Ajratish organlari ichakning ikki yonida bukilgan naychalar bo’lib, uning bir
uchi yurak oldi bo’lmasi selomi bilan bog’langan, ikkinchi uchi esa ayirish
teshigi nomi bilan mantiya egatchasiga ochiladi. Har qaysi naylardan yon
tomonga juda ko’p uchi berk naychalar tarqaladi. Naylarning boshlang’ich
uchlari hilpillovchi kipriklar bilan ta’minlangan voronka selomdan
boshlanganligiga qarab, bularning ajratish organlari yuqori taraqqiy etgan
halqali chuvalchanglarning selomoduktlariga o’xshash bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |