Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munasabatlarfakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 0,96 Mb.
bet37/66
Sana15.11.2022
Hajmi0,96 Mb.
#866604
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
c6b274949fbb459d131b050c320dad42 ижтимоий иш соц. маж 1-курс Word

2-jadval. Lassuell formulasi

Kim?

Nimani xabar qildi?

Qaysi kanal bo‘ylab?

Kimga?

Qanday samara bilan?

Kommunikator

Xabar

Kanal

Xabar oluvchi

Samara

Boshqaruv tahlili

Mazmun tahlili

Vosita va kanallari tahlili

Auditoriya tahlili

Natijalar tahlili

Lassuellning «kommunikativformulasi» bir vaqtning o‘zida kommunikatsiya jarayonini o‘rganish modeli, shu bilan birga kommunikativkeng ko‘lamli harakat rejasi ham bo‘lib, uning ijobiy jihati ham ana shunda. Kommunikator va retsipient o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik kanalini qo‘llash unga qabul qilingan signal to‘g‘risida ortga qaytarib xabar yo‘llash, bildirish imkonini beradi. Zarur hollarda axborot oluvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra xabar uzatib, bu bilan kommunikatsiya ob’ektidan uning faol sub’ektiga aylanishi ham mumkin. Bu kabi vaziyatda harakat o‘zaro birgalikdagi harakatga aylanib, bunday bir pog‘onali kommunikatsiya birgalikdagi faoliyat deb qaraladi.


Bu model kommunikatsiyani uning doirasida jo‘natuvchi g‘oyalari va sezgilarini ma’lum xabar turi sifatida kodlashtiradigan va so‘ng uni biron-bir kanal (nutq, xat orqali xabar va sh.k.) yordamida oluvchiga jo‘natadigan harakat, deb qaraydi. Agar xabar turli-tuman “shovqin” yoki to‘siqlarni engib o‘tib, oluvchiga borib etgan bo‘lsa, bu holda kommunikatsiya muvaffaqiyatli, deb topiladi.
Ushbu model kommunikatsiya jarayonidagi ba’zi muhim jihatlarga diqqatni tortadi. Bu xabar olingan kanalning xabar oluvchi reaksiyasiga ko‘rsatadigan ta’siridir. Misol uchun, yuzma-yuz uchrashib qilingan muhabbat izhori xat orqali o‘qilgan yoki telefondan bildirilgan sevgi e’tirofiga nisbatan butunlay boshqacha qabul qilinadi. Ushbu modelning kamchiliklaridan biri shuki, u kommunikatsiyani bir tomonlama yo‘llangan ya’ni, jo‘natuvchidan oluvchiga tomon boradigan jarayon deb qaraydi. SHu sababli model yozma kommunikatsiyani bayon etish, xabar oluvchi ta’sir ob’ekti sifatida ko‘riladigan ommaviy axborot vositalari ta’sirini ko‘rsatishda ish berishi mumkin.
Ommaviy kommunikatsiya vositalarining xabarlari barcha retsipientlar tomonidan bir xil qabul qilinib, ularda zudlik bilan ma’lum, kutilgan reaksiyani keltirib chiqaradi, degan ishonch Lassuell konsepsiyasini «sehrli o‘q nazariyasi» deb nomlanishiga sabab bo‘ldi. CHunki, unga ko‘ra kommunikatsiya kommunikator miyasidan retsipient miyasiga yo‘llaydigan sehrli o‘q singari kishining g‘oyalari, sezgilari va muhimi keyingi harakatlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan motivatsiyasini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Ta’sir yo‘llangan shaxs kommunikativ aktning passiv va himoyasiz ishtirokchisi bo‘lib, uni «elektr chiroq kabi» yoqadilar165.
SHennon-Uiver modeliavvalgisining grafik tasviridan boshqa narsa emas. Uni telefon aloqasiga o‘xshatish mumkin. Faraz qiling, turli mamlakatlarda yashaydigan, har xil tilda so‘zlashadigan va o‘z abonentining tilini yaxshi tushunmaydigan ikki kishi telefon orqali so‘zlashishga majbur. Bunda suhbat vaqti cheklangan, telefon aloqasi esa barqaror emas. K. SHennon va U. Uiver o‘zlari ishlab chiqqan aloqa (kommunikatsiya) ning matematik nazariyasida modellashtirishga harakat qilgan vaziyat ana shunday.
Ushbu modelda manbalar; qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxs (xabar uzatayapti); xabar – uzatilayotgan axborot; telefonli uzatgich – tovush to‘lqinlarini elektr impulslariga aylantiradigan kodlashtiruvchi qurilma; telefon simi – kanal; telefon apparati (ikkinchi apparat) – elektr impulslarini qaytib tovush to‘lqinlariga aylantiradigan dekoder; qabul qiluvchi – xabar yo‘llangan odam. Bunda suhbat aloqa liniyasida yuzaga keladigan doimiy to‘siqlar (shovqinlar) bilan birga kuzatilishi mumkin; kanalning chastotalar diapazoni cheklangan bo‘lishi, abonentlar bir-birini yaxshi tushunmasligi ham mumkin. Bu vaziyatda ular aloqa liniyasidan uzatiladigan axborot hajmini ko‘paytirishga intilishlari tayin. Telegraf va radiotizimlar orqali ham aloqa shu tarzda amalga oshiriladi. Ulardan foydalanishda ham shuningdek texnik ma’noda buzilish yoki xalaqitlar deb qabul qilinadigan, uzatish uchun mo‘ljallangan foydali signaldan farq qiladigan «shovqinlar» paydo bo‘ladilar. Kommunikatsiyaning matematik nazariyasi dastlab shovqinlarni manba tomonidan uzatilayotgan foydali axborotni ajratib olish maqsadida ishlab chiqilgan edi.
SHennon fikriga ko‘ra, shovqinlarni engib o‘tish, yo‘qotish signallar ortiqchaliligidan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin. Ortiqchalilik tushunchasi kommunikativ omadsizlikning oldini olish maqsadida xabar elementlarini takrorlashdan iborat. Matndagi so‘zlarning yarmini yopib qo‘ysa yoki radio orqali chiqishda so‘zlarning yarmini o‘chirib tashlasa ham bu matnni tushunish mumkin bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yo‘l qo‘yiladigan shovqin me’yori, chegarasi mavjud bo‘lib, undan tashqarida tushunish imkoniyati keskin pasayib ketadi.
Ushbu modelning ijobiy jihati shu bilan bog‘liqki, u paydo bo‘lishi bilan uzatilayotgan axborot tezligi va miqdori to‘g‘risidagi tasavvur ham yuzaga keldi. Biroq SHennon-Uiver modeli qator cheklovlarga ham ega: u mexanistik – asosan kommunikatsiyaning texnik usullarini aks ettiradi; inson unga faqat axborot «manbai» yoki «qabul qiluvchisi» sifatida qo‘shiladi; u uzatilayotgan axborot mohiyati, mazmunidan uzoqlashib, faqat uning miqdoriga e’tibor qaratadi; mazkur modelda kommunikativ jarayon chiziqli, bir tomonlama yo‘llangan xarakterga ega bo‘lib, teskari aloqa mavjud emas.
Ikki pog‘onali kommunikatsiya modeliP. Lazersfeld, B. Berelson va G. Gode tomonidan ommaviy kommunikatsiyalarni tadqiq etishda ishlab chiqildi. Ular quyidagi anchagina qiziq qonuniyatga e’tibor qaratdilar: aholi e’tiboriga OAV orqali etkaziladigan axborot ta’siri ma’lum vaqt o‘tishi bilan susaymay, aksincha, kuchayib borar ekan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, matbuot, televidenie va radio orqali uzatiladigan axborot ommaviy auditoriya tomonidan bevosita va zudlik bilan emas, balki ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng, «fikr etakchilari» ta’sirida o‘zlashtirib olinar ekan. Aniqlangan bu hodisa ommaviy matbuot faoliyatini ancha engillashtirib, bir vaqtning o‘zida ular ishi unumdorligini yuksaltirgan.
SHunday qilib, ommaviy kommunikatsiya jarayonlariga izoh berish uchun etarli emas deb topilgan axborot «in’eksiyasi»ning bir pog‘onali modeli o‘rniga ikki pog‘onali oqim modeli ishlab chiqildi. Ushbu modelga muvofiq, ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqtilayotgan axborot maqsadli auditoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki ikki bosqichda etib boradi.Birinchi bosqichda uzatiladigan axborot formal kommunikatsiya kanallari – ommaviy matbuot vositalari orqali mavqeli va faol alohida toifa shaxslari –«fikr etakchilariga» etib boradi. Ikkinchi pog‘onada ana shu etakchilar xabarni o‘z guruhi a’zolari bilan bevosita aloqa bog‘lash, ya’ni shaxslararo muloqot vositasida uzatadilar.
Amaliyot ko‘rsatishicha, hatto axborot guruhning bevosita oddiy a’zolariga kelib tushganida ham, ularning izohini, fikrini, bahosini bilish uchun o‘z etakchilariga murojaat qiladilar. SHuningdek etakchilarning kommunikatsiya jarayoni davomida o‘ziga xos «filtr» vazifasini o‘tash vazifasi xususida ham so‘z yuritish mumkin.
Bir pog‘onali model ommaviy kommunikativ faoliyat aktining bosh daqiqalarini belgilab, aynan shu sababli u hozirga qadar ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi turli nazariy tadqiqotlar, tuzilmalar asosi bo‘lib keladi. CHunki unda istalgan sotsial harakat asosiy tarkibiy qismlari: sub’ekt, ob’ekt va faoliyati vositasi belgilab berilgan, deb xulosa chiqarish ham mumkin.
Ikki pog‘onali model qisman bir pog‘onali model asosida qurilgan. Biroq e’tibor, kommunikativ aktning asosiy momentlariga emas, balki «fikr etakchilari» orqali auditoriyaga samarali ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan. Bu model nisbatan murakkab bo‘lib, chunki u ikki pog‘ona yoki to‘lqiniga ega. Unda guruhning nufuzli a’zolarini topish va ajratib olish muhim o‘rin tutib, ular, o‘z navbatida, axborotni kerakli auditoriya e’tiboriga etkazadi. Bundan tashqari, ushbu modelda odamlarning axborotni psixologik idrok etish xususiyatlari turlicha ekanligi hamda ularning barchasi ana shu idrok etishga ko‘maklashadigan, u yoki bu darajada natijaga ta’sir ko‘rsatadigan turlicha sharoitlarda ekanliklari hisobga olinadi166.
E.Rodjersning diffuz modeliga ko‘ra, ommaviy kommunikatsiya tizimida bir yo‘la barchaga ta’sir ko‘rsatish zarurati yo‘q. Birinchi navbatda, besh foiz aholini ishontirish muhim. Tashviq qilinayotgan g‘oya aholining beshdan bir qismi ongini egallab ulgurganidan so‘ng bu yog‘iga u hajmiy sotsialtuzilma darajalari bo‘ylab o‘z holicha «oqib tarqaladi» va uni to‘xtatishning iloji bo‘lmay qoladi. Har qanday yangi g‘oya olti bosqichdan o‘tadi: e’tibor, qiziqish, baholash, qabul qilish, tasdiqlash. E.Rodjers retsipientlarni innovatsiyalarni qabul qilish darajasiga ko‘ra besh tipga ajratadi: innovatorlar; erta (dastlabki) qabul qiluvchilar; erta (dastlabki) ko‘pchilik; kech ko‘pchilik; kech qabul qiluvchilar.
YAngi g‘oyalarni zudlik bilan ilib olishga qodir bo‘lgan «innovatorlar» 2,5 % ni tashkil etadilar. Aksariyat fikr etakchilari aholining 13,5% qismini tashkil etgan erta qabul qiluvchilardan shakllanadilar. Biron-bir qaror qabul qilishda ko‘pincha ana shu toifaga tegishli odamlar bilan maslahatlashadilar. Dastlabki ko‘pchilik, aholining 34% ini o‘z ichiga olgan bo‘lib, yangi g‘oyalarni o‘rtacha statistik fuqarosiga nisbatan biroz ertaroq qabul qiladi. Faqat o‘rtacha statistik fuqaro yangi g‘oyani tan olib, qabul qilganidan so‘ng, kech qabul qiluvchilarni tashkil etgan 34 % skeptiklar ham uni e’tirof etadilar. Nihoyat, aholining 16% (kech qabul qiluvchilar) yangi g‘oyalarga shubha bilan qaraydilar167.
Ommaviy kommunikatsiya quyidagilar bilan tavsiflanadi: birinchidan, auditoriyasining tarqoqligi; ikkinchidan, keng ko‘lamli, texnik vositalar yordamida amalga oshiriladigan kommunikativ jarayonlari mavjudligi; uchinchidan, axborotning bir vaqtning o‘zida turli kanallar bo‘ylab uzatilishi; to‘rtinchidan, axborotning barcha istaganlar olishi mumkinligi.
Ommaviy kommunikatsiya alohida texnik kanallar vositasida ishlatilib, ular texnologik jihatdan murakkab, xabarlarni «qabul qiluvchilarga» (auditoriyaga) etkazib beradigan tizimlardan iborat bo‘ladilar. Bu kanallar quyidagilardan iborat:

  • matbuot (noshirlik matnlarini ko‘paytirish va tarqatish tizimi);

    • kinematograf (tasmaga tushirilgan audiovizual asarlar yaratish va ko‘paytirish tizimi, proeksion qurilmalar va ommaviy tarqatish va jamoaviy iste’mol uchun mo‘ljallangan kinozallar tarmog‘i);

    • radio va televidenie – audiovizual xabarlarni tarqatish uchun mo‘ljallangan tarqatish stansiyalari va qabul qiluvchi qurilmalar;

    • shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovush va videoyozuvlar sanoati (fizik tashuvchilardagi audiokontentni ishlab chiqarish va tarqatish tizimi (gramplastinkalar, magnit tasmalari/kassetalar, SD-disklar, DVD va sh.k.));

  • Internet – butunjahon (global) kompyuter tarmog‘i (multimedia).




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish