Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Etnos, millat sotsiologiya o‘rganish ob’ekti sifatida



Download 0,96 Mb.
bet30/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

4. Etnos, millat sotsiologiya o‘rganish ob’ekti sifatida.Zamonaviy dunyoda 200 ta atrofidagi mustaqil davlatlar mavjud hisoblanadi. Ushbu holatda dunyo miqyosida 3000 dan 5000 tagacha halqlar mavjudligi qayd qilingan. Ushbu holatdan kelib chiqqan tarzda, o‘z navbatida zamonaviy davlatlar ko‘p millatli davlatlar hisoblanadi. Ushbu nuqtai nazardan MDH xam bu holatdan mustasno emas. Ushbu davlatlarning ko‘p millatli halqlari o‘ziga xos rivojlanish bosqichidaligi qayd qilinadi. Ularning hohish – istaklariga bog‘liq holatda ular o‘zlarining «toza» holatdagi milliy aholi munosabatlari asosidagi o‘z davlatlarini tashkil qila olishi yoki ko‘p millatli davlat sifatida qolishi amalga oshadi.
Har qanday fan o‘zining asosiy tushunchalarinii aniqlashdan boshlanadi. Bu holat etnosotsiologiya fani uchun xam xos xususiyat hisoblanadi. Uning asosiy tushunchalari sifatida –«etnik guruh», «millat» tushunchalari ko‘rsatib o‘tiladi.
Oksford lug‘atida etnik guruh tushunchasi: - bunday bir odamlar, tili, ijtimoyi, madaniy yoki milliy tajriba sifatida, bir-biriga o‘hshashligi asosida belgilangan odamlar turkumi132” deb berelgan. Boshqa ijtimoyi guruhlar qaraganda, etnik guruh o‘zi yashab turgan jamiyat asoslangan irziy xolat xisoblanadi.
Etnik kelib chiqish, odamlar katta guruh bilan aniqlash (identifikatsiya) mumkin tomonidan muxim vositasi xisoblanadi. Antropologlar Frederik Bart va Erik Volf kabi ko‘plab sotsiologlar, etnik kimligini universal deb hisoblamidi. Ular etniklikni inson guruhlarga o‘ziga xos turbagi muxim sifatida emas, balki jamoa o‘zaro ta’sirlarning mahsuloti munosabati deb qaraydi133. Bunday jaroyonlar etnogenez degan o‘zini anglash (identifikatsiya) olib keladi.
Millatning shakllanishi va rivojlanishida asosiy rolni ijtimoiy – iqtisodiy omillar o‘ynaydi. Birinchi millatlar feodalizm tuzumining emirilishi va kapitalistik munosabatlar asosidagi davlatlar qaror topishi davrida yuzaga kelgan. Millatlar paydo bo‘lishining iqtisodiy asoslari ishlab chiqarish munosabatlarida xususiy mulk, feodal munosabatlarning emirilishi, alohida etnik birliklar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning mustaxkamlanishi, mahalliy bozorlarning birlashtirilishi va umummilliy ruh kasb etishi kabilar bilan bog‘liq hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda «millat» va «millatga mansublik» tushunchalari aniqlanishida eng avvalo ikkita ko‘rsatkich hisobga olinadi. Birinchidan, ma’lum bir ob’ektiv bir butunlikni tashkil qiluvchi (madaniy, hududiy, xo‘jalik) milliy – davlatchilik, madaniy atributlar ko‘rsatib o‘tiladi. Ikkinchidan, individlarning ijtimoiy identifikatsiyalanishi bo‘yicha, ularning qadriyatlarga nisbatan mo‘ljal olishlari bo‘yicha sub’ektiv ko‘rsatuvchi reaksiyalari hisobga olinadi. Boshqacha aytganda, har bir individ bir tomondan ob’ektiv holatda va ikkinchi tomondan sub’ektiv holatda milliy mansublikka egaligi qayd qilinadi, ongli ravishda u o‘zini u yoki bu jamiyatning, madaniyatning bir qismi sifatida tan oladi.134
Sotsiologik doiralarda millat tushunchasi haqida baxs – munozaralar keng ko‘lamda qayd qilinadi. «Millat» atamasini fuqorolik sifatida foydalanish tarafdorlari xam topiladi, biroq bunda ushbu atamaning oldingi ma’nosi chuqur emotsional va siyosiy huquqiy holatda aks etib, uni qaytadan o‘zgartirishlarni butunlay ta’qiqlab qo‘yish mumkin emas. SHu sababli, so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilgan sotsiologik tadqiqot ishlarida ilmiy doiralarda etnomadaniy birliklarni aniqlashda qo‘llaniluvchi qabul qilingan «etnik guruhlar» tushunchasi bilan birgalikda «etnomillat» yoki «milliy mansublik», «halq» tushunchalari ham ishlatiladi.
Millatning integral nazariyalari tarafdorlari hisoblashlaricha, barcha tarixiy paydo bo‘lgan holatlar va hozirgi kunda mavjud bo‘lgan millat nazariyalari barchasi bir tomonlama bo‘lib, haqiqiy mavjudlikdan alohidalanib qolgan. Integral nazariya tarafdorlaridan biri hisoblangan M.O.Mnatsakanyan tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, ushbu nazariya milliy birliklarning haqiqiy integral tabiati, uning substratga oid asoslari va xususiyatlarini adekvat tarzda aks ettirish sifatida yuzaga kelgan. Integral yondashuv nafaqat milliy hayot fenomenlarining shunchaki barcha xususiyatlarini, ularning bir butunligini qamrab olmasdan, balki bunda eng avvalo ichki integral milliy bog‘lanishlar, asosiy xususiyatlar sifatida odamlarni va avlodlarni bir butun jamoaviy birlik ko‘rinishida bog‘lashni amalga oshiruvchi jihatlarning hozirgi kunga qadar soyada qolib ketishlarni oydinlashtirib berishga harakat qiladi.135
Deyarli barcha tadqiqotchilar bir ovozdan millat – yangi davr hodisa ekanligini tasdiqlashadi. Biroq, ayrim mualliflar (B.Anderson) hisoblashlaricha, millat XVIII asrning oxirlarida yuzaga kelgan, boshqalar tomonidan esa (E.Gellner) bu tushunchaning burjuaziya rivojlanish davrida shakllanganligi qayd qilib o‘tiladi. Marksizm ta’limotida millatning shakllanishi feodalizm tuzumining emirilishi va milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida Evropa aholisi orasida tilga oid chegaralanishlar yuzaga kelishi, burjuaziya harakatlari boshlanishi bilan bog‘liqligi ta’kidlaniladi.
YUqorida keltirilgan yondashuvlardan farq qilib, etnologik yondashuvda asosiy etnik belgilar sifatida – original hulq – atvor stereotiplari, kelib chiqishning o‘ziga xosligi, o‘zlikni anglash va shu kabi bir qator holatlar ilgari suriladi.
Millat tugunchasini tavsiflashning qiyin jihati shu bilan bog‘liq hisoblanadiki, u bir qator mavjud va mavjud bo‘lmagan xususiyatlarni namoyon qilishi bilan birgalikda ular o‘rtasidagi o‘zaro farqlanishlar har doim ham yaqqol qaror topmaganligi kuzatiladi. Ushbu vaziyatdan millatning yuqorida keltirilgan hohlagan aniqlanishlaridagi shartlilik va chegaralanganlik holatlari kelib chiqadi.
SHuningdek, tasdiqlash mumkinki, millat – tarixiy hodisa hisoblanib, ma’lum bir aniqlikdagi integrativ omillar tizimi bilan aniqlanuvchi, uning milliy ongi va o‘zligini anglanishini shakllantiruvchi omillar bilan belgilanishi qayd qilinadi.
Millatni aniqlashda til, hudud, madaniyat, iqtisodiy hayot kabi belgilarning o‘zi kamlik qiladi. Bunda odamlarning jamoaviy identiklik xususiyatlari shakllanishi sharoitlari va omillari xam kam ahamiyatga ega emasligi qayd qilinadi. Millat – odamlar birligi bo‘lib, ularning o‘zligini anglash va psixologik jihatdan o‘xshashligini (identifikatsiya) sub’ektiv tarzda individual his qilishlari asosida yuzaga keladi. SHaxsning milliy identikligining qaror topishida aniqlovchi rolni madaniyat va jamoaviy psixologiya o‘ynaydi, bu holatda tarix va tarixiy xotira yig‘ilishi amalga oshadi, shuningdek milliy madaniyat, an’analar va urf – odatlar yig‘ilishi kuzatiladi.
Millatning nisbatan barqaror holatdagi aniqlanishida ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan foydalaniluvchi aniqlanish «Milliy munosabatlar» lug‘atida keltirilgan bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi: «Millat – etnos tipi bo‘lib, odamlarning tarixiy tarkib topuvchi ijtimoiy – iqtisodiy va ma’naviy birligi hisoblanadi. Millat hudud umumiyligi, iqtisodiy aloqalar birligi, psixologik yig‘ilmalar, madaniyat va o‘zlikni anglash birligi ko‘rinishi namoyon bo‘ladi».136
«Milliy mansublik» tushunchasi ushbu hodisaning keng ma’noda millat va boshqa etnomilliy birliklarni tavsiflashda qo‘llanilishini ifodalab beradi, tor ma’noda esa – milliy-o‘ziga xoslik (ya’ni, xususiy etnik) xususiyatlarni tavsiflashda foydalaniladi. Milliy mansublik so‘zi orqali odamning u yoki bu ijtimoiy – etnik birlikka: millat, halq, milliy yoki etnik guruhga tegishliligi ifodalanadi.
Millatning nisbatan muhim hisoblangan tavsiflari sifatida uning rivojlanish barqarorligi, chuqur tarixiy ildizlarga egaligi, til va madaniyatga egaligi, ijtimoiy hodisa sifatida takrorlanmas xossalarga egaligi kabilar ko‘rsatib o‘tiladi. Birorta boshqa ijtimoiy guruh bu ko‘rinishdagi odamlarning o‘zaro munosabatlarida avlodlar o‘rtasidagi qudratli uzatuvchi, g‘oyalar, an’analar, hulq – atvor usullari, qadriyatlar tashuvchisi sifatida o‘rin tutmaydi. P.A.Sorokin bildirgan fikrga ko‘ra, millat o‘ziga xos xususiyatlari bilan «alohida holatdagi kuchli sabab – mohiyat ko‘rinishida ko‘plab individlarga ta’siri bilan ajralib turadi, bu holat insoniyatning rivojlanishi va bir butun ijtimoiy – madaniy olam taraqqiyoti davomida amalga oshishi qayd qilinadi».
Millatga mansublik fuqoroning pasportida va boshqa xujjatlarida qayd qilinadi. Milliy mansublikning anglanishi shaxsiyatning o‘zi ijodiy iqtidorini ochib berishining qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi, bunda u o‘z halqning bir qismini anglashi orqali jamiyatning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishda g‘urur hissini his qiladi, bu holat shaxsni butun halq manfaatlari yo‘lida mehnat qilishiga chorlaydi.
Har bir millat uni tashkil qiluvchi odamlar o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalar va munosabatlar tizimi hisobiga mavjud hisoblanadi. Bu aloqalar va munosabatlar etnik rivojlanish jarayonida shakllanib, ushbu muhitda qabul qilingan an’analar va hulq – atvor me’yorlari bilan nazorat qilinadi va boshlang‘ich milliy madaniyat va til qaror topishi va rivojlanishi davomida takomillashib borishi qayd qilinadi.
Millatning mavjudligining asosiy belgilaridan biri – tarixiy xotira hisoblanib, u ajdodlarning madaniy merosi, halq tarixini, ma’naviy birlikni o‘zida aks ettiradi. U yoki bu millat vakili sifatida odam faqat o‘zining ajdodlari kimligi haqida bilimlarga ega bo‘lgan holatdagina o‘zligini to‘liq anglay oladi. Tarixiy xotira madaniy, diniy, xo‘jalik, davlatga oid uzatilishlar va merosda moddiylashadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish