Jinsiy sistemasi. Xitonlar ayrim jinsli bo’lib, jinsiy bezlar toq va ular ichak ustida
joylashgan. Jinsiy bezlari ikkita chiqarish yo’llari orqali mantiya egatchasiga
ochiladi. Jinsiy qo’shilish organlari shakllanmagan. Yetilgan jinsiy hujayralar suvga
chiqariladi. Urug’lanish suvda.
Tuxumdan chiqqan lichinka halqali chuvalchanglarning troxoforasiga juda
ham o’xshab ketadi. Lichinka ma’lum vaqt suvda so’zib yuradi va sekin-asta
orqa tomonida chuqurcha paydo bo’ladi. CHuqurcha ustida chig’anoq
plastinkalari hosil bo’ldi, qorin tomonida esa bo’rtiqqa o’xshagan oyoq va ikki
juft ko’z shakllanadi. Oxiri lichinka kiprikchalari va ko’zlarni tashlab, suv
tubiga cho’kib, voyaga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |