Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Amfibiyalardan va sudralib yuruvchilardan kolleksiya to’plash



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

Amfibiyalardan va sudralib yuruvchilardan kolleksiya to’plash 
 
Amfibiyalar va sudralib yuruvchilarni to’plash uchun eng qulay vaqt bu 
bahor oylari hisoblanadi, chunki bu hayvonlar qishki uyqudan uyg’onadi va hali 
unchalik yashirin hayot kechirmaydi. Lekin hayvonlarning biologiyasini hamma 
tomonlama o’rganish uchun yilning hamma fasllarida kolleksiya to’plash kerak 
bo’ladi. Materialni doimo oldin tuzilgan reja asosida to’plash kerak. 
 
Baqa,  qurbaqa  va  kaltakesaklarni  ularni  faol  vaqtida  qo’l  bilan  tutish 
osondir. Baqa va qurbaqalarni ushlash uchun uzunligi va yoni 15 sm dan hamda 
chuqurligi  40  sm  bo’lgan  chuqurchalar  kovlash  tavsiya  etiladi.  Bu 
chuqurchalarning  biri  ikkinchisidan  100-200  metr  uzoqlikda  shaxmat  tartibida 
uch  qator  qilib,  amfibiyalar  yashayotgan  joylarga,  ularning  davriy  ko’chib 
yurish yo’llariga qo’yiladi. Bu chuqurchalar nafaqat baqa va qurbaqalarni tutish
balki  ularning  sonini  aniqlashda  ham  foydalaniladi.  Bundan  tashqari  bu 
hayvonlarni  matrap  (sachok),  yoki  uchiga  sirtmoq  bog’langan  tayoqlar 
yordamida yoki qo’l bilan ushlanadi. 
 
Kaltakesaklarni tutish uchun juda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Asta-sekin 
pisinib,  bekinish  ularning  boshiga  o’z  soyasini  tushirmasligi  kerak,  hayvonga 
yaqinlashish  bilan  uni  matrap  yoki  kichik  bosh  kiyimi  bilan  yopish  yoki  uchi 
ayri  tayoq  bilan  yerga  bosish  kerak.  Kaltakesaklarni  ot  dumidan  tayyorlangan 
yoki  ingichka  kapron  ipidan  tayyorlangan  sirtmoqli  xivchin  uchiga  biriktirib 
qo’yish bilan ham tutiladi. Sirtmoqni (diametri 3 sm bo’lishi kerak) asta-sekin 
hayvonning  boshiga  yaqinlashtiriladi  va  tez  harakat  bilan  bo’yin  atrofidan 
tortiladi.  Kaltakesaklarni  dumidan  emas,  balki  panja  yoki  tanasidan  ushlanadi 
(chunki dumi uzilishi mumkin) va qopqog’i bor satilga, qopqoqli bankaga yoki 
matodan  tayyorlangan  va  maxsus  ip  bilan  og’zi  bog’lanadigan  xaltachaga 
solinadi. 
 
Zaharsiz  ilonlarni  uchi  ayri  tayoqlar  bilan  yerga  bosib,  qo’l  bilan 
bo’ynidan  ushlanadi.  Zaharli  ilonlarni  tutib  olish  uchun  maxsus  ehtiyotkorlik 
choralarni  ko’rish  talab  qilinadi.  Ular  chaqmasligi  uchun  har  qanday  ilonni 
ochiq qo’l bilan ushlamaslik kerak. Uchi ayri bo’lgan tayoq yoki etik kiyilgan 


oyoq bilan bosish kerak, yoki bo’lmasa tayoq bilan urib, karaxt qilish lozim. Bu 
holatda ilonning  boshiga  jarohat  yetkazmaslik talab qilinadi,  aks  holda bunday 
nuqson  o’zining  ilmiy  qimmatini  yo’qotadi.  Zaharli  ilonlarni  oyog’ida  rezina 
etigi bilan bosib, ilonni bo’ynidan, boshiga yaqin joyidan qo’l bilan ushlanadi 
va  yuqroriga  ko’tariladi.  Keyin  dumi  bilan  idishga  solinadi,  boshi  oxirida 
idishga  siltab  tashlanadi  va  idish  qopqog’i  yoki  xaltacha  og’zi  tezda  yopiladi. 
Zaharli  ilonlarni  chaqishi  mumkinligi  (qochib  ketish  ehtimoli  mavjudligi) 
hisobga olinib, ushlangandan so’ng darhol spirt yoki formalinga solish tavsiya 
etiladi. 
 
Agar zaharli ilonlarni chaqish hollari sodir bo’lsa darhol choralar ko’rish 
lozim. Buning uchun avvalambor o’z imkoniyatlaridan foydalanib, keyin tezda 
malakali  tibbiy  yordam  berish  choralarini  ko’rish  zarur.  Yordamsiz  vaqtni 
o’tkazish  og’ir  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Dastlabki  ko’rsatilgan 
yordamdan asosiy maqsad, zaharni tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’lib, zaharni 
organizmdan  chiqarib  tashlash  yoki  neytrallashtirishdan  iborat.  Buning  uchun 
birinchidan ilon chaqqan joydan biroz yuqori joydan bog’lash kerak. Bog’lash 
uchun  ko’ylak,  ro’mol,  tasma,  ip,  rezina  ishlatiladi.  Bog’lash  20-25  minut 
davom etadi, keyin u yechib olinadi va yuqoriroqdan bog’lanadi. Bog’lash o’ta 
qattiq bo’lmasligi kerak. Aks holda qonning harakati to’xtaydi. Chaqilgan joyga 
spirt  surtiladi,  natijada  zahar  yuviladi.  Ikkinchidan  yara  kesilib,  kengaytiriladi 
va  qon  bilan  zahar  tanadan  chiqib  ketadi.  Uchinchidan  og’iz  bo’shlig’ida  (tish 
milkida) yara yo’qligiga ishonch hosil qilgandan keyin yara so’riladi va tuflab 
tashlanadi.  Ilon  chaqqan  joyni  kuydirish  yoki  alkogol  istemol  qilish  qatiy  man 
eitiladi. Shu bilan parallel holda shifokorga murojat etiladi. 
 
O’ldirilgan  zaharli  ilonlar  bilan  ham  ehtiyotkorlik  choralarini  ko’rgan 
holda  munosabatda  bo’lish  kerak.  Chunki  zahar  uzoq  vaqtgacha  o’z  kuchini 
yo’qotmaydi. Zaharning kuchi issiq kunlarda oshib boradi.  
 
Tutilgan ilon yoki kaltakesaklar dala sharoitida xaltada saqlanadi. Baqalar 
og’zi berk satilcha, bedonga solinadi. Zaharli ilonlar spirtli idishlarga solinadi. 
Chaqish  yoki  qochib  keyingi  xavflaridan  qutilish  uchun  ilonning  tanasi  spirtli 
idishga  solinadi  va  uni  og’zi  yopiladi.  Ilon,  kaltakesak  va  baqalarni  ichki 
organlarini  aynimasligi  uchun hayvonni qorin tomonidan  yoriladi,  bu  yoriqdan 
spirt yoki formalin kirib, hayvonning ichki organlari konservatsiya qilinadi. 
 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish