Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Jinsiy sistemasi va ko’payishi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Jinsiy sistemasi va ko’payishi. Hasharotlar ayrim jinsli hayvonlardir va 
ularda  jinsiy  dimorfizm  hodisasi  aniq  ifodalangan,  ya’ni  bir  turga  mansub 
bo’lgan  erkak  va  urg’ochi  jinsli  hasharotlar  orasidagi  farqlar,  ularning  katta-
kichikligi, rangi, turli ortiqlarning bor-yo’qligi hamda ichki jinsiy organlarining 
tuzilishi  va  vazifasi  bilan  ifodalanadi.  Hasharotlarning  ayrim  turlarida 
polimorfizm  hodisasi  uchraydi.  Bu  hol  jamoa  bo’lib  yashovchi  termitlar, 
asalarilar,  arilar  va  chumoli  kabilarda  uchraydi.  Bu  hasharotlarda  urg’ochi  va 
erkaklaridan  tashqari,  ishchilari,  askarlari  bo’lib,  ota-onalaridan  tuzilish  va 
katta-kichikligi bilan farqlanadi. 
Urg’ochi  jinsiy  sistemasining  asosiy  qismi  juft  tuxumdonlardan  iborat. 
Har  bir  tuxumdon  ma’lum  sondagi  naychalardan  tashkil  topgan  va  turli 
hasharotlarda  turli  sonda  bo’ladi.  Masalan,  o’simlik  shiralari  (bitlari)da  1  ta 
tuxumdonda 1 dona, qandalalarda-4ta, suvaraklarda-16 ta, asalarida-200 tagacha 
va  hakozo.  Urg’ochi  hasharot  tomonidan  qo’yilgan  tuxumlar  soni  naychalar 
soniga  bog’liqdir.  Tuxum  naychalari  juft  tuxum  yo’liga  ochiladi.  Juft  tuxum 
yo’llari  qo’shilib,  toq  tuxum  yo’lini  hosil  qiladi.  Ana  shu  bo’limda  tuxumlar 
urug’lanadi  va  undagi  qo’shimcha  bezlarning  ishlab  chiqargan  suyuqliklari 
hisobida maxsus parda va qobiqlarga o’raladi. Qinga urug’ qabul qilgich yo’li 
ham  qo’shiladi.  Urug’  qabul  qiluvchi  xaltachada  erkak  hasharotdan  qabul 
qilingan  sperma  suyuqligi  ba’zan  juda  uzoq  muddat,  hatto  4-5  yil  (ona 
asalarida) davomida bo’zilmasdan saqlanishi mumkin. Toq tuxum yo’li davom 
etib, tuxum qo’ygichga qo’shiladi. Tuxum qo’ygich turli hasharotlarda turlicha 
shaklda  va  uzunlikda  bo’lib,  urg’ochilik  jinsiy  teshigi  nomi  bilan  tashqariga 
ochiladi.  
 
Erkaklik  jinsiy  organlari  bir  juft urug’donlardan, ulardan  chiquvchi 2 ta 
urug’ yo’lidan, ular qo’shilib toq urug’ yo’lini hosil qiladi. Ayrim hasharotlarda 
juft  urug’  yo’li  ba’zan  kengayib,  urug’  pufakchalarini  hosil  qiladi.  Toq  urug’ 
yo’li  urug’  chiqaruvchi  kanal  bilan  qo’shiladi  va  nihoyat  erkaklik  jinsiy 
qo’shilish organi hisoblangan penis orqali tashqariga ochiladi. 
 
Hasharotlarning birdan-bir ko’payish usuli jinsiy yo’l bilan amalga oshadi 
va rivojlanish jarayoni urug’langan tuxumdan boshlanadi.  
Lekin  ayrim  hasharotlarda  partenogenez  jarayoni,  ya’ni  urug’lanmagan 
tuxumning  rivojlanishidan  yangi  organizm  hosil  bo’lish  usuli  ham  mavjuddir. 
Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish