Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


 Quruqlik hayvonlarida gazlar almashinuvi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana20.07.2021
Hajmi0,62 Mb.
#123829
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
hayvonlar ekologiyasi

6. Quruqlik hayvonlarida gazlar almashinuvi 

 

Hayvonlarning  suv  muhitidan  quruqlikka  chiqib  yashashga  o’tishi 



munosabati  bilan  energiyaning  ko’proq  sarf  qilinishini  talab  etuvchi  sharoitda 

oksidlanish jarayoni kuchayadi. Bu esa nafas olishning tezlashuvini talab etadi. 

Masalan,  amfibiyalarda  suv  muhitidan  (it  baliqning)  quruqlikda  yashashga 

(baqa)  o’tishi  tufayli  tana  massasiga  nisbatan  gemoglobin  miqdori  bir  necha 

barobar ortadi, yurak ishining hajmi esa 3-4 barobar ko’tariladi. 

 

Atmosfera o’z tarkibining doimiyligi bilan xarakterlanadi. Lekin u g’or, 



yer  yoriqlari,  hayvonlar  inlarida  me’yoridan  sezilarli  darajada  farq  qiladi. 

Shuningdek, yirik shaharlarda va sanoat markazlarida ko’mir, neft mahsulotlari 

va  boshqa  yoqilg’ilar  tufayli  uning  tarkibida  zaharli  gazlar  miqdori  ancha 

oshadi.  Vulqon  otiladigan  hududlarda  ham  ushbu  holat  kuzatiladi. 

Atmosferaning  1000  metr  balandligigacha  hayvonlarning  kislorodga  talabini 

ta’minlash  mumkin,  lekin  balandga  ko’tarilgan  sayin  uning  miqdori  sezilarli 

kamayib  boradi.  Xuddi  shuningdek,  yerning  chuqurligiga  tushgan  sayin  havo 

kamayib  boradi.  Bu  kamayish  tuproqning  strukturasi,  mexanik  tarkibi,  namlik 

va  havo  rejimi  organik  qoldiqlari  miqdori  va  uning  mikroorganizmlar 

tomonidan parchalash tezligiga bog’liqdir.  

 

Atmosfera  tarkibida  kislorodning  kamayishi  yoki  karbonat  angidrid 



gazining  konsentrasiyasini  normadan  (0,03%)  oshishi  quruqlik  hayvonlari 

organizmida havo almashinuvi jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni ularning 




nafas  olish  me’yori  tezlashadi,  o’sish  va  rivojlanish  to’xtaydi,  serpushtlik 

pasayadi, uyquga ketuvchi hayvonlarda esa uyquga ketish vaqti erta boshlanadi.  

 

Yer ustida hayot kechiruvchi hayvonlar atmosfera tarkibida kislorodning 



kamayishini  turlicha  qabul  qiladi.  Bunday  sharoitga  ko’chib  o’tuvchi  qushlar 

chidamli  bo’ladi.  Masalan,  tajribalarda  xonaki  o’rdaklar  6000  metr 

balandlikkacha ko’tarilganda yoki qarg’a va ukkilar 8000 metr balandlikkacha 

ko’tarilganda  kam  kislorodli  muhitga  chidash  berishgan.  Lekin  ba’zi  qushlar 

(qora  qarg’a,  olashaqshaq,  mayna  kabilar)  9-10  ming  metr  balandlikka 

ko’tarilganda ham nafas olishni bemalol davom ettirishgan.  

 

Kislorod  yetishmasligi  tufayli  hayvonlarning  halok  bo’lishiga  birinchi 



navbatda organizmda moddalar almashinuvining pasayib ketishi sabab bo’ladi. 

Shuning  uchun  ham  ko’pgina  hayvonlar  kislorod  kam  muhitda  oksidlanish 

jarayoni  va  issiqlik  hosil  qilishni  me’yorida  ushlab  turish  imkoniyatiga  ega 

bo’lmaganligi  sababli  atmosferaning  ancha  baland  qatlamlarida  yasholmaydi. 

Lekin  quruqlik  hayvonlarining  ayrim  guruhlari  (suv  hayvonlarining  suv  ostida 

bo’lishi, yer qazib yashovchilar, ko’pgina qushlar va baland tog’larda yashovchi 

hayvonlar) da ham kislorodli muhitga tez-tez to’qnash kelishlari tufayli ularning 

qonida  kislorod  sig’imi  katta  bo’ladi.  Ushbu  xususiyat  qon  tarkibida 

gemoglobinning ko’payishi va eritrositlar sonining oshishi bilan bog’liq. 

 

Baland  tog’  cho’qqilarida  yashash  qobiliyati  ushbu  hayvonlarda 



to’qimalarining O

2

 ga talabchanligini pasayishi bilan bog’liq. Suvda yashovchi 



hayvonlarda  ham  kam  O

2

  li  muhitga  moslashish  belgilari  paydo  bo’lgan. 



Kitlarda qon tarkibida gemoglobinning ko’payishidan tashqari, o’pka alveolalari 

havo bilan to’lgandan keyin maxsus muskullar ularni ma’lum vaqt bekitib turadi 

va  ma’lum  vaqt  ularda  hayvonning  ushlanib  qolishini  ta’minlaydi.  Physeter 

kashalotining  o’ng  burun  teshigi  va  yo’li  saqlab  turish  joyiga  (rezervuariga) 

aylangan.  Shuni  aytish  kerakki,  barcha  amfibiontlarda  nafas  olish  markazining 

qon  tarkibida  SO

2

  gazining  ko’payishiga  chidamlilik  xususiyati  mavjuddir. 



Ushbu xususiyat qushlarda ham rivojlangan.  

 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish