Samarqand davlat universiteti psixologiya va ishtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 3,39 Mb.
bet157/159
Sana26.07.2021
Hajmi3,39 Mb.
#129712
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159
Bog'liq
психогенетика

F.Golton evgenika fanining otasi hisoblanadi. Mazkur atama yunon tilidan olingan bo'lib, «yaxshi, ma'qul odamlarni tug'ilishi» degan ma'noni anglatadi. Olim nufuzli oilalar shajarasini o'rganib, shaxslarning jamiyatdagi faoliyati irsiyatga bog'liqligini qayd qiladi. Masalan, AQShdagi Edvardslar avlodidagi 1394 erkakning to'rtdan uch qismi jamiyat hayotida iz qoldirgan va tarix sahifalaridan o'rin olgan shaxslar bo'lgan.

Tarixchilarning ma'lum qilishicha buyuk kompozitor I.A.Bax avlodidan muzikaga iste'dodi bor shaxslar 56 ta bo'lgan. Buyuk bobomiz Amir Temur avlodlari orasida Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xumoyun, Akbarshohlar yetishib chiqqanligi qobiliyat, iste'dod kabi belgilar avloddan-avlodga irsiylanishidan dalolat beradi. Qobiliyat, iste'dod bilan bir qatorda odamdagi salbiy xislatlar ham avloddan- avlodga o'tishi mumkinligi haqida ma'lumotlar bor. Chunonchi XVIII asrda Shimoliy Amerikada yashagan aroqxo'r baliqchi Djyuka va yengil tabiatli ayol shajarasidagi 2500 odamlardan 600 tasining aqli past, 55 foizi o'g'ri, firibgar, aroqxo'r bo'lgan. Shunga o'xshash dalillarga asoslanib turli mamlakat siyosatdonlari aqli zaif, aroqxo'r jinoyatchilardan qutilish uchun zararli genlarni o'zida saqlovchi odamlarni bichish zarurligi to'g'risida fikr bildiradilar va uni «odam zotini yaxshilaymiz» degan shior ostida targ'ib qila boshladilar. Oqibatda XX asrniig birinchi 10 yilligida Amerikaning 22 shtatida, Angliya, 9stoniya kabi mamlakatlarda tajovuzkorlikka moyil erkaklar bichila boshlandi.

Rossiyada XX asrning 20-30-yillarida evgenik olimlardan YU.A.FiIipchenko, S.A.Serebrovskiylar ziyoli, iste'dodli odamlarning genlarini jamiyatning boshqa a'zolariga tarqatish kerak, "sovet jamiyati" uchun yangi odam zotini yaratish lozim, shundagina besh yillikka mo'ljallangan rejalarni ikki yilda bajarish mumkin degan g'ayri ilmiy g'oyani ilgari surdilar.

XX asrning 30-yillariga kelib evgenika jamiyat uchun zararli soha, millatchilar fani deb e'lon qilindi hamda bu sohadagi tadqiqotlar to'xtatib qo'yildi. Evgenika to'g'risida mulohaza yuritganda uchta masalani muhokama qilish kerak. 1) Odamiarda zararli irsiy belgi-xossalar bormi va ular avloddan-avlodga o'tgan sari orta boradimi? 2) Fandagi mavjud tadqiqot metodlari yordamida zararli belgilarni odamiarda kamaytirish mumkinmi? 3) Agar kelgusi avlodlarning irsiyatiga ta'sir etish mumkin bo'lsa, uni boshqarish uchun axloq hamda yuridik huquqqa egamizmi? Bu haqda to'xtab hozirgi vaqtda odam tanasining har bir organlar sistemasida yuzlab nuqsonlar-kasalliklar borligi va ularning ko'pchiligi gen funksiyasiga bog'liq ekanligi aniqlanganligini qayd etish kerak.

Odamlar orasida jismonan nogiron, qo'l, oyoqlari qisqa, aqli zaif, ruhiy boshqa kasali bor shaxslar uchrashi barchaga ayon. Kuzatishlarning ko'rsatishicha aqli zaif erkak va ayoldan aqli zaif farzandlar tug'iladi. Uni qanday oldini olish mumkin? Insoniyat oldida turgan bunday muammoni turli qonunlar yoki taqiq qilishlar asosida hal qilib bo'lmaydi. Mazkur muammoni yechimini topish har bir insonni o'ziga havola qilinadi va bunda ularning "genetik savodxonligi" muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun odam irsiyatini o'rganish va har bir insonni "genetik savodxonligi" ni oshirish hozirgi vaqtda nihoyatda dolzarb sanaladi.



4.Odam xulq-atvorining genetik asoslari

Odam xulk-atvori hayvonlar fe'l-atvoridanqanday jihatlari bilan farq qiladi degan masalaga e'tiborni qaratmoq kerak. Birinchi tafovut shundan iboratki, odamlar eng yuksak darajada rivojlangan hayvonlardan o'zining aql-zakovati, fahm-farosati bilan farqlanadi. ltlar, maymunlar, delfinlar so'zni tushunishlari, tana harakati tuyg'uni ifodalash orqali o'z xohishlarini bildirishlari mumkin. Lekin ular tushunib, fikrlash qobiliyatiga ega emaslar ya'ni ularda narsalarning asosiy xossalari to'g'risida abstrakt tasawur shakllanmaganligini qayd etish zarur. Agar hayvonlarning fikrlashi haqida gap ketsa hamma vaqt uning konkret ekanligini ulardan farqli ravishda insonlarda mavhum umumlashgan, tushunarli, mantiqiy fikrlash kabi faoliyat rivojlanganligini ta'kidlash kerak. To'g'ri, yuksak darajada rivojlangan hayvonlar bilan odam fe'l-atvori o'rtasida juda ko'p o'xshashliklar bor. Masalan, maymunlar xursand, xafa, g'am-g'ussa, ayb ish qilganligini tuyg'u orqali ifodalaydilar.

Yuksak hayvoniarda qiziquvchanlik, diqqat, xotira, xayol hamda xulq- atvorning murakkab shakllari mavjud bo'lsada, odam biror ish qilishdan oldin uni qanday bajarish rejasini tuzadi. Binobarin odam tushunib fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi sababli nima qilayotganini biladi. Odamlar xulq- atvori bilan hayvonlar fe"l-atvoridagi ikkinchi tafovut odamiarda ikkinchi signal sistemasi - nutqning taraqqiy qilganligidir. Hayvonlar bir-birlari bilan tovush signallari yordamida, odamlar esa so'z orqali aloqada bo'ladilar. So'z odamlar xulq-atvoriga ta'sir etuvchi kuchli omil sanaladi. Odamlar xulq-atvorining hayvonlar fe'l-atvoridan uchinchi farqi mehnat sanaladi. To'g'ri ayrim hayvon turlari ham «mehnat» qiladilar. Ular o'zlari uchun in, uya yasaydilar, o'rgimchaklar to'r «to'qiydilar», maymunlar tayoq yordamida mevalarni oladilar yoki ozuqalarini suvga chayib iste'mol qiladilar. Lekin hayvonlar mehnat qurollarini yasash qobiliyatiga ega emaslar. Ular atrofdagi muhitga moslashadilar xolos, odamlar esa uni o'zgartiradilar. Shu ma'noda odamni mehnat yaratgan deb aytish mumkin. Shunga qaramay odam xulq-atvori va hayvonlar fe'l-atvori genlarga, xromosomalarga bog'liqligini ta'kidlash joiz. Hayvonlarning fe'l-atvori genlarga bog'liq ekanligini drozofila meva pashshasi, sichqon va boshqa hayvonlar ustida olib borilgan kuzatishlar, tajribalar misolida yuqorida yoritildi. Endi odamning xulq-atvorini genetik asoslari xususida so'z yuritamiz.

Odamiarda musiqa va matematikaga bo'lgan qobilyati ko'proq genlar faoliyatiga bog'liq. Bu qobilyat inson shaxsiy taraqqiyotining ilk erta davrida namoyon bo'ladi.

Odamlar xulq-atvorini o'rganishda irsiy kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mutatsiyalar markaziy o'rinda turadi. Hozirgi davrga kelib odamiarda 5000 ga yaqin irsiy belgilar, kasalliklar o'rganilgan. Odamdagi irsiy kasalliklarning ayrimlari xulq-atvorning o'zgarishi bilan aloqador. Avloddan-avlodga faqat tashqi ko'rinish, ichki tuzilish, gavdaning katta- kichikligi bilan bir qatorda, bosh miyaning tuzilishi, aql-idrok, qobiliyat, kuchli iste'dod, xotira, muloyimlik, yoqimtoylik, qahri qattiqlik kabi belgilarga shaxs ko'rsatkichlari ham o'tadi. Har bir odam biosotsial mavjudot. Uning rivojlanishida ijtimoiy omillar, ta'lim-tarbiya, jamoadagi odamlarning shaxsga ko'rsatgan ta'siri katta ahamiyatga ega. Lekin odam xulk-atvorini faqat ta'lim-tarbiyaga, jamoa ta'siriga bog'liq deyish mazkur masalaga bir tomonlama yondashishdan iborat bo'lar edi. Tashqi muhit omillari bilan bir qatorda odam xulq-atvorining o'zgarishida irsiy omillarning roli nihoyatda katta. Masalan, shizofreniyani misol qilsak, u og'ir ruhiy kasallik qisoblanadi. Bu kasallikka yo'liqqan be'morlarda seruyqulik, yoshi o'tganlarda kam uyqulik, tananing kuchsizlashishi, yolg'iz qolish istagi yoki kun davomida ko'chalarda izg'ib yurish, setjahllik namoyon bo'ladi. Bemorlarda yana gallyutsinatsiyalar «fikrlash buzilishi» kuzatiladi. Ota-ona yoki ulardan birini shizofreniya bilan kasallanishi tufayli ularning avlodlarida ushbu kasallik 14,2 dan, bir tuxumdan rivojlangan egizaklarda 86,2 foizga yetishi aniqlangan.

Savol va topshiriqlar



  1. Xulq-atvor deganda nimani tushunasiz?

  2. Xulq-atvor genetikasining qanday vazifalarini bilasiz?

  3. D.Dyusberining hayvonlar xulq-atvorini qanday guruhlarga va xillarga ajratadi?

  4. Shaxsiy xulq-atvorga nimalar kiradi?

  5. Reproduktiv xulq-atvorga nimalar kiradi?

  6. Ijtimoiy xulq-atvorgachi?

  7. Hayvonlar va odamlarning xulq-atvori qanday metodlar yordamida o'rganiladi?

  8. Drozofila meva pashshasida xulq-atvorning qanday xususiyatlarining genetikasi o'rganilgan?

  9. Evgenika fani qanday fan va unga kim asos solgan?

  10. Odamlar nikohini o'zaro taqqoslab F.Golton qanday xulosalarga keldi?

  11. Odamning xulq-atvori bilan bog'liq qaysi belgi-xossalar irsiylanadi? Bunga misoilar.

  12. Odamning xulq-atvori bilan yuksak darajada rivojlangan hayvonlar xulq-atvoridagi qanday o'xshashlik va tafovutlar mavjud?

13,Odamlardagi xulq-atvorni o'zgarishi bilan aloqador qanday kasalliklarni bilasiz? Ularning xulq-atvoridagi o'zgarishlarni tavsiflab bering.

14. Iste'dodli odamlar sulolasidan kimlarni bilasiz?


Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish