monofagiya - faqat bir turdagi oziqaga moslashgan, oligofagiya - faqat bir
daraxtsimon o’simliklar urug’i bilan; ularning vegetativ qismlari bilan; o’tsimon
o’simliklar bilan, hasharotlar bilan, mayda qushlar bilan va hokazo); polifagiya
- ko’pgina biologik guruhlarga mansub bo’lgan organizm mahsulotlari bilan
oziqlanuvchi hayvonlar va nihoyat pantofagiya - hammaxo’r hayvonlar. Aytib
o’tilgan guruhlar orasida aniq bir chegara o’tkazish qiyin. Shunga binoan ba’zan
o’simlik nematodalaridan poya nematodasi faqat piyozboshli o’simliklarning
ancha kam uchraydi. Masalan, har bir tur bit faqat ma’lum bir xo’jayinda
yashaydi. (Odam biti). Shunday xususiyat patxo’r va parxo’rlarda ham mavjud.
Oligofagiya monofagiyaga nisbatan ko’proq uchraydi. So’rg’ichlilar,
xartumboshlilar, sestodalar, nematodalar va bir qator kanalar o’zlarining
individual taraqqiyotini bir necha xo’jayinda amalga oshiradi yoki biron bir
bosqichini bir necha turga mansub bo’lgan hayvonlarda (xo’jayinda) o’tkazishi
mumkin.
Oligofagiya baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va qushlar orasida
ham ko’p uchraydi. Kaspiy dengizining Shimoliy qismida uchrovchi baliqlar
orasida chuvalchangxo’r, (sterlyad, uzundumli ho’kizcha), mollyuskaxo’r
(vobla), qisqichbaqaxo’r (oqcha, kaspiy ho’kizchasi) va yirtqich baliqxo’rlar
(osyotr, sudak, beluga) ni ajratish mumkin.
Ilonlar orasida faqat mayda sut emizuvchilar bilan yoki qushlar, yoki
sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Masalan, qora ilon, qalqontumshuq ilon,
qush bug’ma iloni qushlar va reptiliyalar bilan oziqlanadi. Cho’l toshbaqasi
doimo shirali o’simliklar bilan oziqlanadi.
Sut emizuvchilar orasida oligofagiya nisbatan kam uchraydi.Masalan,
ko’rshapalaklar faqat tungi hasharotlar bilan oziqlanadi.Sut emizuvchilardagi
oligofagiya faqat mavsumiy hisoblanadi, shunga binoan ularning oziqasi
ko’paygan vaqtda faolligi oshadi.Oziqa kamayib yoki yo’qolib ketishi bilan ular
uyquga ketadi. Masalan, yumronqoziq va sug’urlarning vaqtli uyquga ketishi.
Evrifagiya (polifagiya va pantofagiya) shaklida oziqlanuvchi hayvonlar
o’rtacha va yuqori mintaqada tarqalgan turlar uchun xosdir, chunki ular mavjud
oziqadan maksimum foydalanadi. Masalan, makkajo’xori kapalagi 160 turdagi
o’simliklardan o’z oziqasini oladi. Yosh baliqchalar ham juda ko’p turdagi
o’simlik va hayvonlar bilan oziqlanadi. Ularning ozuqa ratsionida
evglenasimonlar, diatom suv o’tlari, ipsimon suv o’tlari, tuban
qisqichbaqasimonlar, kolovratkalar va bir necha guruh bir hujayrali hayvonlar
bor.
Baqalar ham turli-tuman oziqlar bilan oziqlanadi.
Turli yirtqich qushlar 100 turga yaqin hayvonlar bilan oziqlanadi.
Ularning oziqa ratsionida sut emizuvchilar, turli mayda qushlar, baqalar,
sudralib yuruvchilar, baliqlar, hasharotlar, mollyuskalar, chuvalchanglar
mavjud.
Yirtqich sut emizuvchilar o’simlik va hayvon mahsulotlari bilan
oziqlanadi. Masalan, Sibir taygasida yashovchi ko’pgina sut emizuvchilarning
oziqasi kedr urug’i hisoblanadi. Oddiy dala sichqoni qariyb 500 turdagi
o’simliklarning mevasi va urug’i bilan oziqlanadi. Evrifagiya xususiyati shu
hayvonlarning oziqasi kam bo’lgan zonalarda yashab qolishini ham ta’minlaydi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: