Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Millatlararo munosabatlarda tolerantlik



Download 0,96 Mb.
bet32/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

6. Millatlararo munosabatlarda tolerantlik. Bardoshlilik yoki tolerantlik masalasi birinchi marta 1995 yil noyabr oyida YUNESKO da ilgari surilgan. Bu vaqtda 1995 yil 16 noyabr sanasi Halqaro tolerantlik kuni sifatida e’lon qilinib, tolerantlik Deklaratsiyasi tamoyillari qabul qilingan.
Tolerantliknimani anglatadi, uning mazmun – mohiyati nimada?
«Tolerantlik» atamasining o‘zi lotin tilidan «tolerantia» so‘zidan olingan bo‘lib, G‘arb adabiyotiga kirib kelgan va Uyg‘onish davrida faol tarzda qo‘llanila boshlagan, bu vaqtda ushbu atama asosan e’tiqodga nisbatan bardoshlilik ma’nosida qo‘llanilgan. Keyinchalik bu tushuncha umuman odamga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, boshqalar nuqtai nazarlari, begona urf – odatlarga hurmat bajo qilish ma’nosidla qo‘llanila boshlangan. Rus tilida lotin tilidan olingan «tolerantia» so‘zining analogi sifatida «bardosh» (terpenie), ingliz tilida unga ekvivadlent sifatida – «tolerance», «toleration» so‘zlari va mos ravishda «bardoshlilik» (terpimost) qo‘llaniladi. SHunga bog‘liq holatda, tolerantlik tushunchasi orqali begonalar nuqtai nazarlariga, e’tiqodi va hulq – atvoriga bardoshlilik, chidam aks ettiriladi.139
«Tolerantlik» tushunchasini turli xilda tavsiflash mavjud hisoblanadi. Ko‘pincha holatlarda ushbu tushuncha orqali «teng huquqlilik va o‘zaro kelishuv tamoyillariga intilish» tushiniladi.140
«Bardoshlilik» va «bardosh» tushunchalarining ijtimoiy mohiyatini o‘zaro farqlay bilish talab qilinadi. Bardosh – shaxsning psixologik his qilish darajasi, pag‘onasi hisoblanib, uning uchun yoqimsiz bo‘lgan guruhning ijtimoiy, ma’naviy va boshqa turlagi ta’siri ostida u o‘zining psixologik va o‘zini qo‘lga olib tura olish barqarorligini yo‘qotadi hamda aytish qiyin bo‘lgan hatti – harakatlarga moyil bo‘ladi.
Bardoshdan farqli ravishda bardoshlilik o‘z – o‘zini kamsitish belgilariga ega hisoblanmaydi, balki o‘ziga yoki boshqalarga nisbatan o‘zaro tenglikni his qilish, tan olishni anglatadi, ya’ni tomonlar o‘rtasidagi ijobiy o‘zaro munosabatlar konstruktiv asoslarda amalga oshiriladi.
Tolerantlik o‘z asoslariga ko‘ra o‘zining ichki chidamsizligini engib o‘tishni ifodalab beradi, u o‘z navbatida etnik xilma – xillikning mavjudligi asoslarini tashkil qiladi va yuzaga keluvchi millatlararo munosabatlardagi ziddiyatlarni o‘zaro muloqot, kompromiss, teng huquqlilik asosida hal qilishga qaratiladi.
Tolerantlikning jamiyatdagi roli va ahamiyati uning mazmun – mohiyatidan kelib chiqadi. Asosiy odamlar ommasining turli xil g‘oyaviy nazariyalarga, ahloqiy, diniy qarashlarga, madaniy hodisalarga, turli xil millatga mansub odamlarga bo‘lgan munosabatlari darajasi va yo‘nalishlari sezilarli darajada jamiyatdagi barqarorlikni aniqlab beradi, bu holat ijtimoiy va ma’naiy – ahloqiy taraqqiyotning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan sharoitlaridan biri hisoblanadi.
Alohida odamning tolerantlik darajasi ko‘p jihatdan uning shaxsiy sifatlariga, ma’naviy kamol topganligiga va madaniyatiga bog‘liq bo‘lib, uning boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Ko‘pgina ijtimoiy va siyosiy nazariyalarda jamiyatning tolerantlik darajasi jamiyatning ma’naviy – ahloqiy, ijtimoiy, davlatga oid bo‘lgan taraqqiyotining etakchi va ayrim holatlarda asosiy mezonlaridan birini tashkil qilishi keltiriladi.
O‘zbekistonda ko‘p millatli tarkibga ega aholi qayd qilingan bir sharoitda ayniqsa tolerantlik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu holat hozirgi kunda jamiyatda tolerantlikni yuqori darajada shakllantirish yuzasidan ko‘plab ijtimoiy va davlat miqyosidagi institutlar ish olib borishayotganligi bilan xam izohlaniladi.
Millatlararo va millatlarao munosabatlarda tolerantlikka erishish siyosati oldingi, eskirgan aqidalardan voz kechish va odamlar ongiga milliy mustaqillik, ma’naviy yangilanish tamoyillari va g‘oyalarini tadbiq etishga yo‘naltirilgan. O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari ko‘rsatishicha, odamlar tolerant hisoblanib, muloqotlarga kirishishga tayyorligi, hamma joyda shunchaki indeferentdan farqli ravishda ko‘proq narsaga qodirligi tasdiqlangan. O‘zbek millati vakillarining boshqa millatlar vakillariga nisbatan bag‘rikenglik, ochiq ko‘ngillik bilan munosabatda bo‘lishi so‘rovlarda ishtirok etgan tatar millatiga mansub repondentlarning 33,4% qismi tomonidan, shuningdek slavyan millati vakillari tomonidan 33,3% holatlarda tasdiqlangan. Bunda so‘rovlarda ishtirok etganlarning tatar millatiga mansub respondentlarning har uchinchisidan ko‘proq qismi (39,4%) va slavyanlar (31,2%) o‘zbek halqi vakillarining bag‘ri kengligi va uning ahloqiy sifatlarini jamiyatda millatlararo birdamlik va hamjihatlikni ta’minlashdagi ustuvor omil sifatida ta’kidlashadi. Umuman olganda, Evropaga oid millat vakillari tomonidan jamiyatimizdagi millatlararo va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro birdamlikning umuminsoniy omillari sifatida o‘zbek halqining bag‘ri kengligi, uning boshqa millat vakillariga, nisbatan ko‘ngli ochiqligi, diniy sabr – bardoshliligiga alohida e’tibor qaratiladi.141
Millatlararo tolerantlik hatti – harakatlarda o‘zligini namoyon qiladi, biroq ong sferasida shakllanadi va yakuniy holatda etnik identiklik bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Giperidentiklikning barcha turlari Millatlararo munosabatlarda akstolerantlik darajasini oshirishi qayd qilinadi. Ushbu asosda etnik o‘zlikning anglanishi giperbolizatsiyasi tolerantlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi va akstolerant qaror topishlarning nafaqat psixik doiralarda o‘sishiga olib keladi, balki uning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot sferalarida xam namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tolerantlik millatlararo, dinlararo o‘zaro hamjihatlik hisoblanib, barcha ijtimoiy, milliy guruhlarning manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishi sifatida aks etadi, asosiy – tub bo‘lmagan aholi vakillarining yangicha o‘zgaruvchan sharoitlarga ijtimoiy – psixologik jihatdan moslashishini, ijtimoiy va siyosiy identifikatsiyani ta’minlaydi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish