20-rasm
Yelkadan oshirib tashlash
Raqib oldinga enkaygan yoki kurashchiga qarab harakatlangan paytda bu usulni bajarish qulaydir (21-rasm).
DH - kurashchining olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap yoki o‘ng yeng va yoqa qaytarmasidan.
chap oyoq bilan raqibga yarim qadam yaqinlashish va tovonini ichkariga burish.
3- raqibni siltab oldinga tortib, muvozanatini chap oyog‘i uchiga keltirish, bir paytning o‘zida chap oyoqda aylanib, raqib gavdasi ostiga bir oz o‘tirish.
raqibni oldinga tortishni davom ettirib, gavda ostida cho‘nqayish.
6- oldinga egilgan holda va qo‘llar bilan raqibni yoniga va ostiga burab, uni yelkasi bilan gilamga uloqtirish.
21-rasm
22-rasm).'>Ikki yengidan ushlagan holda yelkadan oshirib uloqtirish
Raqib tik turib ikki qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni bajarish qulay (22-rasm).
DH - raqibning olishuvini boshlash holati. Ushlashlar raqibning chap yoki o‘ng yenglaridan.
raqib tomonga o‘ng oyoq bilan bir qadam qo‘yish.
3-4- o‘ng oyoq ustidan o‘ng tomonga buralib, o‘ng qo‘lini siltab yuqoriga - oldinga ko‘tarib, raqib gavdasi ostiga tizzalari bukilgan holda tos bilan kirib yaqinlashib kelish.
5-6- qo‘llar bilan oldinga - yuqoriga tortishni davom ettirib, gavda bilan oldinga enkayib, tizzalar birdaniga to‘g‘rilanib, tos bilan gilamga uloqtiriladi.
22-rasm
Qarama - qarshi ushlash bilan orqadan oshirib tashlash
Do'stlaringiz bilan baham: |