Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti



Download 357,08 Kb.
bet6/39
Sana10.05.2022
Hajmi357,08 Kb.
#601809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
DISSERTATSIYA D.Gafurova 05 2021

26 yoshida Mariya Montessori Italiyada birinchi ayol shifokorga aylandi. Rim Universiteti Psixiatriya klinikasida dotsent lavozimida ishladi.
Shaxsiy tragediya: 1896-yilda Santi de Santes homiyligida Rim Universiteti klinikasida yordamchi bo'lib ishlay boshladi. U yerda u sevgilisi Juzeppe Montesanoni uchratib, unga ko`ngil qo`ydi, lekin u hissiyotlar va ilm-fan o'rtasida qiyin tanlov ichida qolgan edi. Mariya ilm – fanni tanladi. 1898–yilda u homilador ekanligini tushunib yetgach, katolik dunyosining hukmidan qo'rqib, bolasi tug'ilganidan so'ng, Rim yaqinidagi bir qishloqqa internat maktabiga jo'natishga qaror qildi. Farq shundaki, bola oila a'zolari bilan birga yashagan. Mariya dam olish kunlarida o'g'li bilan ko'proq vaqt o'tkazardi. Montessori o'g'lini jamiyatga faqat 15 yoshligida tanishtirdi. Uning o`g`li Mario butun umri davomida onasini qo'llab-quvvatladi , uning o'rnini egalladi va o'limidan so'ng M. Montessori pedagogik uslubiga ulkan hissa qo'shdi.
Montessori o'z mamlakati tarixida birinchi ayol –doktor bo'lgan. Mariya ishlayotgan klinikasida har kuni aqliy imkoniyati cheklangan bolalarni ko`rib, o`rganib, shunday hayratlanarli xulosaga keldi.
Aqlan zaif bolalarning muammolari Medikal emas, balki pedagogik muammodir. Ular shifoxonada emas, balki maktabda hal qilinishi kerak. Shundan Mariyaning taqdirida keskin burilish bo`ldi.
1900-yilda Doktor Montessori “Ortopediya” maktabi direktori bo`lib, u yerda rivojlanishdan ortda qolgan bolalarni davoladi. Ushbu maktabda birinchi marta Mariya nogiron bolalar uchun maxsus rivojlanish muhitini yaratishga harakat qildi. Maktab ochilgandan uch oy o'tgach, tekshiruvdan shikoyat qilgan komissiya ajoyib natijalarga erishgan natijalarni tan oldi.
Bir yil davomida bunday bolalar o`qish, yozish va sog`lom tengdoshlari bilan birga imtihon topshirishni o`rgandi.
1904 yilda Mariya Rim Universitetining antropologiya bo'limiga rahbarlik qildi va antropologik tadqiqotlar olib bordi. Uning Maktabgacha ta`lim tizimiga kiritgan eng ilg'or g'oyalaridan biri:
“Oylik antropometrik o'lchovlar”ning kiritilishidir.
Aynan shu yilda hozirgi kunda mashhur bo`lgan Montessori didaktik materiallarini ishlab chiqdi. Bolalarga o`qish va yozishni yangi usullarini yaratdi, o'z pedagogika asoslarini shakllantirdi.
1907 yil 06 yanvarda Italiyaning San Lorenzo shaxrida yangi maktab ochdi va uni “Casa dei Bambini” ya`ni “Bolalar uyi” deb nomladi. Bu ish Montessori pedagogik tizimining printsiplariga muvofiq qurildi.
Bu maktabida Mariya o`zining ilk kuzatishlari va eksperimentlari natijalarini amalda qo`llash imkoniyatini qo`lga kiritdi, natijalari to`g`riligini tekshirdi.
1908-yilda ikkinchi Montessori maktabi ochiladi. Montessori uslubi butun dunyo bo'ylab o'zining zafarli yurishini boshlaydi.
1909 yilga kelib, Mariya tomonidan amalga oshirilgan tajribalar muvaffaqiyatli bo`ldi. U pedagogika sohasida ham yutuqlarga erishdi. Qisqa vaqt ichida Mariya Montessori uslubi butun dunyoga tarqaldi.
1910 yilda “Montessori metodi” nomli kitobi chiqdi va u darhol dunyoning 20 tiliga tarjima qilindi.
1929 yilda Amsterdam (Gollandiya)da Xalqaro Montessori Jamiyati AMI (Assotsiatsiya Montessori International) M. Montessori va uning o'g'li Mario tomonidan tashkil etildi. (Montessori o`qituvchilarining malakasini oshirish kurslarini nazorat qiladi, trenerlarini tayyorlaydi). Mariyaning o`limidan so`ng 1952 yildan boshlab AMI - Xalqaro Montessori Assotsiatsiyasiga uning o'g'li Mario boshchilik qilmoqda. Kollejning ochilish marosimida Mariya Montessori siyosatga qiziqmasligini aytdi va uning asosiy maqsadi bolalarning erkin taraqqiyoti va tarbiyasi uchun sharoit yaratish edi. Biroq, siyosat yaqinda Montessori maktablariga ta'sir o'tkaza boshladi. Ispaniyada va Rossiyada Montessori bolalar bog'chalari taqiqlandi va yopildi, fashistlarning Germaniyadagi va Italiyadagi harbiy sotsialistlar mag'lubiyatga uchradi. Quvg'inlardan qochgan Mariya Montessori birinchi bo'lib Ispaniyaga, undan keyin Gollandiyaga, 1936 yilda esa Hindistonga ketdi. Mariya Montessori urushdan keyin 76 yoshida Evropaga qaytib keldi. 50-yillarning boshlarida u o'zining asosiy asarlarini yozadi, juda ko'p ishlarni amalga oshiradi, o'quv kurslarini olib boradi.
1950 yilda Mariya Montessori Amsterdam Universitetida professor, doktorlik sharafiga sazovor bo'ldi. U ikki marotaba Nobel mukofoti uchun nomzodlik qildi.
1951 yili Londonda 9-Xalqaro Montessori Kongressi bo'lib o'tdi. Mariya Montessori Avstriyaning İnsbruk shahrida 81 yoshida o'zining so'nggi treningini o'tkazdi.
1952 yil 6-may kuni u yo'qoldi. U Gollandiyaning Nordvig shahrida, Amsterdam yaqinida vafot etib, kichik katolik qabristonida dafn etildi.
1960 yilda Amerikaning Grinvich shahrida AMS (Amerika Montessori Jamiyati) tashkil etildi. Amerika Montessori Jamiyati - dunyoda Montessori ta'limini targ'ib qiluvchi yirik tashkilot. AMS Montessori ta'limini akkreditatsiya qilish uchun o'z standartlari va mezonlariga ega. Montessoridagi AMS yondashuvi Montessori tizimining bugungi haqiqatlarga, bolalarning turli fikrlariga moslashishi bilan ajralib turadi va zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishini hisobga oladi. 1982 yil fevral oyidan Mariya Montessorining nabirasi Renilde Montessori AMI prezidentiga aylandi. Ayni paytda u AMIga rahbarlik qiladi.
Dunyoda bir necha ming Montessori maktablari bor. Gollandiyada 200 dan ortiq Montessori maktabi mavjud. Hindistondagi Montessori maktablaridan biri “City - Montessori” 2013 yilda dunyodagi eng yirik maktab deb tan olindi va “Ginnes” rekordlar kitobiga kiritildi. Bugungi kunda ushbu maktabda 47 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Mariya Montessori o`z hayotini bolaning huquqlari uchun cheksiz kurashda o`tkazdi. Mariya ayollar huquqlarini himoya qilish uchun faol kurash olib bordi. U Berlindagi Xalqaro xotin-qizlar konferensiyasiga delegat etib saylandi.
1988 yilda YUNESKO Mariya Montessorining butun dunyoda e'tirof etilishi, va uni XX asrda o`z pedagogik uslubiga ega bo`lgan to'rtta o'qituvchidan biri deb qaror qabul qildi. To`rtta o`qituvchilar: ular Jon Dyui, Jorj Kershensteiner, Anton Makarenko va Mariya Montessori. Uning xizmatlari uchun uning portreti evro evaziga muomaladan chiqib ketgan 1000 italyan lirasining banknotiga qo'yildi.
Montessori maktabining bitiruvchilari qatorida taniqli shaxslar:
Sergey Brin va Larri Peyj (Google asoschilari),
Jimmi Uels (Vikipediya asoschisi),
The Washington Post nashriyot uyining egasi (Amazon asoschisi) Jeff Bezos.
Buyuk Britaniya knyazlari (qirollik oilasi a'zolari) Uilyam va Genrix,
“Yuz yillik yolg'izlik” romani muallifi, adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsiya Markes Mariya Montessori usuli bo'yicha o'qitilgan.



Download 357,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish