Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet61/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Qadimgi Rumo. Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Plotin, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mutafakkirlari davom ettirdilar. Ularning ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz.
Tit Lukretsiy Kar (lotincha Titus Lukretsius Karus, miloddan avvalgi 99-44 yillar) Epikur axloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida mashhur. U “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yuritadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Aynan o‘limdan qo‘rqish, faylasufning fikriga ko‘ra, xilma-xil jinoyatlarni tug‘diradi: qaroqchilik, qotillik, qarindoshlarga nafrat, o‘zidan oqilroq va badavlatroq odamlarga hasad kabi illatlar zamirida o‘limdan qo‘rquv hissi yotadi. Aslida o‘lim tabiiy holat, insonga qo‘rquv solish kerak emas. Gap shundaki, qo‘rquv o‘rnini aql egallasa, iztiroblarga o‘rin qolmaydi, o‘lim dahshati ham yo‘qoladi. Har bir odam insonga xos ulug‘vorlik bilan yashashi, lazzatdan o‘zini olib qochmasligi, tabiatga norozilik bildirmasdan hayot kechirishi kerak. O‘lim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rquvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql-idrok va his-tuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (lotincha Lutsius Anneus Seneka, miloddan avvalgi 5-milodiy 65-yillar) ham yozuvchi, ham axloqshunos-faylasuf. Uning “G‘azab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqshunoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsilliyga axloqiy maktublar” asari mashhur.
Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy, biroq unda qandaydir jonli ibtido hukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi-ahamiyati yo‘q, muhimi shuki, uning yozig‘i, albatta, amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan bog‘liq.
Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (Epiktetos ‒ yunoncha sotib olingan degan ma’noni anglatadi, 50–138-yillar atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha: taqdir muqarrar; aql-idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga qat’iyan bog‘liq, ichki dunyo insonning hukmi ostida; haqiqiy donishmandning erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtirib yubormaydi; hayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritishda; unga eltadigan yo‘l bitta ‒ ma’budlar irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.
Epiktet ozod inson, haqiqiy erkin odamzod deganda o‘z vijdoni da’vatiga monand yashaydigan, bu yo‘lda har qanday hujum-u azoblardan, hatto o‘limdan ham qo‘rqmaydigan kishini tushunadi. “Erkin inson faqat o‘zi to‘sqinliksiz hukmronlik qila oladigan narsalar ustidangina hukmron bo‘ladi. Hech qanday to‘sqinliksiz esa yolg‘iz o‘z ustidan hukmronlik qilishi mumkin. Shu sababli o‘zining emas, boshqalarning ustidan hukmron bo‘lishni xohlagan kishi, bilginki, erkin emas: u o‘zining odamlar ustidan hukm yurgizish istagiga quldir”, ‒ deydi Epiktet.176
Yangi aflotunchilik falsafasining asoschisi Plotin (yunoncha Plotinos, 2004 / 205-270) ta’limotida axloqshunoslik masalalari muhim o‘rin egallaydi. Uning keyinchalik “Enne adalar” (to‘qqizliklar) deb nomlangan 54 risolani o‘z ichiga olgan falsafiy merosida hamma narsa Yagonadandir, degan g‘oya ilgari suriladi. Yagona quyoshga o‘xshaydi, boshqa barcha narsalar uning tajallisidir. Yagona ongdan ham, hayotdan ham borliqdan ham narigi tarafda, uni tushunchalar yordamida aniqlab-bilib bo‘lmaydi. Yagona bilan ezgulik – bir xil. Yagonaning aksi ‒ moddiyat, u – yovuzlik. Inson olamdagi o‘z holatiga ko‘ra ikki yoqlamalikka ega: ezgulikka ham, yovuzlikka ham taalluqli zot. U Yagona kabi mutlaq ezgu va moddiyat kabi mutlaq yovuz bo‘lolmaydi. Insonning ezgulik darajasi ezgu a’mollarining salmog‘i bilan o‘lchanadi, uning yovuzlik darajasi esa yovuz a’mollarining ko‘p yo o‘ligiga bog‘liq. Odam bolasi ezgulikka erishish uchun asta-sekinlik bilan, forig‘lanish yordamida yuksak ma’naviy pog‘onaga ko‘tarilishi lozim: bu maqomda uning butun xayoli Yagonaga o‘xshash bo‘lishga qaratiladi. Qalbni forig‘lantirib borish vujudning ham forig‘lanishiga olib keladi.
Plotinning axloq falsafasida yovuzlik, ezgulikning ziddigina emas, uning o‘zi alohida javhar (substansiya). Chunki uni bilish uchun alohida bilim kerak emas: “ezgulikni bilish, ayni paytda yovuzlikni bilishdir”177. Yovuzlik aslida ezgulikning yetishmasligidir. Chunki qalb Yagonaga qarab ko‘tarilib borish o‘rniga madaniyat tomonga tushib borsa, zaiflashadi, yovuzlashadi. Demak, aynan moddiy dunyo qalbda yovuzlik paydo bo‘lishining asosiy sababchisidir.
Shunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari ham inson xatti-harakatlari muammosini o‘rtaga tashlaydilar va insonning olamdagi o‘rni hamda hayotining maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday intilish, ayni paytda, butun qadimgi dunyo mumtoz axloqshunoslariga xosdir.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish