partenogenezni yuzaga keltirish mumkin ekanligi isbotlanmoqda.
Hasharotlarning serpushtligi turlicha bo’ladi. Ko’pchilik hasharotlar
yiliga bitta avlod qoldiradi, ba’zilari esa umr bo’yi bir marta avlod beradi.
Urg’ochi hasharot tomonidan qo’yilgan tuxumlarning soni ham har xil bo’ladi.
Masalan, urg’ochi suvarak jinsiy sistemasi bezlari hisobidan ajralgan
suyuqlikdan maxsus xaltacha yasab, uning ichiga 16-ta tuxum qo’yadi. Uy
pashshasi bir bora 150-ta, umr bo’yi esa 600 ga yaqin tuxum qo’yadi.
Jamoa bo’lib yashovchi polimorf hasharotlar ayniqsa serpusht bo’ladi.
Masalan, ona asalari sutka davomida 1000 ga yaqin, umri davomida esa (4-5
yil) 1,5 mln. dona tuxum qo’yadi. Lekin aksariyat ko’pchilik hasharotlarning
urg’ochilari har gal o’rta hisobda 50-150 donadan tuxum qo’yib ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |