Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Nerv  sistemasi.  Barcha  ko’p  hujayrali  umurtqasiz  hayvonlar  orasi-da 
hasharotlarning  nerv  sistemasi  eng  yuqori  darajada  taraqqiy  etgan  bo’lib,  bu 
taraqqiyot  shu  hayvonlarda  nerv  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lgan  xilma-xil 
murakkab instinkt (odat) larni namoyon bo’lishi bilan ifodalanadi. 
Hasharotlarning  markaziy  nerv  sistemasi  bosh  qismidagi  ancha  katta 
tomoq usti nerv tugunidan va biroz kichikroq tomoq osti nerv tugunidan iborat. 
Bu tugunlar tomoq atrofi nerv xalqasi yordamida o’zaro birlashgan. Ko’krak va 
qorin  bo’ylab  joylashgan  nerv  tugunlari  o’zaro  bir-biri  bilan  ko’ndalang  va 
bo’ylama  nerv  tolalari  yordamida  qo’shilib  qorin  nerv  zanjirini  hosil  qiladi. 
Tomoq  usti  nerv  tuguni  bosh  miya  deb  atalib,  u  yuqori  taraqqiy  etgan 
hasharotlarda  ancha  murakkab  tuzilgan  va  uch  bo’lakdan  iborat,  ya’ni  oldingi 


qism  (protoserebrum),  o’rta  qismi  (deytoserebrum)  va  keyingi  qism 
(tritoserebrum) larga bo’linadi. 
Oldingi  qism  ikkita  yarimsharsimon  bo’lakchalardan  iborat  bo’lib, 
ulardan  chiquvchi  yon  nerv  tolalari  murakkab  ko’zlarga  boradi. 
YArimsharsimon  bo’lakchalarning  ichida  zamburug’simon  tanachalar 
joylashgan.  Bu  tanachalar  hasharotlarning  murakkab  fe’l-atvorini  boshqarib 
turadi.  Shu  sababli  jamoa  bo’lib  yashovchi  hasharotlar  (asalarilar,  chumolilar) 
da  zamburug’simon  tanachalar  hammadan  ko’ra  yaxshi  rivojlangan.  Oddiy 
ko’zlar faoliyatini ham oldingi miya boshqaradi. Bosh miyaning o’rta qismidan 
mo’ylovlarga  nerv  chiqadi  va  hidlov  jarayonini  boshqaradi.  Bosh  miyaning 
keyingi bo’lagidan yuqori lablar faoliyatini boshqaruvchi nervlar chiqadi.  
Tomoq osti nerv tuguni uch juft kichik tugunchalarning qo’shilishidan hosil 
bo’lgan  va  undan  yuqori  jag’  (mandibula),  pastki  jag’  (maksilla)  va  pastki  labga 
boradigan nerv tolalari chiqadi. 
Hasharotlarning  qorin  nerv  zanjiri  3  ta  ko’krak  va  8  ta  qorin  nerv 
tugunlaridan iborat bo’lib, ko’pchilik hasharot guruhlarida qorin nerv tugunlari 
bir  joyga  to’planib,  o’zaro  qo’shilib  ketgan  bo’ladi.  Shunday    holni  ba’zan 
ko’krak  nerv  tugunlarida  ham  ko’rish  mumkin.  Natijada  qorin  nerv  zanjirini 
tashkil  etuvchi  nerv  tugunlarining  markazlashishi  yuzaga  keladi.  Nerv 
tugunlarining  bir  joyga  to’planishi  va  qo’shilishi  shu  holga  yetib  boradiki, 
qorindagi  nerv  tugunlari  ko’krakdagi  nerv  tugunlari  bilan  qo’shilib, 
hasharotning    ko’krak  bo’limida  yotuvchi  bitta  katta  nerv  tugunini  hosil 
bo’lishiga  olib  keladi.  Bunday  hol  ayniqsa  qo’ng’izlar,  yarim  qattiq  qanotlilar 
va  qo’shqanotlilarning  ko’pchilik  guruhlarida  yaxshi  ifodalangan.  Qorin  nerv 
zanjiri  qanday  xilda  tuzilmagan  bo’lsin,  undan  chiquvchi  nerv  tolalari 
hasharotning  turli  ichki  organlar  sistemasi  (ovqat  hazm  qilish,  qon  aylanish, 
nafas olish, jinsiy sistema va boshqalar) faoliyatini boshqaradi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish