litosfera) da tarqalgan va uning dastlabki holatini o’zgartirgan tirik organizmlar
yashovchi qobig’i biosfera deyiladi. Biosfera havo qobig’inining pastki
troposfera qismini, deyarli butun gidrosferani va litosferaning ustki qismini o’z
ichiga oladi. Hozirgi vaqtda Yerda hayotning paydo bo’lganiga qariyb 2-2,5
mlrd yil bo’lgan deb hisoblashadi. Yerning suv va quruqlik qismlari o’z
organizmlariga ega bo’lsa, faqat havoda hayot kechiruvchi hamda litosfera va
aktiv yoki passiv holda hayot kechirishi mumkin. Lekin ular oqibatda yer
betiga yoki suvga oziqlanish uchun (dam olish va hokazolar) tushishga
majburdir.
Biosferaning eng ustki chegarasi 10-15 km balandlikdan iborat. Bunday
balandda tirik organizmlarning ayrim vakillari, jumladan, bakteriyalar,
zamburug’ sporalari, bir hujayrali hayvonlarning spora va sistalari topilgan.
Aslida biosferaning maksimal eng yuqori chegarasi ozon qatlami hisoblanib, u
tirik organizmlarga salbiy ta’sir etuvchi ultrabinafsha va kosmik nurlardan
himoya qiladi. Ozon qatlami okean sathidan 20-50 km balandda joylashgan.
Quruqlikda yashovchi organizmlar Yer sathidan havoga 50-100 m.dan
balandga ko’tarilmaydi. Lekin ushbu balandlikdan yana yuqori ko’tarilgan sari
organizmlar soni keskin kamaya boradi va 1 km dan so’ng ular deyarli
uchramaydi. Shunday bo’lsa ham ayrim qushlarning ko’chib o’tishi 1000-3000
m balandlikda, ayrim hasharotlar shamol bilan 4-5 km balandga, Markaziy
Osiyoning 4-5 km balandlikka ega bo’lgan tog’ cho’qqilarida anchagina turdagi
o’simlik va hayvonlarni uchratish mumkin. Shuningdek, 8,2 km balandlikka ega
bo’lgan Everest tog’ cho’qqisida Alp zog’chasi uchragan.
Litosferaning 2-3 km chuqurligida joylashgan neft konlaridagi suvda
mikroorganizmlar topilgan. Ko’p yillik daraxtlarning ildiz sistemasi 8-10 m.
chuqurlikka yetib boradi. Ayrim kemiruvchilar (yumronqoziq va sug’ur)ning
inlari 6-7 m. chuqurlikkacha tushib boradi. Termitlarniki 5-6 m, tuproq
nematodalari 8 metrgacha tushib boradi. Lekin aksariyat organizmlarning
turlari, asosan 1 m. gacha chuqurlikda joylashgan. Tirik organizmlarning ayrim
turlari gidrosferaning maksimal chuqurligida (11 km) yashashga moslashgan.
Masalan, pogonoforalar bunga misol bo’ladi. Ushbu hayvonlar 1951-56 yillarda
tinch okeanining Tuskaror pastligida tashkil qilingan ekspedisiya (Zenkevich)
tufayli topilgan.
Gidrosferaning ancha chuqur qatlamlarida ko’pincha o’limtikxo’r,
chirindixo’r (detritofag) va yirtqich organizmlar uchraydi.
Suv o’simliklari va fitofag suv hayvonlarining aksariyati, asosan, 300-500
metr chuqurlikkacha tushib boradi. Lekin ayrim kuchli sho’rlangan (23-32% li
tuzli) suv havzalarida organizmlar uchramaydi. Masalan, Armanistondagi tuz
ko’li (32% tuz) suvida tirik organizmlar yashamaydi. Shuningdek, vodorod
sulfid (H
2
S), karbonat angidrid (SO
2
) va boshqa zaharli moddalar bilan
zaharlangan suvlarda ham tirik organizmlar (Microspira bakteriyasidan
tashqari) deyarli uchramaydi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, tirik
organizmlarning asosiy ko’pchiligi uchta qatlam, ya’ni atmosfera, gidrosfera va
litosferalar bir-biriga tegib turadigan joyda uchraydi.
Hozirgi kunda tirik organizmlarni uch olamga, ya’ni hayvonlar,
o’simliklar va mikroorganizmlarga bo’lib o’rganish qabul qilingan. Ushbu
organizmlar turli-tumanliligi bilan ajralib turadi. Masalan, hozirgi taxminiy
hisoblarga ko’ra hayvonlarning ikki milionga yaqin turi mavjud bo’lib, ular bir
hujayrali va ko’p hujayralilar kichik olamlariga ajratiladi. Bir hujayrali
hayvonlarga Sarkomastigoforalar (20 ming tur), Sporalilar (4000 tur),
Miksosporidiyalar (1000 tur) Mikrosporidiyalar (1000 tur), Infuzoriyalar (8000
tur) mansub bo’lsa, ko’p hujayralilarga esa G’ovaktanlilar (bulutsimonlar)
(5000 tur), Kovakichlilar (bo’shliqichlilar) (9000 tur), Chuvalchanglar (55000
tur), Yumshoqtanlilar (mollyuskalar) (150000 tur), Bo’g’imoyoqlilar (1300000
tur), Ninatanlilar (6000 tur), Xordalilar (40000 tur) kiradi.
Ushbu ro’yxatga yana turlari nisbatan kam bo’lgan hayvonlarni,
jumladan, Xartumboshlilar, Onixoforalar, Paypaslagichlilar, Pogonoforalar,
Yarimxordalilarni ham kiritish lozim. Umuman olganda, tilga olingan barcha
hayvonlar Yerda doimo bo’lib turadigan moddalar va energiya almashinuvi
jarayonida faol ishtirok etishadi va ma’lum bir guruh va tipga kiruvchi
turlarning moddalar va energiya almashinuvi zanjirida o’z o’rniga egadir.
Biosferada tarqalgan tirik organizmlar Yer sayyorasi og’irligining 0,01%
ni tashkil etsa ham ular atmosferada kislorod zahirasini saqlab turadi va tirik
organizmlarning
asosini
tashkil
etuvchi
uglerod,
azot
va
boshqa
mikroelementlar bilan ta’minlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: