11-mavzu. SOTSIAL KOMMUNIKATSIYA
REJA
«Kommunikatsiya» va «sotsial kommunikatsiya» tushunchalari: umumiylik va xususiylik.
Kommunikatsiya sotsiologiyasining ilmiy qurilmasi.
Kommunikatsiya shakllari va ularni turkumlash.
Ommaviy kommunikatsiyaning ijtimoiy ahamiyati.
«Kommunikatsiya» atamasi ko‘plab ta’riflariga ega bo‘lib, ularni uch asos bo‘yicha guruhlashtirish mumkin: birinchidan, kommunikatsiya turli ob’ektlar o‘rtasidagi aloqa, bog‘liqlik deb qaraladi. Bu toifaga oid bo‘lmagan ta’rif kommunikatsiyani asosan kundalik tushunish uchun qo‘llaniladi. Ikkinchidan, kommunikatsiya muloqot so‘zining ma’nodoshi sifatida tushuniladi. Uchinchidan, kommunikatsiya ta’sir deb ham tushuniladi. Mavjud ta’riflardan ba’zilarini keltiramiz.
«Kommunikatsiya» atamasi (lot. communicatio) ilmiy adabiyotlarda XX asr boshlarida paydo bo‘ldi. Amerika sotsiologiyasi asoschilaridan biri CHarlz Kuli «kommunikatsiya deganda uning vositasida inson munosabatlari – aql-idrokning barcha ramzlari, ularni makonda uzatish va zamonda saqlab qolish usullari bilan birga mavjudligi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan mexanizm tushuniladi” – de aytgan edi. U o‘z ichiga muloqot, imo-ishoralar,ovoz toni, so‘zlar, yozuv, noshirlik, temir yo‘llar, telegraf, telefon, makon va zamonni egallashga qaratilgan so‘nggi yutuqlarni qamrab oladi. “Kommunikatsiya vositalari hamda qolgan tashqi dunyo o‘rtasida aniq chegara mavjud emas. Biroq tashqi dunyo paydo bo‘lishi bilan faqat fikr uzatish uchun mo‘ljallangan standart ramzlar tizimi yuzaga kelib, kommunikatsiyaning an’anaviy rivoji ana shundan boshlanadi»142.
J.D`Arsi Fransiyada 1969 yili jamoatchilik e’tiborini insonning kommunikatsiya huquqini e’tirof etish zarurligiga qaratib, bu tushunchaga kommunikatsiyaning ham moddiy, ham ruhiy sharoitlarini ta’minlash imkoniyatini ham kiritadi143.
Dastlab bu atama ajratish, qo‘l bilan ushlab ko‘rish mumkin bo‘lgan buyum, narsalarni; oziq-ovqat mahsulotlari, er, tovar va mulkni anglatgan. Bugungi kunda u ko‘pincha odamlar yoki kompyuter yordamida ishlov beriladigan bilimga nisbatan qo‘llanadi144.
Kommunikatsiya– bu «axborot, g‘oyalar, baholar yoki his-tuyg‘ularni asosan ramzlar vositasida bir kishidan (yoki guruhdan) boshqasiga (yoki boshqalarga) uzatishdan iborat».
«Keng ma’nodagi kommunikatsiyadeganda o‘zaro hamkorlik (ta’sir) amalga oshirilayotgan tizim, o‘zaro hamkorlik (ta’sir) jarayonining o‘zi hamda turli-tuman axborotni yaratish uzatish va qabul qilish imkonini beradigan usullar tushuniladi».
«Kommunikatsiya – shaxslararo va ommaviy muloqot sharoitlarida axborot uzatish va qabul qilib olishning turli kommunikativ vositalar yordamidagi sotsial shartlashilgan jarayondir145.
Kommunikatsiya «shaxslararo va ommaviy muloqot sharoitlarida har xil kommunikativ vositalar yordamidagi turli kanallar bo‘ylab axborot uzatish va qabul qilib olishning sotsial shaklidir»146.
Biologlar D.Lyuis va N.Gauer kommunikatsiyaga «organizmlar yoki bir organizm qismlari o‘rtasidagi signal uzatilishi” – deb ta’rif berib, bunda tanlash (saylash) signallar hosil qilish va qabul qilib olishga ko‘maklashadi. Kommunikatsiya jarayonida axborot o‘zgarishi va sub’ektlarning o‘zaro moslashuvi (adaptatsiyalashuvi)ro‘y beradi147.
Ko‘plab mualliflar kommunikatsiya deganda verbaldan noverbalga va noverbaldan verbal sohaga qayta kodlashtirish jarayonlarini tushunadilar. Tarixiy jihatdan kommunikatsiya deganda aynan shunday bo‘lgan: boshqalarni u yoki bu harakatlarni bajarishga majbur qilishdir.
Misol uchun, T.SHibutani «kommunikatsiya – bu, birinchi navbatda odamlar faoliyatining o‘zaro moslashuvini osonlashtiradigan faoliyat usulidir... bu kopperativ o‘zaro yordamni ta’minlab, o‘ta murakkab harakatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilish imkoniyatini hosil qiladi» deb hisoblaydi.
Keltirilgan ta’riflar (bu ularning kichik bir qismi, xolos) «kommunikatsiya» tushunchasi ko‘p jihatli ekanligidan dalolat berib, unda shartli ravishda quyidagi ma’nolarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Sotsial kommunikatsiya,«sotsial sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi, sotsiomadaniy me’yorlar va ana shunday ta’sirlashish namunalarini takror ishlab chiqarish va o‘zgarib borishiga qaratilgan universal sotsiomadaniy mexanizm sifatida qaraladi» 148.
Kommunikatsiya individlar, guruhlar, tashkilotlar, madaniyatlar orasida turli belgili tizimlar (tillar) vositasida ro‘y beradi (amalga oshadi). SHaxslararo, ommaviy (ommaviy kommunikatsiya vositalari yoki OKV), ilmiy, texnik kommunikatsiyani va sh.k.larni farqlaydilar. SHu sababli «kommunikatsiya» atamasi, umumiy, universal ma’nosidan tashqari, unga u yoki bu ilmiy yondashuv doirasida qanday ma’no berilishiga bog‘liq ravishda qo‘shimcha va aniqlashtiruvchi mazmunga ham ega bo‘ladi.
Kommunikatsiya tushunchasi ikki darajada mavjud – bu hodisa to‘g‘risidagi kundalik (odatiy) va ilmiy tassavvurlardir. Kundalik darajada kommunikatsiya deganda har qanday aloqalar bog‘lashga bo‘lgan imkoniyat nazarda tutiladi. Masalan, «kommunikativ odam» ifodasi ostida boshqalarni o‘z irodasiga bo‘ysundiradigan kishini emas, balki odamlar bilan kirishib keta oladigan, ular bilan oson til topishadigan, o‘zi aloqa va muloqot uchun ochiq odam tushuniladi. Ba’zan kommunikatsiyani muloqotdan ajratmay o‘rganadigan ilmiy ta’riflar u haqidagi aynan kundalik tasavvurga asoslanganligini ko‘ramiz. Bundan kelib chiqib, kommunikativ jarayonning o‘zi, hamda uning ishtirokchilari aniqlanadilar: demak, «kommunikatsion harakat –kommunikatsiya ishtirokchilarini o‘zgartirmagan holda ro‘y beradigan, mazmunli o‘zaro hamkorlikka asoslangan tugallangan operatsiyadir».
Kommunikatsiya ta’rifidan kelib chiqib, kommunikativ harakatning uch xil shakli ajratib ko‘rsatiladi:
Taqlid qilish – biron nimaga yoki biron kimga o‘xshatish, sotsiallashuvning dastlabki darajasiga xos, masalan maktabgacha yoshdagi bolalarga, shuningdek an’anavar va odatlarni avloddan-avlodga uzatish kommunikativ harakatga xos.
Dialog –kommunikatsiya teng huquqli sub’ektlarining o‘zaro muloqoti, ta’siri shakli sifatida.
Boshqarish –sub’ektning ob’ektga ko‘rsatadigan ta’sirining shakli sifatida149.
Mazkur model mohiyatini quyidagicha aniqlash mumkin:
unda «kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalari qorishib ketadi, chunki dialog – bu muloqot tavsifi, boshqaruv esa – tom ma’nodagi kommunikatsiya tavsifidir;
- kommunikatsiya tushunchasining o‘zida unga kundalik va ilmiy ta’rif berish darajalari qorishib, chunki taqlid qilish aslida kommunikatsiya deb topilishi mumkin bo‘lmay, mohiyatan, uni mavjudlik muhitiga moslashishiga ko‘maklashadigan individning xususiyatlaridan biri bo‘lib keladi.
«Kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalarining bu kabi qorishib, aralashib ketishi ilmiy adabiyotlarda bir muncha keng tarqalgan hodisa bo‘lib, masalan, u yuqorida keltirilgan kommunikatsiya ta’riflarining ikkinchisida mavjud va ko‘pincha bu so‘z tarjimasida (lot. communicatio – xabar, uzatish) va inglizcha communication so‘zi o‘ziga bir necha xil ma’no olib, xabarlar, axborot uzatish, ma’lum qilish, aloqa, aloqa vositasini, shuningdek muloqotni anglatib kelishi mumkinligi sababli ro‘y beradi. Unga izoh berishdagi umumiy jihatlar kommunikatsiya to‘g‘risida «maxsus tashuvchilar, signallar vositasida bir tizimdan boshqasiga axborot uzatish» sifatidagi tasavvur bilan bog‘liq150.
Ana shu so‘zning tarjimasidan foydalanishda til kommunikatsiyasining ikki darajasi qorishib ketadi – o‘z ichiga og‘zaki til sohasida ishlatiladigan so‘z-iboralarni o‘z ichiga olgan lingvistikhamda turli fanlarning (sotsiologiya ham shular qatoriga kiradi) maxsus tilini shakllantirish asosida yotadigan so‘z-atamalarni tarkibiga olgan metalingvistik daraja.
Kommunikatsiya odamlar, guruhlar, xalqlar, davlatlar o‘zaro hamkorligining zarur elementi, uning jarayonida axborot, his-tuyg‘ular, baholar, ma’nolar, mohiyatlar, qadriyatlarni uzatish va qaytib uzatish amalga oshiriladigan jarayon sifatida sotsial jarayonlar sohasida etakchi o‘rin tutadi.
Kommunikatsiyasiz sotsial birliklar, sotsial tizimlar, institutlar, tashkilotlarni tashkil etish, umuman sotsiallik, sotsium o‘z holicha mavjud bo‘lishi mumkin emas. Kommunikatsiya jamiyat, sotsial guruhlar va ayrim individlar hayotining barcha taraflarini qamrab oladi. Sotsial hayotning har qanday tadqiqi uning u yoki bu shakllariga oid bo‘ladi.
«Zamonaviy g‘arb sotsiologiyasi»da kommunikatsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif, izoh beriladi: 1. Moddiy va ma’naviy olamga tegishli har qanday ob’ektlarning aloqa vositalari. 2. Muloqot, odamdan odamga axborot uzatish. 3. Jamiyatda muloqot va axborot almashinish, ya’ni sotsial kommunikatsiya151.
«Xorijiy so‘zlarning zamonaviy lug‘atida» – ushbu tushunchaga quyidagigcha izoh beriladi:
qatnov yo‘li (havo, suv va shu kabi kommunikatsiya);
aloqa shakli (telegraf, radio, telefon);
muloqot hodisasi, ikki va undan ko‘p individlar o‘rtasidagi aloqa, bir-birini anglash, tushunish uchun asos;
texnik vositalar yordamida axborot ma’lum qilish (xabar berish) jarayoni – OKV (SMK) (nashr mahsulotlari, radio, kino, televidenie)152 qomusiy sotsiologik lug‘atga ko‘ra kommunikatsiya – bu axborotning bir tizimdan boshqasiga, maxsus moddiy tashuvchilar, signallar vositasida uzatish, shakllantirish153.
SHunday qilib, kommunikatsiyaquyidagilardan iborat:
moddiy va ma’naviy olamga tegishli istalgan ob’ektlarning aloqa vositasi;
muloqot jarayoni, ya’ni insondan insonga axborot uzatish;
jamiyatda unga ta’sir ko‘rsatish maqsadida axborot uzatish va almashinish.
Insonlar jamiyatida kommunikatsiya individlar, guruhlar, tashkilotlar, davlatlar, madaniyatlar o‘rtasida belgili tizimlar (tillar) vositasida ro‘y beradi. Odamlar o‘rtasida kommunikatsiya yaxlit belgili hosilalar (xabarlar) bilan almashinish shaklida yuz berib, ularda muloqot qilayotgan tomonlar bilimi, fikrlari, g‘oyalari, qadriyatli munosabatlari, emotsional holatlari, faoliyat dasturlari aks etadi. Kommunikatsiya mazmuni va shakllari odamlarning ijtimoiy munosabatlari va tarixiy tajribasini aks ettiradilar.
Kommunikatsiya – barcha sotsial tizimlar ishlab turishi va rivojlanishining zarur sharti bo‘lib, chunki u odamlar orasida aloqa bog‘lab, sotsial tajriba to‘plash va uni uzatish imkonini beradi, mehnat taqsimoti va birgalikdagi faoliyat, boshqarishni, madaniyatning yoyilib borishni ta’minlaydi. Odamlar o‘rtasidagi bevosita muloqot jarayonida ularning psixologik o‘zaro ta’siri bilan uzviy bog‘liq kommunikatsiya, faqat abstraksiyada (mavhum) shaxslararo muloqotning axborot shakli sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Taqdim etilgan ta’riflardan kelib chiqib, aytish mumkinki, kommunikatsiya hodisa sifatida jamiyatning har bir tashkilotida mavjud bo‘lib, uning ichida ham uning qolgan sotsial tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro ta’sir, hamkorlikni ta’minlash bilan birga o‘z xususiyatlari va jihatlariga ham egadir.
Kommunikatsiya sotsial fanlarda mustaqil ob’ekt sifatida axborot uzatish texnik vositalari, ayniqsa o‘tgan asrning 20-yillarida radio taraqqiy etishi bilan ajralib chiqdi. Nomi keltirilgan vositalardan foydalanish va bir vaqtning o‘zida axborot uzatish tashkiliy sharoitlarining murakkablashuvi muloqot qilayotgan tomonlar bevosita hamkorligining cheklanishiga hamda axborotning sotsial tizimlarda uzatish qonuniyatlarini maxsus o‘rganish zaruratiga olib keldilar. Kommunikatsiya nazariyasi rivojlanishiga kibernetika, informatika, semiotikaning tiklanishi, matematika va muhandislik fanlari murakkablashuvi ko‘maklashib, ularda «kommunikatsiya» atamasi bilan texnik kanallar va aloqa vositalari, elektron tizimlar nomlanadi.
Kommunikatsiya gumanitar, shuningdek aniq fanlarning ham ob’ekti bo‘lib, ulardan har biri kommunikatsiyadan o‘z tadqiqot ob’ekti va predmetini ajratib olib o‘rganadi.
Bunda texnik fanlar axborot uzatish, unga ishlov berish va saqlash usullari va imkoniyatlarini, maxsus kodlarni yaratish esa – ular yordamida zarur axborotni taqdim etilishi mumkin bo‘lgan muayyan ramzlar va qoidalar tizimini o‘rganadilar.
Etnografiyakommunikatsiyaning maishiy va madaniy xususiyatlarini etnik voqelikda muloqot sifatida o‘rganib chiqadi.
Psixologiya va psixolingvistikaaxborot uzatish va uni idrok etishga ko‘maklashadigan omillarni, shaxslararo va ommaviy kommunikatsiya jarayonlarini qiyinlashtiradigan sabablarni, shuningdek kommunikantlar nutqiy axloqining motivlanganligi, nimalardan kelib chiqishini ko‘rib chiqadi. Psixologiyada nutq faoliyati mehnat, bilish faoliyat singari faoliyat turi sifatida izohlanadi. Bunday tushunish, izoh psixologik konsepsiyada qabul qilingan bo‘lib*, unga ko‘ra nutq faoliyati psixologik jihatdan yo‘llangan, ya’nimaqsadga qaratilganligi bilan farqlanib, ko‘plab nutq operatsiyalaridan iborat bo‘lgan «nutq harakatlari» orqali amalga oshadi154.
Lingvistikaverbal kommunikatsiya muammolari – so‘z va so‘z birikmalarining nutqda normativ va normativ bo‘lmagan tarzda – og‘zaki va yozma, dialogik va monologik qo‘llanishi bilan shug‘ullanadi.
Paralingvistikanoverbal kommunikatsiya vositalari usullari – imo-ishora, mimika va so‘z bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa kommunikativ vositalarga ixtisoslashadi.
Sotsiolingvistika tilning sotsial mohiyatiga oid muammolarni, uning turli sotsiumlarda faoliyat ko‘rsatishi, ishlashi bilan bog‘liq xususiyatlarni, shuningdek turli sotsial guruhlar vakillari orasidagi aloqalarni keltirib chiqaradigan sotsial va til omillarining o‘zaro ta’sirlashish mexanizmlarini o‘rganadi155.
SHunday ekan, xulosa qilib «sotsial kommunikatsiya» atamasining izohini, ta’rifini berib o‘tishimiz mumkin. Sotsial kommunikatsiyadeb odamlarning shunday kommunikativ faoliyatiga aytiladiki, u ushbu jamiyatda qabul qilingan qator sotsial jihatdan ahamiyatli baholashlar, muayyan vaziyatlar, kommunikativ soha va muloqot me’yorlaridan kelib chiqadi.
SHunday qilib, kommunikatsiyaumumiy sotsial nazariyaning yo‘nalishi sifatida sotsiologiyaning maxsus tarmog‘i bo‘lib, sotsiologik tadqiqotlar sohasida muayyan o‘rin tutadi. Kommunikatsiya sotsiologiyasining ob’ekti sifatida sotsial kommunikatsiya olinadi.
Sotsial kommunikatsiyaning keltirilgan ta’rifidan shunday xulosa qilish mumkin, kommunikatsiya sotsiologiyasining predmeti – turli sotsial guruhlar o‘zaro faoliyati jarayonidagi (mazmunli va baholashga doir axborotni uzatish va olish) muloqotining funksional xususiyatlaridan iborat.
Kommunikatsiya sotsiologiyasining sub’ektlari – inson, odamlar, odamlar guruhlari, tashkilotlar, jamiyat va sotsiumdir.
Sotsial kommunikatsiya o‘zining ro‘yobga chiqarilish jarayonida quyidagi to‘rt asosiy o‘zaro bog‘liq vazifani amalga oshiradi:
Integratsiya ayrim individlarni sotsial guruhlar va jamoalarga, ularni esa o‘z navbatida – jamiyatning yagona va yaxlit tizimiga aylantirish.
Jamiyat, uni tashkil etuvchi guruhlar, jamoalar, sotsial tashkilotlar va institutlarning ichki tabaqalashuvi (differensiatsiyasi).
Jamiyat va turli guruhlar, jamoalarning ular o‘zaro muloqoti va o‘zaro hamkorligi hamda ta’siri jarayonida bir-biridan ajralib, alohida bo‘lib qolishi, bu ular o‘ziga xos jihatlarni chuqurroq anglashi va ularga xos funksiyalarni samaraliroq bajarishiga olib keladi.
Boshqaruv qarorini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish uchun asoslar va asosiy komponentlarni yaratish.
Kommunikatsiya sotsiologiyasi, shuningdek sotsial kommunikatsiyadagi ahamiyatli toifalarni (sotsial maqom, sotsial tabaqalashuv (differensiatsiya), sotsial integratsiya, sotsial interferensiya, kommunikativ rol, kommunikativ soha, kommunikativ vaziyat, mazmunli axborot, baholash uchun axborot, qadriyatlar baholanishi, o‘z-o‘ziga baho berish va b.) va xususiy funksiyalar (kontakt o‘rnatuvchi, o‘z-o‘zini taqdim qilish, appelyativ, undovchi, ixtiyorini bildiruvchi, muvofiqlashtiruvchi, ritual, performativ va b.), kommunikatsiya darajalari (semiotik, lingvistik, metalingvistik, paralingvistik, sintetik va b.), kommunikativ tizimlar turlari (tabiiy, sun’iy va h.k.) ham o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari sotsial va kommunikativ omillarning kommunikatsiya tiplaridagi (shaxsning ichki, shaxslararo, guruhli, tashkilot, ommaviy va sh.k.) o‘zaro ta’sirlar tahlil qilib chiqiladi.
SHunday qilib, kommunikatsiya sotsiologiyasi sotsiologiyaning umumiy sotsial nazariyasi sifatidagi maxsus tarmog‘i bo‘lib, sotsial tadqiqotlar sohasida o‘z o‘rniga egadir.
Sotsial kommunikatsiyani anglashdan kelib chiqib, kommunikatsiya sotsiologiyasi sotsial kommunikatsiya nazariyasining tarkibiy qismlarini ajratib oladi va sotsiologik tahlildan o‘tkazadi, deb xulosa qilishimiz mumkin.
Birinchi navbatda sotsial kommunikatsiyaga tegishli atamalarni ko‘rib chiqamiz. «Kommunikatsiya sotsiologiyasi» va «sotsiokommunikatsiya» (sotsiologik kommunikatsiya) atamalarini tushunish, anglash o‘rtasida muayyan farq bor. Kommunikatsiya sotsiologiyasida asosiy diqqat uning sotsiologik tadqiqotlar doirasida, ana shu toifalarda o‘rganilishini nazarda tutib kommunikatsiyaning sotsial jihatiga qaratilsa, sotsiokommunikatsiyada diqqat kommunikatsiya, uning mexanizmi va qonuniyatlarining ko‘plab omillar qaratiladi. Ular orasida sotsial omillar bosh o‘rin tutadigan muloqot jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. O‘zaro qo‘shilib ketgan tadqiqot sohalari mazmunini interpretatsiya qilishda bir xillik va farqlanishlar bo‘lishi muqarrar. Til sotsiologiyasi, lingvistika sotsiologiyasi va sotsiolingvistikani, psixologiya sotsiologiyasi va sotsiopsixologiya tipini qiyoslab qo‘ramiz156.
Kommunikatsiya sotsiologiyasining o‘ziga xosligi nimalardan iborat? Zamonaviy jamiyatda kommunikatsiya muammosini yagona o‘zaro bog‘liq tizim deb qarash lozim bo‘lib, ularning asosiy terminologik komponentlari kommunikatsiya va sotsial kommunikatsiya hisoblanadilar.
Sotsial kommunikatsiyani o‘rganar ekanmiz, «muloqot», «kommunikatsiya» va «nutq faoliyati» tushunchalarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Ular ba’zan bir-birining o‘rniga ham qo‘llanib, ularni ifodalab kelgan so‘zlar esa ko‘pincha sinonimlar sifatida ishlatiladi; masalan «muloqot» va «kommunikatsiya».
«Muloqot» so‘zi ko‘p hollarda sof terminologik ma’nosi qo‘llanilmaydi. Balki fikr va axborot, hatto suhbatdoshlarning hissiy kechinmalari bilan almashinuv jarayonini belgilash maqsadida ishlatiladi. Sotsiologlar muloqotni, birinchi navbatda, odamlar faoliyatining sotsial shartlashgan turi deb qarasalar, tilshunoslar – til kommunikativ funksiyasining turli nutqiy vaziyatlarda dolzarblashuvini, psixologiyada esa muloqot odamlar orasidagi birgalikdagi faoliyat jarayonida axborot almashinuv maqsadidagi aloqalar o‘rnatish va ularni taraqqiy ettirish jarayonini anglatadi.
«Kommunikatsiya» atamasi, yuqorida aytilgani kabi kamida uch xil izohga ega: a) axborot vositasi; b) axborot uzatish; v) axborot yordamida ta’sir o‘tkazish.
Sotsiokommunikatsiya uchun atamaning har uch izohi ham muhim. Birinchisi mazmunni tabaqalashtirish (differensiatsiya) va tizimlashtirishga oid tuzilishi, vazifalari va samaradorligiga ko‘ra turlicha bo‘lgan kommunikativ vositalar bo‘lsa; ikkinchisi – shaxslararo kommunikatsiya muammolariga bog‘liq; uchinchisi – ommaviy kommunikatsiya muammolaridan kelib chiqadi. Kommunikatsiya individual va ijtimoiy jihatdan anglangan axborot o‘rtasida vositachi bo‘lib keladi. Uning eng katta muammosi axborot uzatish va idrok etishning individual jarayonini sotsial jihatdan ahamiyatli shaxsiy va ommaviy ta’sir ko‘rsatish jarayoniga o‘tkazish mexanizmidir. Bu mexanizm odamlarning nutq faoliyatidan joy olgan bo‘lib, u orqali sotsial shartlashilgan me’yorlar va muloqot qoidalari amalga oshiriladi.
Kommunikatsiya nazariyasining eng muhim funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradilar:
Bilish funksiyasi – tabiat va jamiyatdagi kommunikatsiya jarayonlari va mexanizmlarini ishlab chiqish va izohlashga, shuningdek uning har bir o‘ziga xos sohasining kommunikatsion jihatlarini aniqlashga qaratilgan.Ushbu funksiya quyidagi savollarga javob topadi:Kommunikativ reallikning o‘zi nima? U yoki bu kommunikativ hodisalar nima sabablar tufayli ro‘y beradi? Nima uchun ularga biror boshqa emas, balki aynan shu xususiyatlar xos?
Metodologik funksiya kommunikativ reallikni ilmiy bilish va o‘rganishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu funksiyani qo‘llash tabiat va jamiyatdagi kommunikativ hodisalarning nazariy va empirik tahlili davomida qo‘llanadigan umumiy ilmiy va xususiy ilmiy metod va uslublarga tayanadi.
Prognostik funksiya – jamiyatda ularning ehtimoliy oqibat va natijalarini aniqlash maqsadida sotsial kommunikatsiyaning rivojlanishi, kommunikativ jarayonlarni modellashtirish istiqbollarini belgilab olinishi, shuningdek ulardan kutilayotgan samara nuqtai nazaridan joriy qilinayotgan kommunikatsiyaning texnik tizimlarini ilmiy ekspertiza qilinishini ko‘zlaydi.
Amaliy (instrumental) funksiya – kommunikatsiya jarayonini optimallashtirish muammolarini hal qilish, kommunikatsiya jarayonining ob’ektiv va sub’ekti omillarini hisobga olish, sotsial jarayonlarni kommunikatsiya vositasida tashkil qilish va muvofiqlashtirish imkonini yaratadi. Sanab o‘tilgan funksiyalar kommunikatsiya nazariyasining ilmiy fan sifatidagi amaliy tusga ega ekanligini aks ettiradi.
Kommunikatsiya ko‘rinishlari – bu umumiy ma’noda odamlar orasidagi o‘zaro aloqa, hamkorlik jarayonlaridir. Kommunikatsiya mohiyati va uning turlari – inividlar o‘rtasida turli g‘oyalar, manfaatlar, tasavvurlar, his-tuyg‘ular, ko‘rsatmalar, verbal va noverbal yo‘l bilan almashinishning ko‘p qirrali jarayonidir.
Kommunikatsion harakat – kommunikatsiya ishtirokchilarini almashtirmay yuz beradigan, mazmun (ma’no) jihatidan o‘zaro faoliyat yuritishga doir tugallangan operatsiya. Kommunikatsiyaga kirishgan sub’ektlar uch maqsadni ko‘zlashlari mumkin: birinchidan, retsipient kommunikantdan o‘zi uchun qaysidir jozibador mazmun(ma’no)lar olishni istaydi; ikkinchidan, kommunikant retsipientga uning axloqiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qandaydir mazmun(ma’no)lar bildirishni istaydi; uchinchidan, kommunikant ham retsipient ham biron-bir mazmun, ma’no almashinish maqsadidagi o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor.
Ommaviy kommunikatsiyada ayniqsa OAV alohida o‘rin tutib, ular axborot uzatish va uni idrok etish usuliga ko‘ra vizual (davriy nashrlar), auditiv (radio) va auditiv-vizual (televidenie) bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning har bir sohasida kommunikatsiya usullari o‘xshash bo‘lib, tegishli axborotni uzatish va olish shakllari va metod xususiyatlariga ko‘ra farqlanadilar, xolos.
Bugungi kunda, ko‘pchilikning e’tirofiga ko‘ra, har qanday tashkilot (muassasa, korxona, firma) faoliyati muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aynan kommunikatsiyaga bog‘liq.U sotsial boshqarishning murakkab muammolaridan biridir. Aslini olganda bu jamiyatning yagona organizmi va uning har bir tashkiloti yoki institutining o‘ziga xos «qon tomiridir».
Kommunikatsiyalar insoniyat boshqaruv faoliyatining axborot bilan bog‘liq jarayonlarida bog‘lab turuvchi bo‘g‘inlar sifatida boshqaruvning zarur sharti bo‘lib keladilar. Kommunikatsiya jarayonida asosiysi – ikki va undan ortiq kishi o‘rtasida shunchaki axborot almashinuvi emas, balki axborot mazmuni, uning mohiyati bilan almashinishdir. Xabarlar ma’nosini to‘g‘ri uzatish uchun to‘siqlarni ko‘plab topish mumkin. Hatto shaxsiy muloqotda ham ochiq-oydin kommunikatsiya uchun turli to‘siqlar mavjud (idrok etish, e’tibordagi farq va h.k.). SHu sababli kommunikativ jarayonlarda insonning roli juda katta. R.Falmerning obrazli iborasiga ko‘ra, yaxshi kommunikatsiya, toza havo kabi, odatda o‘z-o‘zicha mavjud narsa sifatida qabul qilinib, faqat u yo‘qolganidan keyingina uning qadriga etamiz. Kommunikativ jarayonlar sifati, u xoh jamiyatda, xoh uning har bir sohasida bo‘lsin atrofdagi individlarning kommunikativ madaniyatiga bog‘liq.
Kommunikatsiya axborot bilan uzviy bog‘liq. Axborot uzatish uch xil kommunikativ shaklda amalga oshirilishi mumkin:
1. Monolog, unda muloqot tashkilotchisidan axborotni axborot oluvchiga bir tomonlama uzatish kabi kommunikativ harakatlar ustun bo‘ladi.
2. Dialog, unda muloqot sub’ektlari o‘zaro harakat qilib, har ikkisi ham faol bo‘ladi. Kommunikatsiyaning bunday shaklida axborot almashinuvi ro‘y beradi. Dialog shaklidagi kommunikatsiyada o‘zaro kelishilgan qarorlar ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi.
3. Polilog – ko‘p tomonlama muloqotni tashkillashtirish. Bunday kommunikatsiya kommunikativ tashabbusga ega bo‘lish uchun kurash ko‘rinishiga ega bo‘lib, uni maksimal darajada va samarali ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq.
Kommunikatsiya turlari kommunikantlar miqdoriga ko‘ra farqlanadi.Bu professional kommunikator uchun jiddiy ahamiyatli farq bo‘lib, chunki har bir holdagi ish texnologiyasi o‘z xususiyatiga ega (masalan, o‘zi bilanbo‘zi, bitta suhbatdosh yoki ko‘plab kishilar guruhi bilan so‘zlashishda hatto ovoz balandligi ham farq qiladi).
Intrapersonal kommunikatsiya – o‘zi bilan o‘zi so‘zlashish bo‘lib, inson o‘z ichki tovushi, vijdoni, “alter ego” bilan suhbati, monologini ham dialog ko‘rinishiga o‘tkazadi.
SHaxslararo kommunikatsiya – odatda, kommunikatsiyaning ideal modeli bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan birlamchi, unda ikki nafar kommunikant ishtirok etadi (biroq kuzatuvchi, qo‘shilgan kuzatuvchi va begona variantlari, mavjud guvohlar fonida kommunikatsiya, olomon ichidagi, restorandagi kabi variantlar ham mavjud).
Guruhlararo kommunikatsiya – turli aholi guruhlari yoki toifalariga oid kishilar bilan to‘liq determinatsiyalangan, shaxslararo o‘zaro aloqalari, hamkorligi va shaxsiy qarashlari, ustuvorliklariga bog‘liq bo‘lmagan kommunikatsiya (internetda “chatrooms” va “forums”, “messageboards”). Nisbatan kichik guruhda har bir ishtirokchi muloqotda ishtirok etish uchun tahminan teng imkoniyatga ega bo‘ladi. Ishtirokchilari soni 10-12 kishi atrofida bo‘lgan guruhlarda kishi muhokamaning barcha ishtirokchilari orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari aloqani amalga oshirish mumkin. Ana shuncha miqdorda talabasi bo‘lgan o‘quv auditoriyasida faol munozaralar, ma’ruza-suhbatlar o‘tkazilsa ham bo‘ladi. Bu erda bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) aloqa kanali shaxslararo kommunikatsiyaga nisbatan ko‘proq tuzilmalangan, biroq teskari aloqa xuddi shunday imkoniyatlarga ega157.
YAlpi (ommaviy) kommunikatsiya, agar xabarni manfaatlari va kommunikativ tajribasi turlicha bo‘lgan guruhlardan tashkil topgan ko‘p sonli odamlar olgan yoki ishlatgan taqdirda ro‘y beradi. Ommaviy, qisman guruhli kommunikatsiya darajasida paradoksal, g‘ayrioddiy hodisalar ro‘y beradi. Jo‘natuvchi alohida shaxs, oluvchi bo‘lib esa – guruh, jamoa, omma, partiya, xalq bo‘lishi mumkin. Xabar jo‘natuvchi ham kollegial (ko‘pchilik) bo‘ladi: bir kishi bilan firma, partiya, xalq so‘zlashadi.
1-jadval. Ommaviy va shaxslararo kommunikatsiya tavsiflari158
Do'stlaringiz bilan baham: |