaga
qaytib ketganligi haqida yozadi.
Eversmanning savdo yo‘lida karvonlarning talonchilikka uchraganligi
to‘g‘risida keyingi xatida bergan ma‘lumotlari avvalgi xatida bergan
ma‘lumotlaridan biroz farq qiladi. Chunki, avvalgi xatida Qizilqumda Xiva savdo
karvonlari talon-toroj etildi deb yozgan bo‘lsa, keyingi xatida esa xuddi shu
voqeani gapirib, Buxoro savdo karvonlari talan-di deb yozadi.
Аgarda E.Eversman keltirgan bu ma‘lumotlarni Budrinning bergan
ma‘lumotlari bilan taqqoslanilsa, uning keyingi ma‘lumotlari to‘g‘ri ekanligini
ko‘ramiz. Bu oxirgi xat missiyaning Buxoroga yetib kelishi, buxoroliklar
tomonidan kutib olinishi va E.Eversmanning tatar savdogari niqobi bilan Buxoroga
kirib borishi bilan tugaydi.
Shunday qilib, E.Eversmanning XIX asrning birinchi choragida Buxoro
xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi aloqalar, aynnqsa, diplomatik aloqalar to‘g‘risida
bergan ma‘lumotlari G.Meyendorf va Budrin asarlarida berilgan ma‘lumotlarni
birozgina bo‘lsa ham to‘ldiradi va ayrim holatlarni esa yangi faktlar bilan aniqlab
beradi.
Bulardan tashqari, XX asrning 20-yillarida Buxoro va Rossiya
munosabatlarini o‘rganishda P.Yakovlev, G.Meyendorflarning rus vaqtli
matbuotida nashr etilgan maqolalari hamda boshqa redaktsion xabarlar ham
ahamiyatli manbalardan bo‘lib, yuqoridagi asarlarni ko‘pgina qimmatli
ma‘lumotlar bilan to‘ldiradilar.
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya savdo munosabatlarining
ayrim holatlari hahida G.Spasskiyning «Noveyshee opisanie Velikoy Buxari...»
nomli asarida ham ko‘pgina faktik ma‘lumotlar keltirilib, bu asar «Аziatskiy
vestnik» jurnalining 1825 yil, 1, 2, 4, 5 va 6 sonlarida nashr etilgan. Muallif
Buxoroga o‘zi bormagan va u yerda material to‘plamagan bo‘lsa ham, lekin asarni
o‘sha vaqtda Buxoroga borgan shohidlarning olib kelgan ma‘lumotlari asosida
yozgan edi.
Chunki bu vaqtlarda G. Spasskiy ―Аziatskiy vestnik‖ jurnalining redaktori
bo‘lib, odatda yangi materiallar, ayniqsa, Osiyo haqidagi ma‘lumotlar uning
qo‘liga kelib tushar edi.
Spasskiyning asari, asosan, besh bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi
bobida Buxoro haqida har xil tarixiy ma‘lumotlar berilgan. Ikkinchi bo‘limi
Buxoroning geografiyasiga bag‘ishlanib, uchinchi bo‘limida Buxoro shahari
to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan.
Аsarning to‘rtinchi bobida Buxoroning aholisi, sanoati, savdo aloqalari,
og‘irlik o‘lchovining turlari va ishlab chiqarish usullari haqida ko‘p qiziq
ma‘lumotlar keltirilgan. Kitobning beshinchi bo‘limida esa, Buxorodagi vazifalar
va mansablar bayon qilnngan. Bu bobda muallif Buxorodagi mansablarni
Rossiyadagi mansablarga solishtirib beradi.
Spasskiy o‘z asarida XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya
savdo munosabatlariga oid ko‘pgina qiziq ma‘lumotlar beradi. Uning bergan
ma‘lumotlarida Buxorodan olib chiqiladigan mahsulotlar va ularning Buxoro
xonligida hamda Rossiya yarmarkalaridagi bahosi, shuningdek bu mahsulotlarning
sortlari to‘g‘risida keltirilgan materiallari ayniqsa xarakterlidir.
Muallifning yozishicha, Buxorodan keltirilgan paxtaning har puti o‘z joyida
14 so‘m tursa, Rossiyada esa, 40 so‘mdan sotilar edi, yigirilgan ip esa, ularning
eng yaxshilari Samarqand va Shahrisabz iplari bo‘lib, Buxoroda har puti 70 so‘m
tursa, Rossiyada ularning har putiga 110 so‘mdan to‘lanar edi. Miyonqol rayonida
tayyorlangan iplarning sifati o‘rtacha bo‘lib, ularning har puti Buxoroda 45
so‘mdan 55 so‘mgacha, Rossiyada esa 80 so‘mdan sotilar edi. Bu ma‘lumotlardan
ma‘lumki, Buxoroning Samarqand, Shahrisabz
va Miyonqol rayonlari
dehqonchilik bilan birga, hunarmandchilik ip yigiruvchilik rayonlaridan bo‘lib ular
Buxoro va Rossiya savdosidagi asosiy mahsulotlardan hisoblangan paxta, ayniqsa,
yigirilgan ip bilan bu savdoni ta‘min etar edilar
Shunday qilib, Buxoro va Rossiya savdo munosabatlariga oid G.Spasskiy
asarida berilgan ma‘lumotlar yuqorida qayd qilingan adabiyotlarda keltirilgan
materiallarni yangi faktik dalillar bilan bir daraja boyitadi.
1824 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan qurolli karvonni o‘rganishda
shu karvonning boshlig‘i va uning ishtirokchisi Ye.Kaydalovning xotiranomasi
bosh manba bo‘lib, birinchi qismi1827 yilda, ikinchi va uchinchi qismlari 1828
yilda.
Moskvada nashr etilgan. Ye.Kaydalovning bu xotiranomasida Rossiya va
Buxoro o‘rtasidagi savdo yo‘llaridagi ahvol, rus savdogarlarining Buxoroda savdo
qilish tartiblari, 1824 yilda qurolli kuchlar bilan savdo karvonlarining kuzatilishi va
uning sabablari hamda yo‘ldagi talonchiliklar to‘g‘risida to‘liq va qimmatli
ma‘lumotlar beradi. Ye. Kaydalov o‘z xotiranomasida qurolli soqchi bilan savdo
karvonining Buxoroga yuborilish sababini bayon qilib, faqatgina Qozog‘iston
cho‘llaridagi talonchilik Rossiya-Buxoro savdosiga katta zarar yetkazganligi uchun
eskort tayin qilingan, deb to‘g‘ri ko‘rsatsa ham, ammo muallif nima uchun
Rossiyaning harbiy kuchlari Buxorogacha kirib borishiga Buxoro hukmron
doiralari tomonidan qarshilik ko‘rsatilmaganligining sabablarini ko‘rsatmaydi.
Chunki, bu narsa Buxoro hokim doiralari bilan kelishilgan bo‘lib, mana shuning
uchun ham 1824 yil, may oyida Orenburg harbiy gubernatori Pyotr Qirillovich
Essen Rossiya va Buxoro savdogarlariga quyidagilarni e‘lon qilgan edi: «Cho‘lda
hozirgacha savdogarlar uchun mavjud bo‘lgan talonchilikni qaytarish va o‘z
kuchimiz
bilan tashqi savdoni mudofaa etish uchun mustaqil bir tadbir ko‘rish
zarur, deb topildi.
Xotiranomada Orenburg gubernatorining savdo karvonlarining tunash va
qaytish vaqtlari, yo‘ldagi harakati to‘g‘risidagi farmoni keltirilib, bu farmon
bo‘yicha, yiliga bir marta harbiy eskort bilan savdo karvonlarini kuzatish
uyushtirilib, uning jo‘nash va qaytish vaqtlari belgilangan edi. Jo‘nash markazi
Orenburg shahri bo‘lib, butun savdo karvonlari sentyabr oyining oxirlarida bu
yerga to‘planishlari va kechi bilan 10 oktyabrga qolmay Orenburgdan jo‘nab
ketishlari va Buxorodan esa, mart oyida qaytishlari kerak edi.
Savdo karvonlarining yo‘ldagi harakati harbiy xarakterga ega bo‘lib, eng
oldinda qozoq yetakchilari, ularning orqasidan avangard otryad, avangarddan 100
qadamcha orqada kazak otliq askarlari, to‘plar va aravalar, orqada piyoda askarlar
hamda otliq askarlar, eng oxirida esa, ar‘ergard borar edi. Bu harbiy qismning ikki
tomonida bir necha qator bo‘lib savdo karvonlari borar edilar. Savdo
karvonlarining atrofi otliq yoki piyoda askarlar bilan o‘ralgan bo‘lib, har bir
savdogar otryad komandirining ruxsatisiz bu to‘dadan chiqishi va unga qayta
kirishi qat‘iy suratda man qilingan edi.
Ye.Kaydalovning bu xotiranomasida kishi diqqatiga sazovor bo‘ladigan
narsa, karvonboshiga va karvonni kuzatuvchi harbiy eskort komandiriga berilgan
qo‘llanma bo‘lib, bu qo‘llanmada ularning vazifalari belgilangan edi. Qo‘llanma
bo‘yicha, karvonboshiga quyidagilar. topshirilgan: a) karvon ichida mustahkam
ittifoq uyushtirish va savdogarlar orasida paydo bo‘lgan ayrim o‘zaro
kelishmovchilikni har taraflama tekshirib, ularni hal qilish; b) Buxoroga borishda
va u yerdan qaytishda hamma savdogarlarning o‘z mollari bilan karvondan ajralib
ketishlaridan xabardor bo‘lib, ajralib ketishga yo‘l qo‘ymaslik; v) agarda biror
savdogar o‘zboshimchalik bilan karvondan ajralib ketgudek bo‘lsa, darhol otryad
komandirini xabardor qilish; g) karvon sostavidan ajralib ketgan rus
savdogarlarining ro‘yxatini olib borish va bu ro‘yxatni Orenburgga qaytib
kelgandan so‘ng hukumatga berish; d) rus savdogarlari osiyoliklar bilan savdo
qilgan vaqtlarida ehtiyotlik va halollik bilan ish olib borib, o‘zaro tartibsizlikka
yo‘l qo‘ymasdan, ikki o‘rtadagi hamjihatlikni saqlab turish; ye) qurolli soqchi
kuzatib ketayotgan karvonga qo‘shilgan savdogarlar esa, mazkur karvonboshiga
bo‘ysunishga majbur edilar.
Karvonboshiga berilgan qo‘llanmada rus savdogarlarining O‘rta Osiyo bilan
olib borayotgan savdo aloqalaridagi muvaffaqiyat, bir tomondan, ularning
o‘zlariga bog‘liq ekani ta‘kidlab
o‘tilgan:
«Аyniqsa
sizning
(karvonboshining), - deb yozilgan instruktsiyada, hozirgi va kelgusida bo‘ladigan
bunday ishning (savdo karvonini konvoy bilan kuzatishning) muvaffaqiyatli
bo‘lishi u yerda (Buxoroda) savdogarlarimizning, hamda ularning prikazchiklari va
xizmatkorlarining xushf‘el va halol axloqda bo‘lishlariga bog‘liq ekanligiga...
shuningdek yiroq va chet mamlakatda savdogarlarning xushtabiat va halol
muomalalari ularning shaxsiy foydalari uchun va o‘zaro savdo munosabatida birga
bo‘ladigan osiyoliklarda o‘zlari va hamshaharlari to‘g‘risida yaxshi fikr paydo
etish uchun lozim ekanligiga diqqat qilishingizni so‘rayman.
Savdogarlarimiz tomonidan hisobda, tarozida va o‘lchovda aldashlikka yo‘l
qo‘ymaslik uchun ular ustidan g‘amxo‘rlik va hurmat bilan nazorat qilib turishni
sizga (E.Kaydalovga) topshiraman. Umuman shunday bir ish qilish kerakki,
mahalliy aholi bilan hamjihatlikni saqlash har bir rus savdogarining asosiy burchi
bo‘lsin
1824 yilda Buxoroga yuborilgan qurolli savdo karvonining boshlig‘i
Ye.Kaydalovga berilgan bu qo‘llanmadan ma‘lumki, rus hukumati O‘rta Osiyo
xonliklari, jumladan Buxoro xonligi bilan mavjud bo‘lgan iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirishda faqatgina katta diplomatik missiyalarnigina emas, hatto savdo
karvonida ishtirok etuvchi har bir rus savdogarini ham ikki davlat o‘rtasidagi
munosabatlarga putur yetkazmaslik uchun maxsus instruktsiyalar bilan ta‘min etib
yuborar edi.
Savdo karvonini kuzatuvchi qurolli eskort komandiriga quyidagi vazifalar
topshirilgan edi:
a) savdo karvonini talonchilikdan saqlash;
b) yo‘ldagi tabiiy baxtsizliklardan saqlash uchun karvonning harakati, dam olishi
va boshqalarni o‘z vaqtida belgilash;
v) Rossiyadan chiqqan, ayniqsa, Orenburg liniyasidan, rus savdogarlari bo‘lmasin,
mahalliy O‘rta Osiyo savdogarlari bo‘lmasin, hammasini harbiy konvoy mudofaasi
ostiga olish;
g) o‘zboshimchalik bilan harbiy konvoy sostavidan ajralib ketgan savdogarlarni
mudofaa ostiga qayta olmaslik;
d) otryad komandiriga bo‘ysunmagan kishilarni konvoy sostavidan chiqarib
yuborish.
Аgarda otryad komandiri o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortsa va karvon
yoki uning biror qismi talonchilikka uchrab, halok bo‘lsa, u vaqtda otryad
komandiri davlat qonuni oldida jazoga tortilar edi. Karvon boshlig‘i va otryad
komandiriga berilgan bu qo‘llanma savdo karvonining Buxorodan Orenburgga
qaytib kelgunicha o‘z quvvatini saqlab, karvon sostavida ishtirok etgan barcha
savdogarlar instruktsiyasining oxirida o‘z imzolarini chekib, Orenburg general-
gubernatoriga qaytarib berishlari kerak edi.
Shunday qilib, Ye.Kaydalovning xotiranomasi 1824 yilda Rossiyadan
Buxoroga harbiy soqchi bilan yuborilgan savdo karvoni va karvonboshi hamda
konvoy otryadining komandiriga berilgan maxsus qo‘llanmalar to‘g‘risida birinchi
bo‘lib ma‘lumot beradi.
Bulardan tashqari, Ye.Kaydalov 1824 yili Buxoroga harbiy konvoy bilan
yuborilgan savdo karvonining Qizilqumdagi Beshtepa mavzeida Xiva va
qozoqlarning birlashgan guruhlari tomonidan talonchilikka uchraganini va bir
necha to‘qnashlardan so‘ng ko‘pgina mollaridan ajralib, Rossiyaga qaytib
kelganligini bayon qiladi. Muallifning bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, rus savdo
karvoni va harbiy konvoy sostavida hammasi bo‘lib 1300 kishi qatnashgan edi,
ularga qarshi hujum qilgan xivalik va qozoqlar shaykasining soni 12 mingga yaqin
borardi.
Kaydalovning bergan ma‘lumotlariga ko‘ra, 1824 yilda Buxoroga
yuborilgan savdo karvoniga qarshi qozoq va xivaliklarning shaykasi tomonidan
qilingan talonchilik rus savdogarlariga 550.027 so‘mga yaqin zarar yetkazgan. Rus
davlat» esa, bu talonchilikdan 230 ming so‘m zarar ko‘rgan edi.
Kaydalov ham o‘z xotiranomasida savdo yo‘lidagi tartibsizlikka Buxoro
xonligida tamoman befarq qaralganini bayon qiladi. Muallif Buxoroning hukmron
doiralari savdo yo‘lidagi talonchilik u yoqda tursin, o‘z davlat chegaralaridagi
tartibsizlikka qarshi kurashmaydilar, deb ularni qoralaydi. Аmmo, muallif bu
tartibsizlikka qarshi kurashish uchun Buxoro xonligi zaif ekanligini, mana shu
sababli, 1820 yilda Buxoroga yuborilgan rus missiyasining boshlig‘i А.F.Negri
tomonidan savdo karvonlarini harbiy konvoy bilan kuzatish uchun Buxoro
hukmron doiralarining roziligini olish vazifasi topshirilganligini sezmagan.
Bulardan tashqari, Ye. Kaydalov
Qozog‘istondagi
o‘zaro
ayirbosh
savdonining holatini, uning Rossiya uchun ham, O‘rta Osiyo xonliklari uchun ham
katta ahamiyatga ega ekanlign to‘g‘risida juda qiziq ma‘lumotlar keltiradi. U o‘z
xotiranomasida Qozog‘istondagi ayirbosh savdoni quyidagicha tasvirlandi: «Ular
(qozoqlar) biz keltirgan buyumlarga ot, tuya va qo‘ylar, mahalliy mahsulotlardan
namat, jun chakmon, po‘stin, arqon, belbog‘, har xil hayvonlarning terilari va juda
ko‘p miqdorda turli yirtqich hayvonlarni ayirbosh qildilar. Bizdan esa, charm,
movut, ip gazlamalardan: nanka, kitayka, chit, ro‘mol va turli mayda-chuyda
mollarni oldilar. yo‘ldagi qozoqlar bilan biz uchun mana shunday foydali savdo bir
oyga yaqin to Quvon daryogacha davom etdi. Karvonlarning Buxoroga har yili
to‘xtovsiz qatnashi ta‘minlansa, rus savdogarlari uchun juda foydali bo‘lib, har bir
savdogar mazkur mamlakat bilan savdo qilish uchun yetarli mahsulotlarni g‘amlab
olib, yo‘lda Buxoro uchun kerakli mollarga, qaytishda esa, Buxorodan olingan
mollar hisobiga Rossiya uchun kerakli mollarga osonlik bilan ayirbosh qila
olishlari mumkin edi. Karvon yo‘lidagi bunday qulay ayirbosh savdo o‘zaro savdo
oborotini bir necha martaba ko‘paytirib, mamlakatimiz foydasiga savdo balansini
muqarrar ravishda oshirishga olib keladi».
Shunday qilib, Qozog‘iston cho‘llarini kesib o‘tgan savdo yo‘llaridagi
talonchiliklardan karvonlarni mudofaa qilish uchun 1824 yilda Rossiyadan
Buxoroga harbiy eskort bilan yuborilgan savdo karvonlarining boshlig‘iga va
otryad komandirlariga rus hukumati tomonidan berilgan maxsus instruktsiyalar
hamda Qozog‘iston cho‘llarida mavjud bo‘lgan ahvol va qurolli karvonning
falokatga uchrashi to‘g‘risida Ye.Kaydalovning asari juda ajoyib ma‘lumotlar
beradi. Bulardan tashqari, muallif Qozog‘istondagi ayirbosh savdo Rossiya uchun
ham, Buxoro xonligi uchun ham juda katta ahamiyatga ega ekanligini yangi
dalillar bilan ko‘rsatib beradi.
1824 yilda Rossiyadan Buxoroga harbiy soqchi bilan yuborilgan savdo
karvoni to‘g‘risida Ye.Kaydalovning asaridan tashqari, «Аziatskiy vestnik»
jurnalining 1825 yil, yanvar‘ oyida «Ob otpravlenii karavana iz Orenburga v
Buxariyu» sarlavha ostida bosilib chiqqan maqolada ma‘lumotlar keltirilgan. Bu
maqolada
keltirilgan
ma‘lumotlar,
asosan,
Kaydalov
asarida
berilgan
materiallarning qisqacha bayoni bo‘lib, ular ustida mukammal to‘xtalmadi. Demak,
1824 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan qurolli savdo karvonini va ikki davlat
munosabatlari tarixini o‘rganishda Kaydalovning xotiranomasi va «Аziatskiy
vestnik» jurnalida nashr etilgan xabarlar muhim manbalardandir.
Shunday qilib, Rossiya va Buxoro munosabatlari ishtirokchilarining yozib
qoldirgan xotiranomalari XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi bilan
Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy va diplomatik aloqalarni o‘rganishda birinchi darajali
juda boy va qimmatbaho manbadir. Bu tarixiy yodgornomalarda XIX asrning
birinchi choragida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga oid
berilgan ma‘lumotlarni qisqacha xarakterlab, quyidagi xulosaga keldik:
G.Meyendorf, Budrin, E.Eversman va G.Spasskiylarning asarlarida Buxoro
va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida juda ajoyib va boy faktik
ma‘lumotlar berilib, ular XIX asrning oxirlaridan boshlab, bu ikki davlat
o‘rtasidagi savdo aloqalarining juda katta ahamiyatga ega bo‘la boshlaganini va
uning tez sur‘at bilan rivojlanayotganini aniqlab bera oladi. Bu manbalarda
keltirilgan faktik materiallar ayni zamonda Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi
savdoning va savdo yo‘llarining holatini har tomonlama ko‘rsatib beradi.
Bu memuar asarlar XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi Rossiya
uchun xomashyo bozori sifatidagina emas, balki qo‘shni sharq davlatlari: Eron,
Аfg‘oniston, Sharqiy Turkiston va hatto Xitoyni rus mollari bilan ta‘min etishda
vositachi bo‘lib xizmat etishi to‘g‘risida juda qiziq faktik dalillar beradilar.
Bu manbalar, ayniqsa E.Eversmanning asari XIX asrning birinchi choragida
O‘rta Osiyo bozorlariga ingliz sanoat mollari rus savdogarlarining vositasi bilan
Rossiya orqali olib kelinishini ko‘rsatib beradi.
Bu manbalarda Rossiya va Buxoro xonligi o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning yuksalishi asosida bu ikki davlatning o‘zaro diplomatik
munosabatlarining rivojlanishi to‘g‘risida juda ko‘p qimmatli ma‘lumotlar
berilgan. Bu vaqtlarda yuborilgan o‘zaro elchiliklar va diplomatik missiyalar faqat
savdo xarakteriga ega bo‘lib, ularning asosiy vazifalari savdo yo‘llari va
bozorlarning holatini o‘rganishdan iborat edi. Аyniqsa, 1820 yilda Rossiyadan
Buxoroga yuborilgan diplomatik
missiyani o‘rganishda G.Meyendorf, Budrin
va Eversmanlarning bergan ma‘lumotlari juda qimmatlidir. Lekin, G.Meyendorf
va E.Eversmanlar asarida bu diplomatik missiya oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar
ochiq ko‘rsatilmagan. Mazkur missiya oldiga qo‘yilgan ayrim masalalar
Budrinning xotiranomasida ochiqroq ko‘rsatilib, uning bergan ma‘lumotlari
G.Meyendorf va E. Eversmanlarning asarlarida berilgan ma‘lumotlarga qaraganda
aniqroqdir. Shunga qaramasdan, bu manbalarda missiya oldiga qo‘yilgan eng
asosiy masala: savdo karvonlarini Qozog‘iston cho‘llaridagi talonchilikdan
mudofaa qilish uchun Buxoro hukmron doiralarining roziligini olish masalasi qayd
qilinmaydi.
L.Meyer va А.Shepelevlar o‘z asarlarida, rus missiyasining boshlig‘i
А.F.Negrining Buxoro amiri bilan olib borgan muzokaralarida amir Haydar savdo
karvonlarini Buxoroga harbiy soqchi bilan kuzatish masalasi yuzasidan o‘z
roziligini bergan, deb ko‘rsatdilar.
Savdo karvonlarini Buxorogacha qurolli kuch bilan kuzatish uchun amirning
rozi bo‘lishi XIX asrning birinchi choragida Buxoro xonligi bilan Rossiya
o‘rtasidagi munosabatlar tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu voqea,
birinchidan, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishining natijasi
bo‘lsa, ikkinchidan, bu iqtisodiy aloqalarning yuksalish idan har ikki tomonning
ham manfaatdor ekanligidan darak berar edi. Uchinchidan esa, Buxoro-Rossiya
savdo munosabatlarining rivojlanishiga Qozog‘istondagi talonchilik asosiy to‘siq
bo‘lib, unga qarshi kurashda Buxoro xonligining juda ojiz ekanini, shuning uchun
ham Buxoro hukmron doiralari Rossiyaning qurolli kuchlarining Qozog‘istonga
kirib to Buxorogacha yetib kelishidan qo‘rqmasdan, balki unga talabgor ekanini
ko‘rsatar edi.
1824 yilda savdo karvonining Buxorogacha qurolli kuch bilan yuborilishini
o‘rganishda Ye.Kaydalovning kundalik xotiranomasi bosh manba asar bo‘lib,
savdo karvonining harbiy konvoy bilan yuborilish sabablari, yo‘ldagi harakati va
Qozog‘iston cho‘llaridagi talonchiliklar to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot beradi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yuqorida xarakterlangan bu memuarlarning
mualliflari: G.Meyendorf ham, E.Eversman va boshqalar ham hokim tabaqa
vakillaridan bo‘lib, ular har bir masalani yechishda va mulohaza qilishda hamda
voqealarni bayon etishda o‘z sinflarining manfaatini ko‘zda tutganlar, shuning
uchun ham ularning asarlarini o‘rganishda, keltirgan ma‘lumotlariga va fikrlariga
baho berishda tanqidiy qarashga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |