Band bo‘lmagan personalni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – inson yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, o‘z-o‘ziga ish o‘rnini yaratishi uchun qulay sharoitlarni yaratish. Tadbirkorlik ishini yuritishga ko‘maklashishning maxsus dasturlari, imtiyozli kreditlar, soliq imtiyozlari va h.k. mavjud. Ishga joylashning mazkur turi hozirgi paytda rivojlanishning katta istiqbollariga ega.
Jamiyatga foydali ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish. Jamiyatga foydali ishlarning vazifalari, bir tomondan ishsizlik muammosini vaqtincha hal qilish, ikkinchi tomondan, aholi punktining infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq. Jamiyatga foydali ishlarning kamchiliklariga ishsizlarning kasbiy o‘sishi mavjud emasligi kiradi, chunki mazkur ishlar, odatda, past malakali mehnatni talab qiladi.
Ishga joylashishda umumiy yordam. Ishga joylashishda yordam berish ishsizlarga bo‘sh ish o‘rinlari borligi haqida axborot (ma’lumotlar bazasini), korxonalar uchun esa – tashkilotni qiziqtiradigan profildagi mutaxassislar to‘g‘risida axborot taqdim etishdan iborat. Bunday ma’lumotlarni aholi bandligining mahalliy markazlari, shuningdek rasmiy ommaviy axborot vositalari orqali olish mumkin.
Bandlikning asosiy prinsiplari jamiyat rivojlanishining u yoki bu aniq tarixiy davrida bandlikning xarakterini ochib beradi. SHuningdek, respublika iqtisodiyotining transformatsiyasi sharoitlarida bunday prinsiplarni ishlab chiqish va hisobga olishning zarurati paydo bo‘ldi. Ularning ba’zilari davlatning asos bo‘ladigan hujjatlaridan kelib chiqadi, avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Respublikada aholini bandligi to‘g‘risidagi” qonuni, boshqalari bozor iqtisodiyotining o‘zgarishlari tajribasi bilan yo‘l ko‘rsatib beriladi. Bundan kelib chiqib, quyidagi bandlik tamoyillarini ajratish mumkin:
mehnatning ixtiyoriyligi, fuqarolar ishlab chiqarish va ijodiy mehnatga o‘z qobiliyatlari bilan erkin tasarruf qilishi;
fuqarolarning mehnat va erkin tanlangan bandlik huquqlari uchun teng boshlang‘ich sharoitlarni yaratishga davlatning javobgarligi;
uzoq vaqtlik milliy manfaatlarni hisobga olish va ta’minlash;
milliy, madaniy an’analarni, tarixiy shakllangan mintaqaviy va tarmoq xususiyatlarini va ish o‘rinlariga ehtiyojini hisobga olish;
ijtimoiy himoyaga alohida muhtoj va ish izlashda qiyinchiliklar kechiradigan fuqarolarni bandlikga ko‘maklashishga ustuvor e’tibor;
davlat organlari, kasaba uyushmalari, barcha darajadagi ish beruvchi birlashmalar kuchini muvofiqlashtirishni, byudjetlar, byudjetdan tashqari fondlar, korxona, jamoat birlashlari va fuqarolarning mablag‘lari moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanishni o‘z ichga oluvchi bandlik muammolarini echishga kompleksli yondashuv zarurati.
Bandlikning ijtimoiy funksiyasi. Bandlikning ijtimoiy funksiyasi shuni ko‘rsatmoqdaki, insonning har tomonlama rivojlanishi uni bandlikning har xil turlarida, avvalo xalq xo‘jaligida bandligiga bog‘liq. SHu bilan birga, u teskari bog‘liqlikni ochib beradi, u bandlikning o‘zi nafaqat iqtisodiy va siyosiy masalalarni hal qilishga qaratilgan, balki insonning o‘zini yuksak qadriyat, jamiyat hayoti faoliyati maqsadi sifatida rivojlanishiga qaratilgan. Har tomonlama rivojlangan inson ishlab chiqarish va jamiyatni boshqarishda, atrof muhitni muhovazasida, uning hayotiga tegishli qarorlarni qabul qilishda yanada faolroq va unumliroq ishtirok etishi mumkin.
Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy funksiyani bajaradi. Lekin alohida rol iqtisodiyotdagi professional mehnatga tegishlidir. Mehnatmoddiy va ma’naviy boylikning, inson ijtimoiy taraqqiyoti va rivojlanishining manbai hisoblanadi. Mehnatning qadrsizlanishi, uni faqat tirikchilik sharoitlarini ta’minlashga yo‘naltirish, inson hayot faoliyatini kambag‘allashtiradi, uning ehtiyojlari, rag‘batlarini pasaytiradi. Sotsiologlar tomonidan 90-chi yillarda ro‘yxatga olingan, mehnat motivatsiyasining sustlashishiishlab chiqarish, inson, oqibatda jamiyatning hamrivojlanishida salbiy aks etadi. Bu haqida mamlakatda YAIM ishlab chiqarishning pasayishi, yashirin iqtisodiyot,kriminogen vaziyatning o‘sishi dalolat beradi125. SHuning uchun, barcha faoliyat turlarning ahamiyatini oshirib, professional mehnat roliga etarlicha baho bermaslik mumkin emas. Bu boshqa gap, agar mehnat bilan shug‘ullanish majburiy emas, balki mehnatga hurmat munosabati atmosferasini yaratish, uni munosib mukofotlash bilan ta’minlanishi kerak. O‘tish davrida mulkchilik shakllarini o‘zgartirishta’siri ostidabandlik tuzilmasida o‘zgarishlar, ular bilan biga esamehnatning ijtimoiy funksiyasiningbelgilangan transformatsiyasi ham sodir bo‘ladi. Bu haqida ish bilan band aholining iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha taqsimlanishining dinamikasiga qarab baho berish mumkin.
SHunday qilib, aholi bandligi – bu, shaxsiy va jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq, davlat qonunchiligiga qarshi bo‘lmaganva odatda ish haqqi, mehnat daromadi (maosh) olib keladigan fuqarolarning faoliyati. Bandlik iqtisodiyotning muhimtavsifi, mamlakataholisi turmush darajasining parametri hisoblanadi. Bandlik nafaqat iqtisodiy hodisa, balki davlat ijtimoiy siyosatining qismi hamdir.
Bandlik tuzilmasiniquyidagi asosiy bo‘g‘imlar tashkil qiladi: ijtimoiy, davlat-xususiy, hududiy-mintaqaviy, tarmoq, kasbiy-malakaviy, yosh-jins, milliy, oilaviy.
Aholi bandligi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ob’ektiv realliknng asosiy xossalari va qonuniyatlarini aks ettiradihamdao‘zida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning birligi va qarama-qarshiligini ifodalaydi. Aholi bandliginiushbu jihatlarning qaysi birinidir hisobga olmasdan ko‘rib chiqish, unga xos bo‘lgan uni o‘sha real tarkibidan mahrum qilishnianglatadi.
Bandik siyosati davlat tomonidan har yili qabul qilinadigan (tegishlicha rivojlantiriladigan, to‘ldiriladiganva tuzatiladigan) Respublikada aholi bandligiga ko‘maklashish Dasturi asosida amalga oshiriladi. Dastur markazida – ishsizlikdan himoyalash turibdi. U ishlaydigan, lekin bo‘shatish havfi ostida bo‘lganlar hamda davlat bandlik xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlarni qamrab oladi. Bandlikni ta’minlash siyosati va bu sohada huquqiy tartibga solishning bevosita maqsadi inson shaxsining munosib yashashi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatini ta’minlaydigan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Kadrlar salohiyatini rejalashtirish va boshqarishning asosiy vazifasi – ish kuchi va ish o‘rinlari balanslashganligining biri hisoblangan, eng maqbul mehnat proporsiyalarini o‘rnatish. Bu disbalansning eng og‘ir oqibatlari amaldagi ishchi o‘rinlarining to‘ldirilmaganligi, katta miqdordagi eskirgan ish o‘rinlari mavjudligi, uskunalarni almashtirishning past koeffitsienti, ishsizlik hisoblanadi.
Davlatning bandlik siyosati – aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hukumatning harakatlar majmuidir. Bandlik siyosatining ikki turi farqlanadi: faol siyosat – ishsizlikni qisqartirishga, nofaol siyosat – ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Bandlik siyosatining shakllanish jarayoni 5 bosqichdan iborat: modellashtirish (ishlab chiqish), tartibga solish (joriy qilish), diagnostika (monitoring), o‘rta va uzoq muddatli prognozlashtirish (istiqbolni aniqlash), moslashuv (tuzatish va o‘zgartirish).
Bandlik siyosatini modellashtirish hukumat, joylardagi ho‘jalik boshqaruv organlari va ijro hokimiyati darajasida qonunchilik aktlari va strategik dasturiy hujjatlarni qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bir vaqtning o‘zida bandlikning miqdoriy o‘sishi zarurati, ichki demografik da’vatlarga javob sifatida (mehnatga layoqatli aholining o‘sishi va urbanizatsiya jarayonini jadallashishi) va mehnat unumdorligining o‘sishi, tashqi iqtisodiy da’vatlarga javob sifatida (raqobatbardoshlikning oshishi) O‘zbekiston uchun mehnat sohasida uzoq muddatli davrga rivojlanishning asosiy da’vati bo‘ladi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu da’vat qayta ishlash tarmoqlari va yuqori texnologik xizmat turlarining jadal rivojlanish orqali hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |