Sezgi organlari. Paypaslagichlari, mantiyaning chetlari tuyg’u vazifa-sini
bajaradi. Kimyoviy sezish organi hisoblangan osfradiylar kteni-diylar asosida
joylashgan. Paypaslagichlarning oldingi jufti ta’m va hid bilish organi
hisoblanadi.
Muvozanat saqlash organi statosistlar bo’lib, gavdaning ikki yonida pedal
gangliylar yaqinida joylashgan. Statosistlar devorida sezgir hujayralardan iborat
pufakchalar bo’ladi. Pufakcha ichida turli miqdorda ohakli konkresiyalar yoki
statolitlar bo’ladi.
Qorinoyoqlilarning ko’zlari sodda tuzilgan oddiy chuqurchalardan ibo-rat.
Murakkabroq tuzilgan ko’zlar ichida esa gavhari va shisha tanachasi bo’l-gan
ko’z pufagidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |