Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/30
Sana20.07.2021
Hajmi0,62 Mb.
#123829
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
hayvonlar ekologiyasi

 

 

7. Biologik sikllar. Organizmlarga iqlimning ta’siri. Mavsumiy 

migratsiyalar 

 

Reja:     



 

1.  Hayvonlar organizmiga iqlimning ta’siri va hosil bo’ladigan jarayonlar. 

2.  Sutkalik sikllar. Hayvonlar faolligining sutkalik ritmi. 

3.  Quruqlik hayvonlarining sutkalik, gorizontal va vertikal migratsiyasi. 

4.  Mavsumiy 

sikllar. 

Turli 

kengliklarda 



iqlimning 

mavsumiy 

o’zgaruvchanligini hayvonlarga ta’siri. 

5.  Mavsumiy migratsiyalar va ularning kelib chiqish sabablari. 

 

1.  Iqlim o’zgarishlari va uning sabablari. 

Hayvonlar  yashaydigan  muhit  doimo  o’zgarib  turadi.Organik  olamning 

ta’sirida biosferaning turli qismlarida qaytmas o’zgarishlar sodir bo’ladi.Ushbu 

o’zgarishlar  tabiiy  ravishda  sekin  amalga  oshib  boradi.  Odamning  paydo 




bo’lishi,  sanoat  va  qishloq  xo’jaligi  taraqqiyotining  o’sishi  tufayli  tabiiy 

o’zgarishlar  jarayoni  haddan  tashqari  tezlashadi.  Shu  bilan  bog’liq  ravishda 

qaytmas  (qayta  takrorlanmas)  o’zgarishlar  bilan  birga,  biosferada 

takrorlanuvchi,  davriy  va  siklik  o’zgarishlar  ham  sodir  bo’lib  turibdiki,  bu 

jarayonlar  kosmik  (koinot)  sabablarga,  ya’ni  quyosh  sistemasidagi  fazoviy 

tanalarning  harakati  bilan  bog’liqdir.  Takrorlanuvchi  o’zgarishlarga  sutkalik, 

mavsumiy  va  ko’p  yillik  sikllar,  shuningdek,  Yerda  sodir  bo’lib  turadigan 

davriy tektonik o’zgarishlarni (tog’ hosil bo’lishi) ko’rsatish mumkin. 

 

Muhitning  ushbu  turdagi  o’zgarishlari  Yerda  hayot  paydo  bo’lgangacha 



ham bo’lgan va hayot paydo bo’lishining dastlabki kunidan boshlab ham  sodir 

bo’lib  kelmoqda.  Tabiiyki,  barcha  organizmlar  sodir  bo’lib  turadigan  davriy 

o’zgarishlarga moslasha borgan.Bu moslashuvlar ularda biologik hodisalarning 

gallanishi 

bilan 

ifodalanadi.Ushbu 



gallanish 

hayvonlarning 

iqlim 

o’zgarishlariga  qaytargan  javob  reaksiyalari  hisoblanadi.  Ma’lum  hududning 



o’ziga xos ob-havosi, quyosh radiasiyasi, landshafti va atmosfera sirkulyasiyasi 

o’sha  joyning  iqlimini  shakllantiradi.  Iqlimlar  turli-tuman  bo’ladi  va  ular  turli 

kengliklarda turlichadir. 

 

Turg’un  va  yashash  uchun  qulay  iqlim  sharoiti  suv  muhiti  hisoblanadi, 



chunki  bunday  muhitda  harorat,  bosim  va  suvning  harakati,  o’zgarishlari  juda 

kuchsiz  ifodalangan  bo’ladi.  Bu  o’zgarishlar  esa  quruqlikda  juda  sezilarli 

bo’lishi  mumkin,  ya’ni  ular  turli  quruqlik  zonalarida  turlicha  xarakterga  ega 

bo’ladi.Suv  muhiti  bilan  atmosfera  muhitidagi  iqlimlar  oralig’ida  tuproq 

muhitining iqlimi turadi. 

 

Quruqlikdagi  tropik  zonaning  iqlimi  iliq  va  nam  bo’lishi  bilan  hayot 



uchun  qulay  hisoblanadi,  chunki  tropik  zonaning  iqlimi  sutka  va  mavsumlar 

davomidagi  o’zgarishlari  keskin  bo’lmaydi,  ya’ni  omillar  nisbatan  turg’un 

(doimiy) qulay hisoblanadi. Lekin mo’’tadil va yuqori kengliklardagi hududlar 

iqlimi  tropik  iqlimga  qaraganda  o’zgaruvchan,  tarixiy  jihatdan  turg’un 

bo’lmagan  hamda  ma’lum  bir  katta  (uzoq)  davrlar  oralig’ida  keskin  o’zgarib 

turishi bilan ajralib turadi. Bunday kengliklardagi iqlimda turli yillarda turlicha 

o’zgarishlar  namoyon  bo’ladi,  ya’ni  yog’insiz  quruq  yillar  yog’inli  nam  yillar 

bilan issiq yillar sovuq yillar bilan almashinib turishi bilan ajralib turadi. 

 

Shunday  qilib,  iqlimning  sutkalik  va  mavsumiy  siklliligi  hyech  qayerda 



va  hyech qachon to’liq va  aynan o’xshash  ko’rinishda takrorlanmaydi,  chunki 

kosmik  hodisalar,  Yerning  quyosh  atrofida  aylanish  jarayoni  o’zgaruvchan 

meteorologik  hodisalarga  duch  keldi.  Shuning  uchun  ham  biron  kun  ham  yoki 

bir mavsum ham oldingisiga aynan o’xshash bo’lib takrorlanmaydi. 

 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish