kimyoviy qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Organizm tashqi ta’sirni har
qanday o’lik tanacha sifatida qabul qiladi. Bunday reaksiyalar juda oddiy va
keng tarqalgan. Masalan, atrof-muhit haroratining ko’tarilishi bilan organizm
organizmining hamma joyida haroratning ko’tarilishi sodir bo’ladi. Xuddi
chiqishiga sabab bo’ladi yoki tana orqali quyosh radiasiyasining singgishi, unda
nafaqat haroratning ko’tarilishi, balki yana biokimyoviy jarayonlarning tezligi
va yo’nalishini o’zgartiradi. Ushbu o’zgarishlar nerv sistemasining aralashuvisiz
amalga oshadi. Bunday paytda tashqi omil ta’siri uni qabul qiluvchi tananing
strukturasiga bog’liq emas va shunga binoan organizm reaksiyasi passiv
xarakterda bo’ladi. Tashqi ta’sirlarni passiv holda qabul qilish xususiyati
munosabatini o’zgartiradi. Tashqi muhit bilan o’zaro aloqani mustahkamlashda
nerv sistemasining roli katta bo’ladi. Retseptorlar yordamida tashqi ta’sirlarni
qabul qilish, uni maxsus markazlarda tahlil qilish, javobni harakatlantiruvchi
organlarga olib borish va ta’sirga javob reaksiyasini yuzaga keltirish. Shu
yo’sinda organizm atrof-muhit bilan o’z aloqasini mustahkamlaydi. Natijada u
ancha faollashadi va o’zini ancha qulay his eta boshlaydi.
Umuman,
turli
omillarning
ta’sirlariga
javob
reaksiyasining
murakkablashuvi organizmda nerv sistemasining murakkablashuviga sabab
bo’ladi. Bu esa o’z navbatida qon aylanish, harakatlanish, tashqi himoya
qoplag’ichlarining tuzilishi va funksiyalarida yangi xususiyatlarning paydo
bo’lishiga olib keladi.
Ushbu xususiyatlar issiq qonli hayvonlarning paydo bo’lishi va ularda
oliy nerv faoliyatining yuzaga kelishi bilan ifodalanadi. Shartsiz reflekslar
asosida hosil bo’lgan tashqi muhit bilan vaqtinchalik bog’lanishlar
organizmning ichki jarayonlarini ham ma’lum bir o’zgaruvchan tashqi
omillarga moslanishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida organizmning
muhitdan keng foydalanish imkoniyatlarini paydo bo’lishiga olib keladi.
Masalan, hayvonlarda mavsumiy biologik o’zgarishlar, jumladan, organizmda
zahira mahsulotlarning to’planishi (semirish), oziqani qishga to’plash,
migrasiya, uyqu, ko’payish, yakka hayot kechirish tarzidan gruppa bo’lib
yashashga o’tish va aksincha holatlar misol bo’la oladi.
Turli mavsumlarda kunning turli uzunlikda bo’lishi tashqi signal - omil,
harorat, oziqaning paydo bo’lishi yoki tugashi kabilarni hayvonlar analizator
retseptorlari tomonidan qabul qilinadi. Ushbu informatsiya nerv markazlarida
qayta ishlanib, endokrin sistemaga yuboriladi va organizmning umumiy
reaksiyasi paydo bo’ladi. Oqibatda, moddalar almashinuvi o’zgarib zahira
mahsulotlarning sarf bo’lishi yoki to’planishi boshlanadi, mavsumiy gavda
qoplag’ichlarining almashinishi, ko’payishning boshlanishi yoki to’xtashi,
migrasiya, uyqu va boshqa bir qator mavsumiy o’zgarishlar amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: