Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Antik davrning axloqiy ideallari. O‘rta asrlardagi axloqiy qarashlar



Download 1,06 Mb.
bet60/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

2. Antik davrning axloqiy ideallari. O‘rta asrlardagi axloqiy qarashlar
Qadimgi yunon axloqshunosligi haqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini tilga olish odat bo‘lib qolgan: Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulardan boshqa allomalar ham Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilganlar. Chunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Suqrotning kichik zamondoshi Demokrit (yunoncha Demokritos, taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik. U donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-harakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida ta’riflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun hayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynan shular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi.
Demokrit qadimgi yunon faylasuflari ichida birinchilardan bo‘lib insonning ichki dunyosiga murojaat qiladi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi, balki niyati orqali ham bilib olsa bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Demokrit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruhan zaif va gumroh odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda hayotning maqsadi haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.
Endi Suqrot (yunoncha Sokratos, miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq bilan huquqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir. Ikkala mutafakkir ham hukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jasorat va betama xizmat namunalarini o‘z davlatlari o‘tmishidan topadi.
Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas: ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati o‘zgarmas va abadiy asl fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbayi esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruhni (jon, qalb, nafsni) vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb hisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qiziquvchanlik zararli. Chunki ma’budlarga o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarning tadqiq etilishi yoqmaydi.
Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (yunoncha Platon, miloddan avvalgi 427-347 yillar) axloqshunosligi uchun, aksincha, g‘oyalar va ruh haqidagi ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib turgan, biz harakat qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojiz. Inson g‘or devoriga kishanband qilib qo‘yilgan tutqunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu o‘lmas ruh mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doimo gunohkor yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelganda ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosi yuksakligidan vujudga yiqiladi va inson tug‘iladi. Insonning tug‘ilishi, natijada, ruhning gunohga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir: ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlarining ba’zilarini eslaydi va vujuddagi hayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida ilohiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unga iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak; Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishigina donishmand bo‘lishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qat’iy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u ko‘p jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomalari ‒ Arastu va Epikurning axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu (yunoncha Aristotel’os, miloddan avvalgi 384-322-yillar) birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘pada qabul qilingan) “Etika” degan nom berdi.
Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan. Arastu qadimgi yunon mutafakkirlari ichida birinchi bo‘lib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni, Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emasligini, balki kasb etiladigan (hosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajribakorlik, topqirlik singari ma’naviy soha bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va ikkinchisi, ruhning intiluvchan (ixtiyoriy) qismi ‒ sof axloq bilan bog‘liq fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. Fazilat ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, u doimo o‘rtalikka intiladi. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidagi o‘rtalik va hokazo. Ayni paytda bu o‘rtalik muallaqlikni anglatmaydi, u ijobiy xususiyat bo‘lishi uchun birinchi tomonga yaqinroq turishi lozim: mardlik qo‘rqoqlikdan uzoqroq, telbovor jasoratga yaqinroq turadi. Shuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni harakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard maqsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi.
Arastu, Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va ruh yaxlitligi nuqtayi nazarini ilgari suradi; inson kamolotga, yuksak ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirs-u ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero, u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeyiga ega.
Shunday qilib, Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda ehtiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun ham donishmandlik ularga xos emas; xotinning erga bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm-fan ozod kishilar uchun. Qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot.
Qullarni past tabaqali kishilar, hatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning insonni mohiyatan ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan: qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam ‒ yo Xudo, yoki hayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam hisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu, yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va bu bilan mushohadakor hayotni ‒ nazariyani, ijodga bag‘ishlangan hayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik dunyo fuqarosining an’anaviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning hozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar degan tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixohlikni tan oladi, xolos.
Epikur (yunoncha Epikuoros, miloddan avvalgi 341-270-yillar) esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi. Insonning biror-bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir, badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan hech qanday foyda bo‘lmagani kabi ruhni (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan ham foyda yo‘q degan fikrni bildiradi.
Epikur insonda tanlov ixtiyori borligini qayd etadi. U ham Demokrit kabi ezgulik haqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhimi ‒ ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan biriga yozgan xatida zarrin to‘shagu to‘kin dasturxoning bo‘lib, behalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal deydi. Fazilatlar orasida Epikur adolat bilan donishmandlikka alohida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik hollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi; umuman, adolat hamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali hodisa; lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga xosligi nuqtayi nazaridan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bo‘lolmay qoladi. Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishdan, xotirjamlikka hamda ruhning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi.
O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi: “Yovuzlikning eng dahshatlisi bo‘lmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q, chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarining esa o‘zlari mavjud emas”175.
Epikur iztirobdan qochishni emas, uni yengish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi qo‘yilishi kerak. Uning axloqiy ideali ‒ yerdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha, tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydigan donishmand, faylasuf. Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shug‘ullanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka yetishishga olib keladi.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlarni yuksak nazariy darajaga ko‘targan qadimgi yunon axloqshunosligi jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yuno-nistonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsini, inson xatti-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish