Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Ovqat  hazm  qilish  sistemasi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Ovqat  hazm  qilish  sistemasi.  Hasharotlarning  ovqat  hazm  qilish 
sistemasi  uch  bo’limdan,  ya’ni  oldingi,  o’rta  va  keyingi  ichaklardan  iborat. 
Oldingi ichak halqum, qizilo’ngach, jig’ildon va muskulli oshqozondan iborat. 
Bu qismlarning ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. Bu belgi shu bo’limning 
embrional  rivojlanishida  ektodermadan  hosil  bo’lganligidan  dalolat  beradi. 
Halqum  bilan  qizilo’ngach  ovqat  o’tkazish,  jig’ildon  esa  qizilo’ngachning 


kengaygan  qismi  hisoblanib,  ovqatni  to’plab  keyinchalik  uni  qism-qism  qilib 
muskulli oshqozonga (ba’zan o’rta ichakka) o’tkazib turadi. Oldingi  ichak bilan 
so’lak  bezlari  ham  bog’langan,  chunki  ularni  naylari  jig’ildonga,  ba’zi 
hasharotlarda  esa  og’iz  bo’shlig’iga  ochiladi.  Jig’ildonga  ochiladigan  so’lak 
bezlari  suyuqligi  tarkibida  amilaza  fermenti  ko’p  bo’lib,  u  kraxmalni 
glyukozaga aylantiradi. Bunga asalarilarni jig’ildonida asalning hosil bo’lishini 
misol qilib ko’rsatish mumkin.  
Kapalaklarning  lichinkalarida  oldingi  ichak  bilan  bog’langan  ikki  juft  so’lak 
bezlari bo’lib, ularning bir jufti ovqat hazm qilishda qatnashsa, 2-nchi jufti esa ipak 
tolasini hosil qiluvchi bezlar hisoblanadi.  
Ayrim  hasharotlarning  (chivinlar,  burgalar  va  hakozolar)  so’lak 
bezlarining suyuqligida terini achishtiradigan fermentlar bo’ladi.  
Ayrim hasharotlarda (suvaraksimonlar, qattiq qanotlilar, beshik-tervatsimonlar) 
jig’ildondan  keyin  chaynov  oshqozoni  deb  ataluvchi  bo’lim  bo’ladi.  Uning  ichki 
devori xitinli tishlar bilan ta’minlangan.  
Hasharotlarning  o’rta  ichagi  ularning  ovqatlanish  xiliga  binoan  har  xil 
shaklda  bo’ladi,  lekin  ular  qanday  shaklda  bo’lmasin,  u  bo’limlarga 
bo’linmagan va ichki yuzasi bezli epiteliy bilan qoplangan. Ba’zi hasharotlarda 
(suvaraksimonlar,  chigirtkasimonlar)  o’rta  ichak  silindr  shaklidagi  qisqa 
naychadan  iborat.  Bu  naychaning  boshlang’ich  qismida  kalta  ko’r  o’simta 
bo’lib,  u  oshqozonning  hajmini  kengaytirishda  ahamiyatlidir.  Ko’pgina 
hasharotlarda (qo’sh qanotlilar) o’rta ichakning boshlang’ich qismida peritrofik 
membrana(parda) bo’lib, suvni va mineral tuzlarni juda yaxshi o’tkazadi, lekin 
ovqat hazm qilish fermentlarini esa faqat bir tomonlama o’tkazish xususiyatiga 
ega.  Umuman  o’rta  ichak  qanday  tuzilish  va  shaklda  bo’lmasin,  unda  oziq 
moddalari  fermentlar  ta’sirida  oddiy  organik  birikmalarga  parchalanadi.  Bu 
mahsulotlar o’rta ichak epiteliysi hujayralari tomondan so’rib olinadi yoki ichak 
devori orqali mahsulotlar gemolimfaga so’riladi.  
Orqa  ichak  o’rta  ichakdan  pilorik  qapqoq  (klapan)  bilan  ajralgan  va  u 
malpigiy  tomirlarining  ichakka  ochilgan  joyidan  boshlanadi.  Orqa  ichakning 
ichki  yuzasi  xitindan  tashkil  topgan  parda  bilan  qoplangan.  Orqa  ichakda 
suvdan tashqari boshqa mahsulotlar hazm bo’lmaydi va so’rilmaydi, balki unda 
axlat to’planadi hamda tashqariga chiqariladi.  

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish