Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi


Etnossiologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi



Download 0,96 Mb.
bet28/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

2. Etnossiologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi. Etnosotsiologiya nisbatan jamiyat hayotining murakkab sferasi – milliy munosabatlarni o‘rganadi. Bu munosabatlar turli xildagi etnik jamoatchilikning hayot faoliyati turli tomonlarini qamrab oladi. XX asr nafaqat krossmadaniy aloqalar kengayishi va Evropa birlashuvi bilan namoyon bo‘lishi kuzatiladi, balki ko‘p millatli davlatlarning parchalanishi, tajovuzkor millatchilik va etnik o‘zaro urushlar bilan ham tavsiflanadi, bu holatlar ko‘p jihatdan Er kurrasida insoniyatning yagona hamjihatligi haqidagi gumanistik xayoliy manzaraning naqadar muhimligini tasdiqladi. Hatto postindustrial jamiyatlarda ham etnik omillar nafaqat o‘z ahamiyatini yo‘qotishi, balki o‘z funksiyasi arealini kengaytirishi qayd qilinadi. Bu holatga Amerikalik sotsiolog Neyl Smelzer o‘z munosabatini bildirar ekan, quyidagi holatlarni qayd qiladi: “G‘arb dunyosi sotsiologiyasida F.Tyonnisdan tortib bizning davrimizgacha bo‘lgan vaqt davomida murakkab tarzda amalga oshuvchi, ratsional holatda maqsadga yo‘naltirilgan tashkillanishlarda azaliy (primordial)127 kuchlarning susayishi amalga oshishi haqida noto‘g‘ri fikrlar bildirilgan. Hozirgi kunda aynan ushbu azaliy kuchlar yana qaytadan o‘zini namoyon qilishi, hududiy, etnik va tilshunoslik, ijtimoiy harakatlar va bir butun holatdagi dunyo miqyosida kuzatiluvchi siyosiy kurashlarda aks etishi qayd qilinadi.”128
“Etnos” so‘ziilk bora qadimgi grek tilidagi manbalarda uchraydi. Taxminan miloddan avvalgi VI-V asrlarda bu so‘z kelib chiqishi grek bo‘lmagan urug‘ va qabilalarga nisbatan qo‘llanilgan. Aynan shu ma’noda mazkur ibora rim madaniyati va lotin tilida ishlatilgan.
XVIII asrning oxirlariga qadar etnos tushunchasi nihoyatda chegaralangan tarzda iste’molda bo‘ldi. Faqat XIX asrdan e’tiboran bu termin ilmiyadabiyotlarda “xalq” (“narod”) ma’nosida keng qo‘llanila boshlagan.
«Etnosotsiologiya» atamasi birinchi marta XX asrning 30-yillarida nemis olimi Rixard Turnvaldning «Kishilik jamiyati va uning etnosotsiologik asoslari» asarida keltirilgan. Biroq, Turnvaldning o‘zi etnosotsiologiya tushunchasining mazmunini etnologik va sotsiologik bilim sifatida tavsiflagan, bunda uning asosida ijtimoiylashish institutlari va primitiv jamiyatlarning integratsiyasi, etnoslar va millatlar birligi funsionalizmi o‘rganilishi amalga oshirilishi bo‘yicha ushbu tushunchaning empirik tavsiflanishini keltiradi. Hozirgi kunga qadar sotsiologiyaning ushbu yo‘nalishi etnosotsiologiya nomi bilan atalib kelinadi.129
Dastlabki etnosotsiologik tadqiqotlar sifatida Uilyam Tomas va Feliks Znanetskiyning hamkorligikdagi amalga oshirgan «Polshalik dehqon Evropada va Amerikada» nomli tadqiqot ishini ko‘rsatish mumkin, bu tadqiqot ishi Polshalik emigrantlarning AQSHdagi adaptatsiya masalalariga bag‘ishlanadi. Birinchi etnik guruh bir butun holatda emas, balki qismlar bo‘yicha Polshalik polyaklar va Amerikada istiqomat qiluvchi polyaklar ko‘rinishida tavsiflanadi.
SHaxsiy hujjatlarni (xatlar, tarjimai hol, kundaliklar, esdaliklar va boshq.) tahlil qilish usuli F.Znanetskiy tomonidan bildirilgan fikrga ko‘ra, respondentlarning sub’ektiv bildirgan fikrlarini hisobga olgan holatda ob’ektiv xulosalarga kelish imkonini beradi. Xolis tarzdagi tadqiqotlarda sotsiologlar tomonidan shaxsiy hujjatlar bilan birgalikda va rasmiy hujjatlarga (emigrant gazetalari va cherkovlarga kelib – ketishlar ro‘yxati, sud ishlari) murojaat qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.130
Mamlakatimizda etnik sotsiologiya yo‘nalishining rivojlanishi etnik o‘zaro munosabatlarni o‘rganish va etnosotsiologiyaning alohida ilmiy yo‘nalish sifatida qaror topishidagi bu munosabatlarning rolini oydinlashtirish, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va etnologiya fanlari «kesishish» nuqtasida bu yo‘nalishning shakllanishi bilan ifodalanadi.
XX asrning 90-yillaridan boshlabetnosotsiologik fikrlar o‘z rivojlanishida yangicha impuls olishi kuzatiladi.Ko‘p yillardan keyin jamiyatshunoslik fanlaridagi «turg‘unlik» holati kuzatilishdan so‘ngra bu sohada yangi vaziyatga adekvat tarzda javob reaksiyasi yuzaga kelishi kuzatiladi, mavjud haqiqiy millatlararo munosabatlarda ob’ektiv manzara qayd qilinadi, millatlararo, hududiy va global miqyosdagi munosabatlar tahlil qilinishida yangicha tendensiyalar kuzatila boshlangan.
Islohotlar yo‘liga o‘tish orqali bizning jamiyatimiz o‘ziga xos yangi jarayonlar ustida bosh qotira boshlangan. Qisqa muddatlarda jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan o‘zgartira olish kuchiga ega bo‘lgan isloxotlarning o‘zi ham millatlararo munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bunda ziddiyatli potensial yuzaga kelishi, ma’lum bir kuchlarning mavjudligi – ijtimoiy bosim ostidagi kuch manbalari yuzaga kelishi qayd qilinadi, biroq O‘zbekiston halqlarining etnik yadrosini mustaxkamlash jarayonlari pozitiv tarzda ifodalanib, milliy o‘zlikni anglash, madaniyat va til va boshqa sohalarda barqaror rivojlanish yo‘lga qo‘yilishiga erishilgan.
Hozirgi kundagi O‘zbekistonda hukm surayotgan ijtimoiy – siyosiy vaziyatda etnosotsiologik masalalarning o‘rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan bunda millatlararo munosabatlarning o‘rganilishi alohida o‘rin tutadi. Bu holat O‘zbekiston jamiyatida konsolidatsiya jarayonlarining chuqurlashishi va uning integratsiya yangi bosqichga ko‘tarilishi bilan bog‘liq hisoblanadi, masalan bunda bir butunlikdagi jamoatchilik fikri shakllanishi, umumiy fuqorolik mentaliteti shakllanishi qayd qilinadi. Biroq, ketma – ketlik sifatida, bosqichli tarzda amalga oshiriluvchi vazifalarda etnik jamiyatlar haqidagi va ularning bir butun ijtimoiy struktura ko‘rinishida integratsiyasi bo‘yicha tegishli bilim darajasida etishmovchilik mavjudligi kuzatiladi. Milliy o‘zlikni anglashning o‘ziga xosligi va aniq shakllari haqida, uning strukturasi, holati, dinamikasi, uning rivojlanishini stimullovchi va tormozlovchi omillar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Sotsiologlar tomonidan O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi halqlarning milliy o‘zligini anglash xususiyatini o‘rganish, etnik o‘zaro munosabatlar shakllari va usullari, kommunikatsiyalar, ehtimolligi mavjud bo‘lgan etnik ziddiyatlar sabablari va ularning regulyasiya qilinishi tamoyillarini o‘rganish masalalari etarlicha darajada dolzarb hisoblanadi. Etnosotsiologiyaning asosiy tarkibini tashkil qiluvchi ushbu masalalarning o‘rganilishi umummilliy, umumdavlat miqyosida shaxsiyatning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi masalalarini hal qilishning amaliy talablari chuqurligi bilan ifodalanadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish