Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 0,96 Mb.
bet23/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

Bandlik – ko‘p ma’noli tushuncha bo‘lib, turli faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bandlik deganda foydali ish bilan shug‘ullanish, o‘qish, ishlash, bolalarni parvarish qilish, harbiy xizmatni o‘tash va sh.k. tushuniladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida, u aholining mehnat faoliyatida ishtirok etishi munosabatar jamuljamligini namoyish qiladi
Mehnat faoliyatida aholining ishtiroki bo‘yicha, uning mehnatga qo‘shish me’yorini bildirib, ishchilar va shaxsiy talablarning jamoat ehtiyojlarini qanoatlantirish darajasi, to‘lanadigan ish o‘rinlarida va shaxsiy ehtiyojlarida, to‘lanadigan ish o‘rinlaridagi, daromad olishdagi shaxsiy manfaatlarini bildiradi.
Aholini hisobga olish amaliy ehtiyojlari turli xil bandlik turlarini ajratish zaruratini keltirib chiqaradi. SHunday, miqdoriy va sifat xarakteristikalariga bog‘liq holda, unumli (samarali), to‘liq, erkin tanlangan, to‘liq bo‘lmagan, yashirin, mavsumiy, mayatnikli, davriy va boshqa bandlik turlari farqlanadi108.
Unumli (samarali) bandlik – birinchidan, bu mehnat qiluvchilarga daromad keltiradigan, yashashning munosib sharoitlarini ta’minlaydigan bandlik. Ikkinchidan, bu ish kuchidan yo‘qotishlarsiz foydalanib, eng katta moddiy natijaga erishishni nazarda tutadigan tushunchadir. Ushbu tushunchaga ko‘ra, bandlarning ish vaqti fondidan ish vaqti yo‘qotishlarini ayirishni bandlarning ish vaqti fondiga nisbati sifatida bandlikning samrardorlik darajasi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish o‘rinlidir109.
To‘liq bandlik – bu jamiyatning shunday holatiki, bunda barcha haq to‘lanadigan ishga ega bo‘lishni xohlovchilar unga ega bo‘lib, siklik ishsizlik mavjud emas, lekin bunda uning friksion va strukturali ishsizlik bilan belgilanadigan tabiiy darajasi saqlanadi110.
Erkin tanlangan bandlik, mehnatga o‘z qobiliyatini o‘zi boshqarish huquqi faqat ishchi kuchi egasiga, ya’ni ishchining o‘ziga tegishliligini nazarda tutadi111.
To‘liq bo‘lmagan bandlik, jamiyatga foydali mehnat bilan iqtisodiy faol aholining faqat ayrim qismi band bo‘lgan holatni bildiradi.
Aholining yashirin bandligi shu bilan tavsiflanadiki, kishilarning ma’lum qismi uzoq muddatli ta’tilda haq olmasdan, ishsizlar, nafaqaxo‘rlar savdo bilan shug‘ullanadi yoki aholiga turli xizmatlar ko‘rsatish bilan (ta’mirlash, qurilish va sh.k.) ularni bandlar sifatida rasmiy hisobga olish doirasidan tashqari band bo‘ladi112.
Mavsumiy bandlik o‘zi bilan davriy (ma’lum mavsumlarda) mehnatga layoqatli aholini tabiat iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda jamoat foydali faoliyatga jalb qilishni bildiradi113.
Mayatnikli bandlik – bu bandlikning alohida turi bo‘lib, u doimiy xarakterga ega va shu bilan bir paytda mehnat faoliyati vaqtida davriy qaytariluvchi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir114.
Davriy bandlik – bandlikning ushbu turi, mehnat faoliyati davrlarining bir maromdagi dam olish davrlari bilan almashinuvini nazarda tutadi (vaxtali uslub bilan ishlash)115.
Demak, aholining bandligi ijtimoiy-iqtisodik kategoriya sifatida asosiy xususiyatarini va ob’ektiv reallik voqea qonuniyatlarini aks ettiradi va o‘zi bilan iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning birlik va qarama qarshiligini ifodalaydi. Aholi bandligini ushbu aspektlardan birontasini hisobga olmasdan ko‘rib chiqish uni unga xos bo‘lgan haqiqiy mazmunidan mahrum qilishni anglatadi.
Bandlik o‘zi bilan, o‘z ichiga ko‘plab shakllarni qo‘shadigan, etarlicha ko‘pqirrali va katta tushunchani ifodalaydi. Bandikning quyidagi tasniflanish kriteriylari va shakllarini ajratish mumkin116:
1. Mehnat faoliyatining muntazamligi. Bu vaziyatlardan bandlikning doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy, epizodik singari shakllarini ajratish mumkin.
2. Ish bajarilish joyi. Mazkur mezon korxonada ishlash va distansiyalangan (masofalangan) mehnat singari bandlik turlarini ajratish imkonini beradi. Korxonadan tashqari mehnat fan va texnikaning so‘nggi yuuqlari tufayli mumkin bo‘ldi. Distansiyalangan (masofalangan) mehnat –ishsizlar, qariyalar, talabalar, nogironlar va boshqa rezerv ish kuchi uchun, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati (YAMF) va mustaqil tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni hoxlaydiganlar uchun ish bilan ta’minlashning ustun shakli. Bunda bu mehnat faoliyati turining yuqori samaradorligini ta’kidlash kerak. SHunday qilib, distansiyalangan (masofalangan) ishchilar haftada 25 soat ichida, ofisda 40 soatda bajariladigan ishni qiladilar, bunda vazifalarni aniqroq bajaradilar.
3. Mehnat faoliyati holati. Bunda bandlikni asosiy va ikkilamchiga (qo‘shimchaga) farqlash nazarda tutilgan. Bandlikning bu mezon doirasida o‘ziga xos shakli bo‘lib o‘rindoshlik namoyon bo‘ladi.
4. Mehnat yuklamasini taqsimlash darajasi va xususiyati. Ushbu mezon doirasida to‘liq ish vaqti, to‘liq bo‘lmagan ish vaqti (to‘liq bo‘lmagan ish kuni, to‘liq bo‘lmagan ish haftasi, bir ish o‘rnini ikkita ishchi o‘rtasida bo‘lish) va o‘zgaruvchan ish vaqtiga ajratish mumkin. To‘liq bo‘lmagan ish vaqti bandligini doim bandlikning noan’anaviy yoki noodatiy shakllariga kiritishgan. Ammo zamonaviy sharoitlarda bunday yondashuv o‘zini oqlashi amri maholdir. Bozor iqtisodiyoti bo‘lgan rivojlangan davlatlarda to‘liq bo‘lmagan kun rejimida har to‘rtinchi ishchi banddir.
Bandlikning quyidagi shakllarini ajratiladi: to‘liq, unumdor, ratsional, samarali va erkin tanlangan. A.E.Kotlyar nuqtai nazaridan eng afzali olimlarning fikridir, ular “to‘liq bandlikning o‘z tushunchasi asosida, mehnatga layoqatli aholining jamoat mehnati sohasida ishlash ehtiyojini to‘liq qanoatlantirish tamoyilini qo‘yishadi”117.
Ratsional bandlik — bu «ishchi – ish joyi – mehnat» tizimida murakkab kategoriyadir. Bandlikning ratsionallik mezonlari tizimi yuqori foyda keltiruvchi mehnat uchun kompleks iqtisodiy, ijtimoiy va texnik shartlar bilan belgilanadi. Bandlik ratsionalligining dastlabki iqtisodiy sharti mexnat faoliyatining jamiyat uchun foydalilik xususiyati hisoblanadi.
S.A.Kartashovning nuqtai nazaridan: «Jamoat mehnati unumdorligining o‘sishi asosida jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromadni, sog‘liqni, shaxsning rivojlanishini, ta’lim va kasb darajasi o‘sishini ta’minlaydigan aholining bandligi unumdor hisoblanishi mumkin»118. SHunday qilib, unumdor bandlik ikkita nuqtai nazardan xarakterlanadi: iqtisodiy – inson resursidan oqilona foydalanish singari, va ijtimoiy – inson manfaatlariga to‘liq mosligi. Unumdor bandlik – bu bozor iqtisodiyoti kategoriyasi, to‘liq ish bilan ta’minlash esa - ijtimoiy bozor iqtisodiyoti kategoriyasidir.
Unumdor bandlik jamiyat mehnat unumdorligining o‘sishini (mahsuldorlikni); munosib ish haqi to‘lash darajasi; iqtisod qilishni nazarda tutadi.
Erkin tanlangan bandlik – bu erkin tanlangan unumdor mehnat; munosib ish haqi to‘lash darajasi; ishsizlikning ijtimoiy maqbul darajasi; individning ehtiyojlari va manfaatlariga yo‘naltirilganlik; fuqarolarning ta’lim va kasbiy darajasining o‘sishi.
Zamonaviy dunyoning qiyofasi bir necha o‘n yillar oldingidan keskin farq qiladi. Binobarin, mehnatni aniq taqsimlash orqali to‘liq bandlik o‘rnini ko‘pincha bandlikning egiluvchan rejimlari egallaydi, chunki ishchilarning mustaqilligi va universalligi o‘sib bormoqda.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish