aytish lozimki, ayrim hasharotlarning hid bilish qobiliyati sut emizuvchi
hayvonlarning hid bilish qobilyatidan ancha ustun turadi.
Masalan, ba’zi kapalaklarning erkagi urg’ochi kapalakni hidini 3-4 km narida
turib sezishi mumkin.
Ta’m bilish organlari tuzilishi jihatdan hidlash organlariga o’xshash
bo’lib, jag’ paypaslagichlarida, pastki labda, mo’ylov uchlarida va oyoq
panjalarida joylashgan.
Ta’m bilish organlari ishtirokida hasharot ovqat tarkibidagi shirin,
achchiq, nordon va sho’r ta’mlarni ajrata oladi.
Ko’rish vazifasini ikki xil ko’zlar bajaradi. Bulardan biri murakkab yoki
fasetkali ko’z va ikkinchisi-oddiy ko’zlardir. Shuni aytish lozimki, doimiy
qorong’i joyda (tuproq ositida, g’orlarda) yashovchi hasharotlarda ko’zlar
bo’lmaydi. Boshning ikki yon tomonida bir juft murakkab ko’zlar joylashadi,
ular oralig’ida ba’zan esa boshning tepasida peshona yoki ensasida oddiy
ko’zlar
joylashib, har xil hasharotlarda uning soni 2-3 tadan 12- tagacha bo’ladi.
Har bir murakkab ko’z ko’p sondagi ayrim ko’zchalar (ommatidiylar)
to’plamidan iborat bo’lib, uning miqdori har xil hasharotlarda turlicha bo’ladi.
Masalan, uy pashshasining 1 ta murakkab ko’zi 4600 ta ommatidiy-lardan
iborat yoki erkak asalarining 1 ta murakab ko’zi 13000 ta omma-tidiydan iborat
bo’lgani holda, ishchi asalarida esa 6 ming dona bo’ladi. Ayrim qo’ng’izlarning
1 ta murakkab ko’zi 25 mingga yaqin ommatidiydan iborat.
Hasharotlarning murakkab ko’zlari birinchi navbatda atrofdagi
buyumlarni ko’rish va uchganda mo’ljal olish uchun xizmat qiladi.
Hasharotlar buyumlar va narsalar rangini yomon ajrataoladi, lekin
ularning ko’pchiligi sariq va yashil rangni, ayrim guruh vakillari esa ko’k va
qirmizi ranglarni tez ajrataoladi. Aksariyat hamma hasharotlar ultrabinafsha
rangni tez ajratadi.
Hasharotlarning oddiy ko’zlari ham murakkab ko’zlari singari ko’rish
vazifasini bajaradi. Bu ko’zlar ommatidiylar yig’indisidan iborat bo’lmaydi,
balki xitinli tiniq kutikula ostida joylashgan yakka-yaka ko’rish sensillalaridan
iboratdir. Oddiy ko’zlar yordamida hasharot yaqin joylashgan narsalarni
ko’rishga, shuningdek yorug’lik kuchini va yorug’lik nurlari tushgan tomonni
bilish vazifasini bajaradi.
Eshitish organlari ayrim guruh hasharotlarida mavjud bo’lib, ular
timpanal va xordotonal organlar deb ataladi. Timpanal organlar ovoz
chiqaradigan hasharotlarda (chigirtkasimonlar va boshqa to’g’ri qanotlilar)
tananing turli joylarida, xususan oldingi oyoq tizzachalarida (chigirtkalar) yoki
birinchi qorin bo’g’imining ikki yon tomonida joylashgan. Ovoz chiqaruvchi
teshiklar tashqi tomondan parda bilan qoplangan. Teshiklar ichidagi bo’shliqda
nog’ora pardasi vazifasini o’taydigan terisimon qavat bilan qoplangan ikkita
yirik traxeya bo’ladi. U tovushni qabul qilishda qatnashadi. Timpanal organlar
sezuvchi hujayralardan tashkil topgan va ularga oldingi ko’krak nerv tugunidan
nerv tolachalari kelib qo’shiladi.
Xordotonal organlar ham tovushni qabul qilishda va ovoz chiqarishda
qatnashuvchi
organlar
hisoblanib,
u
ayrim
turdagi
hasharotlarning
mo’ylovlarida, qo’sh qanotlilarning vizildoqlarida joylashgan. Ayrim suv
hasharotlari (karetra) ning lichinkalarida xordotonal organlar gavdaning
muvozanatini saqlashda qatnashadi. Shuningdek pashshalarning vizillagichla-ri
ichida joylashgan xordotonal organlar tovush chiqarishdan tashqari, uchish
paytida gavda muvozanatini saqlashda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: