Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Nafas  olish  sistemasi.  Hasharotlarning  nafas  olish  organlari  traxeyalar 
sistemasidan  iborat  bo’lib,  bu  sistema  embrional  rivojlanish  jarayonida 
ektodermadan hosil bo’ladi. Traxeya sistemasining naychalari tananing hamma 
joyiga  kirib  boradi.  Ayrim  hasharotlarda  traxeyalar  bo’lmaydi  va  ular  havoni 
butun tana yuzasi orqali diffuziya yo’li bilan qabul qiladi.  
Traxeyalar  tashqi  muhit  bilan  stigmalar  deb  ataluvchi  maxsus  nafas 
teshiklari bilan boshlanadi. Stigmalar ko’pi bilan 11 juft bo’lib, 3 jufti (ba’zan 2 
juft) ko’krakda va 8 jufti esa qorin bo’limida joylash-gan. 
Stigmalar  ancha  murakkab  tuzilgan.  Ularning  katta-kichikliligi  va  shakli 
turli-tuman.  Stigmalarning  havo  kiradigan  teshigi  maxsus  mosla-malar  bilan 


bekilgan.  Ayrim  hasharotlarning  stigmalarini  havo  teshigi  xitinli  tur  bilan 
tortilgan  bo’lsa,  ba’zilarida  teshik  atrofi  tuklar  bilan  qoplangan.  Bu 
moslamalarning  asosiy  vazifasi  ichkariga  yot  narsalarni  kirishiga  to’sqinlik 
qilishdan  iboratdir.  Stigmaning  havo  teshigi  to’g’ridan-to’g’ri  traxeyaga 
tutashmasdan, avval traxeya oldidagi kameraga tutashadi. 
Hasharotlarning  traxeya  sistemasi  ancha  murakkab  bo’lib,  boshlang’ich 
yirik  naylar  shoxlanib,  tobora  maydaroq  tarmoqlarga,  ular  o’z  navbatida  juda 
nozik  kapillyar  traxeolalarga  ajraladi.  Kapillyar  traxeolalar  uchki  hujayralar 
bilan  tugallanadi.  Bu  hujayralarning  maxsus  havo  o’siqlari  gavdaning  barcha 
to’qima va organlari ichiga havo olib boradi. 
Suvda  yashaydigan  hasharotlarning  nafas  olish  sistemasi  boshqacha 
tuzilgan.  Shunga  binoan  ularni  ikki  guruhi,  ya’ni  suvda  yashab,  atmosfera 
havosidan  nafas  oluvchi  hasharotlar  va  suvda  erigan  kislorod  bilan  nafas 
oluvchi hasharotlar farq qilinadi.  
Birinchi  guruhga  suv  qo’ng’izlari,  qandalalar,  chivin  lichinkalarini 
kiritsak, 2-nchi guruhga kunliklar, ninachilarning lichinkalarini kiritish mumkin. 
Suv  qo’ng’izlarining  qattiq qanotlari ostida bo’sh  joy  bo’lib, u  har doim  havo 
bilan to’lib turadi. Qo’ng’iz suvda ana shu havodan foydalanadi. Agar bu havo 
tugab  qolsa,  qo’ng’iz  suv  betiga  chiqib,  bo’shliqni  atmosfera  havosi  bilan 
to’ldirib, yana suv ichiga kirib ketadi. 
Boshqa  suv  hasharotlari  esa  suvda  erigan  kislorodni  butun  tana  yuzasi 
orqali  singdirib  oladi  yoki  ularning  ayrim  guruhlarida  suvdagi  erigan 
kisloroddan  foydalanish  uchun  traxeya  jabralari  taraqqiy  etgan.  Bu  organlar 
gavdaning  qorin    qismini  ikki  yon  tomonida  joylashgan  va  ipsimon  yoki 
bargsimon shaklda bo’ladi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish