SOG‘LOM AVLOD VA UNING KAMOLI
Har bir odamning shaxsiy taraqqiyoti yoki ontogenezi embrional va postembrional bosqichlardan tashkil topgan. Embrional bosqich to‘laligicha biologik omillarga bog‘liq. Keyingi 50 yil mobaynida ekologik vaziyatning keskinlashuvi faqat o‘simlik va hayvonlarga emas, balki odamlar hayotiga ham xavf solmoqda.
Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra 1990 yilda tug‘ilgan bolalarning 9/10 da har xil darajadagi genetik nuqsonlar borligi ma’lum bo‘lgan.
Irsiy kasallik bilan bolalarning tug‘ilish ehtimolligini aniqlash, uning oldini olish chora-tadbirlarni belgilashda tibbiyot-genetik maslahat muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa rivojlangan mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham tibbiyot institutlari, yirik poliklinikalar qoshida bunday tibbiyot-genetik maslahatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot-genetik maslahat, turmushga chiqayotgan oilani rejalashtirish, irsiy kasallik bilan bolalarning tug‘ilish ehtimolini aniqlash va uning oldini olish chora-tadbirlarini belgilashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |